Umum ped na amal-O`um 13-14
Mashg`ulotdan ko‘zlangan maqsad
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Brinchi guruh
Mashg`ulotdan ko‘zlangan maqsad:
Ta‘limiy maqsad: ijtimoiy tarbiyaning maqsad, vazifalari va mazmunini yoritib berish, tarbiya metodlarini mohiyati va turlari to‘g`risida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: Tarbiya metodlarini o‘rganish orqali bo`lg`usi o`qituvchilarda tarbiyaviy faoliyatda ulardan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirib borish Rivojlantiruvchi maqsad: metodlarini tarbiya jarayonida to‘g`ri tanlab bilishni o‘rgatish, o‘zlashtirishi past bo‘lgan o`quvchilarga alohida topshiriqlar berib, individual yondashishni shakllantirish. MAShG`ULOTNING BORIShI Tarbiya biz uchun yo hayot- yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir. Abdulla Avloniy. Tarbiya metodlari haqida so‘z yuritilar ekan, avvalo talabalar tarbiya metodi nima? degan tushunchani yoritishlari kerak. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishga bog`liq. Tarbiya natijasi tarbiya jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog`liq. Tarbiyachilar ta‘sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini eng maqbul usulini tanlab olishi, uning shaxsini o‘zgartirishi uchun kerakli shart - sharoit yaratishlari lozim. Tarbiya usullari har bir bolaga har qaysi bolalar jamoasiga alohida munosabatda bo‘lishni nazarda tutadi. Xalq pedagogikasi o‘zbekona axloq, odob va tarbiyaning murakkab barcha qirralarini o‘zida mujassamlashtiradi. Metod- yunoncha atama bo‘lib- aynan nimagadir yo‘l, usul orqali maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Metod, ya‘ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: 1. So‘z orqali ifodalash usuli. 2. Ko‘rgazmalik usuli. 3. Amaliy, namuna usuli. 4. Rag`batlantirish va jazo usuli. Yuqoridagi metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Brinchi guruh- so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma‘lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma‘ruza, suhbat va boshqa usullarga; Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling