Umr – ulug’ sinov, imkoniyat. Reja


(Bazzor va Tabaroniy rivoyati)


Download 33.47 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi33.47 Kb.
#1414995
1   2   3   4
Bog'liq
UMR – ULUG’ SINOV, IMKONIYAT.

(Bazzor va Tabaroniy rivoyati).
Inson umrining har bir davridan umumiy ravishda, yoshlik davridan esa,o’ziga hos shaklda so’raladi. YOshlik-yigitlik umrning bir bo’lagi, lekin uning boshqa davrlardan ajralib turuvchi uziga hos ahamiyatli tarafi bor. U hayoti gayratu shijoatga, o’tkinchi maqsadga to’la yoshdir. YOshlik ikki zaiflik – gudaklik va keksalik orasidagi jismoniy quvvatga to’ulishgan bir davrdir. Rum surasining 54-oyatida bunday deyiladi: “Alloh shunday zotdirki, U sizlarni nochor narsadan (yani, bir tomchi suvdan) yaratdi, so’ngra (sizlar uchun) nochorlikdan keyin kuch-quvvat (paydo) qildi, sungra kuch-quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilikni (paydo)qildi…”
Kishining gudakligi zaif bulgan davridir. Keksaligi ham zaiflik davri. Demak, o’rtada oz muddatga yoshlik-yigitlik deb atalmish kuch-quvvatli davr berilar ekanki, uning qadriga yetish, bu oz muddatni yahshi ishlarga sarflash, halol kasb-kor qilish, ilm olish, farzandlarini kelajakda elu yurtiga xizmat qiladigan, jamiyatga manfaat keltiradigan olim, fozil, hunarmand, tadbirkor, solih kishilar bo’lib voyaga etishlarini ta’minlashga harakat qilish maqsadga muvofiqdir.
Nabiy alayhis-salom marhamat qilib dedilar: “Ikki buyuk ne’mat borki, ko’p odamlar ular borasida aldanib qoladilar. Ular sihat-salomatlik va bo’sh vaqtdir”.  Inson qo’lidagi salomatlik va bo’sh vaqt atalmish sarmoyasini chiroyli tadbir bilan tasarruf qilsa, foyda ko’radi. Aks holda chuv tushadi.
Lekin, afsuski, inson bolasi kuch-quvvatga to’lib, sog’-salomatligi yahshi paytida umrining qadriga yetmaydi. Dunyoning hamma ishlariga bemalol ulguradigandek yuraveradi. Alisher Navoiy bobomiz iborasi bilan aytganda “Umr gulshanining bahori” va “hayot shabistonining nahori”ni kechirayotgan yoshlik yillari zavq-shavqlari favvorasi jushqinligidan kishi umr bahori va uning munavvar tongi juda tez utib ketganini payqamay ham qoladiInson yaralibdiki, hayotini hamisha gullab yashnashi va umrini osuda va farovon o‘tishini qalban istaydi. Bu maqsadga erishish uchun yoshu-qari o‘zidagi bor kuch quvvatini sarflab o‘tadi. Albatta, Alloh taolo butun insoniyatni yo‘qdan bor qildimi, uni ona zaminda emin-erkin yashashi va tinch hayotini ta’minlaydigan ko‘rsatmalarni bosqichma-bosqich yaratib beradi. Haqiqatan, bu yo‘llanmalar kishiga umri davomida baxt-saodat va barokotlarni beradi.
Jamiyatning har bir jabhasida ko‘rsatmalar zarur bo‘lib, ularning barchasida halollik, poklik va sof qalb bilan yo‘g‘rilgan amallarni bajarish zarurdir.
Inson qiladigan har bir ishning natijasi uning oqibati bilan belgilanadi. Shuningdek, insonning yashab o‘tgan hayoti mazmuni ham uning so‘nggi lahzalari bilan belgilanadi. 
Sahl ibn Sa'd So'idiy roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
Download 33.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling