Umum ped na amal-O`um 13-14


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet216/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   296
kommunikativ - ta‘lim oluvchilar va jamoa bilan pedagogik maqsadga qaratilgan munosabatni o‗mata olish 
ko‗nikmasi; 
suggestiv (suggestiya - ishontirish) - o'quvchilarga emotsional ta‘sir ko‗rsatish; 
tadqiqotchilikka doir - pedagogik jarayon va vaziyatlami anglash hamda obyektiv baholay olish ko‗nikmasi; 
ilmiy-bilishga doir - tanlangan ixtisoslikka doir belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlami egallay olish qobiliyati; 
gnostik - obyekt, jarayonni va o‗z faoliyati natijalarini tadqiq etish hamda olingan natijalar asosida uni 
korrektsiyalay olish qobiliyati. 


UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
163 
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, 0‗qituvchining 
pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. 
1. Didaktik qobiliyat - bu oson yo‗1 bilan murakkab bilimlami o'quvchilarga tushuntira olishdir. Bunda 
o'qituvchinmg o'quv materialini o'quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va 
tushunarli qilib aytib berishi, o'quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg'ota olishi ko'zda tutiladi. 
O'qituvchi zarurat tug'ilgan holatlarda o'quv materialini o'zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab 
narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila oladi. 
2. Akademik qobiliyat - barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo'lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega 
bo'lgan o'qituvchi o'z fanini o'quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o'z fani sohasidagi 
yangiliklarni kuzatib boradi. Fan-texnika, ijtimoiy-siyosiy hayotga doir qiziqishlari bilan ko'p narsalami o'rganib boradi. 
3. Pertseptiv qobiliyat - qisqa daqiqalarda o'quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o'quvchming, 
tarbiyalanuvchming ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o'quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda 
yaxshi tushuna olish bilan bog'liq bo'lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. Bunday o'qituvchi kichkinagina alomatlar, 
uncha katta bo'lmagan tashqi belgilar asosida o'quvchi ruhiyatidagi ko'z ilg'amas o'zgarishlarni ham fahmlab oladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling