Umar Xayyom "Navro’znoma"


Download 31.96 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi31.96 Kb.
#1471358
Bog'liq
Umar Xayyom Navro’znoma


Umar Xayyomning “Navro’znoma” asari.
Reja:



  1. Buyuk mutafakkir Umar Xayyomning xayot va ijodi.

  2. Umar Xayyom “Navro’znoma” sari.

  3. Umar Xayyom dunyo tan olgan ruboyinafis.

Hujjat ul-haq G‘iyosiddin Abulfath imom Umar al-Xaymiy ibn Ibrohim an-Naysoburiy 1048 yili Xurosonning Nishopur (Naysobur) shahrida chodirdo‘z oilasida (Xayyom, Xaymiy taxallusi shundan) tavallud topib, 1122 yili vafot etgani ma’lum. Umar Xayyom matematika, astronomiya va falsafada o‘z davrining buyuk mutafakkiri edi. U matematika tarixida birinchi bo‘lib, p-darajali ildiz chiqarishning umumiy usulini taklif etgan. Uning algebra va geometriya borasidagi kashfiyotlari, ilmiy farazlari 400-800 yil keyin Dekart, Nyuton, Vensel kabi Ovro‘pa olimlari tomonidan tasdiqlangan. Xayyomning astronomiya sohasidagi izlanishlariga Ulug‘bek yuksak baho bergan. U tuzgan taqvim hozir biz foydalanayotgan Grigoryan taqvimidan aniqroq ekani ko‘pchilikka ayon. Allomaning bizgacha yetib kelgan falsafiy risolalari va jahonga mashhur bo‘lib ketgan ruboiylari ham muayyan ma’noda o‘ziga xos kashfiyotlardir. Ularning hozirgacha ahamiyatini yo‘qotmagani shundan. Xayyom asarlari, qaysi sohaga taalluqli bo‘lishidan qat’i nazar, falsafa bilan uzviy bog‘liq. Boshqacha aytganda, uning ilmiy, tarixiy va badiiy merosi abadiy yam–yashil daraxtga o‘xshasa, falsafa bu daraxtning o‘q tomiridir.


Umar Xayyomning «Risolai fil barohiyn alo masoil al-jabr va al-muqobala» («Algebra va almuqobala masalalari isboti to‘g‘risida risola»), «Mezon ul-hakam» («Donishmandlik mezonlari»), «Ziji Malikshohiy» («Malikshoh taqvimi»), «Risolai fil vujud» («Mavjudlik to‘g‘risidagi risola»), «Navro‘znoma» kabi matematika, fizika, geografiya, falsafa, musiqashunoslik, tarix, astronomiyaga bag‘ishlangan asarlari, shuningdek ruboiylari muayyan bir ilmiy-falsafiy tizimni tashkil etadi.
Xayyom merosiga tizimlilik nuqtai nazaridan yondashuv uning qaysi falsafiy yo‘nalishga mansub donishmand ekanligini ayniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Bu borada turli, ko‘p hollarda bir-biriga zid qarashlar mavjud: Xayyom – teist; Xayyom – panteist; Xayyom – tanosuh ul–arvoh vakili; Xayyom – tabiiyyun; Xayyom – epikurchi; Xayyom – mutasavvfif va h.k. Ba’zi tadqiqotchilar Xayyomning hurfikrliligini keskin radikallashtirgan holda, uni ashaddiy dahriyga chiqarib qo‘yishgacha boradi, moddiyunchi – materialist deb ta’riflaydi. Aslida esa, uning qarashlari asosan mashoiyyunlik (peripatetizm) yo‘nalishiga mansub bo‘lib, u Sharq arastuchilari – Forobiy va Ibn Sinoning izdoshi. Xayyomning bu ustozlarini shariat peshvolari, faqihlar, mutakallimlar va boshqa muxolif yo‘nalishdagi mutafakkirlar «faylasuf» (yunoncha – «filosof») nomi bilan ataganlar, ularni islomga qarshi boruvchilar deb talqin qilganlar. Masalan, Xayyomning zamondoshi Imom G‘azzoliy o‘zining bir emas, ikki asarini qadimgi yunon an’analarining davomchilari bo‘lmish «faylasuf»lar qarashlari tanqidiga bag‘ishlaydi. «Maqosid ul-falosifa» («Faylasuflarning maqsadlari»), «Tahofut ul-falosifa» («Faylasuflarning qarama-qarshiliklari») asarlarida Forobiy va Ibn Sinoni adashganlikda, hatto kufrda ayblaydi. Xayyom o‘zining bir ruboiysida bunday deydi:
Meni faylasuf deb yov qilur xato,
Men unday emasman, biladi Xudo.
Shu qayg‘u uyiga kelgach, o‘zimni –
Kim bilsam o‘shandan kamroqman hatto.
Bu o‘rinda Xayyomning «yov»i – raqibi haq. Xayyom – faylasuf, faqat u ko‘pxudolikni targ‘ib etgan yunon mutafakkiri emas, yakkaxudolikni, tavhidni tan olgan musulmon faylasuf. Lekin, ayni paytda, Xayyom hamda undan avval va keyin o‘tgan mashoiyyun-faylasuflar bilan yunon faylasuflari, ayniqsa, Arastu o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik bor; ularning hammasi yunon faylasuflari izidan borgan. Nega shunday bo‘ldi? Nega Yaqin va O‘rta Sharq mutafakkirlari Uzoq Sharqdagi daochilik, konfutsiychilik yoki buddhaviylik falsafasiga, boshqacharoq aytganda, o‘zlariga «qadrdon» Xitoy yoki Hindiston donishmandlariga ergashmasdan, Ovro‘pa – Yunoniston faylasuflariga iqtido qildilar?
Ma’lumki, musulmonchilikning asosi – tavhidda, yakkaxudolikda: Alloh yagona, uning sherigi yo‘q va bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi yunon mutafakkirlari aynan ana shu tavhid yo‘lini falsafiy jihatdan asoslab bergan edi. Birinchi bo‘lib, bu masalani Suqrot o‘rtaga tashlagan. U o‘limga mahkum etilganida, yunon ma’budlariga shak keltirishda, yoshlarni noto‘g‘ri yo‘lga (aslida tavhid yo‘liga) da’vat etishda ayblanadi. Lekin Suqrotning o‘lim oldidan aytgan so‘nggi gapiga e’tibor qiling. U zahar ichgach: «Men Uning (ularning emas! – A.Sh.)yoniga ketyapman!» deydi. Shuningdek, Aflotunning g‘oyalar, mutlaq ruh, emanatsiya haqidagi ta’limoti ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yakkaxudolik masalasiga borib taqaladi. Lekin Suqrot va Aflotun tavhidni falsafiy-nazariy jihatdan asoslashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ymagan, bunga urinmagan ham edi. Bu ishni Arastu uddaladi.U o‘zining mashhur «Metafizika» asarida Xudoning yakkaligini, jismsiz, hech narsa tomonidan harakatga kelmaydigan, aksincha, birinchi harakatga keltiruvchi kuch ekanini nazariy isbotlab berdi.Uni «Oliy Shakl» (Forma) deb atadi. Arastu talqinida Xudo olam va barcha olamiy jarayonlarning maqsadi hisoblanadi. U Oliy tafakkur, tafakkur haqidagi tafakkurdir.O‘rta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlaridagi qadimgi yunon donishmandlari merosiga ulkan e’tiborning, taqlidning asl sababi ana shunda.
Binobarin, Xayyomni (shuningdek, boshqa mashoiyyunlarni ham) moddiyunchiga chiqarib qo‘yish mafkuraviy nuqtai nazar mahsuli bo‘lib, xolis ilmiy yondashuvlardan yiroq. Xayyomga dahriylik tamg‘asini bosish ham xuddi shunday nojoizdir.
Xayyom va uning merosiga jiddiy ilmiy asosga ega bo‘lmagan yuqoridagi kabi qarashlar shu kunlarda ham avjida, desak xato qilmaymiz. Misol tariqasida xayyomshunoslikka bag‘ishlangan keyingi materiallarni o‘zida mujassam etgan «Umar Xayyom Nishopuriy – Sharqning buyuk mutafakkiri» kitobidan joy olgan ba’zi maqolalarda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Ulardan birida – «Butun mavjudotning sarvari inson» degan maqolasida G. Ro‘zmatova Xayyom haqida shunday deb yozadi: «Mutafakkir olimning umr bo‘yi haqiqat izlab, chuqur mulohazalar qilish natijasida u dunyo haqidagi afsonalarning puch ekanligini ko‘ramiz. Faylasuf shoir oxiratni hech kim ko‘rmaganini, bu gaplarning hammasi odamlarni ovutish yoki qo‘rqitish uchun to‘qilgan uydirma ekanligini ochiq-oydin aytadi. Uning fikricha, bizga ko‘rinib turgan dunyodan boshqa hayot yo‘q». Birinchi jumlaning uslubiy jihatdan g‘alizligiga qaramay, bu ko‘chirmadan Xayyomning dahriyligiga ochiq ishorani ilg‘ash qiyin emas. Agar maqola muallifi, Xayyom – materialist (moddiyyunchi) degan eski, bir yoqlama, mafkuraviylashtirilgan, noxolis fikrlarga suyanmasdan va buyuk mutafakkir ruboiylaridagi ba’zi zohiriy ma’nolargagina asoslanmasdan, balki uning butun ilmiy-badiiy ijodiga, falsafiy risolalariga, hayot yo‘liga jiddiy e’tibor qaratganida, ehtimol bunday xulosaga kelmagan bo‘lur edi. Zero, Umar Xayyom musulmonchilikni qattiq tutgan oilada dunyoga kelgan (otasi Ibrohim jihod qilgani Mahmud G‘aznaviy qo‘shinida Hindiston fthiga borib, g‘oziy bo‘lib qaytgan), bo‘lajak allomaning bolaligi kechgan davrlarda islom dini asoslari nihoyatda mustahkam bo‘lib, dunyoviy ilmlarga talabgor har bir kishi qalbiga kuf gardi inmasligi uchun eng avvalo diniy bilimlarni puxta egallagan. Qolaversa, Xayyomning Qur’on oyatlarini, tafsirlarni, qiroat ilmini nihoyatda chuqur bilganligi to‘g‘risida Abul Hasan al-Bayhaqiy (1106–1174) shunday hikoya qiladi:
«Aytishlaricha, kunlardan birida imom Umar ilohiyotchi hazrat Abul Qosim Abdulloh ibn Alining o‘g‘li, Nizomning (Nizomul-Mulk – A.Sh.) jiyani, vazir Shihob al-Islom Abdu ar-Razzoqning huzuriga borgan. Vazirning oldida hofizlar («Qur’on» qiroatchilari) imomi Abul Hasan al-G‘azzoliy bor edi.Ular qaysidir bir oyatning o‘qilishidagi har xillik to‘g‘risida suhbatlashdilar. Shunda Shihob al-Islom: «Bilguvchiga murojaat qilaylik», deb bu haqda imom Umardan so‘radi. U (Umar) qiroatdagi farq turlarini aytdi, ulardagi kamchiliklar hamda ziddiyatli o‘rinlarni ko‘rsatdi, keyin esa, bir turning boshqalardan ustuvorligini uqtirdi. Shunda hofizlar imomi Abul Hasan al-G‘azaliy: «Ilohim olimlar orasida senga o‘xshaganlarni ko‘paytirgay, meni xizmatingga dohil qilgaysen va menga shafoatli bo‘lgaysen, zero, birgina donishmanddan boshqa hech qaysi hofiz buni yodida saqlay olishi va bilishi mumkin emas deb o‘ylaymn, debdi».
Xayyom ko‘pchilik zamondoshlari va tarixchilar e’tiroficha, rostgo‘y, halol, munofiqlikdan hazar qiladigan buyuk shaxs, hamisha haqiqatni ustuvor deb biladigan, umr bo‘yi hech bir narsani shunchaki o‘rganmaslik tamoyiliga amal qilib kelgan olim bo‘lgan. Shuning uchun ba’zi tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, uni Qur’oni karim va tafsirni, qiroat ilmini ko‘zbo‘yamachilik uchun, odamlar orasida obro‘ orttirish maqsadidagina o‘rgangan deb bo‘lmaydi.
Aksariyat mualliflar esa, aksincha, Xayyomni zohid, so‘fiy, mutasavvif sifatida ko‘rsatishga urinadilar. Ular ko‘pincha quyidagi uch asosga tayanadilar.
Birinchisi, hozirgi vaqtda tasavvufning ayrim zamondoshlarimiz uchun qandaydir «moda»ga, «xobbi»ga aylanib qolganida namoyon bo‘ladi: ular mumtoz badiiy asarda «yor» uchrasa, uni – Xudo, «may» duch kelsa, uni – vaxdatga olib boruvchi vosita ramzi deya talqin qiladilar. Buning ustiga, musulmon Sharqi tafakkurining mohiyatidan bexabar nasroniylar va G‘arb o‘quvchilari orasida shov-shuv qo‘zg‘atishni o‘z oldiga maqsad qilgan, tasavvufni jodugarlik tarzida talqin etuvchi Idris Shoh kabilarning taxminiy gaplariga tayanish ko‘zga tashlanmoqda. Aslida esa, Idris Shoh tasavvufga falsafiy bilim va mushohada vositasida yondashishdan ancha yiroq. Uning uchun tasavvuf hamma yerda – islomda ham, nasroniylikda ham, buddhaviylikda ham mavjud. Boshqacha aytganda, Idris Shoh chuqurlikka to‘g‘ri kelsa, uni – «tasavvuf chuqurligi», do‘nglikka to‘g‘ri kelsa, uni – «tasavvuf do‘ngligi» deyishdan tap tortmaydi. Uning Xayyomga munosabati ham shunday: «Umar Xayyom» degan maqolasida Xayyomni hech bir jiddiy asossiz so‘fiy deb ataydi va shuning o‘zi uning so‘fiyligini isbotlash uchun yetarli deb hisoblaydi. «Mulla Nasriddinning lutflari» degan maqolasida esa Idris Shoh hatto Nasriddin Afandini tasavvuf vakili, mutasavvif shayx sifatida tasvirlaydi. Bizdagi Idris Shoh shogirdlarining jahdi jadaliga ko‘ra, yaqinda Aldar ko‘saning ham mutasavvif ekani «kashf etilsa» ajab emas.
Ikkinchi asos shuki, «Mavjudlikning yalpi umumiyligi» risolasidagi so‘nggi – yettinchi qismda Xayyom Xudoni bilishning, to‘g‘rirog‘i, Xudoga yetishishning to‘rt yo‘li (kalom, falsafa, ismoiliya va tasavvuf) haqida gapirib, to‘rtinchisiga nisbatan «Hammasidan ma’quli shu yo‘l», degan fikrni aytadi.
Bu o‘rinda Xayyom, mutasavviflikka da’vo qilayotgani yo‘q, faqat Xudoga yetishmoq avvalo axloqiy poklik orqali yuz beradi, demoqchi, xolos. Darhaqiqat, Qur’oni karim yuksak axloq va e’tiqod egalarini tarbiyalash uchun nozil qilingan muqaddas kitob ekani har bir diniy savodi bor odam uchun ayon; islom esa, hadislarda qayta-qayta ta’kidlanganidek, «go‘zal axloq». Ayni paytda Xayyom masalaga o‘zi mansub ilmiy yo‘nalishning ratsional tamoyillariga sodiq qolgani holda yondashmoqda: Xudoga ratsional yo‘ldan ko‘ra noratsional, transsendental yondashuv orqali yetishishning ehtimoli kuchliroq degan (keyinchalik ekzistensializm oqimiga mansub faylasuflar tomonidan tan olingan) fikrni bayon etadi.
O‘rta asrlar musulmon Sharqi falsafasida bunday ratsional yonashuv olimona xolislik tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan. Chunonchi, tafakkur yo‘nalishi bo‘yicha Xayyomning raqibi – mutasavvif-faylasuf Imom G‘azzoliy «Ihyo ulum ad-din» asarida Qur’on oyatlaridan ko‘ra she’riy satrlar odamlarga yaqinroq ekanini isbotlab beradi. Oddiy mantiq yuzasidan qaraganda, G‘azzoliy ilohiyotchi-faylasuf sifatida Qur’on oyatlari va ularning insonga ta’sirini maqtashi kerak edi, lekin u olimona xolislikni, masalaga ratsional yondashuv yo‘lini tanlaydi. Xayyomning yuqoridgi fikrini ham shu ma’noda tushunmoq maqsadga muvofiq.
Uchinchi asos Xayyom ruboiylarida kuylangan mayning «sharob at-tahuro» yoki «mayi vahdat» tarzida noto‘g‘ri tushunilishi bilan bog‘liq. Bu haqda keyinroq alohida to‘xtalamiz.
Falsafadan yaxshi xabardor kishi Xayyom asarlariga jiddiy e’tibor bilan qarasa, uning mutasavvif yoki so‘fiy emasligini anglab olishi qiyin emas. Bir misol: Xayyom «Mavjudlik to‘g‘risida risola» asarida Alloh – vujudi zaruriy, Mutlaq mavjudlik ekanini ta’kidlar ekan, Uning hamma jihatdan Yakkayu yagonaligini, Lekin Uning mavjudligiga qiyosan ko‘plik tushunchasini nisbiy tarzdagina qo‘llash mumkinligini va bu nisbiy ko‘plik aslo mohiyatning ko‘pligini anglatmasligini ta’kidlaydi hamda Vujudi zaruriyning mohiyatidan tashqari, barcha xususiyatlari nisbiy, birortasi ham mutlaqo haqiqiy emas va ayni paytda ularning soni cheksizdir, degan fikrni bildiradi. «Shunday qilib, – deb yozadi Umar Xayyom, – Vujudi zaruriyning barcha sifatlari nisbiydir, ulardan birortasi ham mutlaqo haqiqiy emas. Ehtimol Uni bilish haqiqiy bo‘lishi, ya’ni bilish obyektining mohiyatidan olinayotgan qiyofalar haqiqiy bo‘lishi mumkin, biroq ularning hammasi zaruriy tarzdagi vujudi mumkindir». Bu fikrlar avvalo Arastudagi, yuqorida keltirganimiz, Xudoning Yagona Oliy Shakl, o‘zidan cheksiz darajada yangi shakllar yaratuvchi faol shakl, sifatlari yaratilish jarayonini boshidan kechirmaydigan, balki o‘zining mohiyatidan kelib chiqadigan shakl, barcha xilma-xil shakldagi tafakkurni yaratuvchi Oliy Tafakkur ekani to‘g‘risidagi ta’limotiga borib taqaladi. Ikkinchidan, Xudo – mutlaq zot, inson – nisbiy mavjudot ekan, nisbiylik mutlaqlikni bilishi va shu bilimi orqali unga yetishishi mumkin emas; nisbiylik mutlaqlikning mohiyatini hech qachon bila olmaydi, faqat uning ko‘pdan-ko‘p xususiyatlaridan, sifatlaridan, hodisalaridan birini, bir nechasini, boringki, bir necha mingini bilishi mumkin, xolos. Shuning uchun inson Xudoni mukammal tarzda bilishga umri mobaynida erisha olmaydi, mukammal bilmaganidan keyin u bilan birlasha olmaydi, ya’ni nisbiylik mutlaqlikka aylanmaydi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, inson o‘z «men»idan mutlaq darajada kecha olmaydi va «analhaq» darajasiga ko‘tarila bilmaydi. Demak, Xayyomgacha bo‘lgan Mansur Hallojning tasavvufiy qarashlari ham, Xayyomdan keyingi ibn al-Arabiyning vahdat ul-vujud nazariyasi ham, undan so‘nggi vahdat ush-shuhud ta’limoti ham jiddiy ilmiy zaminga ega emas. Xayyom tasavvufning asoslaridan birini inkor etyapti: inson Xudoni tanib, unga intilib borgani holda, hech qachon uni oxirigacha bilishga muyassar bo‘la olmaydi.
Buni juda yaxshi tushungan Jaloliddin ibn al-Kiftiy (1172–1231) «Tatimat us-sivon al-hikma» kitobida allomani tasavvufning dushmani, hatto islomning zarurkunandasi deb ataydi: «Umar Xayyom – xurosonlik imom, o‘z davridagi olimlarning olimi edi, u yunonlar ilmidan dars berardi, inson qalbini poklash, uni jismoniy nafsdan tozalash vositasida yagona Haqni bilishga undardi va odamlar o‘rtasida yunoncha qonun–qoidalarga asoslangan yuksak axloqiy munosabatlarning ustuvor bo‘lishini qat’iyan talab qilardi… Keyingi so‘fiylar uning she’riyatidagi ba’zi bir zohiriy narsalarga e’tiborni qaratdilar va o‘sha zohiriy ma’nolarni o‘z ta’limotlariga tatbiq etdilar, o‘z majlislari va xoli suhbatlarida ularni dalil sifatida qo‘lladilar. Vaholanki, uning she’ridagi botiniy ma’nolar musulmonchilik qonun-qoidalari uchun zaharli ilondek gap…».
Umar Xayyomning mutasavvif yoki so‘fiy emasligiga yana bir isbot shuki, agar u haqiqatan ham tariqat ahlidan bo‘lganida, mashhurlik jihatidan o‘zidan kam bo‘lmagan zamondoshi, «Nizomiya bulbuli» deb nom olgan tasavvuf nazariyotchisi Hujjat ul-islom Imom G‘azzoliy bilan munosabatga kirishmasligi mumkin emas edi. Xayyom esa, aksincha, iloji boricha undan o‘zini olib qochishga harakat qilgan. Bu borada Bayhaqiy keltirgan G‘azzoliy va Xayyom o‘rtasida o‘tgan bir uchrashuvning tafsiloti diqqatga sazovor. Unda Xayyom G‘azzoliy bilan jiddiy fikr almashishni istamay, atayin uzundan-uzoq va yuzaki fikrlarni bayon qiladi. Nihoyat, muazzin peshin namoziga chaqirganida, Imom G‘azzoliy: «Haqiqat keldiyu bema’nilik yitdi», deb o‘rnidan turib chiqib ketadi.
Bundan tashqari yana bir muhim jihat borki, unga to‘xtalmay o‘tishning iloji yo‘q. Bu – o‘zini mutasavvif deb hisoblagan olimlar doimo, istisnosiz tarzda, yirik, fundamental asarlarida ham, kichikroq risolalarida ham gapni «Bilib qo‘yki, ey darvish…» degan murojaat bilan boshlagan yoki sahifalar orasida shu murojaatni qo‘llagan yoxud darvishlik rutbasi haqida albatta to‘xtalib o‘tgan. Buni G‘azzoliyda ham, Nasafiyda ham, Koshifiyda ham – barcha mutasavviflarda ko‘rish mumkin. Xayyom risolalarida esa bunday murojaat uchramaydi.
Xayyomning qaysi falsafiy yo‘nalishga mansubligi to‘g‘risida buyuk mutafakkir risolalarini tarjima qilib, nashrga tayyorlagan, ularga sharhlar yozgan rus olimlari B. Rozenfeld va A. Yushkevich quyidagicha fikr bildiradi: «Xayyom o‘z falsafiy risolalarida yangiaflotunchilikning muhim unsurlari bilan omuxtalashgan va musulmonchilik e’tiqodiga yaxshigina moslashtirilgan Sharq arastuchiligi tarafdori sifatida namoyon bo‘ladi. Xayyom ratsional isbotlardan islom va diniy ibodatning eng muhim qonun–qoidalarini dalillash uchun foydalanadi».
Yuqorida keltirilgan misollar va xulosalarga tayanib, biz professor H. Aliqulov qalamiga mansub «Umar Xayyomning gumanistik qarashlari» maqolasidagi: «…U (Xayyom – A. Sh.) din va Allohning mavjudligini inkor qilmagan, faqat dinning xurofot va bid’atga oid ba’zi qoida va aqidalariga shubha bilan qaragan. Umar Hayyomni mutasavvif deyish ham qiyin.
Download 31.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling