Umum ped na amal-O`um 13-14


Mеhnat tarbiyasini bеrish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet151/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   296
Mеhnat tarbiyasini bеrish 
shakllari 
Ta'lim jarayonida 
mеhnat 
Sinfdan tashqari ishlar 
jarayonida mеhnat 
tarbiyasi 
O`z-o`ziga xizmat qilish 
mеhnati 
Ijtimoiy foydali mеhnat 
Jismoniy tarbiya mazmuni 
Jismoniy kamolot 
Jismoniy holat 
diagnostiкаси
Jismoniy tarbiya 
madaniyati 
Sport ishlari 
Jismoniy ma'lumot 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
109 
Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi: 
1. Inson a‘zolarining tuzilishi va ularning funksional kamoloti. 
2. O‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash. 
3. Gigiyena qoidalariga ko‘nikish. 
4. Bo‘lajak ishchi-mehnatchilarning jismoniy va fiziologik sifatlarini kasb ahamiyati jihatidan shakllantirish
ish qobiliyatlarini oshirish. 
5. O‘quvchilarda iroda, chidamlilik, qat‘iy intizom, do‘stlik hissini kamol toptirish. 
6. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash. 
Yosh avlodni jismonan chiniqtirishda o‘quv yurtlari rejasi bo‘yicha o‘tiladigan jismoniy tarbiya darslarining 
roli, ahamiyati beqiyos kattadir. 
«Bolaning qanday shaxs sifatida kamol topishida xalq pedagogikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq 
pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya‘ni birlamchi-ikkilamchisi bo‘lmaydi, hamma narsa hisobga olinishi, 
hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e‘tiborga olingan 
holda , yetti o‘lchab bir kesishga amal qilinadi. Xalq pedagogikasining o‘ziga xosligi shundaki, u bugun va ertani uylab
ish tutadi, ya‘ni utmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetishlik, kelajakka umid asosida tarbiya olib boradi» 
(Mavlonova, 2002,320).
Xalq pedagogikasining asrlar davomida shakllanib, rivojlanib, boyib borishining, inson va Vatan taqdirida hal 
qiluvchi rolining boisi, birinchidan, uning hayotiyligi, ta‘sirchanligi, serqirra va serma‘noligida bo‘lsa, ikkinchidan
uning bevosita xalq tomonidan mavjud hayot jarayonida jonli an‘analarda yaratilishi, tarbiyaning eng dolzarb 
masalalarini hal qilishga qaratilganligi, uchinchidan, umuminsoniy yo‘nalishga, umumbashariy g‘oya-maqsadlarga 
qaratilgan bo‘lganligidir. 
Tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi. Yirik allomalarimizdan biri Ibn Sino 
birinchi bo‘lib tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, 
uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham 
amaliy jihatdan asoslab bergan edi. 
2-35.chizma 
Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalarigina emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko‘plab axloqiy-irodaviy
hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, 
ularning sog‘ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat‘iylik, mustaqillik 
kabi ijobiy xulq me‘yorlari tarkib topadi. 
Yetuklik komillikka erishish bosqichlaridan biridir. Shuning uchun mamlakatimizda va ta‘lim-tarbiya 
tizimimizda tarbiyaga katta e‘tibor qaratib kelinmoqda.
Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi- o‘quvchilar tanasidagi barcha a‘zolarni sog‘lom o‘sishini ta‘minlash 
barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya va 
jismoniy yetuklik masalasi bizda azal-azaldan ota-bobolarimiz ma‘naviyatida ulug‘lanib kelingan. Xalq og‘zaki 
ijodidagi «Alpomish», «Go‘r-o‘g‘li»dostonlarini misol tariqasida ko‘radigan bo‘lsak, ulardagi qaxramonlar jismonan 
baquvvat, mard yigitlar bo‘lishgan. Buyuk allomalarimiz ham, jadid ma‘rifatparvarlari ham tarbiyani komil inson 
yetishtirishdagi o‘rnini alohida ta‘kidlashgan. 
Tarbiya kishilarga katta ta‘sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr 
ko‘rishiga yordam beradi. Shuning uchun yurtimizda mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq tarbiyaga e‘tibor 
qaratila boshlandi. 2001 yil esa alohida «Sog‘lom avlod yili» deb e‘lon qilindi. 
Tarbiya mazmuni kamolot, tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma‘lumot tushunchalarida o‘z ifodasini 
topadi.
Kamolot yosh avlod ichki a‘zolarining o‘zgarishi, o‘sishidir. Birinchi navbatda yurak va o‘pka, shuningdek 
nerv va harakat tizimi, tana shaklining o‘zgarishi, teri-muskul tizimi og‘irligi, tananing mukammal rivojlanishidir. 
Pedagogik tushunchada kamolot deganda insondagi jismoniy ma‘lumotning o‘sishi borasidagi o‘zgarishlar, ya‘ni 
oddiydan murakkabga, pastdan-yuqoriga, nomukammallikdan mukammallikka tomon bo‘lgan o‘zgarishlar 
tushuniladi.
O‘quvchilarning kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik boshqarish tarbiyaning vazifasidir. Tarbiya 
tizimida jarayoniy kamolot diagnostikasi muhim o‘rin tutadi. Kamolot tarbiya saviyasi, fan tili bilan aytilganda, 
tarbiya samaradorligi ko‘rsatkichidir. 
Maxsus usul va texnika asosida o‘quvchilarning sog‘liklarini, har bir individual shaxs kamoloti saviyasini tadqiq 
etish: belgilangan norma va undan uzoqlashish ko‘rsatkichlarini oldindan belgilash negizida tarbiya uchun doimiy 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling