Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet202/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   296
Ikkinchi guruh- kinofil‘mlar, tasviriy san‘at, bad‘iy san‘at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullarga
Uchinchi guruh- tarbiya ma‘lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, 
boshqalarni amaliy mehnatini misol qilib ko‘rsatish; 
To‘rtinchi guruh- o‘quvchi-talabalarning yaxshi bajargan ishlarini, o‘rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida 
ma‘qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, stipendiyalarini oshirish, maqtov yorliqlari topshirish. 
Suratlarini hurmat taxtachasiga yopishtirish, va boshqa og`zaki, ―rahmat‖, ―barakalla‖ kabi rag`batlantirish usullarini 
kiritish mumkin. 
Tarbiyachining rag`batlantirish usuli ikkiga bo‘linadi: 
Siz buyurgan ishga burch va mas‘uliyat bilan yondashganligini rag`batlantirish. 
Siz buyurgan ishga qiziqishini va uni uddalay olganligini rag`batlantirish. 
Jazo- bu bolaning noto‘g`ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish. 
Agar bola siz ogohlantirmasingizdan yoki tushuntirmasingizdan oldin o‘z xatosini tushungan bo‘lsa-yu, sizga 
qilgan xatosini aytolmay izza chekib turgan bo‘lsa, uni jazolashga zaruriyat yo‘q. Siz unga yana bir marta imkoniyat 
bering. Ammo keyingi gal xato qilsa va uni tan olmasa, unday hollarda qo‘yidagi jazo turlari qo‘llaniladi: 
1. Tushuntirish. 
2. Tanbeh berish. 
3. Ogohlantirish.
4. Qattiq ogohlantirish. 
5. Uyaltirish. 
Yuqoridagi jazo turlarini o‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz hech kimning guvohisiz qo‘llaydi. Ammo 
gruppadosh o‘rtoqlari yoki sinfdoshlari oldida izza qilay deb bolani uyaltirsa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida ko‘rsatilgan tarbiya metodlarini chuqurroq yoritishi uchun talabalar A. Munavvarov Pedagogikasining 11-15, 
«Pedagogika» X.I.Ibragimov, Sh.A.Abdullayeva o‘quv qo‘llanmasinining 67-73, Pedagogika (N.G`aybullayev va 
boshq.)ma‘ruzalar matnining 32-37, Yu.K. Babanskiy «Hozirgi zamon umumiy ta‘lim maktabida o‘qitish metodlari» 
uslubiy qo‘llanmasining 95-145 betlardan foydalanishlari mumkin. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
152 
Talabalar shahar maktablaridan birida bir soatlik tarbiyaviy soatni kuzatib, unda o‘qituvchi tarbiya qoidalari va 
metodlarning qaybiridan o‘rinli foydalana olganligini kuzatishlari zarur. Shu kuzatish natijasida o‘zlari xohlagan 
mavzuni tanlab, bir soatlik tarbiyaviy soat ishlanmasini ishlab chiqishlari kerak. 
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlar ekan, ta‘lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan turli xil pedagogik 
muammolarga, vaziyatlarga duch kelib qolishi mumkin. Yosh pedagoglar bunday vaziyatlarga oldindan tayyorlanib 
borsalar foydadan xoli bo‘lmaydi. Shu o‘rinda bir pedagogik muammoli misol: Siz rahbarlik qiladigan sinfda ikkita 
o‘g`il bolaning xaddi-harakatlari, tartib-intizomi sinf jamoasiga ham sizga ham yoqmaydi. Chunki sinf sha‘niga dog` 
tushirishga ulgurishgan. Lekin har ikkalasining otasi siz o‘tkazadigan tadbirlarning homiyligiga rahnamolik qilib 
turishadi. Siz bu muammoni qanday yechgan bo‘lar edingiz. 
Tarbiya borasida buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojiblarning pedagogik qarashlarini 
o‘rganib chiqing. Buni o‘rganib chiqishda Alisher Navoiyning «Mahbub-ul qulub», Yusuf Xos Hojiblarning 
«Qutadg`u bilig» asarlaridan foydalanishlari mumkin.
XULOSA 
Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham, uning qoida va 
usullari ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning samarasi bu qoida va usullarning to‘g`ri qo‘llanishiga, bu vosita va 
usullar muayyan ijtimoiy guruhda tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, ularning tarbiya vazifalari va 
maqsadlariga qanchalik javob berishiga bog`liqdir. 
Savol va topshiriqlar 
1. Sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘quv yili rejasida ko‘rsatilgan biror bir tarbiyaviy soatlar yoki 
tadbirlarni tabiya metodlaridan foydalangan holda ssenariysini ishlab chiqish. 
2. Tarbiya jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan turli xil pedagogik muammolarni ishlab chiqish. 
3. Sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi haqidagi qarashlarini o‘rganish.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling