odatda bo`shashish xolatidan qo`zg`alish xolatiga O`tish gezligidan sekin bo`ladi.
Muskulning bo`shashish tezligini oshirish uchun zo`riqish va bo`shashish tez
almashinishini talab qiladigai mashqlardan foydalaniladi. Sakrash, uloqtirish
zo`riqish deganda biror bir harakatii O`rgatishning dastlabki etaplarida namoyon
bo`ladigan zo`riqish tushuniladi. Umumiy koordinatsion zo`riqish, odatda,
jismoniy mashq bilan shug`ullanmaydigan kishilarga hos bo`lib, ko`pgina kundalik
harakatlarda namoyon bo`ladi. Bunday kishilarning harakatlari sekin, besunaqay
bo`ladi; ular erkin harakatlar qilishga qiylanadilar.
CHaqqonlikni tarbiyalash jarayonida umumiy koordinatsion zo`riqish asta
— sekin yo`qotilib boriladi. Biroq unga qarshi kurashda maxsus usullardan
foydalaniladi:
1. SHug`ullanuvchilarga harakatlarni zO`riqmay, engil va erkin bajarish
zarurligini tushuntirish.
2. Bo`shashtirishga doir maxsus mashqlar.
Bulardan maqsad —muskullarning bo`shashgan holatini idrok qilishni va
muskullarni erkin bo`shashtirishni O`rgatish. Muskullarni zO`riqqan xolatdan
bo`shashgan xolatga o`tkazish uchun foydalaniladigan mashqlar — bir
muskullarning bo`shashishi boshqalarning zo`riqish bilan uyg`unlashib keladigan
mashqlar. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida shug`ullanuvchilarga dam olish
vaqtini mustaqil ravishda aniqlash va bu vaqtda muskullarni maqsimal
bo`shashtirish tavsiya qilinadi. Bo`shashtirish mashqlarni bajarishda muskullarning
zo`riqishi nafas olish va nafas tutib turish bilan, bo`shashtirish esa aktiv nafas
chiqarish bilan mos kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: