Umarxodjaeva m. G., Alladustov r. D., Ziyaeva d. «Korporativ risklarni boshqarish»
-BOB: RISKLARNI BOSHQARUV EVOLYUSIYASI VA BOSHQARUV
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Корпоратив рисклар КИТОБ
3-BOB: RISKLARNI BOSHQARUV EVOLYUSIYASI VA BOSHQARUV
JARAYONI Riskni boshqarishning asosiy prinsiplari sharoitida hamda u bilan bog„liq moliyaviy, ma‟naviy boshka yukotishlarda ma‟lum bir mexanizm yordamida talab paydo bo„ladi, uning natijasida tadbirkor (firma) erishishi mumkin bo„lgan maqsadi nuktai nazaridan eng kulay imkoniyatdagi usulda xjalik qarorlarini kabul qilish va amalga oshirish uchun risk xavf-xatarini hisobga oladi. Bu mexanizm riskni boshkarish deyiladi. Riskni boshkarish bu qandaydir darajada riskvaziyatlar sodir bulishi imkoniyatini bashorat kiluvchi hamda ularning salbiy okibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlamasi dnb tarif beriladi. Riskni boshkarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan tashkil topadi. Unga boshkariluvchi kuyitizim (boshkaruv ob‟ekti) va boshkaruvchi kuyitizim (boshkaruv sub‟ekti) kiradi. Riskni boshkarish tizimida boshkaruv ob‟ekti bo„lib kapital kiritishning tavakkalchiligi va riskni amalga oishirish jarayonila xo„jalik sub‟ektlari (tadbirkor va rakiblar, rakobatchilar, karz oluvchi va karz beruvchilar, sug„urtachi va sug„urtalovchilar) orasidagi iqtisodiy munosabatlarga aytiladi. Riskni boshkarish tizimida boshkaruv sub‟ekti bo„lib o„z faoliyatlari vositasida boshkaruv ob‟ektiga bevosita ta‟sir ko„rsatuvchi maxsus odamlar guruhi (tadbirkor, moliyaviy menejer, risk bo„yicha menejer, sug„urtalash bo„yicha mutaxassis va bosh) gavdalanadi. Riskni boshkarish iqtisodiy faoliyatda maxsus soxa bo„lib, u xo„jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili, psihologiya, sug„urta ishlari xo„jalik qarorlarini optimallashtirish usullari soxasida chukur bilim talab qiladi. Bu soxada tadbirkorning asosiy vazifasi-loyiha qanchalik daromadli bo„lsa, uni amalga oshirishda risk darajasi shunchalik yuqori bulishidan kelib chikib, mazkur loyiha uchun daromad va riskning birikuvini optimal darajada ta‟minlovchi harakat variantini topishdan iborat bo„ladi. Bu erda shuni qayd etish lozim-ki, iktimodiy 38 jarayonning ajralmas bulagi bo„lgan riskning mavjudligi, shuningdek, bu soxada qo„llanilayotgan boshkaruvga ta‟sir vositalari shunga olib kelmokdaki, riskni boshkarish qator hollarda maxsus mustaqilkasbiy faoliyat sifatida namoyon bulmokda. Bu turdagi faoliyatni ixtisoslashgan institutlar mutaxassislari, sug„urta kompaniyalari, shuningdek, moliyaviy, risk bo„yicha menjerlar sug„urta mutaxassislari amalga oshiriladi. Risk bo„yicha mutaxassislarning bosh vazifasiga: -Kuchaygan risk soxalarini aniqlash. -Risk darajasilarini baholash; -Tashkilot (firma) uchun mos keluvchi risk darajasini tahlil qilish; -Zarur vaziyatlarda risk darajasini pasaytirish yoki undan ximoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish; -Tavakkalchili xodisasi sodir bo„lganida undan kurilgan zararni maksimal darajada koplam bo„yicha tadbirlar ishlab chiqish kabilar kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining xususiyatiga karab, risk sharoitida qaror kabul qilish yoki uni amalga oshirish bo„yicha aniq usul va uslublar ma‟lum darajada farq qiladi, hamda firmaning maqsadga erish uchun tanlangan strategiyasi, konkrt vaziyatga bog„liq bo„ladi. SHu bilan bir qatorda boshkaruv sub‟ektlari uchun kulanma sifatida tavsiya etiluvchi risk nazariyasi va amaliyotini boshkarish bo„yicha bir qator asosli prinsipoari ishlab chi qilgan bo„lib, ularning asosiylariga kuyidagilarni kiritish mumkin: -O„z kapitalingiz imkoniyatidan ortik xavf-xatarga yul kuymang. - Risk okibati to„g„risida uylab kuring eki etti ulchab bir kesing. - Arzimas narsa uchun katta xatarga bormag. Birinchi pritsipni amalga oshirishning ma‟nosi shuki tadbirkor tavakkl vaziyatda qaror kabul qilishida: Agar ishi aksiga sodir bo„lsa kuradigan zararini maksimal xajmini hisobga olishi 39 -Agar ishi aksiga sodir bo„lsa kuradigan zararini maksimal xajmini hisobga olishi -Uni kirayotgan kapitali va boshka xususiy moliyaviy Resurslar bilan takoslab kelgusida kurilgan zarar bankirotga olib kelmasligini hisobga olish lozim. Ikkinchi prinsipni amalga oshirish esa tadbirkor kurinish mumkin bo„lgan zarar mikdorini bilgan holda risk ehtimoli qanday uning okibati nimaga olib kelishni aniqlashini hamda bu ma‟lumotlar asosida tadbirkor risk xatari uchun mas‟uliyatini o„z zimmasiga olish yoki shu mas‟uliyatni o„zgalar (sug„urtalash orkali) zimmasiga yuklanish yoki shu tadbirni bajarishdan voz kechish to„g„risida qaror kabul qilishni talab qiladi. Uchinchi prinsipni amalga oshirishda tadoirkor xatarga borishni riskqilishda uning nazarida tutayotgan natijalarni, yukotish xajmini hisobga olish lozim. Tadbirkor uchun riskdan kurilgan zarar va foyda nisbatan konikarli bo„lsagina riskqilish to„g„risida bir qarorga kelish mumkin. Bu erda shuni ta‟kidlash lozim-ki, har bir yuqorida qayd etilgan nisbatni mos kelgan har bir aniq vaziyati xilma xil bo„lib u ko„plab omillarga ya‟ni mulkiy holatga tadbirkorning risk xavf-xatari soxasidagi siyosati, taktika va strategiyasi loyiha vazifa va maqsadlariga bog„liq bo„ladi. Vaholanki, mas‟uliyatining bu masalasi ham iqtisodiy va huquqiy jixatlar mavjud. Xo„jalik qarorlari bilan bog„liq risk dagi mas‟uliyat masalalari, amaliy tajribalar va bu saxada tuplagan tajribalar to„g„risida batafsil tuxtalamiz. Risk tushunchasi tabiiy fanlarda lab az tarifini topgan hamda matematik formularda ifoda etilgan. Ammo iqtisodiet o„ziga xos hislat va xususiyatga ega. SHuning uchun «xo„jalik tavakkalchiligi» degan maxsus atamani tarifini berishimiz zarur. Keyingi yillarda ko„plab makola va ilmiy ishlarda mualliflar tashkilotning xo„jalik faoliyati, rejalashtirish, bazar mexanizmi, ialab va taklif munosibatlarini karab chiqishda xo„jalik tavakkalchiligi masalalariga katta e‟tiborni karatmokdalar. Biz ko„plab hollarda, ilmiy xulosalarda yuqorida aytib utilgan soxalarda qarorlar kabul qilishda risk elementlarini hisobga olish zarurligini va xatto uni maqsadga muvofikligini qayd etilgashini ko„zatdik. Aksariyat mualliflar texnikaviy va xo„jalik 40 qarorlarini kabul qilishni risksiz amalga oshirib bo„lmadigan g„oyani ilgari surmoqdalar chunki riskni tan olmaslik, rivojlanishga sun‟iy tusik kuygan bilan barobardir. Biz ishlari bilan tanishgan yana bir guruh mualliflar: riskning mohiyati-maxsadga erishishda kuriladigan zararda emas. Balki maqsadga erishish uchun yo„nalishni o„zgartirish to„g„risida kabul kilingan qarorlar uchun yaratilgan imkoniyatda degan g„oyani ilgari suradilar. Tavakakalchilik tushungasini kurinishi mumkin bo„lgan zarar imkoniyati darajada tor ma‟noda talqin qilinishi uni iqtisodiy saxada to„g„riqo„llanilishini ancha cheklab kuyadi. SHuni ham qayd etish lozimki, ba‟zi iqtisodchilar so„zma-so„z «risk» va «noaniqlik» terminlar tushunchalari orasidagi farqni izlashadi. Noaniq vaziyatlardan risk vaziyati sifatida sodir bulishi ehtimol bo„lgan va xatto baholangan noma‟lum xodisalar karaladi. Ayni paytda sodir bulishi ehtimolini oldindan bilmagan noaniq vaziyatlar eni biz an‟anaviy usullar bilan bartaraf etalmagan vaziyatlarni - «noaniqlik» deb ataymiz. Bundan ancha mashxur bo„lgani «vis major» (engilmas tusik) bo„lib uning sodir bulishi hamma vaqt to„la tasodifdir. SHuni qayd etish lozimki, rejalashtirilgan kelgusi natijalardan chekinish hamma vaqt zarar kurish bilan bog„liq bo„lmay, goxo kushimcha daromad ham keltiradi. SHunga kura so„z tushumlar tavakkalchiligi to„g„risida ham ketishi mumkin, ya‟ni harajatlar qilish tavakkalchiligi bilan bir qatorda, kushimcha daromad (foyda) olish tavakkalchiligi ham mavjud. Oldindan rejalashtirilgan iqtisodiy o„sishda tasodifiy omillar ta‟sirini tan olinishi, kutilgan vaziyatni sodir bulishini orkaga surishi, eki uni mazmun- mohiyatini o„zgartirishi mumkin-ki, u o„z-o„zidan kun tartibiga, xo„jalik tavakkalchiligi muammolarini kuyadi. Iqtisodietni davlat boshkaruvi sharoitida 2 turdagi xo„jalik tavakkalchiligi mavjud, aynan xalq xo„jaligi tavakklchiligi (global,umumiy) va tashkilot doirasidagi risk (lokal, maxalliy) bo„lib, ular dialektik yagona karama- karshilikda turadi, bir-birini tuldiradi, bir-biriga ta‟sir etadi, ayni paytda ma‟lum darajada avtonom holda uchraydi. Ular shuningdek, o„zaro qarama-qarshimayl, ragbatlarni tashuvchi hamdir, ayniksa u iqtisodiy muxit ikkala risk vaziyatini vujudga 41 keltirish uchun bir xil imkoniyat yaratganda yakkol namoen bo„ladi. Risk elementlarini paydo bulish imkoniyatlari nafaqat yirik yukotishlarda ifodalanadi, balki birinchi navbatda katta daromad olishda ham gavdalanadi, shuning uchun ham barcha xo„jalik raxbarlari riskga borishadi. Bir xil sharoitda olinadigan katta daromad-jadval rivojlanish natijasidir. Riskni hisobga oluvchi rejalashtirilgan tadbirda ijobiy natijaga erishishni ta‟minlovchi sharoit yaratish-murakkab ish. Bu sharoit birinchi navbatda iqtisodni boshkarish tizimi bilan belgilanadi. Davlat tomonidan boshkariluvchi iqtisodietni boshkarish tizimida katta rolni (katta xajmda) tashkilotlar uynaydi. Ular nafaqat o„zlari ishlab chiqaruvchi mahsulotlar mikdorini belgilaydi, ya‟ni kelgusida ularni sotilishga riskga boradi va shuning uchun ham tashkilot rivoji uchun yo„naltirilgan bir qism mablag ularning xususiy qarorlari ixtierida bo„ladi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy shart sharoit tashkilot darajasida, shuningdek xalq xo„jaligining barcha darajasida, shuningdek xalq xo„jaligining barcha darojasida jadval rivojlanish bilan bog„liq riskni kabul qilish uchun kulay imkoniyat yaratadi. Riskning ikki (global va lokal) turini yana ikkiga ajratish mumkin : uzoq muddatli (rivojlanish bilan bog„liq risk): qisqa muddatli (kon‟yunkturali) risk. Endi kuyidagi qiziqarli xulasaga kelamiz; to„g„rixulosa sxemali va ixchali ; ya‟ni uzoq muddatli risk (ya‟ni rivojlanish bilan bog„liq risk) hammadan oldin xalq xo„jaligining barcha darajasida qarorlar kabul qilish uchun xarakterli bo„lsa, qisqa muddatli (kon‟yunkturali) risk bosh darajada lokal riskga xosdir, ya‟ni tashkilot darajasidagi qarorlar tavakkalchiligidir. Lekin bunday xulosa bizni uta noto„g„riyo„nalishga olib borishi mumkin. Bir tomondan u xalq xo„jaligining barcha tarmoklarini rivojlantirishda kon‟yunktur imkoniyatlardan foydalanish va uni tarifini o„z ichiga olmaydi, ikkinchi tomondan tashkilot oldida istikbolli rivojlanishni busib 42 kuyadi. Xalq xo„jaligining barcha tarmogi, aloxida tashkilot rivoji uchun bunday xulosaning naqadar salbiy ekomligini kuyidagi misolda aniq kurish mumkin . Tashkilot ishlab chiqarishdagi o„zini tutgan urnidan kelib chikib, kon‟yunktur o„zgarishga jadal moslashdi, deylik, lekin u buni fakatgina o„zini joriy rejalarini barqaror kon‟yunktur intilishni inobabga ishlab chiqish olib orkali amalga oshiradi. Qaror kabul qilishning bu jarayoni nafaqat o„z imkoniyatlarini hisobga olishga tayanishi, balki shunday strategiyani ishlab chiqishi kerak-ki, u «hamkor»lar, hamda rakiblarning xatti harakati va kabul qilishi mumkin bo„lgan qarorlarini ham hisobga oladi. Faqat bunday muljallarni ob‟ektiv baholash orkaligina tashkilotni kelgusi muvafakiyatini ta‟minlash mumkin. Maxsus adabiyotlarda risk turlarini boshka usulda sinflarga ajratish uchraydi. Ular uch yirik guruhdan iborat bo„lib, kuyidagilarni o„z ichiga oladi : -Xo„jalik tavakkalchiligi; -Insonning o„zini tabiati bilan bog„liq risk; -Tabiiy omillar bilan bog„liq risk. Bu risk eng sodda qarordan tortib eng murakkab qarorgacha barchasini ajralmas hislati ekanini yakkol namoyon etadi. Kolaversa, «xo„jalik tavakkalchili»gi tushunchasi o„z tarkibiga bevosita tabiat omillari bilan bog„liq riskni hamda keyingi 2 turdagi riskni iqtisodiy okibatlarini biriktiradi. Ayni paytda jamiyatning iqtisodiy xayoti inson tabiati va tabiiy omillar bilan bog„liq riskga aks ta‟sir ko„rsatadi va ularning mazmunini o„zgartiradi. Bu o„zaro bog„liqlikda bir qancha ta‟sir etuvchi omillar shakllanadi masalan «inson tabiati bilan bog„liq riskda kuyidagi elementlarini (masalan : kasallik, baxtsiz xodisa, ulim, kobiliyat, xayrixoxlik va boshkalar), «iqtisodiy» elementlarini (masalan : ish kuchini kunimsizligi, kamomad, o„zlashtirish, ishchilarni malaka darajasi, iqtisodiy manfaatdorlik) kabilar. 43 Qayd etib utilgan risk turlaridan xo„jalik tavakkalchiligi uchun ancha muhimi bu tabiat omillari bilan bog„liq risk bo„ladi, tabiyki u ishlab chiqarishi kimiyoviy biologik va boshka tabiiy jaryonlar bilan bog„liq bo„lsa. Xo„jalik tavakkalchiligi ham 2 turga : Muvaqqat va ob‟ektiv (xududiy)ga bo„linadi. Masalan : Muvaqqat risk mahsulot ishlab chiqarish jarayonida keraksiz bo„lib kolganda paydo bo„ladi, u holda ishlab chiqarish to„g„risidagi qaror mahsulot uchun talab barqaror bo„ladi deb hisoblanadi. Ob‟ektiv risk mazkur xududda, aniq bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot sotilmay kolganida paydo bo„ladi. Bu hol asosan tashki savdo muammolari, xalqaro bozor kon‟yunkturasiga ta‟sir okibatida vujudga keladi. Biz endi xo„jalik tavakkalchiligini ta‟kidlab utilgan yuqoridagi turlarining aloxida holda xiyolat va xususiyatlariga tuxtalamiz. Xo„jalik tavakkalchiligi kategoriyalari noaniq sharoitlarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy qonunlar tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik daromadi kabi siyosiy, iqtisodiy tushuncha va masalalar bilan bog„liq, uning tahlili nafaqat ta‟kidlangan kategoriyalarni tadkik etish uchun balki mustaqilkategoriya sifatida ham zarur. Tadbirkorlik daromadini tadkik etishdagi risk to„g„risida klassik nazariyotchilar (Senior, Mill) boshlanishda tadbirkorlik daromadi strukturasini foiz (kiritilgan kapitalga nisbatan xissa sifatida), tadbirkorning ish xaki, va nixoyat risk uchun to„lov (tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq risk imkoniyatlarini koplasi misolida) kabi bulaklarga ajratdilar. Natijada ko„pchilik xorijiy iqtisodchilar (Samyuel Rod, Seligman, Sey, Klark va boshkalar) tadbirkorlik daromadini bevosita risk nuktai nazaridan turib ya‟ni tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq riskni baholay olishda deb ifodalamokda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling