Umum ped na amal-O`um 13-14


shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin»


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet219/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   296
shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin». Bu yerda gap o‗qituvchining qandaydir bir 
andozadagi (qolipdagi) shaxsga barovaiiashtirish zarurligi to‗g‗risida emas, balki uning o‗z individual sifatlaridan 
ustalik bilan foydalanishi, o‗zida shaxsning zarur xislatlarini tarkib toptirishi, o‗z kamchiliklariga barham berishi 
to‗g‗risida boradi. 
KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada —
 informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan 
Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. 
Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni uzatish 
jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: 
«inson-inson», «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina». Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya 
jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan 
boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot 
ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi 
Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi 
va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh 
yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining 
xususiyatlari ahamiyatli; 
2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni 
suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. 
Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy 
kollektordan oʻtkaziladi, natijada Kommunikatsiyani taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat 
qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan «muloqot qilish»dagi «signalli» usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun 
«oʻziga xos» kommunikatsiya «signallari» boʻladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling