Umr – ulug’ sinov, imkoniyat. Reja


«Albatta, amallar xotimasiga bog‘liq»


Download 33.47 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi33.47 Kb.
#1414995
1   2   3   4
Bog'liq
UMR – ULUG’ SINOV, IMKONIYAT.

«Albatta, amallar xotimasiga bog‘liq», dedilar (Buxoriy rivoyati)Demak, bu dunyoda qilingan amallar hosili umr so‘ngida ma'lum bo‘ladi. Shu bois inson hayoti qanday yakun topishi haqida ba'zi bir alomatlar ham keltirilganki, shunga qarab uni «yaxshi» yoki «yomon» degan xulosaga kelinadi. Ya'ni, hayot vaqtida inson yaxshi amallarni bajarishga beparvo va loqayd bo‘lib, umri poyoniga yetganda shunday ishlarga ulguraman degan kishi adashadi. Ko‘pincha qarib, o‘limi yaqinlashgan inson bu dunyoda qanday hayot kechirdim, nimaga erishdim, deb yashab o‘tgan umrini bir-bir ko‘z oldidan o‘tkazadi. Aslida, bu to‘g‘ri emas. Inson hayotining har kunini o‘z amallarini taftish qilib, sarhisob etishi lozimligi manbalarda aytilgan. Ammo inson hayotining qanday xotima topishi hech kimga ma'lum emas. Demak, inson butun hayoti davomida yaxshi amallarni qilishga harakat qilmas ekan, oxirgi afsus-nadomat hech qachon foyda bermaydi. Inson hayoti yaxshi xotima topishi uchun u butun umri davomida tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Ilm dunyoda azizlik, oxiratda sharafdir. Ilmga ana shunday taʼrif berilgan. Demak, kimga dunyo kerak boʻlsa, ilm olsin, kimga oxirat kerak boʻlsa, ilm olsin, kimga ikki dunyo kerak boʻlsa, ilm olsin. Zanjiy ibn Xolid r.a aytadi: “Bolalik paytimizda Zuhriy r.a ning huzuriga kirgan edik, u zot bizga: “Ilm talab qilinglar. Shunda siz dunyoni istasangiz unga yetishasiz, oxiratni istasangiz ham unga yetishasiz”, dedilar”. Ilmning darajasi ana shunday ulugʻdir. Ilm dinimizda ulkan darajalarga, maqomlarga koʻtarilgan ulugʻ bir xislat, gʻoʻzal bir amal hisoblanadi. Ilm olish dinimizda eng ulugʻ ibodatlardan sanaladi. Chunki banda ilm vositasida Rabbisini tanishga, U zotning buyruqlarini bajarishga, shuningdek, barcha mavjudotlarga taalluqli boʻlgan haqlarni ado etishga muvaffaq boʻladi.
Ilmning ulugʻligi shu darajadaki, kimda kim ilm talab qilish yoʻlida yursa u jannat yoʻlida yurgan deb eʼtibor qilinadi. Agar vafot etadigan boʻlsa, koʻzini jannatda ochadi. Bu haqda hadisi shariflar vorid boʻlgan.
Abu Hurayra roziyallohu anhu Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilib, bunday dedilar: “Kim ilm istab yoʻlga chiqsa, Alloh taolo uni jannatga yoʻllab qoʻyadi. Va olim uchun yeru osmon va xatto dengizdagi baliqlar ham magʻfirat soʻraydilar. Albatta, olimlar Paygʻambarlarning merosxoʻrlaridir”. Alloh taolo Qurʼoni Karimni yigirma uch yil davomida paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamga oyatma-oyat, surama-sura, boʻlak-boʻlak holatda nozil qildi. Maʼlumki, birinchi nozil boʻlgan oyatlarning birinchi soʻzi “Iqro” (oʻqi) buyrugʻi bilan nozil boʻldi. Shuning oʻzi dinimizda ilmga qanchalik eʼtibor qaratilganligiga dalolat qiladi. Qurʼonda ilm toʻgʻrisida juda koʻplab oyatlar nozil boʻlgan. “Ilm” soʻzi Qurʼoni karimning sakkiz yuz oʻn bir joyida turli maʼnolari bilan kelgan. Chunki dinimiz ilm dini, dinimiz maʼrifat dini, dinimizda jaholat mazammat qilingan, dinimizda ilmsizlik qoralangan. Dinimiz moʻmin-musulmonlarni ilm olishga targʻib qilgan dindir. Qurʼoni karimning bir necha oyatlari bunga dalolatdir. Alloh taolo aytadi: “…Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga koʻtarur. Alloh qilayotgan (barcha yaxshi va yomon) amallaringizdan xabardordir” (Mujodala surasi, 11).
Alloh taoloning Oʻzi ahli ilmlarning, olimlarning darajasini ana shunday koʻtarib qoʻygan.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan ham ilm olishga dalolat qiluchi nihoyatda koʻp hadis shariflar vorid boʻlgan: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Darhaqiqat, Alloh, Uning maloikalari, osmon va yer ahllari, hatto inidagi chumoli va dengizdagi baliqlar ham odamlarga yaxshilik oʻrgatuvchi olimlarni duo qilishadi”, dedilar. Alloh duo qiladi degani, Alloh rahmat nazari bilan qaraydi degani.
Yuqoridagi oyat va hadisga mukammal holatda amal qilingan yurtimizdan dovrugʻi dunyoga ketgan ulugʻ olimlar yetishib chiqishdi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Hafs Nasafiy, Abu Ali ibn Sino” Ahmad Fargʻoniy, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Margʻinoniy, Abu Mansur Moturidiy kabi buyuk olimlar va mutafakkirlarning yaratgan boy ilmiy merosi jahon madaniyati va tammaduniga bebaho xazina boʻlib qoʻshilgan. Hech qachon unutmaylikki, biz ana shunday buyuk insonlarning avlodlarimiz. Shuning uchun muborak islom taʼlimotlariga tayangan holda, axloq odobimizni oliy darajaga koʻtarishga harakat qilaylik, munosib ravishda oʻz farzandlarimizni dunyoviy va diniy bilimlardan bahramand qilib, kelajakda ahli solih, barkamol inson boʻlib yetishishiga erishaylik.
Bilish 
Download 33.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling