Umum madaniyatni rivojida jahon tillarini ahamiyati Fardu o`qituvchi Qo`chqarova Y
Download 18.2 Kb.
|
Umum madaniyatni rivojida jahon tillarini ahamiyati
Umum madaniyatni rivojida jahon tillarini ahamiyati Fardu o`qituvchi – Qo`chqarova Y Fardu talaba – Soibjonov X Xalqimizda til bilgan – el biladi, degan naql bor. Darhaqiqat, til bilgan yurt kezadi, dunyo ko‘radi, jahon xalqlari madaniyati, adabi yoti va bugun ro‘y berayotgan yangiliklardan tez va aniq xabardor bo‘ladi. Mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta o‘zlashtirishi, xorijiy tillarni o‘rganishi uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yuz minglab o‘g‘il-qizlarimiz muayyan mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olish bilan birga, chet tillarini ham puxta o‘rganmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilimli, zukko yigit-qizlar safini kengaytirish, ularning xorijiy tillarni bilish darajasini yuksaltirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Qaror mamlakatimizda zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, xorijiy tillarni puxta biladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, sohada xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar yaratmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, joriy yildan boshlab nafaqat dars soatlari, balki o‘quv darsliklari ham ko‘paytirilmoqda. Jumladan, chet tillar bo‘yicha yangi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilgan. Chet tillarni 1-sinfdan boshlab bosqichma-bosqich o‘qitish bo‘yicha o‘quv rejasi ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, 1-4-sinflarda haftasiga 2 soatdan chet tili fani o‘qitiladi. Davlat ta’lim standartlari asosida 1-9-sinflar uchun ingliz, nemis va fransuz tillaridan o‘quv dasturlari yaratilgan. Yangi davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari asosida 1-sinflar uchun ingliz tilidan (“Kid’s english”), nemis tilidan (“Deutsch macht spab”) va fransuz tilidan (“Hirondelle”) darslik majmualari yaratildi. Majmualar o‘quvchi kitobi, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va multimediali ilovalar (DVD-disk)dan iborat. 1-sinf o‘quvchilari uchun darslik majmualari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatda belgilangan tayanch maktablarda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, takliflar hamda xalqaro ekspertlar fikr-mulohazalari asosida takomillashtirilgan holda nashr etildi. 2013-2016-yillarda ta’lim muassasalarining chet tillar kabinetlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya, o‘qitishning texnik vositalari va anjomlari bilan jihozlashni jadallashtirish dasturiga asosan joriy yilda 2457 boshlang‘ich sinfini zamonaviy kompyuterlar, 17222 boshlang‘ich sinfini DVD-magnitol majmuasi va o‘quv-ko‘rgazmali qurollari, 200 maktabni interfaol elektron doskasi bilan ta’minlash belgilangan. 2013-2016-yillarda 17222 boshlang‘ich sinflar va 8735 yuqori sinflar tegishli jihozlar bilan ta’minlanadi. Albatta, faoliyat qanchalik kengaysa, malakali kadrlarga ehtiyoj shuncha ortib boradi. Shu ma’noda, xalq ta’limi tizimida ham o‘quvchilarga chet tillarning chuqur o‘qitilishi uchun mahoratli, bilimli va tajribali pedagoglar kerak bo‘ladi. Bu borada tizimda muayyan ishlar bajarilayotganini alohida qayd etish lozim. Misol uchun, Britaniya Kengashi, Fransiya va Germaniya elchixonalari va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida mamlakatimizning barcha hududidagi umumta’lim maktablaridan 160 nafar ingliz tili, 45 nafar nemis tili, 40 nafar fransuz tili o‘qituvchisi saralab olindi hamda oliy ta’lim muassasalarida malakasi oshirilib, maxsus sertifikatlar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-apreldagi qarori bilan chet tili o‘qituvchilarining oylik tarif stavkalariga qishloq joylardagi ta’lim muassasalarida 30 foiz va boshqa ta’lim muassasalarida 15 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lashni ko‘zda tutadigan o‘zgartirishlar kiritildi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan mazkur oliy o‘quv dargohi bazaviy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi. “Yoshlar” teleradiokanalida “Bolajon” bolalar raqamli telekanali tashkil etildi. Bu bolajonlarga ingliz tilini o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Ushbu telekanalda yosh avlod kamoloti yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni targ‘ib etuvchi, yoshlarni bilim o‘rganishga, ayniqsa, chet tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadidagi ko‘rsatuv va teledasturlar, multfilm va badiiy filmlar namoyish etilmoqda. Barcha sohada hozirgi kunda dunyoda o`zgarishlar amalga oshmoqda bo`larning poydevori sifatida jahon tinlarining o`rni benihoya kattadir. Quyida biz jahon dinlarining tarixi rivojlanishi haqida to`xtalamiz. Dunyo tillari yoki jahon tillari — Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning tillari. Ularning umumiy soni 2500-dan 5000 gacha. Koʻp tarqagan dunyo tillarining safiga (million kishi hisobi bilan 1985-yilgi maʼlimot boʻyicha) kiruvchi tillar: xitoy (1 mlrd-dan ziyod), ingliz (420), hind, o'nga yaqin urdu (320), ispan (300), rus (250), indoneziya (170), arab (170), bengal (170), portugal (150), yapon (120), nemis (100), fransuz (100), pendjav (82), italyan (70), koreys (65) tillari. Bu hisobga ularni gapiruvchilari bilan birga millatlararo, xalqlarolik aloqa sifatida foydalanuvchilar ham kiradi. Barcha dunyo tillari yaqinligiga qarab tilli oilalarga boʻlinadi. Ularning har biri yaqin dialektlari guruhidan chiqqan, qadimgi zamonlarda bir tilning dialektlari boʻlgan yoki bir tilli ittifoqqa kirgan. Jahon tillari - yer yuzida hozirgi yashayotgan va qad. yashab oʻtgan xalqlarning tillari. Jahon tillari umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 va undan ortiq deb koʻrsatiladi (bularning aniq sonini belgilash juda murakkab, chunki tillar oʻrtasidagi va bir tilning dialektlari orasidagi farqlar nihoyatda shartlidir). Jahon tillari ichida keng tarqalganlari (soʻzlashuvchilar soniga koʻra) quyidagilar: xitoy, ingliz, rus, ispan, hind va urdu, indonez, arab, bengal, portugal, yapon, nemis, fransuz, italyan, panjob, telugu, koreys, maratxa, tamil, ukrain va b. Qardoshligiga koʻra Jahon tillari tillar oiyaasita birlashadi. Bulardan eng keng tarqalgani hind-eepona tillari oilasiga mansub tillardir. Mazkur tillar taraqqiyoti tarixida qad. hind davri — vedalar, sanskrit tili, oʻrta hind davri— pali va prakriti tili, soʻnggi hind davri — hozirgi hind va unga yaqin boʻlgan urdu, bengal, maratha, panjob, gujorat, oriy sindxi, nepal, singal va b. alohida ajralib turadi. Eron tillari genetik jihatdan hind tillariga eng yaqin tillar hisoblanadi. Bular orasida qad. eron tili — kad. fors, ovasta, skif tillari; oʻrta eron — oʻrta fors (pahlaviy), parfiya, sugʻd, xorazm va b.; soʻnggi eron — fors, pushtu (afgʻon), kurd, osetin, pomir, tojik va b. tillar alohida ajratib koʻrsatiladi. Bu tillar vakillari mil. av. 3-ming yillikda Gʻarbiy Osiyo va Shim. Qora dengiz va Kaspiy boʻyi hududlariga tarqay boshlaydi. Qad. hind tilidagi matnlarning dastlabkilari mil. av. 1-ming yillikda yozilgan boʻlib, prakriti tillari ulardan rivojlanib, ajralib chiqqan, oʻz navbatida bu tillardan soʻnggi hind tillari — hind, urdu, bengal, maratha, panjob, rajastxon, gujorat, oriy va b. tillar vujudga kelgan. Mil. av. 1-ming yillikdan boshlab Yevropada hind-yevropa tillarining gʻarbiy guruhiga mansub tillardagi yozuv yodgorliklar maʼlum. Bular ulik italiy tillar boʻlib, lotin, falisiy, osk, umbars va b. shu guruhga mansub. Lotin tilining mahalliy turidan roman tillari tarkib topadi: bular — ispan, portugal, fransuz, katalon, provansal, italyan, sardin, reto-ro-man, rumin, moldovan va b. tillardir. Kelt tillari ham italiy tillariga yaqin turadi va hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Buning tarkibiga hozirgi breton, val (uels-breton), irland, shotland, gel, mena, shuningdek, ulik galla va kornuel (korn) tillari kiradi. Qad. hind-yevropa tillari oilasi guruhiga german tillari ham kiradi. Xoz. german tillari quyidagi guruhchalarga boʻlinadi: 1) shim. german (yoki Skandinaviya) guruhchasi. Buning tarkibiga shved, norveg , dan, island va fareriya tillari kiradi; 2) gʻarbiy german guruhchasi. Buning tarkibiga ingliz, nemis, niderland (golland), friz, idish va afrika tillari kiradi. Sobiq sharqiy german guruhchasiga kirgan tillar (got va b.) ulik tilga aylangan. Hind-yevropa tillari oilasiga kiruvchi baltlar va slavyan tillari guruhlari bir-biriga yaqin turadi. Boltik, tillari tarkibiga hozirgi latish, litva, shuningdek, ulikpruss va b. tillar kiradi. Slavyan tillari guruhida: sharqiy slavyan — rus, ukrain va belorus; gʻarbiy slavyan — polyak, chex, slovak, lujitsa va ulik polab tillari; jan. slavyan tillari guruhida esa serb-xorvat, Sloveniya, bolgar, makedon, shuningdek, eski slavyan tillari bor. Grek, arman va alban tillari hind-yevropa tillari oilasining alohida guruhini tashkil etadi. Xet tili, tohar tili, frigiy, frakiy, illiriy va b. tillar koʻhna hind-yevropa tillaridan hisoblanadi. Som-xom tillari (anʼanaga koʻra afrika-osiyo tillari oilasi deb ham ataladi) tarkibiga som tillari (ulik akkad, eblait, koʻhna xanaan, qad. yahudiy, qad. oromiy, efiop va b. tillar, shuningdek, xoz. ivrit, arab, amhara, tikrika va b. tillar), barbaraliviya, chad (bular orasida eng koʻp tarqalgan — xausa), kushit (somali, galla va b.), allaqachon ulik tilga aylangan misr tili, undan kelib chiqqan kott tili kiradi. Finugor tillari, bir tomondan, ugor tillari (venger, xanti va mansi tillari)ga, ikkinchi tomondan, 4 guruhchaga: perm (udmurt, komiziryan va komipermyak) tillari, volga (mari va mordva) tillari, boltiq boʻyifin (fin, eston, kenel va b.) tillari va suomi tillariga boʻlinadi. Turk, oʻzbek, ozarbayjon, tatar, qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq, chuvash, boshqird, saxa, gagauz, qorayim va b., shuningdek, bir qator ulik tillar turkiy tillar oilasink tashkil etadi. Bu tillar quyidagi guruhlarga birlashadi: 1) bulgʻor (chuvash tili shunga mansub); 2) jan.-gʻarbiy (turk, ozarbayjon, turkman va b. tillar); 3) shim.-gʻarbiy (tatar, boshqird, qorayim, qumiq, noʻgʻoy, qoraqalpoq, qozoq tillari va oltoy tillariga birlashib qirgʻizqipchoq guruhini tashkil etuvchi qirgʻiz tili); 4) jan.-sharqiy (oʻzbek va uygʻur tillari); 5) shim.-sharqiy (Saxa Respublikasi, Sibir va Oltoydagi boshqa tillar, shuningdek, ulik turkiy tillar, yaʼni qad. turkiy yozuvdagi Urxun-Yenisey va b. yozuv yodgorligi bitilgan tillar). Buryat, hozirgi moʻgʻullarning oʻz tili va bularga yaqin qalmoq, oyrot va b. tillar moʻgʻul tillarini tashkil etadi. Tungusmanjur tillari tarkibiga manjur, even va b. tillar kiradi. J. t. orasida yapon tili (unga qardosh boʻlgan ryukyusi tili) aniq oʻz oʻrniga ega emas. Baʼzi olimlar bularni (koreys tilini ham) oltoy tillari guruhiga qoʻshadilar.
Kartvel (jan. Kavkaz) tillari tarkibiga gruzin, zan (yoki mergelochan) va svan tillari kiradi. Shim. Kavkaz tillari 3 guruhdan — abxaz, adigey, nax va dogʻiston tillari guruxidan iborat. Xitoy-tibet tillari tarkibida xitoy, tibet-birma (tibet, birma, ulik tangut, kachin), shuningdek, himo-lay, nevar va b. tillar bor. Baʼzi tasniflarga koʻra, avstronez tillari alohida oilani tashkil etadi va monkxemer, palaungva, Vyetnam, malakka, munda, myao-yao va b. tillarni oʻz ichiga oladi. Malayya-polineziya tillari (q. Malayya tili va Polinez tillari) koʻpchilik olimlar tomonidan bir oilani tashkil etadi deb hisoblanadi. Uning tarkibi, anʼanaga koʻra, 4 guruhga bulinadi: indonez tillari, melanez tillari, polinez tillari va mikronez tillari. Osiyo qitʼasidagi tillar orasida kelib chiqishiga koʻra,turlicha boʻlgan paleoosiyo tillari aloxida oʻrin tutadi. Paleoosiyo tillari va ulib borayotgan ayna tilida Shim. Amerika indeyslari tillariga xos xususiyatlar uchraydi. Avstraliya tillari bitta oilani tashkil etadi. Garadye, narinyeri, mudura, aranda, vadyug va b. qabilalarning tillari shu oilaga mansub. Hind-Tinch okean (shu jumladan, koʻp sonli papuas tillari) va andaman tillarining bir-biriga qardoshligi aniqlangan. Afrika tub aholisining tillar tasnifi tugal ishlangan emas. Oʻz tarkibiga eng kup tillarni nigerkordofan yoki kongo-kordofan oilasi birlashtirgan (q. Niger-kongo tillari). Bu oilaga mande, kva, bantu (shulardan eng kup tarqalgani suaxili), gur va b. tillar guruhi kiradi. Afrika xalqlari tillari orasida koysan tili (gottentot va baʼzi b. tillar) alohida oʻrinni tutadi. Indeys tillari tugal tadqiq etilmagan, uzaro genetik aloqalari xususida aniq, ilmiy maʼlumotlar yoʻq. J. t.ning anchaginasi haqidagi maʼlumotlar bizgacha saqlanib qolgan qad. yozuv yodgorliklaridan maʼlum, koʻpgina tillar esa izsiz yoʻqolgan. Jan,-Sharqiy Osiyo, Afrika va Amerika xalqlari tillarining tasnifi ishlab chiqilmagan. Shuning uchun insoniyatning til tarixi hozirgi fanda uncha toʻliq yoritilgan emas . Bu barcha yuqoridagi tillar hozirgi zamonni rivojlanishida eng katta dabablardandir, chunki biz qay rivojlangan davlatga chiqmaylik har bir davlatning o'z davlat tilisi mavjuddir .Shularni hisobga olgan xolda bizni davlatimizni rivojiga har bir o'sib kelayotgan barkamol avlod o'z xissasini qo'shishi lozimdir . Shuni unutmash kerakki prezidentimiz Islom Karimov biz yoshlarga katta imkoniyatlar eshigini ochib berganlar. Har chiqishlarida ,,Bolalarim marrani katta quyinglar ortlaringda men turibman" deydilar. Bu aytilgan so'zning o'zi ham biz yoshlarga qanday kuch - qudrat anglashini bilishimiz lozimdir . Kelinglar dustlar davlatimizni yanada rivojiga o'z xissamizni qushaylik Download 18.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling