Umar Hayyomning ta'lim tarbiyaga oid fikrlari
Xayyom ruboiylari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 27.06 Kb.
|
1 2
Bog'liqUmar Hayyomning ta\'lim tarbiyaga oid fikrlari
Xayyom ruboiylari[tahrir | manbasini tahrirlash]Ruboiy: اسرار ازل را نه تو دانی و نه من وین حرف معما نه تو خوانی ونه من هست از پس پرده گفتگوی من و تو چون پرده برافتد نه تو مانی و نه من * * * Asrori azalro na tu donivu na man, V-in harfi muammo na tu xonivu na man. Hast az pasi parda guftugūi manu tu, Gar parda daraftad,na tu monivu na man.... * * * Asrori azalni sanu man bilmasmiz, Bu harfi chigalni sanu man bilmasmiz. Har nechaki soʻzladik, dedik parda osha, Chu pardaki tushdi, sanu man bilmasmiz... Umar Xayyomga uning ruboiylari jahonshumul shuhrat keltirgan. Ularda shoir dunyo, odam haqida, hayot mazmuni haqida fikr yuritadi. Ruboiylarida u materiyaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtishi, eskining yemirilib, yangining paydo boʻlishini (kulol, koʻza, tuproq haqidagi ruboiylar va h.k.) ifodalaydi. Umuman, ishq va hayot, inson tafakkurining qudrati, umrning maʼnosi, insoniy fazilat va qusurlar, maʼrifat va jaholat kabi mavzular shoir ruboiylarining asosini tashkil etadi. Tez-tez uchrab turadigan may obrazi esa ilohiy muhabbat, hayot lazzatlarini ulugʻlash vositasidir. Firdavsiy masnaviyni, Hofiz gʻazalni qanchalik takomilga yetkazgan boʻlsalar, Xayyom ham ruboiyni shunchalik yuksak mavqega koʻtardi. Xayyom ruboiylari dunyoning deyarli barcha asosiy tillariga tarjima qilingan. Bu ruboiylar oʻzidan keyingi Sharq adabiyotiga kuchli taʼsir koʻrsatgan. XIX asrdan Gʻarbda ham mashhur boʻlgan. Aynan u tufayli ruboiy jahon soʻz sanʼatining mashhur janrlaridan biriga aylangan. U oʻzining falsafiy jihatdan teran va sermazmun ruboiylari bilan Sharq sheʼriyatida falsafiylikning chuqurlashuviga katta hissa qoʻshgan. Amerikada Umar Xayyom asarlari asosida teatrlashtirilgan sahna asari, Londonda maxsus xayyomxonlar saroyi mavjud. Ularda shoir ruboiylari ham aslida, ham tarjimada badiiy soʻz ustalari, mohir notiqlar tomonidan oʻqiladi. Sharqda bunday sahna asari — „Oʻz-oʻzim bilan suhbat“ Tojikiston xalq artisti Mahmudjon Vohidov tomonidan yaratilgan. Sherali Joʻrayev, Farrux Zokirovlar ham Xayyom ruboiylari asosida qoʻshiqlar yaratganlar. Xayyom ruboiylarini XX asr boshlaridan oʻzbek tiliga tarjima qilishga kirishilgan. 1914-yil „Shoʻro“ jurnalining bir necha sonlarida shoirning ruboiylari ilmiy sharhi bilan nasriy tarjimada eʼlon qilingan. Fitrat „Fors shoiri Umar Xayyom“ nomli risolasida (1929) uning 35 ta ruboiysini nasriy tarjimada keltirgan. Keyinchalik F.Abdullayev uning 14 ta ruboiysini sheʼriy tarjima qilgan. Xayyom ruboiylari tarjimasi asosan Sh. Shomuhamedov nomi bilan bogʻliq: shoir ruboiylari uning tarjimasida bir necha marta bosilib chiqqan. Soʻnggi yillarda Umar Xayyom ruboiylarining J.Kamol, E.Ochilovlar tomonidan aruzda qilingan yangi tarjimalari paydo boʻldi. 2001-2004-yillarda Nabi Jaloliddin Umar Xayyom hayotiga bagʻishlangan roman yozdi. Bu ajoyib roman Xayyom ruhiyatining barcha qirralarini toʻla namoyon etgan. Download 27.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling