Umum ped na amal-O`um 13-14


Pedagogik jarayonning rivojlantiruvchanlik funksiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/296
Sana09.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1759093
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296
Pedagogik jarayonning rivojlantiruvchanlik funksiyasi 
Berilayotgan bilimlarni o‘zlashtirish o‘quv dasturida qayd qilingan ta‘lim oluvchilar aqliy, fikrlash qobiliyatini 
rivojlantirish borasidagi harakatlar ularning o‘zlari tomonidan ham amalga oshirilishi lozim. 
Ta‘lim oluvchilarni rivojlantirish – bu pedagogik jarayon natijasidir o‘qish rivojlanishning garovi bo‘lib, 
fikriy, aqliy rivojlanish bilan birga faoliyatning ham rivojlanishiga olib keladi.
Pedagogik jarayon to‘g‘risida aniq fikrga ega bo‘lish uchun bu jarayonni yo‘naltiruvchi (boshqaruvchi) kuchlari 
haqida ham ma‘lumotga ega bo‘lish kerak. Bunday kuchlarning rivojlanishini dialektik o‘qish nuqtai nazaridan aniqlash 
mumkin. Pedagogik jarayonga yuzaga keluvchi qarama - qarashliklar va ularning o‘zaro aloqasini o‘rganish ham 
muhimdir. 
O‘qituvchi ta‘lim oluvchilarni bilim va malaka bilan qurollantirar ekan, ularni murakkab masalalarni hal qilishga 
yo‘naltirilishi, pedagogik jarayonda yuzaga kelgan qiyinchiliklarning bartaraf etishga undagi ta‘lim oluvchi 
imkoniyatlaridan oshmasligiga ahamiyat berishi kerak. Shundagina ta‘lim oluvchilarning qobiliyat va bilimlari 
oddiydan murakkabga qarab borib, ularni murakkab masalalar yechimini topishga undaydi. Ishlab chiqarish va o‘qish 
orasida bevosita aloqa bo‘lib, bu umumiy pedagogik jarayonda ta‘lim oluvchilar kasbga yo‘llash bilimlari amaliy 
masalalar yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etishini tushunib yetadilar. 
Pedagogik jarayon tamoyillari 
Umumdidaktik tamoyillar bilan pedagogik jarayon qonunlari o‘zaro aloqada bo‘lib, mazkur aloqa o‘zining 
spesifik xususiyatlariga egadir. Ularning asosiylari: 
1-7.chizma 
Politexnik tamoyil Politexnik bilim zamonaviy ishlab chiqarish tizimining ilmiy asoslarini egallashni nazarda 
tutib, shu bilimlar asosida umumkasbiy politexnik va maxsus bilimlar shakllantiriladi. 
Politexnik tamoyillarni o‘qitishda quyidagi shartlarga amal qilish lozim. 
a) Asosiy yo‘nalishdagi rivojlangan texnika va ilmni o‘qitish 
b) bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan o‘quv materiali tizimini tashkil etish. 
v) O‘rganilayotgan fan asoslari borasidagi bilimlarni amaliyotda qo‘llash. 
g) Ta‘lim berishda ta‘lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish. 
d) Ta‘lim oluvchilar qiziqishlarini qondirirish. 
e) Kasbiy bilim berish umumta‘lim bilimlariga tayanish. 
j) O‘quv materialining turg‘un bo‘lishiga erishish. 
z) O‘quv mavzularining ketma-ketligiga erishish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling