Umid-nihollari
Download 17.73 Kb.
|
Taqsimlanmagan foyda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
MAVZU: TAQSIMLANMAGAN FOYDANING SHAKLLANISHI VA ISHLATILISHI HISOBI TARQATMA MATERIAL “UMID-NIHOLLARI” xususiy korxonasi (XK) mahsulot ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona boʻlib, u oʻz faoliyatini 2018-yil dekabr oyida boshlagan. XKda 2022-yil 01-yanvar holatiga quyidagi asosiy vositalari mavjud boʻlgan: Asosiy vositalar: bino: boshlangʻich qiymati 580 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirish summasi 87 000 000 soʻm. XKning hisob siyosatiga koʻra bino uchun amortizatsiya hisoblashda toʻgʻri chiziq usulidan foydalaniladi. Binoning umumiy hajmi 1000 kv mni tashkil etadi. Binoning 2/10 qismidan ofis sifatida, qolgan qismi ishlab chiqarish faoliyati maqsadida foydalaniladi. Bino 2018-yil 17-dekabrda sotib olingan. ishlab chiqarish uskunalari: XKda umumiy boshlangʻich qiymati 360 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirish summasi 195 858 586 soʻm boʻlgan ishlab chiqarish uskunalari mavjud. Ularning foydali xizmat muddati 10 yil va tugatish qiymati 10 000 000 soʻm sifatida belgilangan. Ularga amortizatsiya hisoblashda jadallashtirilgan usullardan, yaʻni kumlyativ usulidan foydalanish koʻzda tutilgan. Uskunalar barchasi bir vaqtda yaʻni 2018-yil 20-dekabrda xarid qilingan. mebel va ofis jihozlari: Boshlangʻich qiymati 75 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirish summasi 15 000 000 soʻm. Foydali xizmat muddati 15 yil. Hisob siyosatida toʻgʻri chiziq usulida amortizatsiya hisoblash belgilangan. Mebel va ofis jihozlari 2018-yil 22-dekabrda sotib olingan. Mebel va ofis jihozlarining 8/10 qismidan ofis sifatida, qolgan qismi ishlab chiqarish faoliyati maqsadida foydalaniladi. kompyuter va kompyuter jihozlari: Boshlangʻich qiymati – 35 000 000 soʻm, jamgʻarilgan eskirish summasi – 27 440 000 soʻm. Hisob siyosatida mazkur asosiy vositalarga jadallashtirilgan usullardan, yaʼni qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash belgilangan. Ushbu asosiy vositalar 2018-yil 22-dekabrda sotib olingan. XK mazkur asosiy vositalardan maʼmuriy maqsadlarda foydalaniladi. Boshqa aktiv va passivlari quyidagicha: Ustav kapitali – 581 874 414 soʻm, Taqsimlanmagan foyda – 28 500 000 soʻm, Materiallar – 38 500 000 soʻm, Budjetga soliqlar boʻyicha qarzlar – 4 800 000 soʻm, Davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarz – 5 500 000 soʻm, Qisqa muddatli bank krediti – 300 000 000 soʻm, Xaridor va buyurtmachilarning qarzi – 48 500 000 soʻm, Mehnat haqi boʻyicha qarz – 53 800 000 soʻm, Hisob-kitob schyoti – 168 500 000 soʻm, Toʻlanadigan foizlar – 6 000 000 soʻm. “UMID-NIHOLLARI” XKda 2022-yil yanvar oyida quyidagi xoʻjalik operatsiyalari sodir boʻlgan (shartli): XKda mavjud asosiy vositalar 2022-yil 01-yanvar holatiga qayta baholash amalga oshirilmagan. Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan eʻlon qilingan qayta baholash indekslari quyidagicha: Bino uchun – 1,10 koeffitsient; Uskunalar uchun – 1,15 koeffitsient; Kompyuterlar uchun – 1,05 koeffitsient; Mebel va ofis jihozlari uchun – 1,05 koeffitsient. 2022-yil 2-yanvarda XK “MALIKA” aksiyadorlik jamiyati (AJ) tegishli nominal qiymati 50 000 000 soʻm va yillik foiz stavkasi 10 % boʻlgan obligatsiyalar paketini 62 500 000 soʻmga sotib oldi. Obligatsiyalar paketini sotib olish paytida brokerga 2 500 000 soʻm xizmat haqi toʻlangan. Obligatsiyalar paketini qoplanish muddati 10 oy. XKda hisobot davrida sotib olingan obligatsiyalar paketi bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalarini hisobda aks ettiring. 2022-yil 3-yanvarda xaridor va buyurtmachilar tomonidan sotilgan tayyor mahsulotlar uchun toʻlov 48 500 000 soʻm hisob-kitob schyotiga kelib tushdi. XKni budjetga soliqlar boʻyicha qarzlari 4 800 000 soʻm 2022-yil 5-yanvarda tuman soliq inspektsiyasiga oʻtkazib berildi. Shuningdek, davlatning maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarz 5 500 000 soʻm ham shu sanada oʻtkazib berildi. 2022-yil 6-yanvarda mol yetkazib beruvchilarga shartnoma qiymatining 15 % miqdorida boʻnak berildi (Shartnoma qiymati – 50 000 000 soʻm). 2022-yil 7-yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 50 000 000 soʻmlik materiallar olindi. Shundan soʻng, mol yetkazib beruvchilarga berilgan boʻnak summasi hisobga olindi. 2022-yil 10-yanvarda ombordan ishlab chiqarishga 88 000 000 soʻmlik materiallar berildi. 2022-yil 10-yanvarda hisob-kitob schyotidan bankdagi maxsus schyotga ish haqi koʻrinishidagi majburiyatning 50 % miqdoridagi pul mablagʻlari plastik kartochkalarga taqsimot qilish maqsadida oʻtkazildi. 2022-yil 11-yanvarda maxsus schyotdagi pul mablagʻlari plastik kartochkalarga taqsimot qilindi. XKning qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 30 000 000 soʻm va kredit foizi 6 000 000 soʻm 2022-yil 12-yanvarda hisob-kitob schyotidan toʻlandi. 2022-yil 15-yanvarda Yanvar oyi uchun qisqa muddatli bank krediti boʻyicha 6 000 000 soʻm foiz hisoblandi. Hisob-kitob schyotidan 2022-yil 17-yanvarda ish haqi uchun naqd pul olindi. Kassadan toʻlov vedomostiga asosan 2022-yil 18-yanvarda ish haqi tarqatildi. Ish haqi hisoblandi (31.01.2021-yil): asosiy ishlab chiqarish xodimlariga - 36 000 000 soʻm; maʻmuriy boshqaruv xodimlariga – 6 000 000 soʻm. hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq (12 %) hisoblandi (mustaqil hisoblang va hisobga oling); ishlarga hisoblangan ish haqidan daromad soligʻi hisoblandi (mustaqil hisoblang va hisobga oling); hisoblangan ish haqiga nisbatan 1 % kasaba uyushmasiga ajratma hisoblandi (mustaqil hisoblang va hisobga oling). hisoblangan ish haqiga nisbatan 0,1 % shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisob raqamiga ajratma hisoblandi (mustaqil hisoblang va hisobga oling). Tuman elektr taʻminoti korxonasidan schyot-faktura taqdim etildi. Unga koʻra, 2022-yil yanvar oyi davomida isʻtemol qilingan energiya miqdori 700 000 soʻmni tashkil etadi. Elektr energiya xarajatlari 80 foizi ishlab chiqarish va 20 foizi maʻmuriy xarajatlar sifatida tan olindi. XKning asosiy vositalariga amortizatsiya hisoblanmaganligi bois, 2022-yil 31-yanvarda mazkur aktivlarga amortizatsiya hisoblang. XK hisobot davrida ishlab chiqarish faoliyatidan olingan tayyor mahsulotlarni haqiqiy tannarxida omborga qabul qildi (2021-yil 31-yanvar). Xaridor va buyurtmachilardan 2022-yil 27-yanvarda 61 200 000 soʻm miqdorida boʻnak olindi. 2022-yil 29-yanvarda XK hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlari haqiqiy tannarxida sotishga chiqarildi va 4800 dona mahsulotlar xaridorlarga shartnoma asosida bir birligining qiymati 42500 soʻmdan yetkazib berildi. Tayyor mahsulotlarni yetkazib berishda “Asilbek-serves” xususiy korxonasi xizmatlaridan foydalanildi hamda xizmat haqi 10 500 000 soʻm sifatida hisobga olindi va toʻlab berildi. Shundan soʻng, xaridorlardan olingan boʻnak summasi hisobga olindi. Tijorat banki bilan tuzilgan shartnomaga koʻra koʻrsatilgan xizmatlar qiymati toʻlov summasining 0,5 % miqdorida belgilangan. Hisobot oyining oxirida koʻrsatilgan xizmat haqi bank tomonidan undirib olingan. XK aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi hisoblanadi. Soliq summasi mahsulot sotishdan olingan yalpi tushumdan hisoblanadi. Belgilangan soliq stavkasi – 5 %. Talab qilinadi: 1. “UMID-NIHOLLARI” XK aktivlari va passivlarini turkumlang va hisobot davri boshiga buxgalteriya balansini tuzing. 2. Yuqoridagi xoʻjalik operatsiyalariga buxgalteriya provodkalari tuzing va guruhlashtiring. 3. Hisobot davri uchun oborot vedomostini tuzing. 4. Hisobot davri oxiriga buxgalteriya balansini tuzing. Download 17.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling