Umum ped na amal-O`um 13-14


O‘z - o‘zini tarbiyalash usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet113/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   296
O‘z - o‘zini tarbiyalash usullari. O‘quvchida o‘z - o‘zini tarbiyalashga, ya‘ni o‘z ustida ongli batartib ishlashga 
ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bo‘ladi. O‘z - o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning 
o‘zini - o‘zi idora qilishi organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeini shakllantirishning 
ta‘sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z -o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, 
o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydilar. O‘z - o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor 
bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarga mustaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo bo‘ladi.
 
O‘z - o‘zini tahlil qilish- o‘z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga xatti - harakatlari haqida o‘ylashga o‘rgatadi. 
O‘z - o‘zini nazorat qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish -turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va 
aksincha salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. 
O‘z- o‘zini baholash- o‘quvchining qobiyalitini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordam beradi. O‘z - o‘zini 
baholash o‘zining imkoniyatlarini hisob - kitob qilish, baholash, chetdan turib xolisona baho berish, o‘zidan qoniqish 
hosil qilishda yordam
beradi. 
1
 Педагогика .Ўқув қўлланма. А.Мунавваров таҳририда. Тошкент: «Ўқитувчи», 1996 . 129-бет. 
 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
78 
Tarbiyada rag‘batlantirish usulidan qanday foydalaniladi, uning qanday turlari va ahamiyati bor? degan 
savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. O‘quvchi bolalarning har biri o‘sib kamol topib borayotganidan xursand 
bo‘layotganini sezish kerak. Faqat shundagina bola o‘zining olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi. Bunga erishish 
uchun rag‘batlantirish usulidan foydalaniladi. Rag‘batlantirish bolaga ishonishga, unga bo‘lgan ijobiy qobiliyat va 
fazilatlarning kuchini e‘tirof etishga asoslangan. Rag‘batlantirish o‘quvchining ko‘nglini oladi, uni quvontiradi, yanada 
yaxshiroq bo‘lishga undaydi. 
Rag‘batlantirishning quyidagi turlari mavjud. 
O‘quvchining kuchi yetadigan mas‘uliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish; Maqtash: (ota - ona, 
jamoa oldida); Esdalik sovg‘a berish; Maqtov yorlig‘i berish; Stipendiya bilan taqdirlash; teleko‘rsatuvlarda maqtash; 
Hurmat taxtasiga rasmini qo‘yish; Qo‘llab-quvvatlash; Ma‘muriyat va jamoaning minnnatdorchiligi; Musobaqalarda 
bayroq ko‘tartirish; Gazetada e‘lon qilish ; Televideniyeda ko‘rsatuv uyushtirish; Rag‘batlantirish pedagogik talab 
asosida bo‘lishi lozim. Tarbiyalovchi oshirib maqtashi, boshqa o‘quvchi- yoshlarga taqqoslab kesatishga yo‘l 
qo‘ymasligi, rag‘batlantirishga bo‘lgan talabchanligini oshirish lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling