3. Avtokredit:O‘zbеkiston Rеspublikasida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olish uchun ajratiladi.
48 oy
24.9
Ko'rsatilmagan summada
Kredit shartlari
Кredit muddati – 48 оy;
Boshlang‘ich badal minimal 20%
Kredit summasi – avtosalon bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan summa;
Qo‘shimcha shartlar – kredit 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, daromadga ega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ajratiladi;
Kredit evaziga xarid qilingan avtomobil garovga qabul qilinguniga qadar, boshlang‘ich badal bank filialida ochilgan AVTO jamg‘arma omonat hisobraqamida saqlanadi. AVTO jamg‘arma omonat hisobraqamida saqlangan mablag’lar uchun yillik 10% miqdorida foiz hisoblanadi;
Kredit evaziga xarid qilingan avtotransport vositasini boshqarish, undan foydalanish huquqini, transport egasining yaqin qarindoshlaridan tashqari, boshqa shaxslarga o‘tkazish, bank ruhsati bilan amalga oshiriladi.
Kredit ta'minoti
Kredit mablagi hisobiga sotib olinadigan transport vositasi;
Kredit mablagi hisobiga sotib olinadigan transport vositasi ta’minot sifatida garovga qo‘yilguniga qadar, moliyaviy jihatdan barqaror yuridik shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sug'urta qilinganligi bo‘yicha sug'urta polisi.
Kerakli hujjatlar
Qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
Ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bilan avtotransport vositasini sotib olish yuzasidan tuzilgan shartnoma;
Krеdit qaytarilishi ta’minotiga doir hujjatlar.
Overdraft. Turonbank bilan ish haqi loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma tuzgan korxona va tashkilotlar xodimlariga shaxsiy ehtiyojlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ajratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |