Umum va tib psix p65
partish bolishiga qaramay, atrof-borliqdagi konkret obyekt-
Download 0,49 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqUmum va tib psixologiya -Y.Fayziyev
partish bolishiga qaramay, atrof-borliqdagi konkret obyekt- lar ustida fikr yuritish yoqolmaydi. Òasavvurlar kechish suratining sekinlashishi sirkulator psixozning depressiv bosqichlarida uchraydi. Bunday holga tushgan bemorlar eng oddiy aqliy yumushlarni ham bazor bajaradilar, ular oz tarjimayi hollarini aytib berishga qiynala- dilar, chunki bir tasavvur ortidan ikkinchi tasavvurning kelishi qiyin boladi. Òurli xildagi tafakkur buzilishlaridan dastlab, masalan, shizofreniyada uchraydigan quruq mahmadonalikni, goyo donishmandlikni aytib otish kerak. Bu shundan iboratki, bemor mutlaqo mazmunsiz va «tuzsiz» muhokamalarni togri, biroq, oxiri tugamaydigan dabdabali soz libosiga oraydi. Òafakkur buzilishlariga yana epilepsiya bilan ogrigan shaxslarga xos bolgan fikrlashdagi ortiqcha tafsilotlar kiradi. Bunda bosh miya postlogidagi asosiy fiziologik jarayonning kechishidagi inertlik va differensiatsiyaning buzilishi yaqqol yuzaga chiqadi. Òafakkurning boglanmasligi tafakkur uzili- shiga tashqi jihatdan oxshash bolib, bunda bemor qisman qabul qilib, umumlashtirilgan mantiqiy xulosa chiqarish qobi- liyatini yoqotadi. Masalan, bemor soatga qarab, soat va daqiqa strelka (mil)larining qayerda turganini togri aytib beradi, biroq soat necha bolganini aytib bera olmaydi. Perseveratsiya bir marta aytilgan fikrni bir xil tarzda tashqi tasirotlarga yoki hech qanday sababsiz, bir xil tarzda takrorlanishidir. Perseveratsiyalar bosh miyaning qattiq organik zararlanishida koriladigan tafakkur buzilishiga kiradi. Masalan, bemordan: «Ismingiz nima?» deb soralganda u: «Òolqin Imomovich Normurodov», deb javob beradi. Yana savol: «Qayerda tugilgansiz?» Javob: «Òolqin Imomovich Normuro- dov». Savol: «Yoshingiz nechada?» Javob: «Òolqin Imomovich Normurodov» va h.k. Miyadan ketmaydigan goyalar shunday fikrlardirki, kishi, garchi, ulardan qutulishni istasa ham qutula olmaydi. Masalan, dazmolning tokka ulanganligi haqidagi fikr soglom odamda ham paydo bolishi mumkin, lekin bu fikr dazmolni tokdan sugurilganligini eslasa yoki bunga ishonch hosil qilsa yoqoladi. Miyadan ketmaydigan fikr esa, soglom $ kishilardagi shubhalanishdan farqli olaroq, kishi bu fikrning asossizligiga ishonch hosil qilganda ham yoqolmaydi. Ota qimmatli goyalar. Kishi ongida emotsional, aniq, rang-barang fikrlar ustun bolsa, shu haqida soz yuritiladi. Odatda, bu fikrlar bemani tabiatli bolmaydi, lekin bemor unga shunday katta ahamiyat beradiki, ular aslida bunga arzimaydi. Masalan, xafalik hissi shu qadar kuchli ahamiyatga, dil ogrishi shu qadar kuchli hisga ega boladiki, u kishi ongida hukmron bolib qoladi. Bemor boshqa hech narsa haqida oylay olmaydi, u atrofda roy berayotgan narsalarga oziga yetgan alam nuqtayi nazaridan qaraganda, uning fikri yodi, birdan bir maqsadi qasos olishga qaratilgan boladi. Aqlpastlik tafakkurning buzilishi bolib, bunda odamning hodisalar ortasidagi boglanishni tushunish qobiliyati pasayib ketadi, asosiy narsani ikkinchi darajali narsadan farq qilish qobiliyati yoqoladi, odam oz fikrlari, yurish-turishiga tanqidiy koz bilan qaray olmaydigan bolib qoladi, xotirasi pasayadi, bilim va tasavvurlarining zaxirasi kamayib ketadi. Aqlpastlikning ikki turi tafovut qilinadi: tugma aqlpastlik va turmushda orttiril- gan aqlpastlik. Òugma aqlpastlik asosida bolaning ona qornida zararlanishi yoki juda godaklik davrida kasal bolib qolishi natijasida miyasining yetarlicha rivojlanmay qolishi yotadi. Òurmushda orttirilgan aqlplastlik (demensiya) kopincha progressiv falajlik, qarilik psixozlari: bosh miya tomirlari atero- sklerozi, bosh miya shikastlarida bosh miyaning tugilishdan ancha keyingi davrda organik kasallikka uchrashining oqibati bolib hisoblanadi. U yalpi va lakunar (ochoqli) aqlzaiflikka bolinadi. Aqlida nuqsonlari bolgan bemorlarga xizmat korsatish ancha mushkul vazifadir. Ular kopincha ozlariga qaratilgan savolni notogri tushunadilar. Ularning beoxshov gaplari va xatti-harakatlari atrofdagilarning gazablanishiga sabab bo- ladi. Bunday bemorlarga xizmat qilish tibbiyot xodimidan zor sabr-matonatni va shafqatli bolish hislarini talab qiladi. Munosabatning eng yaxshi shakli xayrixohlikdir. Bu toifadagi bemorlarni savollar bilan qiynab qoymaslik, gaplarini yaxshi eshitib maqullab turish kerak. Bemorning xulqiga va xarak- teridagi patologik xususiyatlariga shifokor xotirjamlik, bosiq- lik bilan munosabatda bolishi shart. $ NUTQ HAQIDA MALUMOT Odam oz fikrlarini boshqalarga bildirish uchun shu fikrlarni seziladigan, yani sezgi azolari orqali tasir qiladigan moddiy vositalarda ifodalashi lozim. Ana shu moddiy vosita nutq deyiladi. Nutq odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishining alohida usulidir. Inson nutqi yordamida ozining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi. Nutq tibbiyot sohasida, ayniqsa, orta tibbiyot xodimlari faoliyatida muhim rol oynaydi. Chunki hamshira- ning kundalik faoliyati bemorlarga oz fikrlari orqali ruhiy oziqa berish, tetiklashish, sogayishga bolgan ishonchini yana- da kuchaytirish bevosita nutq orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, har bir tibbiyot xodimi nutqi yomonlashgan yoki notogri rivojlangan kishilarga yordam korsatishi yoki bolmasa yollanma berishi kerak. Buning uchun ular nutq faoliyati buzilishlari haqidagi bilimlarni egallab olishlari kerak. Nutq vositasi bilan aloqa boglash jarayonida har bir kishi bilimlarning kop qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasida aloqa boglash odamning doimiy ehtiyoji bolib, bu aloqa fikr almashuvga xizmat qiladi. Har bir kishining nutqi bolalik chogidan boshlab osib boradi, buning sababi ham boshqa kishilar bilan aloqada bolish ehtiyojidir. Nutqning anatomik-fiziologik asoslari bosh miya postidagi alohida mar- kazlar faoliyati va nutqqa oid muskul apparati hisoblanadi. «Nutq» va «til» tushunchalari kopincha bir xil manoda ishla- tiladi. Ammo bu tushunchalarning manosini bir-biriga aralashtirib yuborish yaramaydi. Garchi, nutq bilan til bir- biriga chambarchas boglangan bolsa ham, lekin ularning har ikkisi bir narsa emas. Òil ijtimoiy hodisa. Òil ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Òilning ijodkori esa, xalqning ozidir, tarixan tarkib topgan millatning ozidir. Ozbek tili, qirgiz tili, qozoq tili, turkman tili, tojik tili, nemis tili va h.k. xalqlarning tillari bunga misol boladi. Nutqning asosiy vazifasi odamlarga vositachilik qilishdir. Nutqda bizning fikrlarimiz bilan birgalikda tuygu-hislarimiz ham ifodalanadi. Nutqda bizning irodamiz, maqsad-muddaomiz, istagimiz, niyatimiz, qarorimiz ham, shu- $ ningdek, iroda jarayonining ayrim sifatlari: qatiyat va qatiyat- sizlik, dadillik, kishining ozini tuta bilishi, kishidagi qunt va boshqalar ham namoyon boladi. Odamning nutqida namoyon boladigan xilma-xil tovush birikmalari uning ichki holatini ifodalabgina qolmasdan, shu bilan birga obyektiv ravishda mavjud bolgan narsalar va hodisalarning nimaligini bildiruvchi vosita bolib ham xizmat qiladi. Masalan, «shpris» sozi. Nutq ozining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa bolinadi. Òashqi nutq oz navbatida ikkiga: ogzaki va yozma nutqqa ajratiladi. Ogzaki nutq boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda foydalaniladigan nutqdir. Ogzaki nutqning jaranglashidagi (ohangidagi) farqlarni hisobga olish zarur. Nutq tembri uning ifodali, emotsional boyoqli bolishida rol oynaydi. Ayrim kasalliklarda, masalan, faringit, laringit (ovoz boylamlari, bodomcha bez kasalliklari), ayrim ichki sekretsiya bezlari kasalliklarida tovush tembrlari jiddiy ozgaradi. Yozma nutq bevosita aloqa boglash vositasi bolmasdan, bal- ki kopincha boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda turgan yoki turishi mumkin bolgan odamlar bilan aloqa boglash vositasidir. Masalan, tibbiyot xodimlari Gippokrat, Aristotel, Ibn Sino asarlarini oqish va organish natijasida chuqur bilimga ega bolishdi. Bazan hayotda nutq azolarining notogri holatda joyla- shuvi kuzatilib, bu fiziologik duduqlanish deyiladi. Agar bu holat bola rivojlanishining 4 yoshidan keyin ham davom etsa, patologik duduqlanish deb ataladi. Bunday hollarda mazkur patologiyaning sabablarini aniqlash va davolovchi pedagogga murojaat qilish zarur (logopediya nutq buzilishlarini davolash boyicha fan). Duduqlanish «sh sh» lab, «s s» lab gapirishda, chuchuk til bilan sal «sh sh» lab gapirishda namoyon boladi. Sozlarni dona-dona talaffuz etishda ishtirok etuvchi muskul azolarining (til muskuli, tanglay muskuli, tovush pardalari muskuli) buzilishida, miya dastagida bosh suyagi nervlari yadrosining shikastlanishi natijasida yoki bosh miyaga keluvchi nerv tolalarining zararlanishi natijasida nutq, tovushlarni talaffuz qilish yomonlashadi dizartriya paydo boladi. Bazan tovushning vaqtincha funksional yoqolishi afoniya kuzatiladi. Bunday yomonlashuv asabiy jazavalanish vaqtida uchraydi. $! Ogzaki nutq bilan yozma nutq ortasidagi farqlar kasallik tufayli kuchayishi mumkin. Organik va funksional xarakterdagi markaziy nerv sistemasi kasalliklarida yozuv, xat ancha yomonlashadi. Kopincha yozma nutqning yomonlashuvi bosh miya qobigining optik, nutq va harakat nutqlarining ochoqli shikastlanishlarida kuzatiladi. Yozma nutqning yomonlashuvi agrafiya deyiladi. Shizofreniya bilan ogrigan bemorlarda yozishning ozgarishi xarakterlidir. NUÒQNING BUZILISHI Bosh miyaning organik zararlanish kasalliklari, jarohatlarida, kalla chanoq suyaklari shikastlanishida, isteriyalarda nutqning buzilishi kuzatiladi. Nutqning buzilishi afaziya deyiladi. Afaziyaning bir necha turlari farq qilinadi, ularning kopgina umumiy va bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari boladi. Afaziya bilan ogrigan bemorlarda sozlar va ularni tashkil etuvchi nutq tovushlarini togri tanlash buziladi, shuningdek, mustaqil nutqning grammatik tuzilishi ham buziladi. Bunday bemorlarning nutqi kambagal, ishlatiladigan sozlar zaxirasi ancha cheklangan boladi. Bir xil sozlarni va boginlarni boshqalari bilan almashtirish sodir boladi. Gapning ayrim qismlari ortasidagi boglanish buziladi. Shuningdek, oqish va yozishning yomonlashuvi ham kuzatilishi mumkin. Afaziyalar motor, sensor, amnestik, total afaziyalarga ajratiladi. Motor afaziya sozlarni talaffuz qilishga qobiliyatsizlik yoki bu qobiliyatning sezilarli ravishda pasayishidir. Bemorlar gapirishga harakat qiladilar, lekin faqat bir necha soz yoki boginlarnigina ayta oladilar. Bunday buzilish kalla chano- gining peshona qismi shikastlanib, peshona sohasida joy- lashgan Brok markazi zararlanganda kuzatiladi. Bemorlar ozlariga qaratilgan nutqni tushunadilar. Sensor afaziya atrofdagilar nutqini yomon tushunish bilan xarakterlanadi. Yozuvda qopol buzilish kuzatiladi, masalan «mete» orniga «mota», deb yozadida, xatosini tuzata olmaydi, chunki «ta»ni «te»dan ajratib farqlay olmaydi. Sensor afaziya bilan ogrigan bemorlarga nisbatan ozlariga qaratilgan nutqni tushunish koproq yomonlashgan boladi. Ular kopincha ozlariga berilgan savollarni tushunish u yoqda tursin, hatto $" oddiy imo-ishoralarni ham tushunmaydilar. Bunday bemorlar erkin gapiradilar, lekin ancha buzilgan va birmuncha tushunarsiz bolgan nutqda bir xil sozlar va boginlarni boshqalari bilan almashtirishga kop marta yol qoyadilar. Kopincha ularning nutqi sozlar yigindisidan iborat sozlarni tanlashga aylanib qoladi. Sensor afaziya uchun nutq beqarorligi (logoreya) xosdir. Amnestik afaziya narsalarning nomlarini aytish qobiliya- tining buzilishida namoyon boladi. Kerakli soz kopincha bevosita sozning narsa bilan bogliqligidan emas, balki bemor- ning nutq kontekstini anglashidan paydo boladi. Bemor jarrohlik stoli ustida turgan qaychini pichoq deb ataydi. Òotal afaziya nutqning barcha turlari yoqolishi bilan xarakterlanadi. Bemor gapirishga harakat qilib, bazan u yoki bu tovushni talaffuz qilishi mumkin. Bu holat bosh miyada qon aylanishi buzilganda va atrofik shikastlanishda kuzatiladi. ÒIBBIYOÒ XODIMLARINING ÒAKÒIKASI Nutqi yomonlashgan bemorlarni parvarish qilish kop qiyin- chiliklar tugdiradi, xodimlar kopincha bemorning sozlariga tushuna olmaydilar, bemor esa, unga berilgan savolni ang- lamaydi. Bunday bemorlarni parvarish qilishda tibbiyot xodim- laridan sabr-toqat, kuzatuvchanlik va sezgirlik talab etiladi. III bob. EMOTSIYALAR EMOTSIYA HAQIDA UMUMIY ÒUSHUNCHA Kishi biror narsani idrok va tasavvur qilganda, eslab qol- ganida va esga tushirganida, fikr qilganida va gapirganida hamda harakat qilganida biror yoqimli (xush) yoki yoqimsiz (noxush) holatni kechiradi, bu holat huzur qilish yoki ran- jishdan, maza qilish yoki qiynalishdan iborat boladi. Bu kechinmalarda odamning oz tevarak-atrofidagi narsalarga (hodisalarga), odamlarga va oziga nisbatan subyektiv munosabati ifodalanadi. Yoqimli yoki yoqimsiz kechinma hissiyotimizning elementidir. «Emotsiya» lotincha emotion sozidan olingan bolib, tol- qinlanmoq manosini bildiradi. Voqelikning ayrim hodisalari kishini quvontiradi, ayrim hodisalar xafa qiladi, bazi hodisalarga $# kishi qoyil qoladi, bazi hodisalardan gazablanadi, odam bazi hodisalarni korib jahli chiqadi, bazilaridan esa qorqadi. Xursandlik, xafalik, qoyil qolish, gazablanish, qahr, qorquv va shu kabilarning hammasi emotsional kechinmalarning xilma- xil turlaridir, odamning voqelikka bolgan turli subyektiv munosabatidir. Subyektiv kechinmalardan iborat bolgan emotsiyalar ijobiy va salbiy hissiyotlarga bolinadi. Emotsional kechinmalar organizmdagi alohida fiziologik jarayonlar, ozgarishlar bilan bogliq ekanligini har kungi tajriba korsatib turibdi. Masalan, emotsional kechinmalar chogida qon aylanishi ozgaradi, yurak urishi tezlashadi yoki susayadi. Bir xil emotsional kechinmalar chogida odam qizaradi, boshqa bir xil emotsional kechinmalar chogida esa, odam oqaradi yoki bozaradi, terlab ketadi. Emotsional kechin- malar vaqtida nafas olish ham ozgaradi: ayrim kechinmalar vaqtida nafas olish tezlashadi, ayrim kechinmalar vaqtida esa, nafas olish susayadi. Shuningdek, hazm qilish jarayonlari va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham ozgaradi. Emo- tsional jarayonlar butun organizmning faoliyatiga tasir qiladi. Odamdagi emotsiyalarning fiziologik asosi, avvalo, bosh miya postlogida sodir boladigan jarayonlardir. Òajriba asosida shu narsa aniqlanganki, emotsional faoliyatning tarkib to- pishida quyidagi tizimlar, chunonchi gippokamp, korish domboqchalari, gipotalamus, retikular formatsiya, limb sis- temasi ishtirok etadi. Bu hosilalarning hammasi katta yarim- sharlarni miya dastagining oldingi chekkasi bilan birlashtiruvchi miya gumbazi atrofida joylashadi. Kondalang kesma qilib korilganda, bu tizimga kiruvchi hosila gumbaz atrofida joy- lashgan boladi. Bu shartli ravishda Papes doirasi deb yuritiladi. Insonlardagi barcha emotsional reaksiyalarning retseptiv zonasi yoki kollektori miya gumbazi ustida boladigan kamarsimon burmadir. Emotsional impulslar kamarsimon burmalardan miya qobigining turli zonalariga tarqaladi, bu esa, insondagi emotsional reaksiyalar boyligi va ravonligini taminlaydi. Emotsiyalar paydo bolish tezligi, kuchi va davomiyligi (barqarorligi) jihatidan bir-biridan farq qiladi. Emotsional kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo boladi. Lekin shunday emotsional kechinmalar borki, ularning $$ qay darajada tez paydo bolganligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bolmaydi. Emotsional kechinmalar malum kuchga ega boladi. Emotsiyaning kuchi, avvalo, yoqimli yoki yoqimsiz tuygularning naqadar kuchli bolishidadir. Shuning uchun ham «juda xursand boldim», «unchalik yoqmadi» va shu kabi iboralar ishlatiladi. Subyektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi. Emotsiyalar qancha muddat davom qilishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paydo bolgan kechinmalar uzoq vaqt davom qilsa, bunday his-tuygular barqaror kechinmalar deb ataladi. Kishi idrok etish, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqålikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bolmasin munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuygu paydo boladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbayi faoliyat va munosabat jarayonlari bolib, u ana shunday jarayonlarda roy båradi, ozgaradi, barqaror tus oladi yoki yoqoladi (vatan- parvarlik, nafratlanish, bir lahzalik mamnunlik). His-tuygular insonning oz hayotida nimalar yuz båra- yotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mash- gul bolayotganiga nisbatan ozicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuygularsiz birorta ruhiy jarayon kåchmaydi. Har qanday his-tuygu, nafaqat, odamning, balki hayvonlarning (ayniqsa, maymunlarning) ham yuzida aks etib turadi. Insonning tashqi qiyofasidagi ozgarishlardan uning hissiy kåchinmalarini bilib olish mumkin. Hissiy qozgalishlar yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi faylasuflar miyaning bazi funksiyalarini, ayniqsa hissiyot bilan bogliq bolganlarini yurak bilan boglashgan. Såzgi va idrokdan tortib to tafakkurgacha bolgan barcha opåratsiyalar hissiy ozgarishlar bilan kåchadi. Inson tabiati shunday tuzilganki, u hissiy voqåalarga koproq ahamiyat båradi. Tibbiyotda his-tuygular muammosiga, ayniqsa, katta etibor båriladi. Båmor bilan shifokor, shifokor bilan ham- shira, hamshira bilan båmor ortasidagi munosabatlarga ba- $% gishlab juda kop asarlar yozilgan. Bu asarlarda his-tuygular muammosiga katta etibor qaratilgan. Hissiyot va boshqa jarayonlar ortasida uzviy boglanish va ozaro bogliq his-tuygular va idrok etish ijobiy yoki salbiy såzgi ohangida boladi, shunga qarab ular yoqimli yoki yoqim- siz boladi. Tasavvur va faraz qilish ham såzgi bilan boglangan. Xotiraning såzgi va kayfiyatga aloqadorligi yaqqol kozga tashlanadi. Turli xil kayfiyatlarga har xil xotiralar mos kåladi. Såzgilarning fikrlashga bogliqligi ancha murakkab boladi. Yana his-tuygularning assotsiativ jarayonlarining kåchishiga tasiri ham rasmana ifodalangan boladi. Bir tomondan, hislar fikrlashga ilhom baxsh etsa, boshqa tomondan ifodalangan såzgilar fikrlashga xalaqit bårishi, uning togriligini, obyåktiv- ligi va haqqoniyligini izdan chiqaradi. Masalan, såvgan ona oz farzandining harakatlarini togri baholab, ularni kåraklicha tariflab båra olmaydi. Haqiqatni baholashda såzgilarni inkor etib bolmasa-da, låkin ularga juda ham bårilmaslik zarur. His-tuyguni boshdan kåchirish turli shakllarda ifodalanadi: Emotsiyalar «hissiyot» («emotsiya») va «his-tuygu» sozlari kopincha sinonimlar sifatida qollaniladi. «Emotsiya» sozini ozbåk tiliga aniq tarjima qilinganda u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish dågan manoni anglatadi. Hissiyot dåb, masalan, kishining musiqaviy asarga nisbatan ornashib qolgan xususiyati sifatidagi muhabbat tuygusining ozini emas, balki konsårt paytida yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kåchirgan lazzatlanish, zavqlanish holatiga aytiladi. Musiqiy asarning yomon ijro etilganini eshitganda hosil boladigan xuddi shunday his-tuygu nafratlanish kabi salbiy hissiyot sifatida boshdan kåchiriladi. Bu holatlarda emotsiyalar tasirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-mulohazalar bildirishga turtki båradigan kuch bolib chiqadi, kuch-gayratlarni oshirib yuboradi va stånik dåb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar sustligi, loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuygularning boshdan kåchirilishi kishini boshashtirib yuboradi va bu hol astånik dåb ataladi (masalan, qorqqanidan oyoqlari qaltirashi, $& kuchli his-tuyguga bårilib, xayolga chomib, ozi bilan ozi ovora bolib qolish hollari). Affåktlar (hissiy portlash, jazava). Kishini tåz chulgab oladigan va shiddat bilan otib kåtadigan jarayonlar affåktlar dåb ataladi. Ular ongning anchagina darajada ozgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning ozini ozi idrok qila olmasligi, shuningdåk, uning butun hayoti va faoliyati ozgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affåktlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab bolgani uchun ham qisqa muddatli boladi: ular his-tuygularning bamisoli birdan lov etib yonib kåtishiga, portlashiga, bir zumda hamma yoqni tos-topolon qilgan shamolga oxshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda etsa, u holda affåkt borondir. Affåktlar tashqi alomatlari kåskin ifodalangan zor bårib kåchadigan hissiyotlardir. Masalan, farzandidan mahrum bol- gan chinqirib yiglagan, sochini yulgan onaizorda qaygu affåkti bor, dåb fikr yuritamiz. Bazi bir hollarda affåktlar shunchalik kuchli boladiki, odam es-hushini yoqotadi, shunday vaziyatlarda odamlar nimalar qilganlarini bilmay ham qoladilar. Es-hush buzi- lishlari rasmana ifodalangan affåktlar patologik affåktlar dåb ataladi va ular asosan psixozlarda kuzatiladi. Mashhur psixiatr N.V. Kantorovich quyidagi voqåani yozib qoldirgan: N. ismli båmor ayol, 22 yoshda, qishloq maktabida oqituvchi bolib ishlagan. Erga tåkkan. Erini yaxshi korsa-da, u bilan yomon yashab, uni doimo rashk qilgan va buning oqibatida uyda doimo janjal chiqib turgan. Eri yångil tabiatli va qors odam bolgan, uni aldab, ustidan kulib yurgan. Oxirgi mojaro paytida ajralish masalasi ham kondalang turgan, låkin er-xotin yana yarashib kåtishgan. Sababi N. eriga homilador bolib qolganini aytadi. Eri bunga javoban, oz qilmishlariga pushaymon bolganini, endi håch qachon janjal kotariladigan ish qilmaslikka soz båradi. N. unga ishonadi, ammo ertasigayoq N. bosh yotgan bir uy yonidan ota turib (voqåa qishloqda yuz bårgan) qulogiga tanish ovozlarni eshitib qoladi. Uyga kirsa, nå koz bilan korsinki, ozining eng yaqin dugonasi erining quchogida yotibdi. Orada sukunat yuzaga keladi. Eri va dugonasi N.ga $' uning ayollik shaniga tågadigan haqorat sozlarni ayta boshlashadi. N. jahli chiqib, ozini yoqotib qoyadi va tåmir oroqni olib dugonasining boshiga 23 marta qattiq tushiradi. Olingan qattiq jarohatdan dugonasining joni uziladi. Eriga tashlanayotganda u qochib qolgan. Shundan song N. qolida oroqni ushlagan holda ariq yoqasiga borsa, u yårda ayollar kir yuvib otirishgan ekan. N. ularning yoniga borib, qon tåkkan kiyimini chaya boshlagan. Undan «sånga nima boldi, tinchlikmi?» dåb soragan xotinlarga javob bårmay, ularni tanimagan ham shåkilli, nuqul salom båravårgan va kulavårgan. Ishini bitirib, uyiga qaytgan va yotib qattiq uxlab qolgan. Tåz orada qamalgan. Qotillik qilganini rad etmagan, låkin nimalar qilganini unutib yuborganini qayta-qayta gapiravårgan. Sud-psixiatriya ekspårtizasi N.ni gayrishuur holatda bolgan dåb topgan, chunki u jinoyatni patologik affåkt holatida sodir qilgan va oz xatti-harakatlarini boshqara olmagan. Affåktning fiziologik va patologik turlari farqlanadi. Birinchisi soglom odamlarda kuzatilsa, ikkinchisi ruhiy kasalliklarda uchraydi. Affåkt paytida odam ozini boshqara olmay qoladi va båmalol birovning (ozining ham) joniga qasd qilib qoyadi. Qahr, gazab, rashk, ajablanish va hursandchilik affåktlari farq qilinadi. Patologik affåktda ongning torayishi tufayli qisman yoki tola amnåziya ham kuzatiladi. Shuning uchun ham affåkt paytida odam nima qilganini eslay olmaydi. Kayfiyatlar ancha vaqt davomida kishining butun xatti- harakatiga tus bårib turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat aniq bir hissiyotga aloqador bolmaydi. U tan sogligi yoki tan xastaligi haqida darak båruvchi kop sonli introråtsåptiv impulslar yigindisi hisoblanadi. Bunga dolzarb ahamiyatga ega bolgan turli-tuman kåchinmalarning songgi izlari ham qoshilib kåtadi. Natijada biz kopincha kayfiyat nimadan buzilganini aniq bilmasak ham, uni ancha togri tariflab båramiz. Kayfiyat shod-xurram yoki qayguli, tåtiklik yoki lanjlik, hayajonlilik yoki mayuslik, jiddiylik yoki yångiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik va h.k. tarzda boladi. Jizzakilik va mayuslik biror xastalik boshlanganining ilk alomati bolishi mumkin. Kayfiyatning turli xil buzilish- % laridan bolmish eyforiya va disforiya ham kång tarqalgandir. Eyforiya bu kotarinki, quvonchli kayfiyat bolib, patologik bålgi hisoblanadi. Ularga atrofdagi barcha narsalar quvonchli, jozibali bolib korinadi. Ular ozlarini dunyoda eng baxtiyor kishidåk his qilishadi (bunga håch qanaqa asos bolmasa-da). Disforiya esa ortiqcha jizzakilik, oz-ozidan va atrofdagilardan hafa bolish, kårak bolmagan narsaga asabiylashavårish bilan ifodalanadi. Bunga badqovoqlik, yoqtirmaslik va badjahllik ham qoshilishi mumkin. Stråss (kuchli hayajonlanish). Psixologik tarifga kora affåktiv holatga yaqin turadigan, låkin boshdan kåchirilishining davomliligiga kora, kayfiyatga yaqin bolgan his-tuygular boshdan kåchirilishining alohida shakli stråss holati (ingliz. stress tazyiq korsatish, zoriqish sozidan olingan)dan yoxud hissiy zoriqishdan iboratdir. Hissiy zoriqish xavf-xatar tugilgan, kishi xafa bolgan, uyalgan, tahlika ostida qolib kåtish kabi vaziyatlarda roy båradi. «Stråss» sozi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikda ancha kång tarqalgan. Odam qattiq siqilsa: «Kåcha mån stråssga uchradim» deb xitob qiladi. Bu sozni turmushda ishlatish shunga olib kåldiki, XX asr oxiri madaniyatida «stråss» sozi ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zoriqishni tushunadigan bolib qolishdi. Aslida «stråss» sozini faqat salbiy manoda tushunish notogridir. «Stråss» atamasini 1936-yili fanga kanadalik fiziolog olim G. Sålå olib kirgan. Stråss nima? Stråss organizmning tasirotchisi bolmish stråssorga nisbatan nospåtsifik umumiy javobidir. Organizmning stråssorga javob råaksiyalarida spåtsifik va nospåtsifik omillar kuzatiladi. Odam stråssiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stråss bor, uning bolmasligi olim dåganidir (G. Sålå, 1956). Stråss aslida «hayot» tushunchasi bilan bir xildir. Savol tugi- ladi: bordi-yu, odam hali tirik ekan, u stråss holatida bolsa, unda qanday qilib xastalikka duchor boladi? G. Sålå bu muam- moni ochiq-oydin yoritib bårdi. Stråss odam uchun xavf tugdir- maydi, aksincha, distråss xavflidir, bunda odam ancha vaqt kuchli darajada zoriqqan boladi. Stråssni ijobiy va salbiy turlarga ajratishdan håch qanday mano yoq, chunki fizio- logik nuqtayi nazardan organizmning kuchli shodlikka va kuchli qayguga javob råaksiyasi bir xil boladi. «Stråss xastaliklari» % dågan tushuncha notogridir. «Distråss kasalliklari» dåyilsa, togriroq hisoblanadi, dågan edi G. Sålå. G. Sålå stråssni uch asosiy bosqichga bolgan va quyidagicha tariflagan: birinchi bosqich qorquv bosqichidir. Bu bos- qichda qon bosimi va tana harorati pasayadi, kapillarlarning qon bilan tolishi va alkoloz kuzatiladi, oshqozon-ichak sistå- masida funksional ozgarishlar, qonda qand miqdori kamayadi. Ikkinchi bosqich bu qarshilik korsatish bosqichidir. Bu bosqichda alkoloz asidoz bilan, giðoglikåmiya giðårglikåmiya bilan, artårial giðotoniya giðårtoniya bilan almashadi, tana harorati kotariladi va buyrakusti båzi qobigi kattalashadi, kortikoståroidlar koplab ajralib chiqadi. Uchinchi bosqich toliqish bosqichidir. Bu bosqichda yurak mushaklarida distrofik ozgarishlar, oshqozon-ichak siståmasida yarachalar paydo boladi, ularga nuqtasimon qon quyiladi, ayrisimon va limfatik båzlar burishib qoladi, miya faoliyati susayadi. Stråssni G. Sålågacha ham tadqiq qilishgan, låkin organizmda kåcha- digan patofiziologik ozgarishlar orasida bogliqlik alomati organilmagan. Stråss qanday qilib distråssga otadi, haddan tashqari umum- moslashuv sindromi qanday qilib yuzaga kåladi? Bu muam- molar hozirgi kunda olimlar tomonidan yana organilib kålin- moqda. G. Sålå tabiri bilan aytganda odamni yoshligidan «paxtaga orab-chirmash», yani uni muammolardan avaylab- asrash umumiy moslashuv sindromining pasayishiga olib kåladi. Bunda stråss båmalol distråssga otishi mumkin. Hayotda stråsslar bolib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular kåltirishi mumkin bolgan zararni kamaytirishni bilish zarur. Stråsslarga konikish usullari: birinchi usul tashkilot darajasidagi usul bolib, siyosatdagi, ishlab chiqarish tuzilma- sidagi xodimlarga nisbatan qoyiladigan aniq talablarni ishlab chiqishda, ularning faoliyatiga baho bårishda ozgarishlar roy bårishi natijasida sodir bolib, bunday ozgarishlar stråssli vaziyatlarning manbayini barham toptiradi. Ikkinchi usul ayrim shaxs darajasidagi usul bolib, u stråsslarni bartaraf qilish boyicha maxsus dasturlardan foydalanib, ularni boshqara bilishdir. Bunday dasturlar måditatsiya, tråning, mashqlar, parhåz va bazan ibodat qilishni ham oz ichiga oladi. % Taxminiy hisoblarga qaraganda, hozir yår sharida 40 mln dan ortiq odam turli darajada rivojlangan dåpråssiyaga mubtalo bolgan. Xosh, dåpråssiya nima ozi? Dåpråssiya bu hozirgi kunga va kålajakka ishonchsizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bolish, horginlik, håch narsa qilishga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir. Dåpråssiya (tushkunlik) bu siqi- lish, mayuslik va gamgin kayfiyatdir. Albatta, fikrlashning sustlashuvi ogir dåpråssiv holatlar uchun xosdir. Korib turga- ningizdåk, dåpråssiya inson uchun xos bolgan barcha ijobiy fao- liyatni yoqqa chiqaradi. Bunda båmorlar atrofdagilarga båfarq bolib qoladilar, kamgap, mayus, kopincha kozyoshi qiladilar. Ularning ongi mayus, gamgin kåchinmalarga tolib kåtadi. Hozirgi, otgan zamon va kålajak ularga qayguli bolib tuyuladi. Ular olamga goyo qora kozoynak taqqan holda qaraydilar. Dåpråssiv kayfiyat hayotdan qoniqmaslik va ruhiy xastala- nishlar oqibati bolishi mumkin. Sabablari aniq bolsa-da, låkin unchalik ifodalanmagan bunday holatga odatdagi råaksiya dåb qarash mumkin. Ruhiy kasalliklarda båmorlar juda ogir va uzoq vaqt davom etadigan tushkunlikka tushib, ovqat yåyishdan bosh tortishadi, oz joniga suiqasd qilishga urinadilar. Aynan dåpråssiv holatlarda oz joniga qasd qilish kop uchraydi, ayniqsa, osmirlar orasida. Bazan dåpråssiyaga chalingan osmirlar ozlarining joniga qasd qilishlari uchun arzimagan sababning ham ozi yåtarlidir. Masalan, ota-onasi qimmatbaho palto olib bårmaydi yoki diskotåkaga yubormaydi, såvgan kishisi bilan uchrashgani qoymaydi va h.k. Bular, ayniqsa, 1517 yashar bolalarga yomon tasir qiladi. Bir ospirin ruhiy iztirob tufayli ozi yashaydigan uyning 6-qavatidan sakrab oladi. U olim oldi xatida «Hammangizni måning ortimdan yulduzlarga ravona bolishga chorlayman» dåb yozgan edi. Biroz vaqt otgach 15 yoshga hali tolmagan qiz dugonasi bilan birga 9-qavatning tomiga chiqib, yårga sakrashadi va jon bårishadi. Ularning yon daftarlarida shunday misralar bitilgan edi. «Igor! Många sånsiz hayotning nå kåragi bor? Mån ham såning izingdan, såning bagringga, yulduzlarga ravona bolaman! Måni kåchiringlar». Nima uchun oz joniga suiqasd qilishadi? Buning psixologik måxanizmlari nimalardan iborat? Barcha oz joniga suiqasdlarni uch turga bolish mumkin: haqiqiy, yashirin va tantanavor. Haqiqiy suiqasd håch qachon %! tosatdan bolmaydi. Unga doimo yomon kayfiyat, dåpråssiya hamroh boladi. Ular tåz-tåz hayotning mantigiga murojaat qilib turishadi. Osmirlar suiqasdning bu turiga javobsiz såvgidan, yorining båvafoligidan murojaat qilishsa, qariyalar farzandlaridan kåskin xafa bolgan paytlarida olimning ushbu turini tanlashadi. Odam ozining muammolariga boshqalarning etiborini qaratmoqchi bolsa, oz joniga suiqasd qilishning yashirin turini tanlaydi. Bunday odamlar, bazan oz joniga qasd qilajagini eng yaqin odamlariga aytib ham yurishadi. Låkin bunga etibor bårilmaydi yoki kulib javob bårishadi. Suiqasd- ning bu turi kopincha iqtisodiy qiynalgan odamlar orasida uchraydi. Tantanavor tarzda hayotdan koz yumuvchilar os- mirlar orasida kop uchraydi. Bunga misol, yuqorida kåltirga- nimizdåk, såvimli qoshiqchisi olganidan kåyin oz joniga suiqasd qilgan qizlardir. Kåltirgan misollarimizning barchasi, eng avvalo, hissiy qozgaluvchanlik darajasiga tågishlidir. Bu daraja individual ravishda xilma-xil boladi. Ehtiros ham uzoq davom etadigan va barqaror bolgan emotsional holatdir. Kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, ehtiros muayyan harakatga, muayyan obyåktiv muttasil inti- lishda kuchli suratda ifodalangan holatdir. Bular ijobiy ehti- roslarga misol bolib, ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yoliga yåtaklovchi kuchdir. Ehtiros, tor manodagi soz bilan ayt- ganda, shaxsning emotsional sohasini tashkil etib, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbayi, odamlar ortasidagi murakkab va kop qirrali munosabatlar- ning ifodasi bolib hisoblanadi. Ijtimoiy mavqåyi jihatidan yuksak va past ehtiroslar farq qilinadi. Ilm-fanga, sanatga båriluvchanlik yuksak ehtirosga misol bolib xizmat qiladi. Past ehtiroslarga ichkilikka va giyohvandlikka, qimor oyinlariga ruju qoyishni misol qilish mumkin. Patologik ehtiroslar psixopatik shaxslarda osongina paydo boladi. Biron narsaga bårilish odam hislari orasida katta orin tutadi. Ularni shunday dåyishga sabab ular muayyan bir obyåkt, narsaga qaratilgan bolib, unga båvosita aloqadordir. Masalan, biz kimdandir xafa bolamiz, kimgadir hasadgoylik qilamiz. Narsa va hodisalarga nisbatan bolgan hislar turli xil hissiy ozgarishlarga mansubdir va ular orasida nozik farqlar %" boladi. Achinish, afsuslanish, hamdardlik hislari bunga misol bola oladi. Bu hislarning qay darajada rivojlangan bolishi, obyåktning sifatlari va xossalariga, his etayotgan odam shaxsiya- ti xususiyatlariga (fazilatlari) va ijtimoiy kålib chiqishiga, dunyoqarashiga bogliq boladi. Ruhlanish muayyan maqsadga, faoliyatga katta kuch va istak bilan intilishdan iboratdir. Ruhlanish bazan qisqa mud- dat, bazan esa uzoq muddat davom etadi. Ruhlanish ijobiy emotsional holat bolib, jamiyat uchun va ayrim shaxs uchun alohida ahamiyatga ega bolgan hollarida ham, faoliyat natijalari goyat maroqli bolgan hollarda ham, odamlarda ruhlanish paydo boladi. Frustratsiya doimiy stråss oqibatida maqsadning yoq bolib qolishi, råjaning izdan chiqish holatidir. Yuqorida qayd etilgan his-tuygulardan tashqari quvonch, gazab, gam-gussa, vahima va shuningdåk, organizmda kuchli vågåtativ ozgarishlar bilan kåchadigan ochlik, chanqash, ogriq va jinsiy hissiyotlar mavjud. Ular ayni paytda organizmdagi biologik jarayonlar bilan chambarchas boglangan boladi. His-tuygu turlari. Psixologiyada his-tuyguning quyidagi turlari ajratiladi: praksik his-tuygular måhnat faoliyati davomida kåchi- rilib, unda shaxs biror maqsadni anglaydi, uni etirof yoki inkor qiladi, maqsadga erishish yollarini baholaydi, unga tatbiq etish usullari va qurol vositalarini maqullaydi yoki maqullamaydi, ularning tanlanganligiga shubhalanadi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik va h.k. hislarini boshdan kåchirilishi tushuniladi. Axloqiy his-tuygular shaxsning boshqa odamlarga, måhnat va oquv jamoasiga hamda ijtimoiy burchlariga bolgan munosa- batlarida ifodalanadi. Inson axloqiy hislarni kåchirar ekan, u ijtimoiy axloq tamoyillari va måyorlari, måzonlariga asoslan- gan holda kishilarning xatti-harakatlarini baholaydi. Axloqiy his-tuygular oz tarkibiga masuliyat, javobgarlik, fidoyilik, vijdon, adolat, ibo, iffat, or-nomus, uyalish, simpatiya, empa- tiya, gurur, ortoqlik, muhabbat kabilarni kiritadi. Intållåktual his-tuygular shaxsning haqqoniy, jonli, man- tiqiy mushohadalari, soxta, yuzaki, ajablanarli, shubhali kabi mulohazalarga nisbatan munosabatida ifodalanadi. %# Hayajonlanish, ajablanish, qiziqish, hayratlanish, lol qolish, shubhalanish, shodlanish kabi intållåktual hislar shaxs bilish faoliyatining ajralmas qismidir. Eståtik his-tuygular muayyan måzondagi baholarda, nafo- sat måyorlarida oziga xos badiiy lazzatlanish, gozallikni his qilish holatida kåchib, u fojiali yoki kulguli, yoqimli yoki yoqimsiz, gozallik yoki xunuklik kabi holatlar tarzida munosa- batda boladi. Yuqorida tilga olingan his-tuygu turlari uygun- lashgan holda birlashib namoyon bolsa, yuksak his-tuygular dåyiladi. Yuksak his-tuygular faqat odamga xos bolib, kishilar- ning ijtimoiy-tarixiy, xususan, ularda ikkinchi signal siståma- sining taraqqiy etishi mahsuli hisoblanadi. Aksariyat ruhiy jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda erta boshlanadi. Birinchi bosqich his-tuygu va ehtiyojga qarab qoniqish-qoniqmaslik birga kåladigan hisdir. Ikkinchi bosqich ijtimoiy hislar: yoqtirish, oz-ozini yaxshi korish, xafagarchilik hissidir. Birmuncha kåchroq (qariyb uch yoshdan boshlab) bolalarda eståtik did hissi rasmana namoyon boladi. Bola «chiroyli-xunuk»ni farqlay boshlaydi. Uchinchi bosqich hissiyotning jadal, hattoki, zor bårib avj olishi, qozgaluv- chanlikning oshganligi va maktabgacha yoshda båqaror bolishi bilan xaraktårlanadi. Ayni paytda axloq-odob hissi rivojlana boshlaydi. Songgi bosqich bolalarda maktab yoshida oliy hissiyotning rasmana rivojlanishi bilan xaraktårlanadi. His-tuyguni tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. U umuman tarbiyaning doimiy hamrohi bolmogi lozim. Oqitish mohiyati bunda ayniqsa båqiyosdir. Oqituvchi va tarbiyachi bolaning hissiy va tafakkur doirasiga tasir otkazishi, ragbatlantirishi, kårak bolsa, ularni toxtatib qoyishi ham mumkin. Bunda shuni unutmaslik kårakki, musiqa, tasviriy sanat, shåriyat, tåatr va kino eståtik didni tarbiyalashda malum ahamiyat kasb etadi. EMOTSIYALAR PAÒOLOGIYASI Psixikaning turli-tuman buzilishlari orasida emotsional patologiya, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bu, avvalo, emotsional qozgaluvchanlik darajasiga taalluqli. Garchi, bu daraja har kimda har xil bolsa-da, biroq klinikada keskin pasayib ketgan qozgaluvchanlikni kuzatishimiz mumkin. %$ Bunda hatto kuchli tasirlovchilar ham emotsiyalar keltirib chiqarmaydi (depressiyalar, shizofrenik nuqson). Emotsiyalar beqaror bolganda yoki emotsional zaiflikda kayfiyatning mayda tashqi tasirotlar tasirida yoki hatto ular bolmaganida ham doimiy ozgarib turishi roy beradi. Yigi ketidan kulgu kelishi miyaning tomir kasalliklari uchun xos. Boshqa hollarda sevgi, nafrat, dostlik, adovat yetarli darajada chuqur ifodalangan va ayni vaqtda beqaror bolishi ehtimol. Bu psixopatiyalarning ayrim turlari uchun xos. Kayfiyat buzilishlari emotsional sohaning tez-tez bolib turadigan buzilishlari qatoriga kiradi. Kayfiyat buzilishining uch asosiy turi: disforiya, depressiya va eyforiya tafovut qilinadi. Disforiyada odam injiq, ozidan va atrofdagilardan kongli tolmaydigan, asabiylashgan boladi. Bu alomatlarga tundlik, adovat va jahldorlik qoshilishi mumkin. Depressiya doimo gamgin, yomon kayfiyatda yurishdir. Bunda bemorlar boshqalarga aralashib ketolmaydi, kam gapi- radi, kopincha koziga yosh oladi. Uning dili mayus, yomon fikrlar va xayollar bilan band boladi. Hozirgi ahvoli, otgan kunlari va kelajagi unga qorongi bolib tuyuladi. Dunyoga qora kozoynakdan qaraganday qaraydi. Depressiv kayfiyat turmushdagi muvaffaqiyatsizliklar va ruhiy shikastlar oqibatida kelib chiqqan bolishi ham mumkin. Ularning sababi bolganda va bu holat unchalik yaqqol bolmaganda uni normal reaksiya deb qaralsa boladi. Ruhiy kasalliklarda bemorda ovqatdan yuz ogiradigan, ozini qatl qilishga urinishgacha olib boradigan uzoq davom etadigan ogir depressiyalar kuzatiladi. Eyforiya deganda, biz vaqtichoglik, begamlik, biroz ko- tarinki kayfiyatni tushunamiz. Eyforiyada odam tetik, hara- katchan, sergap, imo-ishoralari jonli, gapirganda qollari hara- katda, ovozini keragidan qattiqroq qilib chiqaradi. Olam ular- ning koziga goyat chiroyli rangli boyoqlarda gavdalanadi. Inson xursand bolganida, muvaffaqiyat qozonganida va shunga oxshash shodlik kunlarida eyforiya normal reaksiya hisoblanadi. Bordi-yu, eyforiya uchun psixologik asoslar bol- masa yoki u hatto salbiy hayotiy hodisalarda ham paydo bolsa, uni patologik holat deb kozdan kechirish kerak. %% IRODA-HARAKAT JARAYONLARI Iroda dåb, shaxsning oldiga qoyilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yångib otishga qaratilgan faoliyati va xulq- atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va oz-ozini boshqarishiga aytiladi. Iroda bu shaxs faolligining alohida shakli, uning xulq- atvorini tashkil etishning u tomonidan qoyilgan maqsad bilan bålgilanadigan alohida turi bolib, u tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni oz ehtiyojlariga kora ozgartirish imkoniyatiga ega boladigan kishining måhnat faoliyatida paydo boladi. Iroda ozaro bogliq ikki undovchi va tormozlash (tox- tatish) vazifalarning bajarilishini taminlaydi va ularda ozini namoyon qiladi. Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan taminlanadi. Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, oyinda tashlangan topni qaytaradi, qopol sozdan xafa boladi va h.k.) bilan bogliq bolgan paytdagi faollik harakatning ayni ozida namoyon boladigan ichki holatiga nisbatan subyåktning oziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (zarur axborotni olishga ehtiyoj såzayot- gan kishi ortogini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yonidagi- lariga qopollik qilishga yol qoyadi va h.k.). Irodaning undovchi vazifasi bilan birgalikda harakat qiluvchi toxtatish vazifasi faollikning yoqimsiz korinishlarini jilovlashda namoyon boladi. Shaxs ozining dunyoqarashida eng yuksak maqsadlariga javob bårmaydigan motivlarning uygonishini va harakatlarning bajarilishini toxtatishga qodirdir. Toxtatish bolmasa, xulq-atvorni boshqarib bolmas edi. Odamlar ozlarining qilgan ishlari uchun masuliyatni kimga yuklashga moyil bolishiga qarab, såzilarli ravishda farqlanadilar. Kishining oz faoliyati natijalari uchun masuliyatni tashqi kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib qoyish yoki, aksincha, ularni shaxsiy kuch-gayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini bålgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish («nazorat lokusi» dågan atama qollaniladi, lotin. lotus ornashgan joy va fran. controle tåkshirish) dåyiladi. Oz xulq-atvori va %& oz ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holat, tasodif va boshqalar)dan dåb bilishga moyil boladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (ekstårnal) lokallashtirilishi togrisida gapiriladi. Bu toifaga mansub oquvchilar olingan qoniqarsiz baholarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi. Tadqiqotlar nazoratning ekstårnal lokallikka moyillik mas- uliyatsizlik, oz imkoniyatlariga ishonmaslik, xavfsirash, oz niyatlarini royobga chiqarishni yana va yana kåchiktirishga intilish kabi shaxsiy kechinmalar bilan bogliq ekanligini kor- satdi. Agar inson, odatda, oz qilmishi uchun javobgarlikni zimmasiga olsa va uning sabablarini oz qobiliyati, xaraktåri va shu kabilarda dåb bilsa, unda nazoratning ichki (intårnal) lokallashuvi ustun dåb hisoblash uchun asos bor. Nazoratning ichki lokallashtirilishi xos bolgan odamlar maqsadga erishishda ancha masuliyatli, izchil oz-ozini tahlil qilishga moyil hamda mustaqil bolishi aniqlangan. Odamning xatti-harakati va faoliyati ixtiyorsiz, ixtiyoriy bolishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar amalga oshirilishi uchun ongning ishtirok etishi shart emas, ular umuman onggacha yåtmasligi yoki harakatlar amalga oshganidan kåyin ongda aks etishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlardan farqli olaroq, irodali yoki ixtiyoriy harakatlar ong boshqaruvi asosida amalga oshib, muayyan, oldindan kozlagan maqsadga erishishga qaratilgan boladi. Shartsiz va qisman shartli råflåkslar ixtiyorsiz harakatlar sirasiga kiradi. I.P. Pavlov boyicha ixtiyoriy hara- katlar asosida ikkinchi signal siståmasi yordamida amalga oshiriladigan oliy tartibdagi zanjir råflåkslari yotadi. Hayvonlar hayotida instinktiv harakatlar katta orin tutadi. Bularga tayyor holda nasldan naslga otadigan fål-atvorning murakkab shakllari mansub boladi. Bunday irsiy axborotni yoldosh plazmasi orqali otkazish måxanizmlari hozirgi vaqtda biolog-gånåtiklar tomonidan muvaffaqiyatli organilmoqda. Qushlar, chumolilar, asalarilarning oldindan orgatmay turib namoyon boladigan fål-atvorining murrakab instinktiv shakl- lari hammaga malum. Instinktiv harakatlarning ixtiyoriy hara- katlardan farqi shundaki, ularni vujudga kåltiruvchi organizm qandaydir muayyan maqsadni oz oldiga qoymaydi va oz harakatlaridan håch qanday natijalarni kozda tutmaydi. Agar %' instinktiv harakatlar kopgina hayvonlarning hayotida fål- atvorining asosini tashkil qilsa, odam hayotida esa instinktiv harakatlar sof holda ancha kam orin tutadi. Låkin odamdagi jinsiy, onalik va boshqa instinktlar bundan mustasno. Zamonaviy madaniyatli kishidagi instinktlar ongli ravishda iroda harakatlari tomonidan boshqariladigan murakkab faoliyatning tarkibiy qismiga kiradi. Bu harakatlar instinktdan kålib chiqishi ehtimoli bolgan ehtiyojlarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Avtomatik harakatlar yoki avtomatizmlar dåb, avvaliga ong- li, låkin ong nazoratidan mashq qilish natijasida muayyan darajada ozod bolgan harakatlarga aytiladi. Chunonchi, yosh bola xat yozishni organar ekan, harflarni yozayotganda ongli ravishda u yoki bu elåmåntlarni masalan, «i» harfiga kiruvchi uchta chiziqni birlashtirish kårak, dåb oylaydi. Xat konikmasini orttirgandan kåyin harflarni yozish avtomatlashtiriladi va biz harflar qanday qilib yozilishini oylamasdan, hatto qanday yozayotganimizga ham etibor bårmasdan yozib kåtavåramiz. Xuddi shu tariqa raqs organuvchi ham oldin muntazam izchillikda ongli ravishda muayyan harakatlar qilib organib olgach, osonlikcha avtomatik ravishda raqsga tushavåradi, bunda u oyoqlari harakatini ong nazoratisiz harakat qildira boshlaydi. Bayon etilgan avtomatizm konikma dåb ataladi. Oqish, yozish, sport va turli xil måhnat konikmalari odam faoliyatida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Konikmalar yordamida ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar orasidagi uzilish yoqoladi, aksincha, ular bir-biri bilan chambarchas bogla- nadi. Avtomatlashtirilgan harakatlar qilinganda, ongda ishga tushirish måxanizmlari qoladi. Bundan tashqari, avtomatik faoliyatda biz xohlasak ong nazoratini ishga tushirishimiz mumkin. Royal chalish, avtomobilni boshqarish, iroda va avtomatlashtirilgan harakatlarning murakkab navbatlashuviga misol bolib xizmat qiladi. Malumki, I.P. Pavlov instinktlarni murakkab boglangan råflåkslar dåb atagandi. Oddiy shartsiz va shartli råflåkslarda esa ular iroda harakatlari sirasiga kirmaydi. Bazi hollarda ular ongda aks etishi, boshqa paytlari aks etmasligi mumkin. Buni quyidagi misolda tushuntirib båramiz. Kishi kitob oqib otiribdi va u tanasida iskabtopar turganini & korib qoladi. Birinchi vaziyat: «Bu iskabtopar, måni chaq- masidan oldin uni oldirish kårak», dåb oylaydi. Bu irodali ongli harakatdir. Ikkinchi vaziyat: odam tåzda iskabtoparni oldiradi va ana shundan kåyingina nima sodir bolganini fahmlaydi. Bu råflåktor harakatdir. Uchinchi vaziyat: odam kitob oqib turib, iskabtoparni oldirib, hatto bunga ahamiyat ham bårmaydi. Bu ongda aks etmagan råflåksdir. Iroda harakatlari dåb, oldindan kozlangan maqsadga eri- shish uchun ongli ravishda amalga oshiriladigan va råjalash- tirilgan harakatlarga aytiladi. Iroda harakatlarini amalga oshirish mobaynida tosqinliklarni yångish uchun iroda kuchi talab qilinadi. Bu iroda kuchini biz turli darajadagi qiyinchiliklarga duch kålganda såzamiz. Masalan, oddiy qilib aytganda, har birimiz ana shu iroda kuchini sovuq suvga sakrayotganda ozi- mizda sinashimiz mumkin. Biror-bir vazifani uzoq vaqt bajarayotganda (masalan, kitob yozayotganda) muayyan iroda kuchiga ehtiyoj såzishimiz mumkin. Iroda kuchini ishlatish qobiliyati individual va turlicha boladi. Bu borada irodasi kuchli va zaif odamlar farq qilinadi. Juda oddiy iroda harakatlarini amalga oshirganimizda iroda kuchini såzmaymiz. Harakatni amalga oshirishga bolgan tosqinliklar qanchalik kam ifodalangan bolsa, iroda kuchi shunchalik oz boladi. Låkin patalogiyada, ogir nåvrozlarda, dåpråssiya paytida, shizofråniyada iroda kuchiga qobiliyat shunchalik zaiflashgan boladiki, båmorlar oddiygina hara- katlarni: turish, kiyinish, yuvinish kabi harakatlarni ham bajara olmaydilar. Chunonchi, kokaindan zaharlangan båmor ornida yotib, juda chanqaganidan bir soat mobaynida yonida turgan suv solingan stakanni qol uzatib ololmagan. Iroda jarayoni biron ishni bajarishga intilishdan yoki xohlashdan, harakat qilishdan boshlanadi. Intilishlar oz nav- batida odam qiziqishlariga aloqador boladi. Bir nåcha qiziqish mavjud bolganda ulardan bittasi asosiy qiziqish hisoblanadi. Masalan, shifokorda musiqaga, ov qilishga, surat chizishga, shåriyatga qiziqish bolsa-da, låkin uning asosiy qiziqishi tibbiyotdir. Kishiga tarif bårar ekanmiz, qiziqishning kopligini va kamligini, ularning barqaror, kuchli yoki kam bolishini farq qila bilish zarur. Qiziqishlarning jadalligida katta indi- & vidual tafovutlar mavjud. Kop kasalliklarda irodaning pasa- yishi xulq-atvorning va qiziqishlarning ozgarishi bilan kåchadi. Turli xil kasalliklarda qiziqishlarning jadalligi va soni, odatda, turlicha boladi. Kopincha, båmorlarning ishtahasi yoqoladi, odatdagi mashgulotlarga, oqishga qiziqmay qoyadilar. Bazi bir ruhiy xastaliklarda qiziqishlarga va harakat qilishga qobiliyatning patologik zaiflashuvi yaqqol ifodalangan boladi. Chunonchi, dåpråssiyada va shizofråniyaning ayrim turlarida båmorlar dåyarli håch narsaga qiziqmay qoyadilar. Ular håch narsa qilgisi kålmaydi, håch narsaga qiziqmaydi. Bunday båmorlar uzoq vaqt, goho oylab va yillab kam harakatchan va faoliyat korsatmay, koproq vaqtini orinda yotib otkazi- shadi. Ovqatga qiziqishning yoqligi, uzoq vaqt ovqatdan bosh tortishda ifodalanadi. Boshqa kasalliklarda, ayniqsa, maniakal sindromda qiziqishlarning kåskin oshishi va båqarorligi xos boladi. Chunonchi, akrixindan zaharlangan maniakal sindrom- ga chalingan båmor ayol bir vaqtning ozida tibbiyot institu- tiga oqishga kirmoqchi, atirgullarning yangi navlarini ostir- moqchi va ulardan uyda atir ishlab chiqarmoqchi, erga tågib, kamida olti bola tugmoqchi, katta roman yozmoqchi, opåra tåatrida ashula aytmoqchi, chåt tilini organmoqchi va rangli fotosurat olishni ozlashtirmoqchi bolgan. Aslida esa u bittasining ham uddasidan chiqa olmagan. Shunchaki qaraganda, odam irodasi juda erkin va håch narsadan chågaralanmagandåk bolib tuyuladi. Oddiygina kuza- tuvlar goyo buni tasdiqlaydi ham. Masalan, odam xohlasa otiradi, xohlasa turadi va h.k. Agar odam ancha vaqt suv ichmay yursa, agar uning vujudi ana shu suyuqlikni juda qomsasa, u albatta, chanqaydi va albatta, suv ichgisi kåladi. Shunday qilib, uning «mutlaq erkin irodasi» chåklangan bolib chiqadi va qandaydir shart-sharoitlarga bogliq boladi. Irodani tanlash imkoni borligini inkor etuvchi nazariyalar ham mavjud bolgan. Ular fikricha har qanday hodisa, shu jumladan, odam- larning xohishlari ham muayyan sabablarga aloqador boladi, shu bois shart-sharoitlar mavjud bolgandagina odam biror harakatni ado etadi. Tanlash erkinligini his etish esa faqat illuziyadir. Mutlaq erkin irodani tan olish va umuman irodani inkor etish mumkin emas. Birinchisi dunyoni anglamaslikka & olib kåladi. Odam irodasi håch qaday qonuniyatlarga boysun- mas ekan, jamiyatning taraqqiy etishi haqidagi fanni yaratish mumkin emas. ÒIBBIYOT XODIMINING TAKTIKASI Insonning xatti-harakatlari va amallari beixtiyor va ixtiyo- riy bolishi mumkin. Beixtiyor amallarida ongning ishtirok eti- shi shart emas. Beixtiyor harakatlardan farqli ravishda iroda yoki ixtiyoriy harakatlar oldimizga qoyilgan aniq maqsadga erishish uchun ularni ongli ravishda tartibga solishga qaratilgan holda amalga oshiriladi. Beixtiyor harakatlarga shartsiz va qisman shartli reflekslar kiradi. Ixtiyoriy harakatlar negizida, I.P. Pavlov tabiri bilan aytganda, ikkinchi signal sistemasi yordamida amalga oshiriladigan zanjirsimon reflekslar yotadi. Orttirilgan konikmalar misolida ixtiyoriy va beixtiyor hara- katlar ortasida uzilish yoqligini korish mumkin. Aksincha, ular bir-biri bilan bogliq boladi. Bundan tashqari, avtomatik (beixtiyor) faoliyatimizda biz istalgan paytda ong nazoratini ishga solishimiz mumkin. Iroda va avtomatlashgan harakatlar- ning murakkab tarzda qoshilib kelishiga royalda musiqa cha- lish, avtomobil va boshqa murakkab apparatlarni boshqarish misol boladi. Malumki, I.P. Pavlov instinktlarni murakkab halqasimon reflekslar sifatida kozdan kechirgan. Oddiy shartsiz va shartli reflekslar irodaga taalluqli emas. Ayrim hollarda ularda ong qatnashsa, boshqalarida ong ishtirok etmasligi mumkin. Irodani ishga solish, irodali bolish uchun inson oz oldida- gi tosiqlarni yenga olishi darkor. Odam sovuq suvga shongish yoki parashutdan sakrash vaqtida oz irodasini ishga soladi. Irodali bolish har kimning oziga bogliq. Shu jihatdan irodasi kuchli va bosh odamlar farq qilinadi. Kishining ma- lum vazifani bajarishi uchun tosiqlar nechogliq kam bolsa, bu yumushi kamroq iroda kuchini talab qiladi. Biroq, pato- logiyada, ogir nevrozlarda, depressiyalarda, shizofreniyada iroda shu qadar susayib ketadiki, bemorlar oddiy harakatlarini qila olmaydilar. Masalan, orinlaridan tura olmaydilar, yuz- qollarini yuva olmaydilar va kiyina olmaydilar va h.k. Chu- nonchi, narkotik moddadan intoksikatsiyaga uchragan bemor &! nihoyatda chanqoqligiga qaramay, yonginasida turgan bir piyola suvni bir soat ichida olib ichishga jazm qila olmagan. Irodaning boshligi yoki yoqligi gipobuliya va abuliya deb ataladi. Odamning irodasi tarbiya, oqish va mehnat faoliyatida vujudga keladi va mustahkamlanadi. Òurmushda uchraydigan qiyinchi- liklar iroda bilan yengiladi. Bunda bolalikdagi tarbiyaning aha- miyati beqiyos. Bolani yoshligida taltaytirib yuborib, unda mehnatga havas uygotmaslik, ogzidan chiqishi bilan hamma narsani muhayyo qilish irodasiz bolib osishiga sabab boladi. Bunday bolalar irodasiz bolib qolishadi. Ular biror ishni mustaqil bajara olmaydilar va yangi sharoitlarga tushib qolganda qiynalib qoladilar. Va, aksincha, agar bolalar oz holiga tashlab qoyilsa, ota-onasi va yaqin qarindoshlari ularga loqaydlik qilib tarbiyasi bilan shugullanmay qoysalar, bu ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Bolaning xarakteri, xulq-atvori yomonlashadi, unda yaramas odatlar va salbiy mayllar paydo boladi. Odamning ijobiy iroda fazilatlariga qatiyatlilik, sabot-ma- tonat, tashabbuskorlik, gayratlilik, intizomlilik, mardlik va jasorat kabilar kiradi. Mujmallik, boshanglik, dangasalik, tashabbus korsata olmaslik, qorqoqlik, shuningdek, qaysarlik va laqmalik kabi odatlar odam xarakterining salbiy jihatlaridan sanaladi. Psixopatologiyada patologik mayllar alohida orin tutadi. Yeb bolmaydigan narsalar (ohak, kesak)ni istemol qilish soglom homilador ayollarda, bolalarda vaqtinchalik hodisa sifatida kuzatilsa, shizofreniyada bu patologik mayllik kop uchrab turadi. Òibbiyot xodimlari bemorlarning davolanish rejimiga rioya qilishlari ustidan muttasil nazorat olib borishlari kerak. Oddiy harakatlarni bajarishda ularni faollashtirish lozim. Bunga ana- lizlarni oz vaqtida kechiktirmay topshirish, dori-darmonlar, davolash muolajalarini qabul qilish kiradi. Bazan ularga od- diy topshiriqlarni berish va bu vazifalarning bajarilishini na- zorat qilib turish kerak. Katatonik buzilishlarga uchragan bemorlar kamdan kam hollarda somatik shifoxonalarga tushib qoladilar. Ularni maxsus malakaga ega hamshiralar parvarish qilishlari kerak. Ular ovqat yeyishdan bosh tortadilar, shunga kora bunday bemorlarni &" zorlab ovqatlantirishga, bazan zond orqali yedirishga togri keladi. Keyinroq ularni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga otkazish zarur. Bemorlar oz tashqi korinishlariga ahamiyat bermay qoyadilar, gigiyena qoidalarini bajarmaydilar. Bunday hollarda orta tibbiyot xodimi ularga talabchanlik bilan muomala qilishi, ularning faolligini oshirishga harakat qilishi darkor. Hamshiralar shifokor topshiriqlari va korsatmalarini ogish- may ado etishlari tufayli bemorlarning dardiga malham bo- ladigan zarur amallarni bajaradilar. Bemorlarning xatti-harakatlarini sinchkovlik bilan or- ganib, bu malumotlarni muntazam yozib borish ham tib- biyot hamshirasining vazifalaridan sanaladi. SHAXS MUAMMOLARI Shaxs tushunchasi psixologiyada eng kop qollaniladigan tushunchalardan biri bolib, uni organish psixologiyaning asosiy fånomåni sanaladi. Odamga tasir qiluvchi barcha tashqi qozgatuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tuzilishi yigindisi bilan boyitilishi evaziga shaxs dågan tushuncha hosil boladi. Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri bu uning individualligi. Individuallik insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining båtakror birikmasi bolib, uning tarkibiga xarak- tår, tåmpåramånt, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yigindisi, iroda, faoliyati, motivlari, inson dunyo- qarashi, iqtidori, har xil shakldagi råaksiyalar, qobiliyatlari va boshq. kiradi. Shaxsning psixik hodisalarining birikmasini aynan oxshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Shaxs ozining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan, ijtimoiy turmushda faol ishtirok etishi, talim va tarbiya yordamida yuzaga kålgan ozining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan båtakror oliy zotdir. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omil (faktor)ning, voqålikning tasiri ostida shakllangan inson shaxsida ikki muhim qism bolganligini tasdiqlovchi nazariya, yani «ichki psixik» («endopsixik» yunon. «endo» ichki dågan manoni bildiradi), «tashqi psixik» («ekzopsixik» yunon. «ekzo» tashqi dågan manoni bildiradi) qismlarga ajratiladi, dågan goya ilgari suriladi. «Endopsixika»da shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elåmåntlar va funksiyalarning ozaro bogliqligi aks ettirilsa, «ekzopsixik» qismi bolsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bolgan barcha jihatlarini, shaxslararo va obyåktiv munosabatini bålgilaydi. «Endopsixika» shaxsning tasirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zor bårish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarini aks ettirsa, «ekzopsixika» esa oz tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayl- lari, idåallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyot- larini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. «Endopsixika» biologik shart-sharoitlarga bogliq bolsa, aksincha, «ekzopsixika» ijtimoiy voqåliklar tasiri ostida yuzaga kåladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Shaxs shakllanishi va rivojlanishiga tasir etuvchi omillar. Shaxs ijtimoiy, konkråt-tarixiy sharoitlarda yashashi, talim- tarbiya olishi tufayli tarkib topadi. Shaxs taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi nimadan iborat? Bu masalani hal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikki oqim mavjud bolib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogånåtik konsåpsiyasi, ikkinchisi esa sotsiogånåtik konsåpsiyasidir. Biogånåtik konsåpsiyaga kora, inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor, yani nasliy faktor bilan bålgilanadi. Bu konsåpsiyaga kora, odam psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat mazmuni ham goyo tugilishidan påsho- nasiga yozib qoyilgan emish, odamning psixik taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kålish tartiblari avvaldan bålgila- nib qoyilgan emish. Biogånåtiklar pådagoglardan bolada taqdir yoli bilan qanday shaxsiy sifatlar yuzaga kålishini bilib turishni, låkin ularning yuzaga kålishiga qarshilik qilmaslikni, aksincha, yordam bårishni talab qiladilar. Sotsiogånåtik konsåpsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitga boglab tushuntiradi. Ularning aytishicha, «odam ijtimoiy muhit nusxasidir». Sotsiogånåtiklar ham biogånåtiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy &$ faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muhitga mosla- shadigan, passiv rol oynaydigan mavjudot dåb qaraydilar. Agar sotsiogånåtik konsåpsiyani togri dåb bilsak, u holda nima sababdan bazi holda bir xil muhitda har xil odamlarning yåtishib chiqishi tushunib bolmaydigan masala bolib qoladi. Shaxs taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchlar muammosini hal qilishda dialåktika talimotiga asoslanish lozim. Shaxsning faolligi odamning anglangan yoki anglanmagan motivlarining murakkab siståmasi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlar yigindisiga bogliqdir. Biroq ehtiyojlarni qondirish jarayoni ichki qarama-qarshiliklarga ega bolgan jarayondir. Odatda, ehtiyojlar paydo bolishi bilanoq qondirilmaydi. Ehtiyojlarni qondirish uchun moddiy vositalar, shaxsning faoliyatga malum darajada tayyor bolishi, bilimlar, konikmalar va shu kabilar zarurdir. Odam tugilganidan boshlab shaxslar qurshovida boladi va u ozining butun ruhiy imkoniyatlarini ana shu ijtimoiy muhitda namoyon qiladi. Agar insonning ontogånåtik taraqqiyoti tarixiga nazar solinsa, bolaning tili chiqmasdan turib, u oziga oxshash mavjudotlar davrasiga tushadi va oz hayoti taraqqiyotining kåyingi bosqichlarida ijtimoiy muloqot barcha korinishlarining faol obyåkti va subyåktiga aylanishi muqarrar. Odam bolasining jamiyatga qoshilib yashashi psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya dåb yuritiladi. Ijtimoiylashuv inson tomonidan ijtimoiy tajribani egal- lash, hayot faoliyat jarayonida uni faol tarzda ozlashtirish jarayoni bolib, bunda har bir shaxsning jamiyatga qoshilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va tasirini qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida uni korsatishi va kårak bolsa, shu ijtimoiy tajribasi bilan oz navbatida ozgalarga tasirini otkaza olishdåk murakkab jarayondir. Ijtimoiylashuv jarayonida, eng avvalo, odamlar ortasi- dagi muloqot va hamkorlikdagi turli faoliyat amalga oshiriladi. Odamga korsatilayotgan tashqi tasir oddiy, måxanik tarzda ozlashtirilmasdan, balki u har bir shaxsning ichki ruhiyati, dunyoni aks ettirish xususiyatlari nuqtayi nazaridan turlicha individual tarzda amalga oshadi. Shu sababdan ham bir xil ijtimoiy muhit va tasirlar odamlar tomonidan turlicha idrok && maqsadlar doimo ozining anglanganligi va shaxs råal imko- niyatlariga bogliqligi bilan xaraktårlanib, ularning shakllanishi va ongda ornashishida malum manoda idåallar ham muhim rol oynaydi. Idåallar shaxsning hozirgi råal imkoniyatlari chågara- sidan tashqaridagi orzu-umidlari, ular ongda mavjud bolsa- da, låkin ular har doim ham amalga oshmaydi. Chunki ularning paydo bolishiga sabab båvosita tashqi muhit bolib, osha idåallar obyåkti bilan shaxs imkoniyatlari ortasida tafovut bolishi mumkin. Masalan, osmirning idåali otasi, u otasiday mashhur va el suygan shifokor bolmoqchi. Bu orzuga yaqin kålajakda erishib bolmaydi, låkin aynan ana shunday idåallar odamga maqsadlar qoyib, unga erishish yolidagi qiyinchi- liklarni yångishga irodani safarbar qilishga yordam bårishi tabiiy. Qiziqishlar va dunyoqarash. Qiziqishlar ham anglangan motivlardan sanalib, ular shaxs atrofida roy bårayotgan barcha hodisalar, odamlarning ozaro munosabatlari, yangiliklar borasida faktlar toplash, ularni organishga imkon båruvchi omildir. Qiziqishlar mazmunan kång yoki tor, maqsad jihatidan profåssional, båvosita yoki bilvosita bolishi, vaqt tomondan barqaror, doimiy yoki vaqtinchalik bolishi kuza- tiladi. Qiziqishlarning eng muhim tomoni shundaki, ular shaxs dunyoqarashi va etiqodini shakllantirishga asos bolib xizmat qiladi. Chunki etiqod shaxsning shunday ongli yonalishiki, unga oz qarashlari, prinsiðlari va dunyoqarashiga mos tarzda yashashga imkon bårib, etiqod va qiziqishlar dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyoqarash tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylan- tirilgan bilim, tasavvurlar va goyalar majmuyi bolib, u shaxsni malum bir qoliðda, oz shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib orin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakl- lanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, ananalarni ezozlashni, oz yaqinlariga måh- ribon va tanlagan yoliga kasbi, maslagi hamda etiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash, yani tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va etiqod hamdir. &' TÅMPÅRAMÅNT VA UNING TIÐLARI Shaxsning individual xususiyatlari uning tugma, biologik xususiyatlari bilan bogliq. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bolsa, ikkinchi tomondan biologik yaxlitlik, tugma sifatlarni oz ichiga olgan substrat-individ hamdir. Tåmpåramånt va layoqatlar individning dinamik ozgaruvchan psixik faoliyati jarayonini taminlovchi sifatlarini oz ichiga olib, ular shaxsda ontogånåtik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa xususiyatlarga asos boladi. Tåmpåramånt xususiyatlari odamning bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan yoki bir malakadan boshqasiga almashtir- gan paytda råaksiyaning egiluvchan va dinamikligini taminlaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, tåmpåramånt shaxs faoliyati va xulqining dinamik (ozgaruvchan) va emotsional- hissiy tomonlarini xaraktårlovchi, biologik shartlashgan indi- vidual xususiyatlar majmuyidir. Tåmpåramånt xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan båvosita bogliq boladi, yani ularning namoyon bolishi uning konkråt vaziyatlarga munosabatini, ekstråmal vaziyatlarda ozini qanday tutishini bålgilab båradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda ozini turlicha tutadi: oliy oquv yurtida talabalar safiga qabul qilinganligi togrisidagi axborotni eshitgan bolaning ozini tutishi yoki hayotning ogir sinovlari (yaqin kishisining olimi, ishdan haydalish, dostning xoinligi kabi) paytida odam båixtiyor namoyon qiladigan råaksiyalari uning tåmpåra- måntidan kålib chiqadi. Shuning uchun bir xil vaziyatni turli shaxslar, biri ogir-bosiqlik bilan, boshqasi esa ozini yoqot- gudåk darajada his-hayajon bilan boshidan kåchiradi. Shuning uchun ham tåmpåramånt shaxs shakllanishi va ijtimoiy muhitda oziga xos mavqåni egallashida muhim ahamiyat kasb etadi. Tåmpåramåntning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u hayotiy voqåalar va vaziyatlarni, jamiyatdagi ijtimoiy guruhlarni «yaxshi yomon», «ahamiyatliahamiyatsiz» måzonlari asosida ajra- tishga imkon bårib, bunda tåmpåramånt odamning ijtimoiy obyåktlarga nisbatan «såzgirligini» tarbiyalaydi, profåssional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga yordam båradi. ' Tåmpåramånt xususiyatlar aslida tugma hisoblansa-da, shaxsga båvosita aloqador va anglanadigan bolgani uchun ham malum manoda dinamik korinishda boladi. Shuning uchun ham tugilgan chogida sangvinikka oxshash harakatlar namoyon qilgan bolani umrining oxirigacha faqat shunday- ligicha qoladi dåb bolmas ekan. Shu bois, har bir tåmpåra- månt xususiyatlarini va uning shaxs tizimiga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kårak. Tåmpåramåntning fiziologik asoslari togrisida tushuncha qadimgi yunon olimi Giðpokrat talimotiga binoan, inson- larning tåmpåramånt xususiyatlari jihatidan ozaro bir-biridan tafovutlanishi ularning tana azolaridagi suyuqlik (xiltlar)ning turlicha nisbatda joylashuviga bogliq ekan. Uning fikricha, inson tanasida tort xil suyuqlik (xilt) mavjud bolib, ular ot yoki safro (yunon. chole), qon (lotin. sanguis yoki sanguinis), qora ot (yunon. melas qora, chole ot), balgam (yunon. phlegma) kabilardan iborat bolib, unga kora: 1) otning xususiyati quruqlikdir, uning vazifasi tana azolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir; 2) qonning xususiyati issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; 3) qora otning xususiyati namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir; 4) balgamning (shilimshiq moddaning) xususiyati sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovitib turishdan iboratdir. Giðpokrat talimotiga muvofiq, har bir insonda shu tort xil suyuqlik mavjud bolib, uning bittasi ustuvorlik qilib, mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bolsa, shunga qarab insonlar tåmpåramånt jihatdan farqlanadilar, chunonchi, xolårikda sariq ot, sangvinikda qon, målanxolikda qora ot, flågmatikda balgam (shilimshiq modda) ustun bolishi takidlanadi. Giðpokratning tort xil modda (suyuqlik)lar aralashmasi, yani tåmpåramånt tushunchasi va uning tiðologiyasi (sang- vinik, xolårik, flågmatik, målanxolik) ramziy manoda hozirgi zamon psixologiyasida ham qollanilib kålinmoqda. Tåmpåra- ' måntning ilmiy-psixologik asoslari va uning fiziologik måxanizmlari kåyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqich- larida ishlab chiqilib, bu borada izlanishlar davom ettiril- moqda. Tåmpåramåntning fiziologik asoslariga ozining ulkan hissasini qoshgan olimlardan biri rus fiziologi I.P. Pavlov hisoblanib, u hayvonlarning oliy nårv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda shartli råflåkslarning paydo bolishi, kåchishi, davom etishi xususiyatlari insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa tåmpåramåntda ham uchrashi mumkinligini kashf etadi. I.P. Pavlov tåmpåramånt ham shartli råflåktor faoliya- tining individual xususiyatlarini kåltirib chiqaruvchi omillar bilan bogliq bolishi mumkin, dågan xulosani bårib, mazkur talimot boyicha, shartli råflåkslar paydo bolishining indi- vidual xususiyatlari royobga chiqishining sabablari nårv siståmasi xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif nårv siståma- sining uchta asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat båradi: 1) qozgalish jarayoni va tormozlanish (toxtalish) jarayo- nining kuchi; 2) qozgalish kuchi bilan tormozlanish kuchi ortasidagi muvozanatlik darajasi (nårv tizimining muvozanatlashgani); 3) qozgalishning tormozlanishi bilan almashinishi tåzligi (nårv jarayonlarining harakatchanligi). Uning korsatishicha, har bir hayvonning tåmpåramånti ham mazkur xususiyatlarining u yoki bunisiga aloqador bol- may, balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga bogliq boladi. I.P. Pavlov shartli råflåktor faoliyatining in- dividual xususiyatlari bilan tåmpåramåntga aloqador nårv siståmasi xususiyatlarining ozaro qoshiluvini nårv siståma- sining tiði dåb nomlaydi va uni tort tiðga ajratadi: 1) kuchli, muvozanatli, epchil; 2) kuchli, muvozanatsiz, epchil; 3) kuchli, muvozanatli, sust; 4) kuchsiz tið. Yirik rus psixologlaridan biri B.M. Tåplov (18961965) va uning shogirdlari I.P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nårv jarayonlari xususiyatlarining oziga xos tomonlarini ochishga muvaffaq bolib, ular nårv-fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini organishda maxsus moslamalar yordami bilan ' ozgarishlarni qayd qilish hamda olingan natijalarni (omilla- rini) matåmatik statistika måtodlari orqali hisoblashni tatbiq etganlar. B.M. Tåplov ilmiy maktabi namoyandalari tomo- nidan olingan malumotlarga qaraganda, insonda hosil qili- nadigan shartli råflåkslarning bazi bir individual xususiyatlari ozaro uygunlikka ega bolib, ular ozaro bogliq individual xususiyatlar tizimi nårv siståmasining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, ozaro boglangan xususiyatlar, birinchidan, shartli qozgovchi mustahkamlanishi davom etishidan qati nazar, shartli råflåkslar sonishi darajasiga, ikkinchidan, qozgovchilarning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli råaksiyaning hajmi orasidagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qozgovchi såzgirligiga bågona (notanish) qozgovchini ijobiy (salbiy) tasir otkazish darajasiga, tortinchidan, boshqa korinishdagi yoki kuchlanishdagi qozgalish jarayonlarining kuchiga bogliq ekanligini malum qiladilar. Malumotlarning tahliliga binoan, tormozlanish (toxta- lish)ning kuchi bilan nårv jarayonlarining muvozanatlashuviga taalluqli shartli råflåktor faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga oxshash usul yordami bilan kashf qilingan. Shuningdåk, B.M. Tåplov ilmiy maktabining namoyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli råflåkslarning hosil bolish tåzligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham izohlab bårilgan. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi nårv siståmasining notanish xususiyati dina- miklik dåb tavsiflangan. Bundan tashqari, ular shartli råflåktor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qozgalish jarayoni toxtalishining tåzligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik (yani lotin. labialis båqarorlik) dåb ataganlar. Shuning bilan birga ular nårv sistå- masining boshqa xususiyatlari mavjudligi togrisida ilmiy tax- minlarni ilgari surganlar, jumladan: sånzitivlik, råaktivlik va h.k. Yigirmanchi asrning 6070-yillarida ushbu soha boyicha olib borilgan tadqiqotlarning korsatishicha, tåmpåramånt- ning psixologik tavsifi bilan I.P. Pavlovning tiðlari ortasida aloqa hukm surishiga håch qanday shak-shubha yoq. Tåmpåra- måntga taalluqli nårv siståmasining tiðlari ham insonga, ham hayvonlarga tågishli bolib, ular umumiy tiðlar dåb nomla- '! nadi. Binobarin, tåmpåramåntning fiziologik asosi bu nårv siståmasining umumiy tiðlari bolsa-da, biroq I.P. Pavlovning tiðlari bu nårv siståmasi xususiyatlarining tanho tiðik birik- masi emas ekan, chunki kåyinchalik bu borada yangi birik- malar topildi. Låkin ajratilgan tiðlarning barchasi bir xil aha- miyatga molik emasligi tufayli ularning eng asosiylari kuchli va kuchsiz tiðlardan tashkil topadi. Shunday qilib, asab tizimi bilan bogliq individual sifatlarni bilish shart, chunki ular båvosita måhnat va oqish jarayon- larini har bir inson tomonidan, uning manfaatlariga mos tarzda tashkil etishga xizmat qilib, asabga bogliq bolgan tabiiy xususiyatlarni ham umuman ozgarmas dåb bolmas ekan, chunki tabiatda ozgarmaydigan narsaning ozi yoq. Masalan, V.S. Mårlin tåmpåramåntning psixologik tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bolishini boshqarish masalasida kop ishlar qilgan, uning fikricha, insonda mavjud bolgan faollik, bosiqlik, emotsional tåtiklik, hissiyotlarning tåzda namoyon bolishi va ozgaruvchanligi, kayfiyatning turgunligi, båhalovatlilik, ishchanlik, yangi ishga kirishib kåtish, malakalarning tåz hosil bolishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi osha ekstravårsiya va intravårsiya xossalari yotadi va ularni ham ozgartirish va shu orqali tåmpåramåntni boshqarish mumkin. Shulardan kålib chiqqan holda shaxsning måhnat qilish uslubini tanlash va profåssional mahoratni ostirishda ayni shularga etibor bårsa ularning faoliyat natijasi samarador kor- satkichga ega bolishi kuzatiladi. Masalan, bazilar xolåriklarga oxshash qiziqqon, tåzkor bolib, ular måhnat jarayonida faollik, ishni tåz bajarishga layoqati ijobiy bolsa, uning salbiy tomoni ishni chala tashlab kåtish xavfi, bazi tomonlariga esa yuzaki qarashi kishini oylantiradi. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, hayotda sof tåmpåramånt ham bolmaydi va u yoki bu tåmpåramånt tiði juda yaxshi ham emas, har bir tiðning oziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy tomonlari ham boladi. Shuni alohida takidlab otish kårakki, psixik faoliyatning dinamikasi, nafaqat, tåmpåramåntga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuygularga ham båvosita bogliqdir. Hozirgi davrda tåmpåramånt tiði dåganda, malum insonlar guruhi '" uchun umumiy bolgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy ozaro bogliqligi tushunilib, uning tiðini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda ozaro bogliqligini turlicha aks ettirgan holda yangi omillar mazkur tiðlarning psixologik tavsifini qayta tahlil qilishni taqozo etadi. Tåmpåramånt tiðlarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin: 1. Sånzitivlik (lotin. sensus såzish, his qilish manosini anglatadi) insonda biron psixik råaksiyani hosil qilish uchun zarur bolgan ota kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, såzgilarning paydo bolishi uchun kårak qozgovchining ozgina kuchi (ularning quyi chågarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining såzilar-såzilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob båruvchi) mujassamlashishi tushuniladi. 2. Råaktivlikda aynan bir xil kuch bilan tasir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional råaksiya qilishiga qarab munosabat bildirilib, uning yorqin royobga chiqishi emotsionallik, tasirlanuvchanlikda ifodalanadi. 3. Faollik inson qandaydir faollik darajasi bilan tashqi olamga tasir etishi va maqsadlarni amalga oshirishida obyåktiv hamda subyåktiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yångishidir. 4. Råaktivlik bilan faollikning ozaro munosabatida odamning faoliyati kop jihatdan nimaga bogliqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favqulodda hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga kora, fikr bildirish nazarda tutiladi. 5. Råaksiya tåmpi turli xususiyatli psixik råaksiyalar va jarayonlarning kåchishi tåzligiga, binobarin, harakat tåzligiga, nutq suratiga, farosatlilikka, aql tåzligiga asoslanib, xulosa chiqarishdir. 6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik) shaxsning ozgaruvchan tashqi taassurot- larga qanchalik yångillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdåk, uning xatti-hara- '# katlari qanchalik sust va zaifligi (rigidligi qotib qolganligi)ga nisbatan baho bårishdan iboratdir. 7. Ekstravårtlik va intravårtlik shaxsning faoliyati va råaksiya kop jihatdan nimalarga bogliqligiga, chunonchi favqulodda tashqi taassurotlarga (ekstravårtlik) yoki, aksincha, timsol- larga, tasavvurlarga, otmish hamda kålajak bilan uygunlashgan mulohazalarga (introvårtlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir. Sangvinik juda faol, qiziquvchan bolib, atrofdagi nar- salar, insonlar diqqatini tåz jalb etadi. U imo-ishoralarni kop ishlatib, uning chåhrasiga qarab, kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda såzgir bolishiga qaramay, kuchsiz tasir (qozga- tuvchilar)ni såza olmaydi, sårgayrat, ishchan, toliqmasdir. Faollik bilan råaktivlik munosabati muvozanatli boladi, intizomli, ozini tiya biladi va boshqara oladi. Uning xatti- harakati joshqin, nutq surati tåz, yangilikni tåz payqaydi, aql-idroki tåran, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari ozgaruvchandir. Konikma va malakalarni tåz egallaydi, kongli ochiq, dilkash, muloqotga tåz kirishib, uning xayoloti (fanta- ziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi tasirlarga hozirjavob boladi. Xolårik sust sånzitivlik xususiyatiga ega bolib, juda faol va råaktivdir. Kopincha råaktivligi faollikdan ustun kålib, u båtoqat, sårzarda, tinimsiz. Sangvinikka qaraganda qozgaluvchan, låkin koproq rigid, qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qatiylik mavjud bolsa-da, biroq diqqatni bir joyga toplashda qiynaladi. Uning nutq surati tåz va h.k. Flågmatik såntizivligi sust, his-tuygusi (emotsiyasi) kam ozgaruvchan, shunga kora, bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin bolib, kongilsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda boladi. Vazmin, kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi kozga yaqqol tashlanmasa-da, låkin sårgayrat, ishchan, faol, chi- damli, matonatlidir. Uning nutq va harakat surati sust, farosati qiyiqroq. Diqqatni toplashi osoyishta, rigid korinishida bolib, diqqatni kochirishi qiyin kåchadi. Intåravårtlashgan, kamgap, '$ ichimdan top toifasidan bolib, yangilikni qabul qilishi murakkab va tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob båruv- chandir. Målanxolik såntizivligi yuksak, tortinchoq, gayratsiz, arazchan, xafaxon boladi. U jimgina yiglaydi, kam kuladi, qatiyligi va mustaqilligi zaif, tåz toladi, ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror, his-tuygusi sust ozgaruvchan, rigid va intravårtlashgan. Psixologik malumotlarda etirof etilishicha, irsiyat va turmush sharoitlari tåmpåramånt tiðlari ortasidagi tafovutlar- ning sababchisi ekan. Shuning uchun irsiy fiziologik xususiyat- lari bir xil va bitta tuxumdan yaralgan (gomozigot) egizak- larning tåmpåramånt xususiyatlarini ikkita tuxumdan vujudga kålgan (gåtårozigot) egizaklarning tåmpåramånt xususiyatlari bilan qiyoslansa, bu omil tasdiqlanishi mumkin ekan. Malumotlarga qaraganda, gåtårozigot egizaklardan farqli ola- roq, gomozigot egizaklar tåmpåramånt xususiyatlari shun- chalik oxshar ekanki, hatto ular irsiyat yoli bilan bårilish omillarini 85 % tasdiqlash imkoniyatiga ega ekan. Tarbiyaviy muhit turlicha bolishiga qaramay, oxshashlik saqlanib qolishi tajribalarda kop marta tåkshirilgan bolsa-da, låkin tåmpåra- måntning ayrim xususiyatlari ozgarishi togrisidagi malumot- lar inkor etilmaydi, unga favqulodda tashqi hamda ichki sharoitlar kåskin tasir otkazadi (masalan, tog sharoiti, xavf-xatar mavjudligi va hokazo). Shuni takidlash orinliki, olimlar fikricha, tåmpåramåntni faoliyat talablariga moslashtirish (muvofiqlashtirish) imkoniyati mavjud ekan. Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan talablar tizimini qoyadi. Xususan: • kasb-hunarlarning insonlar tåmpåramåntiga mos turini tanlash kårak, chunki ularning psixik xususiyatlariga mutanosib kasbni tanlash profåssional tanlash dåyiladi; • shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz; • tåmpåramåntga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bar- taraf etish lozim; • insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Chunki shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bolishi muvaffaqiyatlar garovidir. '% XARAKTÅR PSIXOLOGIYASI Xaraktår (yunon. charaktir bålgi, nishon, xislat) ijtimoiy muhit tasirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqå- likka va oz-oziga bolgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tiðik xulq-atvor usullarini bålgilab båra- digan barqaror individual psixik xususiyatlar yigindisidir. Xaraktår tugma, ozgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlariga bogliq holda tarkib topib, ozgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. Maxsus sharoitda talim-tarbiya tasirida salbiy xaraktår xususiyatlarini bartaraf qilish, ijobiy xaraktår xususiyat (xislat)larini shakllantirish mumkin. Psixologiya fanida xaraktårni tahlil qilishning oziga xos tizimi mavjudki, bu psixologik tuzilishning qonuniyatlari, tiðolo- giyasi va rivojlanishini ifoda etadi. Shu bois, psixologiyada xaraktårni psixologik tadqiq etish xaraktårologiyaning asosiy prådmåti hisoblanadi. Mazkur tushunchaning etimologiyasiga etibor qaratadigan bolsak, xaraktårologiya yunon. charac- terology sozidan olingan bolib, character xislat, bålgi, alomat, nishon, xususiyat, logos fan, talimot manolarini anglatadi. Dåmak, xaraktårologiya xaraktår va uning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi talimotdir. Xaraktår va xaraktårologiya muammosi ozining chuqur ildiziga ega. Chunki xaraktårologik xususiyatlarning tahlili bizni sozsiz shaxs namoyon bolishining oziga xos tomon (tið)larini inobatga olishga undaydi. Aksariyat psixologlar shaxs namoyon bolishining oziga xos tomon (tið)larini «xaraktåristika» yoki «xislat» («chårta») tushunchalari tarzida qollab kålmoqdalar. Har bir shaxsga båriladigan psixologik xaraktåristika (tavsif- noma) malum bir kishining aqliy, axloqiy, irodaviy sifat- lari, qiziqishi, dunyoqarashi, etiqodi, shuningdåk, indi- vidual xaraktårologik xususiyatlari xaraktår, tåmpåramånt, qobiliyat va istådodlarini obyåktiv ravishda tasvirlab yozilgan shaxsiy hujjatdir. Diffårånsial psixologiyaning tarixiy asosi ham xaraktårologiya timsolida aks etadi. Xaraktår ozida ijtimoiy-psixologik, shaxslilik jarayoniga psixobiologik va umumpsixologik qonu- '& niyatlar orqali otishni qayd qiluvchi individuallikning asosiy tuzilmasi hisoblanadi. Xaraktårda ozlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning xulq-atvori va faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida tarkib topishni taminlovchi psixologik vositalar inson «Mån»ining tavsiflovchi poydåvori hisoblanadi. Xaraktår tåmpåramånt (mijoz)dan farqli olaroq hayotda, muomala va hamkorlikdagi faoliyat jarayonida vujudga kålishi va shakllanishida farq qiladi. Xaraktår xislatlari tortta yirik tizimga ajratiladi. Bu xususiyatlar insonning munosabatlarida aks etadi. Bunday xaraktår xususiyatlarining oquvchi va talaba- larda shakllanishi va namoyon bolishi oqish faoliyatini amalga oshirayotgan jamoada, oilada, norasmiy guruhlarda kuzatiladi. Munosabatlarning nomlanishi. Xaraktår xislatlari va xulq- atvor xususiyatlari: 1. Odamlarga bolgan munosabat muloqotmandlik, ochiqlik, aniqlik, måhribonlik, tundlik, tortinchoqlik, johil- lik, kamtarinlik va h.k. 2. Faoliyatga bolgan munosabat vijdonlilik, måhnatså- varlik, tashabbuskorlik, ehtiyotsizlik, masuliyatsizlik va h.k. 3. Ijtimoiy va shaxsiy mulkka bolgan munosabat batartiblik, tåjamkorlik, ozodalik, ehtiyotkorlik va h.k. 4. Oz-oziga bolgan munosabat vazminlik, talabchan- lik, ozini såvish, oziga ishonchlilik, xudbinlik va h.k. Psixologiyada xaraktår xislatlarining paydo bolish shartla- rida organizmning nasliy xususiyatlari (biologik qonuniyatlari) asos bolsa-da, ammo u ijtimoiy qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu masalani irsiyatga boglab tushuntirish gomozigot egizaklarni organish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari aynan bir xildir. Ular tåmpåramånt xusu- siyatlari boyicha tubdan oxshash bolsalar-da, låkin xaraktår xislatlariga kora, bir-biridan kåskin farq qilishadi. Shuning uchun xaraktårning shaxs turmush sharoitiga bogliqligini uning fiziologik asosi ham, tashqi taassurotlar tizimi tufayli vujudga kåladigan shartli råflåktor funksional holati ham tasdiqlaydi. Xaraktår tarkib topishi muayyan qonuniyatlar tasirida amalga oshib, uning har bir xislati shaxs munosabatlariga bogliq boladi, ular oz navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan '' bålgilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil xaraktår xislatlari shakllanishi tadqi- qotlarda isbotlangan. Shu sababdan ijtimoiy tuzumni tavsif- lovchi kång ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy tiðik xususiyatlarigina emas, balki xaraktårning individual xususiyat- lari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta tasir otkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga båvosita yoki bilvosita bogliq tarzda, oilada, bolalar va måhnat jamoalarida xayrxohlik, ortoqlik, ozaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlar korinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xaraktårning oziga xos xususiyatlari shakllantirilsa, bolalar bogchasidagi, maktabdagi shaxslararo munosabatlar ham xaraktårning maxsus xislatlarini tarkib toptiradi. Måhnat jamoalarida, noras- miy guruhlarda ham xaraktår xususiyatlarida såzilarli ozga- rishlar yuzaga kålib, ilk yoshlik davrida esa shakllangan xaraktår xislatlari nihoyat darajada barqaror bolib, ularga ayrim ozgarishlar kiritish juda qiyin kåchadi. Shaxsda mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bogliq holda tarkib topgan munosabatlar ozining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Xaraktår xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiy- ligi kop jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bogliq. Insonning haqqoniylik, måhnatsåvarlik xislatlari tasodifiy tarkib topmagan bolib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bolavåradi. Xaraktår bilan tåmpåramåntning ozaro munosabati ularning fiziologik asoslari bilan bålgilanadi. Xaraktår xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon bolib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kåchishi dinamik xususiyat dåyiladi. Xaraktår xislatlarining dinamik xususiyati tåmpåramånt xususiyatlariga bogliq. Ana shu holatga muvofiq ravishda tåmpåramånt xusu- siyatlari ham xaraktår malum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bolishi ham tåmpåramånt tiðiga bogliq. Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan ozaro munosa- bati xaraktår xislatlarini togridan togri tavsiflamaydi, balki shaxsning faoliyati orqali bålgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli aynan bir xil ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususiyatlaridan turli xaraktår xislatlari shakllanadi. Shu bois- dan xaraktårning rivojlanishi shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bogliq tarzda amalga oshadi. Xarak- tårning tarkib topishida faol faoliyatning roli shundaki, xuddi shu faol faoliyatiga xaraktårni ifodalaydigan harakatning in- dividual oziga xos usullari shakllanadi. Harakat usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik steråotið hosil qilinishi bilan bogliq shartli råflåktor funksional holatning natijasidir. Avto- matlashuvning bir nåcha turdagi psixologik måxanizmlari mavjud bolib, ulardan biri odatlardir. Xaraktår xislatlari tarkib topishining muhim shartlaridan yana biri xislatlarni zaruriy xatti-harakatlarda chidam bilan mashq qilishdan iboratdir. Xaraktårning tarkib topishida taqlidchanlikning roli katta bolib, u harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbayi hisoblanib, uning ahamiyatliligi kop jihatdan ifodali xatti- harakatlarning shaxs emotsional (hissiy) kåchinmalariga tasiri bilan bålgilanadi. Taqlidchanlik xatti-harakat namunasiga taqlid qilish uchun moljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgandagina xaraktår xislatlari tarkib toptirishning shartiga aylanadi. Xaraktårning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit obyåktiv va subyåktiv mayllik tarzidagi korsatma bårish (ustanovka) psixologik måxanizm någizida yuzaga kålgan avto- matlashish muhim bolib, bunda korsatma (ustanovka) odatla- ridan farqli olaroq, muayyan harakatlarga tayyor turishgina bolib qolmay, balki bilish jarayonlariga, hissiy va irodaviy råaksiyalarga ham tayyor turishlikdir. Xaraktårning hosil bolishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat kasb etib, bunda xaraktår faqat murakkab va kåskin vaziyatlarda (sharoitlarda) yorqin namoyon bolibgina qolmas- dan, balki mazkur holatlarda u tarkib ham topadi. Odatda, xaraktår xislatlarining ozgarishidagi individual farqlar shaxs- ning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun qanday yol-yoriq topishiga bogliq. Shunday qilib, shaxs ozining butun hayoti va faoliyati davomida oz xatti-harakatlari, odatlari bilan oz xaraktår xislatlarini ozi yaratadi va ularni boshqarishga odatlanadi. Xaraktår aksåntuatsiyasi va uning tiðlari. Xaraktår xusu- siyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jihatidan rang- barangligi va oziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan ifodalanganligida ham namoyon boladi. Xaraktår xususiyat- larining miqdoriy ifodalanishi, yani ayrim bålgilarning had- dan tashqari kuchli namoyon bolishi shaxs xulq-atvori måyo- rining eng oxirgi marrasiga borib, patologik bålgilar bilan chågaralanish holatida kuzatiladi. Bu holat psixologiyada xarak- tår aksåntuatsiyasi (måyordan ortishi) dåb ataladi. Bunda shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bolgani holda bir xil qattiq hayajonlantiruvchi omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. QOBILIYAT VA ISTEDOD Shaxs muayyan faoliyatni amalga oshirishda turli korsat- kichga ega natijaga (muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz) erishadi. Bu psixologik hodisa yoki voqålik nimadan dalolat ekanligini aniqlash orqaligina bilim darajasi, qobiliyat korsat- kichi, muvaffaqiyat måxanizmi, malaka yoki konikmalar barqarorligi yuzasidan mulohaza yuritish mumkin, xolos. Psixologik tadqiqotlarning korsatishicha, oliy talim jara- yonida ozlashtirish korsatkichi boyicha «ortamiyona» talaba kåyinchalik ijobiy tomonga ozgarishi, boshqa soha (tarmoq)da yuksak natijalarga erishishi, hatto mutaxassisligiga yaqin ixtisos- likda ozini korsatishi mumkin ekan. Shuning uchun bilim, konikma va malakalarni egallash (ozlashtirish) jarayonida qobiliyatlar namoyon bolsa-da, låkin ular bilim, konikma, malakalarga båvosita taalluqli bolmasdan, bir-biridan tafovut qiladi. Ushbu psixologik hodisa obrazliroq qilib tushuntirilganida, bilim, konikma, malaka mashq tufayli egallanadigan aniq voqålik dåb tasavvur qilinsa, qobiliyatlar shaxsning ruhiy olamidagi hali royobga chiqmagan imkoniyatidir. Masalan, talabaning oqishga kirishi u mutaxassis sifatida kasbiy kamolot uchun imkoniyat tarzida gavdalanishi kabi (uning intilishi, obyåktiv va subyåktiv muhit, salomatligi va h.k.), shaxsning qobiliyatlari kasbiy bilim, konikma va malakalarni egallash uchun imkoniyat sifatida namoyon boladi. Kasbiy bilim va konikmalar egallandimi yoki yoqmi, imkoniyat royobga chiqdimi yoki ushalmagan orzu sifatida qolib kåtdimi bularning barchasi kopgina omillarga va sharoitlarga bogliq boladi. Masalan, atrof-muhitdagi odamlar (oila, maktab, måhnat jamoasi azolari, jamoatchilik) shaxsning u yoki bu bilim hamda konikmalarni egallashga manfaatdorligi, oqish, orgatishga munosabati, ularni tashkil qilish va mustahkamlashga nisbatan masuliyat his qilish kabilarning barchasi imkoniyatni royobga chiqarish, uni voqålikka aylantirishning kafolati sanaladi. Psixologiya måto- dologik asosining korsatishicha, qobiliyatlar imkoniyatlar tizi- midan tashkil topgan bolib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasidir. Bolada namoyon bolgan musiqiy qobiliyat uning musiqachi bolishi uchun biron-bir darajada garov bola olmaydi. Bolaning musiqachi bolishi uchun unga maxsus talim bårilishi, pådagog va bola namoyish qilgan qatiylik, salomatlikning yaxshi bolishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa koplab shart- sharoitlar bolishi zarur. Bularsiz qobiliyatlar rivojlanmay turiboq sonib kåtishi mumkin. Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari bolmish bilim, konikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etib, ularning birligini etirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar faqat faoliyatda royobga chiqadi. Agar shaxs rasm solishga hali organmagan bolsa, uning tasviriy sanatga nisbatan qobiliyatlari yuzasidan mulohaza yuritishga orin ham yoq. Talabada kasbiy bilim, konikma va malakalar tizimi, ular- ning barqarorligi, shakllangan shaxsiy ish uslublari mavjud emasligiga asoslanib, ularni jiddiy tåkshirib, organmasdan turib, shoshilinch tarzda unda qobiliyatlar yoq dågan xulosa chiqa- rish qopol psixologik nuqson hisoblanadi. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kåyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bolgan juda kop allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albårt Eynshtåyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachåvskiy (yangi gåomåtriya yonalishi asoschisi) va bosh- ! qalar oqishida gånial olim bolib voyaga yåtishishida håch qanday asos yoq edi. Qobiliyatlar bilim, konikma va malakalarda aks etmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon boladi. Faoliyat uchun zarur bolgan bilim va konikmalarni ozlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar qobiliyatlarga asoslanadi. Dåmak, qobiliyatlar dåb, shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, konikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon boladigan individual psixologik xususiyatlarga aytiladi. Shunday qilib, qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar bolishi bilan birga: • ularni shaxslarning mavjud boshqa xususiyatlariga, xarak- tår fazilatlariga, hissiy kåchinmalariga va boshqalarga qarama- qarshi qoyish mumkin emas; • shuningdåk, qobiliyatlarni shaxsning mazkur xususiyatlari bilan bir qatorga qoyish, ularni ayniylashtirish ham nuqson- larni kåltirib chiqaradi. Shuni takidlash joizki, yuqoridagi sifatlardan bazi biri yoki ularning yigindisi faoliyat talablariga javob båra olsa yoki ular tasirida vujudga kålsa, u holda shaxsning mazkur indi- vidual xususiyatlarini qobiliyatlar dåb atash imkoniyati tugi- ladi. Psixologiyada koproq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat, yani intållåkt tushunchasi bilan boglab organiladi. Psixologiyada aql va idrok masalasi, odamning intållåktiga bogliq sifatlar juda koplab tadqiqotlar obyåkti bolib, unda qobiliyatlarning rivojlanish måxanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli måtodikalar yaratilib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bolgan korsatkichni olchashga urinishlar kuzatiladi. Kopchilik olimlar odam intållåktida uning vårbal (yani, sozlarda ifodalanadigan), miqdoriy (sonlarda ifodalanadigan) korsatkichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va xayol jarayonlari bilan bogliq jihatlarni ham qoshganlar. Ularning fikricha, intållåktual potånsialga ega bolgan shaxsnigina qobiliyatli dåb qarash mumkin. Intållåktual potånsial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan shaxsga båvosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati " shundaki, u borliqni va boladigan hodisalarni oldindan basho- rat qilishga imkon båradi. Intållåkt lotincha intellectus tushu- nish, bilish va intellectum aql sozlari någizidan paydo bolgan tushuncha bolib, u aql-idrokning shunday bolagiki, uni olchab, ozgartirib, rivojlantirib bolmaydi. Bu intållåkt va u bilan bogliq qobiliyatlar ijtimoiy xaraktårga ega ekanligidan darak båradi. Qobiliyatlar va intållåktga båvosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri tasir korsatadi. Qobiliyat sifat va miqdor jihatdan tavsiflanib, uning sifat tavsifi shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari fao- liyat muvaffaqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qili- shini anglatadi. Uning miqdori tavsifi esa faoliyatga qoyiladigan talablarga shaxs tomonidan qay yosinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildirib, yani mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan nåchogliq tåz, yångil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi. Qobiliyat xususiyatlarining sifat jihatidan talqin qilinishida, birinchidan, maqsadga turlicha yollar orqali erishishga imkon båruvchi «ozgaruvchan miqdor» toplami tariqasida, ikkin- chidan, faoliyat muvaffaqiyatini taminlovchi shaxsning in- dividual psixologik xislatlari (fazilatlari) murakkab majmuasi korinishida gavdalanadi. U yoki bu faoliyatni amalga oshirishda ozaro oxshash yoki bir-biri bilan farqlanuvchi turlicha qobi- liyatlar turkumi (majmuasi, birikmasi) ishtirok etishi mumkin ekan. Bunda shaxsdagi bir xislatning ornini boshqasi bosishi, kompånsatsiya qilishi (lotin. compensatio ornini bosishi, muvofiqlashtirish manosini bildiradi) vujudga kålib, mazkur jarayonda inson ozi ustida sabr-toqat, chidam bilan måhnat qilishi tufayli yuksak korsatkichlarga erisha olishi mumkin. Umumiy qobiliyatlar (sifatlar)ni maxsus qobiliyatlarga (sifat- larga) zid tarzda tushuntirish mumkin emas. Chunki shaxsning umumiy qobiliyati maxsus qobiliyatni hosil qiluvchi omillar yaqqol psixologik hodisa yoki voqålikdir. Maxsus qobiliyatlar kolam jihatdan torroq bolishiga qaramay, chuqurroq mohiyat- ni ozida mujassamlashtiradi. Rus olimi I.P. Pavlov oz talimotida «badiiy», «fikrlov- chi», «orta» tiðlarga ajratilgan shaxslarning ana shu uch tiðdan biriga taalluqli ekanligini tavsiflab båradi. Muallif ushbu tiðo- # logiyani yaratishda oliy nårv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal siståmasidan iboratligi togrisidagi talimotiga asoslanadi. Birinchi signallar va ikkinchi signallar siståmasi esa obrazlar haqida sozlar orqali signal bårishdan iboratdir. Ikkinchi sig- nallar siståmasi I.P. Pavlov tomonidan «signallarning signali» dåb nomlangan edi. Ushbu tiðologiyani osonroq qilib quyida- gicha tushuntirish mumkin: • shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar siståmasining signallari nisbatan ustunlik qilsa, inson «badiiy» tiðga taalluqli bolib, ular uchun båvosita taassurot, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuygular (emotsiyalar) natijasida vujudga kåladigan obrazlarning yorqinligi xosdir; • mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bolsa, bu shaxs «fikrlovchi tiðga» mansub bolib, ular uchun mantiqiy tizilmalarning, nazariy mulohazalarning, måtodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir; • agarda har ikki signal aralashib kåtgan bolsa (birortasining ustunligi såzilmasa), bu inson «orta tiðga» mansub odamdir. Dåmak, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga kåladigan har qaysi yaqqol qobiliyatlar tuzilishi oz tarkibiga yåtakchi va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni (xislatlarni) qamrab olgan bolib, murakkab tizimdan iborat ekan. Talant qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligi- dan dalolat båradi. Talant (yunon. talanton qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, tabiiy xislat manolarini bildiradi) muay- yan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda bajarilishini taminlaydigan qobiliyat hamda istådodlar majmuasidir. Psixologik adabiyotlarda unga turlicha tarif bårilishiga qaramay, ularda asosiy bålgilar takidlab otiladi, chunonchi, shaxsga qandaydir murakkab måhnat faoliyatining muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini båradigan qobiliyat- lar majmuasiga talant dåyiladi. Talant ham qobiliyatlarga oxshash ijodiyotda yuksak mahoratga, muvaffaqiyatga erishish imkoniyati hisoblanib, ijodiy kutilmasi (yutuq) insonlarning ijtimoiy-tarixiy turmush shart-sharoitlariga bogliq boladi. $ Jahon sivilizatsiyasi, fan va tåxnikasi, sanat va adabiyot, moddiy va manaviy madaniyatini yaratishning (ichki ruhiy) imkoniyati hisoblanmish talant progråssning harakatlantiruvchi omilidir. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning yåtishmasligi tufayli kopchilik talant sohiblari oz imkoniyatlarini royobga chiqarish imko- niyatlaridan mahrum boladilar. Talantlarning tugilishi ijtimoiy shart-sharoitlarga bogliq bolganligi bois, mustaqil mamlakati- mizda talantli yoshlarga nisbatan yuksak ehtiyoj såzilmoqda, bu narsa yaqqol korinib turibdiki, shunday måzonga loyiq shaxslar mavjud va ular kålajagi buyuk davlatimiz poydåvori hisoblanadilar. Talant qobiliyatlar yigindisi yoki ularning majmuasidan iborat bolishiga qaramay, alohida olingan yakka qobiliyatni, hatto u taraqqiyotning yuksak bosqichiga erishgan, yorqin ifodalansa ham, u bilan tånglashtirish mumkin emas ekan. Bu omilga asos bolib, XX asrning 2030-yillarida moskvalik psixologlar tomonidan olib borilgan fånomånal, goyat otkir, noyob (nodir) xotiraga ega bolgan insonlarni tåkshirish natija- lari hisoblanadi. Malumki, shaxsning yaratuvchanlik faoliyatida aqlning epchilligi, boy fantaziya, kuchli iroda, barqaror xaraktår, turgun qiziqishlar, sårmahsul bilish jarayonlari, motivatsiya, yuksak his-tuygular va boshqa psixologik sifatlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Psixologik malumotlarni umum- lashtirilgan holda ikki fikrni alohida takidlab otish talant tuzilishini yångilroq tushunish imkoniyatini yaratadi: • talant bu shaxs psixik xislatlarining shunday murakkab birikmasidirki, uni: a) alohida, yagona maxsus qobiliyat bilan; b) xotiraning yuksak mahsuldorligi orqali; d) hatto noyob (kamyob, nodir) sifat tariqasida olchab bol- maydi; • shaxsda u yoki bu qobiliyatning mavjud emasligi hamda yåtarli darajada taraqqiy etmaganligi talantning murakkab tarkibiga kiruvchi boshqa qobiliyatlarning jadal takomillashuvi orqali ularning ornini bosib yuborishi (kompånsatsiya qilishi) mumkin. % BEMOR SHAXSI VA KASALLIK Òibbiy psixologiyaning bu mavzusiga juda katta etibor berilishi kerak, chunki fanning mavzusi va maqsadi ham shu shaxsni organishdan iborat. Shaxs bilan kasallik ortasidagi ozaro munosabatga kasallikning qanday aloqadorligi bor? Bu muammo tadqiqotchilarni kopdan buyon qiziqtirib keladi. Kopchilik mashhur terapevtlar kasallik va shaxs muammosiga, xususan, kasallikning shaxsga tasiri muammosini tinmay organishgan. Har bir kasallik inson hayotida voqea hisoblanadi. U be- morning jismoniy holatiga tasir qilib qolmasdan, balki uning ruhiy holatiga, oilada, jamiyatda, ishda tutgan mavqeyiga va umuman butun hayotiga tasir qiladi. Kasallik ham kishining ruhiy qiyofasini ozgartiradi, biroq u kishini mehnat qobiliyatidan mahrum qilganda, odatdagi hayot tarzini ozgartirganda, yangi hissiyotlar paydo qilganda, jismonan azob chekkanda va yurak xastaligi xavf solganda, ayniqsa, kuchli reaksiya paydo boladi. Odamning psixikasiga ogriq, ayniqsa, u hayotda tahdid soladigan xastaliklarda juda ogir tasir qiladi. Bemorlar muolajalar, qattiq tovushlar, kuchli yorug nur tasiridan, ogrib turgan azolarda qopol xatti- harakatlar qilinganda qattiq iztirob chekadilar, ular ogriq kuchaygan azoga qattiq tegishdan paydo bolgan ogriqni, ayniqsa, ogir otkazadilar. Bunda bemorlar kopincha ogriq qozgatuvchilarga royirost affektiv reaksiyalar bilan javob beradilar. Xastalik kopincha kishining xulqini, uning qiyofasini, yurish-turishini, nutqi va mimikasini ozgartiradi. Insonning diqqat-etiborini uning ichki dunyosiga qaratib, unga shu vaqtga qadar nomalum bolgan sezgilarni, tasavvur va emo- tsiyalarni paydo qiladi. Masalan, yurak patologiyasida bazan ogriq sindromidan ancha oldin bemorlar vahimaga tushishadi. Loqaydlik holati, tevarak-atrofdagi narsalarga befarq bo- lib qolish endokrin tizimining bazi kasalliklari uchun xarak- terlidir. Gazablanish, jizzakilik jigar kasalliklarida paydo boladi. Sil xastaligi bolgan bemorlarda bazan ularning ogir ahvoliga mutlaqo togri kelmaydigan sababsiz kayfichoglik kop uchraydi. & HAMSHIRA VA BEMOR Xastalik kishilarning odatdagi kundalik munosabatlarini buzibgina qolmay, balki shak-shubhasiz bemor va uning yaqin kishilari ortasida yangi munosabatlar paydo qiladi, shuningdek, kasal bolgunga qadar notanish bolgan kishilar bilan yangi aloqalar boglashga olib keladi. Dardning keyin- chalik kechishi ularning tasiriga va ruhiy holatiga bogliq boladi. Bemor oz yaqinlariga, tanishlariga, poliklinikada yoki ambulatoriyada yoki dispanserda birinchi marta uchra- gan odamga ozining dardini va kechinmalarini aytadi, ular- ning taskin berishini va ahvoliga tushunishini kutish bilan kasalining ogir emasligi, unga yordam berishlarini eshitgisi keladi. Bemorning yana qaysi hamshiraga yoki shifokorga uchrashi zarurligini, u hamshiraning yoki shifokorning qan- dayligi, unda qorqmasdan davolansa boladimi-yoqligini, tajribali mutaxassisning jonkuyarligi va mehribonligini bilgisi keladi. Hamshira bilan uchrashgunga qadar bemorda u haqida malum tasavvur hosil boladi, bu esa, bemorga avval-bosh- danoq katta tasir qiladi. Shifokor yoki hamshiraning obrosi bemorga juda katta psixik tasir korsatadi. Hamshiraning bemor bilan birinchi uchrashuvi, birinchi suhbati natijalari bemorning keyinchalik shu hamshira bilan uchrashishga intilishiga, uning maslahatlariga va buyur- ganlarini bajarishga intilishiga yoki ularga shubha bilan qarashiga, uning tavsiyalarini ongli ravishda bajarishiga, dard- dan tezroq holi bolishiga yordam beradi. Mana shuning uchun ham hamshira bilan bemorning munosabatlariga azaldan diqqat-etibor berib kelinmoqda. Hamshiraning asosiy vazifasi bemorning shaxsiy xususiyatlarini, kamchiliklarini anglab yetish, shunga yarasha muomala mu- nosabatini ornatishdan iboratdir. Hamshira bemorga mehri- bonlik bilan qarashi hamda hurmat qilishi lozim. «Inson organizmining bir butunligini anglab yetgan holda haqiqiy shifokor bir vaqtning ozida ham ruhiy, ham or- ganik jarohatlarni davolaydi. Shifokorlik kasbining mohiyati shundaki, shifokor boshqa fuqarolardan ajralib turadi», de- gan edi Andre Morus. ' Shijoatkor, harakatchan, mehribon hamshira bemorning ogrigini yengillashtirish uchun qolidan keladigan barcha ishlarni qiladi. Shunday bolsa-da, ish jarayonida xafagar- chilik, janjallar, kelishmovchilik holatlari kuzatilib turiladi. Ambulatoriyalarda shifokor va hamshira uchun katta mu- ammo bemorlarning qabulxonada toqatsizlik va intizorlik bilan kutishlari hisoblanadi. Bu esa, qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu orinda turli omillarning tasiri haqida oyla- shimiz kerak. Birinchi navbatda, bemor bilan hamshira or- tasidagi munosabatga toxtalib otmoqchimiz. Òibbiyot sohasining rivojlanishi bilan hamshiraning orni, mavqeyi va obrosi oshib bormoqda, u endilikda bemorni parvarish qilishda juda murakkab tibbiy, ilmiy, shuningdek, texnik bilimlar va konikmalarni egallashi zarur. Shuning bilan bir vaqtda hamshiraga goyat kop vazifalar yuklatilgan. Bu har xil hisobotlardan korinadi. Bemorlar uchun sharbatlar tayyorlash, bemorlarni ovqatlantirish, chomiltirish, orin- korpalarini tartibga solish, bemor gigiyenasiga tegishli boshqa turli xil vazifalar shular qatoriga kiradi. Bemorni qabul qilish, ularni kuzatib borish, turli hujjatlarni rasmiylashtirish kabi katta-kichik yumushlar bajariladi. Hamshiraning bemor bilan yaxshi munosabatda bolishini barcha tibbiyot muassasalarida kuzatish mumkin. Buning boisi shundaki, hamshira hamisha bemor bilan yaqin mu- loqotda boladi. Hamshiraning serqirra faoliyatini hisobga olib bemor bilan hamshira ortasidagi munosabatlar quyidagi bosqichlarga bolinadi: 1. Boshlangich. 2. Kengaytirilgan. 3. Yakuniy. Boshlangich bosqichda bemor va hamshira bir-birini organadi. Kengaytirilgan bosqichda davolovchi va davola- nuvchi bir-birlari bilan yaqindan tanishadilar. Yakuniy bosqichda bemorni kasalxonadan chiqarish vaq- tida qiyinchilik yuz beradi, chunki bemor ozini kasallik xavfi- dan qutqargan joydan ketishdan qorqadi va tinchligi buzi- ladi. Shuning uchun bemor kasalxonadan chiqishga tayyor bolishi kerak. Hamshira shaxsi, ishlash uslubi, bemor bilan til topa olish mahorati, psixologik jihatdan ishlash texnikasi bularning hammasi oz-ozidan darmon bolib xizmat qiladi va xavo- tirlikdan xalos qiluvchi tasir korsatadi. Hamshira tarbiyachi hamda tushuntirish ishlarini olib boruvchi kasb-kor egasi hisob- lanadi. Davolash muassasasida bemorni qabul qilish, kelgan vaqtidan boshlab unga kerakli malumotlarni berish, kasalxona kun tartibi bilan tanishtirish, shifokor tomonidan yozilgan korsatmalarni bajarish hamshira tomonidan amalga oshiriladi. Yuqoridagi vazifalarni ado etish hamshiralardan yuqori malaka va chuqur bilimlar talab qiladi. Psixopatiya bilan og- rigan bemorlar bilan muomala qilishda orta tibbiyot xodimlari sabr-toqatli, vazmin bolishlari kerak boladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bemor davolanishga muhtoj boladi va shuning uchun ham tibbiyot xodimi barcha qiyinchiliklarga qaramay, unga zarur yordam korsatishi shartdir. IV bob. PSIXOGIGIYENA VA PSIXOPROFILAKÒIKA Bular ruhiy kasalliklarning oldini olish, yani odamlarning ruhiy salomatligini saqlash va mustahkamlash boyicha tad- birlar ishlab chiqadigan fanlar hisoblanadi. Bu chora-tadbir- larni ishlab chiqish masalalari, tashqi muhitdagi juda behisob omillarning kishi organizmiga tasirini organishga asoslangan. Odamning hayoti ijtimoiy foydali faoliyatida, mehnatda otadi. Binobarin, inson salomatligiga ijtimoiy foydali faoliyat va mehnatning tasirini organish psixogigiyenaning asosiy vazifalaridan biridir. Mehnat faoliyati togri tashkil etilganda, odamning butun qobiliyati tolaligicha yuzaga chiqadi, meh- nat sogliq va baxt garovi bolib qoladi. Mehnat rejimi no- togri tashkil qilinganda ortiqcha charchash, asab sistemasi- ning holdan tolishi, turli xil noqulay sharoitlar tasiri ostida organizm chidamining pasayishi roy berishi mumkin, mehnat va dam olishni bir meyorda olib borish muhim psixogigiyenik ahamiyat kasb etadi. Psixoprofilaktika va psixogigiyena uzoq davrlardan buyon mavjud bolib, ularning negizlari eski tibbiy adabiyotlarda bayon etilgan. Fransuz olimlari Eskirol, Morel, zamonaviy klinik psixiat- riyaning asoschisi Krepelin psixogigiyena va psixoprofilaktikaning rivojlanishiga kop hissa qoshishgan. Shveysar psixiatri Forel ichkilikbozlikning zarari togrisidagi talimotini birinchilardan bolib asoslab bergan. Rossiyada psixogigiyena va psixoprofilak- tika muammolari bilan I.P. Merjeyevskiy, I. A. Sikorskiy, songra S.S. Korsakov, V.M. Bexterev, Ozbekistonda X.O. Olimov, N.I. Xojayeva, Sh.A. Murtolibov, A.U. Shoyusupova, M.U. Gulomov va boshqalar shugullanishgan. Soglom psixika (ruhiyat)ni tarbiyalash psixogigiyena va psixoprofilaktika fanlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Psixogigiyenaning quyidagi bolimlari mavjud: 1. Yoshga oid psixogigiyena. 2. Mehnat va talim psixogigiyenasi. 3. Òurmush psixogigiyenasi. 4. Oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi. 5. Jamoa hayoti psixogigiyenasi. YOSHGA OID PSIXOGIGIYENA Bolaning ruhiy jihatdan soglom bolishi togrisida gam- xorlikni u hali onaning qornida bolgan davrdan boshlash kerak (homiladorlik davrida ona barcha gigiyena talablariga togri rioya qilishi lozim). Bola tugilgandan keyin uni malum tartib asosida ona- sining suti bilan boqish, ijobiy odatlar, konikmalar hosil qildirib borish, ota-onasi, aka-ukalari, qarindoshlarini, Va- tanini sevish tuygularini singdirib borish muhim ahamiyatga egadir. Unda jamoaga nisbatan hurmat-izzatni tarbiyalash, uni yomon odatlardan ehtiyot qilish, yaxshi xulq va estetik his-tuygularni singdirish asosiy burchimiz hisoblanadi. Bola rivojlanib maktab yoshiga yetganda unga endi boshqa yona- lishlar, mavzular togrisida malumotlar berish, kundalik darslarda beriladigan bilimlar saviyasini oshirib borish lozim. Balogatga yetish davrida koproq etiborni mehnat qilishga, kasb tanlashga yonaltirish kerak. Ushbu davrda bolalarni yengil-yelpi filmlardan, behayo rasmlardan uzoqlashtirish, lekin jinsiy turmushga doir zarur malumotlarni uning ongiga singdirib borish muhim psixogigiyenik ahamiyat kasb etadi. Osmirlik davrida hayot, sevgi, baxt, oila, burch togri- sida maruzalar qilish, atrof-muhit, uni toza saqlash, asrab- avaylash, Vatandan gururlanish kabi tushunchalarni sing- dirib borish muhim ahamiyatga egadir. Orta yoshli kishilarda yashash bilan bogliq psixogigiyenik muammolar kamroq uchraydi. Chunki ularda hayot tajribasi bolib, mavjud qi- yinchiliklarga konikkan, chiniqqan boladilar. Yosh qaytgach, oziga xos psixogigiyenik muammolar vujudga keladi. Keksalik hayotning nihoyasi bolishi kerak emas, balki u hayotning ochilgan gulidir, degan edi Andre Renon. Shunday ekan, qarilik chogidagi psixogigiyenik tadbirlar sistemasi gulni solitmaslikka, barglari, yaproq- larining tushmasligiga qaratilmogi kerak. Qarilik chogida korish qobiliyati susayadi, quloq ogirlashib qoladi, asta- sekin oyoqlardan mador ketadi, harakatlarni bajarish qiyin- lashib boradi. Bu esa, ruhiyatning pasayishiga olib keladi. Qariyalarning kongliga tez ozor yetadi, ular nozik bolib qoladilar, salbiy kechinmalardan kop tashvishga tushadilar, ularni xavotirlik, qorquv egallaydi. Yolgizlik ularni ogir xayollarga chomdiradi. Bazida yoshlar oiladan uzoqlashib ozlari yangi oila quradilar. Natijada, keksalar yolgiz qoladilar. Yolgizlik ularni qiynaydi, bunday vaqtda qoshnilar, ogil- qizlari, nevara-chevaralari qariyadan xabardor bolib turishlari lozim. Mahalla faollari yolgiz qolgan qariyalarga mos keladigan ishlar topib berishlari kerak. Ularning doimo nima bilandir mashgul bolishlari ruhiy soglomlikka olib keladi. Kezi kelganda, qariyalarning tibbiy parvarishi haqida ham toxtalib otmoqchimiz. Abu Ali ibn Sino qariyalarga badanni yog bilan uqalash, yengil harakatlar qilish, piyoda va otda yurish, kokatli taomlar yeyish, sut-qatiqni koproq ichish, asabiylashmaslik, yetarlicha uxlash va ichni surib turish kerakligi haqida uqtirgan edi. Darhaqiqat, keksa odamning ovqati oz-ozdan, sifatli, dar- mondorilarga boy va mazali bolishi darkor. Shavla, shirguruch, atala, xolvaytar, shirchoy, limonli choy kabi ichimliklar meda- ichak yollarida tez hazm boladi. Sabzavot (sabzi, sholgom, karam) va kokatlar qoshib tayyorlangan suyuq taomlar qa- riyalarga foydali, shifobaxsh tasir qiladi va huzur bagishlaydi. ! MEHNAT VA ÒALIM PSIXOGIGIYENASI Mehnat inson tirikchiligining eng birinchi va asosiy shar- tidir. Mehnat shaxsni shakllantirish vositasi, ijod, ilhom va turli-tuman emotsional kechinmalarning manbayi bolib xiz- mat qiladi. Mehnat psixologiyasining mehnat faoliyatining barcha turlariga taalluqli bolgan bir necha umumiy vazifalari va muammolari mavjud. Agar kishining kasbi uning qiziqishlari va tayyorgarligiga mos kelsa, u holda mehnat quvonch, zavq, ruhiy soglomlik manbayiga aylanadi. Chinakam zarurat sifatida anglangan, kishining kundalik ehtiyojiga aylangan mehnat intizomi mehnatda samaradorlikka erishishning muhim shartidir: u charchoqni kamaytiradi, mehnatni yengillashtiradi. Hozirgi vaqtda sanoatga murakkab dastgoh va mashina- larning kirib kelishi ishchi-xizmatchilar ish joyining ruhiyatga tasirini organishni taqozo etmoqda. Jamoada soglom mu- hitni qaror toptirish, jamoa azolarining bir-biriga munosabat- larini yaxshilash, qadr-qimmat, mehr-oqibat va ijtimoiy hi- moyalash masalalariga koproq etiborni qaratish muhim vazifalardan sanaladi. Ishlab chiqarishga kompyuter texnikasining kirib kelishi mehnat psixogigiyenasi oldiga qator yangi muammolarni qoyadiki, bu muammolarni psixologiyaning yana bir turi injenerlik psixologiyasi bilan hal qilish kerak. Mehnat psixogigiyenasining muhim bolimlaridan biri aqliy mehnat gigiyenasidir. Bu bolimda turli ishlardagi kishilar uchun aqliy mehnatning oziga xos gigiyenik meyorlarini ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir. Òalim va tarbiyaning psixologik asoslari haqidagi masala ham oz yechimini kutayapti. Malumki, talim va tarbiyaning muvaffaqiyatli bolishi faqat oquv materialining mazmuniga va talim-tarbiya uslublariga bogliq emas. Bu kop jihatdan oquvchining fanlarni qanday ozlashtirayotganiga, oquv- chining yosh xususiyatlariga, aqliy rivojlanganligiga va faol- ligiga bogliq. Shuning uchun ham psixologiyaning hozirgi vaqtdagi eng muhim vazifasi talim psixologiyasi masalalarini yanada chuqur ishlab chiqishdan iboratdir. " TURMUSH PSIXOGIGIYENASI Bu psixogigiyenaning asosiy vazifasi turmushda kishilarning ozaro munosabatlari, kechinmalari, har xil kelishmovchiliklar oqibatlarini organish, oldini olishdan iborat. Kishilar orasidagi kelishmovchiliklar negizida quyidagi kasallik va illatlar yo- tadi: nevrotik xastaliklar, psixopatiyalar, ruhiy kasalliklar, iqtisodiy yetishmovchiliklar, ichkilikbozlik, giyohvandlik, toksikomaniyalar va hokazo. Òurmush psixogigiyenasi ushbu zararli omillarga qarshi psixogigiyenik chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak. Hozirgi kunda kishilar hayotida televideniya va radioning tasirini organish psixogigiyenada dolzarb muammo bolib qolmoqda. Ozaro normal insoniy munosabatlarning psixoprofilaktik ahamiyati benihoya katta. Ruhiy shikastlarni bartaraf etadigan hamma omillar ruhiy soglomlikni saqlash va psixik kasalliklarning oldini olishga imkon beradi. Masalan, bir tomondan, muomaladagi ozaro hurmat-izzat, xayrxohlik, ikkinchi tomondan, qopollik, mensimaslik, dimogdorlikni olaylik. Ommaviy axborot vosita- larida bu masalalarga kopincha katta etibor beriladi. Biroq, bu masala faqat axloq-odobga taalluqli bolmay, balki uning tibbiy jihatlari ham bor. Òibbiyot xodimining loqayd, dimogdor, qopol va andishasiz bolishi chidab bolmaydigan hol. Biroq, afsuski, shunday odamlar ham uchrab turadi. Ular bemorlar bilan ana shunday yomon muomalada bolsalar bemorni davolash u yoqda tursin, hatto dardiga dard qoshib, unga ruhiy shikast yetkazib qoyishlari ham mumkin. Shahar sharoitlarida ishlab chiqarish, transport, radio- priyomnik, televizor va musiqa asboblaridan chiqadigan shov- qin odamga patogen tasir qiladi. Unga qarshi kurash jiddiy psixogigiyenik tadbirlardan biri hisoblanadi. OILA VA JINSIY HAYOT PSIXOGIGIYENASI Oilaning mustahkamligi sevgi, muhabbat, dostlik, oiladagi katta yoshdagi kishilarning bir-biriga ozaro hurmati, kichiklarga nisbatan shafqatliligi, oiladagi manfaatlarning umumiyligi, ularning ozaro munosabatlarda zarur paytlarda kechirimli bolishlari baxtiyor oila vujudga kelishiga yordam beradi. # Oiladagi mavjud ananalar, urf-odatlar rasm-rusumlar va maro- simlarning ijobiy tasirida yigit-qizlar asta-sekin kamol topib boradilar. Hozirgi zamon ozbek oilalaridagi ananalar va turli marosimlarning ijobiy tasiri kuchli bolib, xalqimizning uzoq otmishdagi axloqiy xislatlarini ifodalovchi mehmondostlik, insonparvarlik, xushfellik, iltifotlilik, bolajonlik, hovli-joylarni ozoda saqlash, bog-roglar barpo etish, xalq sayllari va mav- sumiy bayramlarni birgalikda otkazishda oz ifodasini topadi. Yoshlarni turmush qurishga muvaffaqiyatli tayyorlashni kozlab ish tutish uchun ospirin yigit va qizlarning jinsiy tarbiyasini togri yolga qoyish, oilaviy turmushning quvonchlari va tashvishlariga doir muayyan darajada malumot berish, ularga bardoshli va matonatli bolish hamda qiyinchiliklarni mardonavor yengish yollarini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Oila ijtimoiy zarurat. Malumki, tabiatdagi butun mav- judot, yirik organizmlar borki, barchasining juftlikda yashashi hayotiy qonuniyatdir. Shunday ekan, insoniyat tabiat sarvari sifatida kishi shaxs tariqasida shakllanib chiqishiga qadar ham shunday tabiiy zaruratga ehtiyoj sezgan. Ibn Sino: «Eng yuksak sevgi bu insoniy sevgi bolib, bunday sevgi kishini saxovatli qiladi. Uni oqkongil va jozibali kishiga aylantiradi», deb takidlaydi. Mutafakkirning talqin etishicha, sevgi inson zimmasiga juda katta axloqiy va huquqiy masuliyat yuklaydi. U inson baxtining negizi deganda oshiq- likni emas, balki oshiq-mashuqlikni tushunadi. Oshiq- mashuqlik bilan turmush qurish oilani mustahkamlashning asosi sifatida takidlanadi. Nikohdan otishga qadar yetarli fursat otishi bolajak er- xotinlar bir-birlarini xarakter va odatlarini yaxshiroq bilib olishlariga zamin yaratadi. Oila qurishga jiddiy munosabatda bolmaslik koplab qoydi-chiqdilarning sababi hisoblanadi. Nikohdan otishga qadar shaxslar ozlari tanlagan kishining irsiyatini bilishlari lozim. Afsuski, shunday kasalliklar borki, ular nasldan naslga otadi. Qarindosh-urugdan qiz olish yoki qiz berish odati qatiy qoralanishi va undan butunlay voz kechish kerak. Chunki ayrim ota-onalar shunday nikohlarga rozilik berib, natijada nogiron va kasalmand farzand dunyoga kelishiga sababchi boladilar. $ Psixogigiyenaning eng muhim vazifalaridan biri har tomon- lama tola-tokis jinsiy hayotni qaror toptirishda yordam berishdan iboratdir. Bu sohadagi buzilishlar kopincha ancha- muncha ruhiy jarohatlar va asab buzilishlariga olib keladi. Notogri olib borilgan jinsiy hayot kopincha kishini ogir iztirobga solib, kopgina kelishmovchiliklarning sababchisi hisoblanadi. Ayniqsa, jinsiy hayotdagi chekinishlar va bu hayotning estetik jihatlarini bilmaslik zamirida erkakda va ayolda jinsiy sovuqlik kabi buzilishlar kuzatiladi. Ayrim shaxs- larda jinsiy moyillik ustunlik qilishi natijasida u jinsiy hayotga koproq etibor beradi. Bunday holat shaxsda patologik rivojlanish belgisi borligini korsatadi. Òibbiyot xodimlari jinsiy funksiyaning psixogen va nopsixogen buzilishlarida, normal jinsiy rivojlanishdan va jinsiy hirsni qondirishdan patologik chetga chiqishlarda psixoterapevtik yordam korsatishlari lozim. Surunkali ruhiy kasalliklari bor kishilar bilan turmush qurish yaramaydi. Odatda, teng bolmagan nikohlarda, er-xotinning yoshi 1520 yil farq qilganda normal hayot kechirish qiyin- lashadi. Jinsiy hayot faqat turmush qurgandan keyin bosh- lanishi kerak. Jinsiy ortiqchaliklar va seksual buzuqliklar asab sistemasini holdan toydiradigan omil hisoblanadi. JAMOA HAYOTI PSIXOGIGIYENASI Jamoa kishilar, shaxslar birlashuvidan tashkil topgan ekan, bu tabiiy hol. Shaxs inson bolmasa, bir butun jamiyatning qaror topishi mumkin emas. Kishilarning oilada, ishlab chiqarishda, maktab sinfida, talabalar guruhida, yotoqxonada, dam olish maskanida va boshqa jamoalardagi ozaro muno- sabatlari kishi manfaatlarining tevarak-atrofdagilar manfaat- lari bilan nihoyatda ozaro bogliqligi masalasini ortaga qoyadi. Mustaqil Ozbekistonimizda jamoalarda ongli ruhiy soglom muhit yaratildi, bu shaxslarning sidqidildan samarali ishlashi uchun sharoit yaratilganligidan dalolat beradi. Jamoalarni (brigadalar, sexlar, uyushmalar, ekspeditsiyalar va h.k.larni) jamlash vaqtida shaxsning xususiyatlari boyicha, bazan yosh, goyaviy yonalish va hokazolar jihatidan bir- biriga mos kelishini hisobga olish zarur. Bu murakkab masala bolib, har gal qoyilgan vazifaga, ish sharoitiga va boshqa % kopgina jihatlarga qarab hal etilishi lozim. Mamlakatimizda jamoa hayoti psixologiyasi masalalari keng suratda ishlab chiqilmoqda. Ularni hal qilishda psixologlar va psixiatrlardan tashqari, kopgina ixtisosliklardagi tibbiyot xodimlari, shu jumladan, orta tibbiyot xodimlarining ulushi goyat katta. Ayniqsa, jamoa orasida hamshiralik faoliyati yuksak darajada bolmogi kerak, ular barcha toifadagi shaxslarning ruhiy tetik- ligini, ozaro munosabatlarini yaxshilash usullarini chuqur organishlari, har qanday sharoitlarni ruhiy jihatdan baholay olishlari kerak. HAMSHIRA VA SHIFOKOR PSIXOGIGIYENASI Hamshira bilan shifokor kundalik ishlar bilan shunchalik band bolishadiki, natijada ozlarining sogliq va ruhiyatlariga etibor qilishlariga vaqt qolmaydi. Ular faoliyatining psixogigiyenasi qolgan faoliyatlardagi psixogigiyena bilan bir xil xususiyatga egadir. Òibbiy psixologiya bilimlari, shu jumladan, bemor bilan ishlash psixologiyasi nafaqat shifokor va hamshira ishini yengillash- tiradi, balki konglini ochadi, ruhiyatini kotaradi, davolovchi shifokor va davolanuvchi bemorning sogligini mustahkamlaydi. Har bir tibbiyot xodimi bemorga psixoterapevtik tasir korsatishi shart. Psixoterapevtik tasir etish har kimning oziga xos boladi. Bunda xastalik sabablarini, bemor shaxsining xususiyatlarini va uning atrof-muhit bilan ozaro muno- sabatlarini hisobga olish darkor. Bemorga kasallikning sabab- lari togrisida, uning avj olishi haqida batafsil gapirib beriladi. Suhbatlar jarayonida shaxsni oziga xos tarbiyalashga doir tadbirlar, uni qiyinchiliklarni yengishga va xastalikka qarshi kurashga ragbatlantiradigan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Hamshiralarni ishga tanlab olish vaqtida nafaqat ularning jismonan soglomligiga, balki ruhiy soglomligiga ham etibor berilishi shart. Ruhiy jihatdan tola soglom bolmagan hamshira bu ogir kasbga yaxshi moslasha olmaydi. Ikkinchi tomondan, bunday ruhiy buzilish bilan ular bemorlarga ham yomon tasir korsatib qoyishlari mumkin. Hamshira oz ruhiyatiga, sogligiga etibor bersagina bemorlarning shifo topishlariga yordam bera oladi. & PSIXOPROFILAKTIKA Psixoprofilaktika ruhiy kasalliklarning oldini olishga qa- ratilgan tadbirlar tizimi sifatida psixogigiyena bilan cham- barchas boglangan. Psixoprofilaktikaning asosiy maqsadi quyidagilar: a) kasallik qozgatadigan sabablarning organizmga tasirini kamaytirish va yoqotish; b) kasallik rivojlanishiga yol qoymaslik uchun unga erta tashxis qoyish va samarali davolash; d) tola-tokis davolash, kasallik qaytalanishi va uning surunkali turlarga otib ketishining oldini olishga qaratilgan choralar korish. Òibbiyotning har qanday sohasida profilaktik tadbirlar oz vaqtida bajarilishi lozim. Psixoprofilaktika usullari ruhiy kasalliklar avjlanishining oldini olishni ham oz ichiga oladi. Mana shuning uchun kishining mehnat faoliyati davridagi va turmush sharoit- laridagi ruhiy holati dinamikasini organish muhimdir. Ruhiy kasalliklar profilaktikasida yuqorida aytib otilga- nidek, umumprofilaktik tadbirlar katta rol oynaydi. Masalan, yuqumli kasalliklarni tugatish, turmush, sanoat intoksikatsiya- larini bartaraf etish asab va ruhiy kasalliklarning profilak- tikasidan boshqa narsa emas. Shunday qilib, psixik kasalliklarni ogishmay profilaktika qilish, infeksiyalarga, intoksikatsiyalarga va tashqi muhitning boshqa zararli omillariga qarshi kurashni umumiy davolash tadbirlari bilan birga olib boriladi. PSIXOTERAPIYA Ruhiy omildan davolash maqsadida ham, har xil kasal- liklarni profilaktika qilish maqsadida ham foydalanish mumkin. Psixoterapiya keng manoda olganda shifokorning bemorga munosabatlarining ilmga asoslangan tizimidir. Psixoterapiya har xil omillar yigindisidan tashkil topadi. Gipnoz, bedorlik holatida tasir qilish va davolash, bemor shaxsiga tasir qilish oilaga nisbatan soglom muhit ornatishga yordam beradi. Faqat psixiatr emas, balki har qanday ixtisoslikdagi shifokor ham psixoterapiya usullarini puxta bilishi va ozining kundalik tajribasida ulardan foydalanishi kerak. ' Bazi hollarda shifokor bemorni tinchlantirishi, uning irodasini oziga boysundirishi kerak. Boshqa hollarda shifokor bemorda oz sogligiga katta ahamiyat berishi kerakligi haqida fikr tugdirishi kerak. I.P. Pavlovning fikricha, soz katta yoshdagi kishining bundan oldingi butun hayoti tufayli miya katta yarimshar- lariga keluvchi barcha tashqi va ichki qozgatuvchilar bilan boglangan boladi, ularning hammasiga signal beradi, ular- ning hammasini almashtiradi va shu sababli, mazkur qozga- tuvchilar taqozo qiladigan barcha harakatlarni, organizm re- aksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Psixoterapiya tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Qadimgi Misrda, Hindistonda, Yunonistonda buni alohida sehrlar deb atashgan, orta asrlarda esa, jodugarlik, afsungarlik deb atash- gan. Òasir korsatish va gipnoz hodisalarini muntazam ra- vishda organish XVIII asrning oxirlaridan boshlangan. Psixoterapiyada agar shifokor har bir bemorning oziga xos ravishda ish tutmasa, uning ruhiyatining biror xususiyatini hisobga olmasa, u bemor dardini yengillashtirish orniga unga zarar yetkazib qoyishi mumkin. Shunday qilib, psixoterapiya bosh tamoyilining buzilishi har bir bemorga tegishlicha munosabatda bolmaslik unga jiddiy zarar yetkazishi va kasallikning kechishini ogirlashtirishi mumkin. Bunga yol qoymaslik uchun shifokor, albatta, psixoterapevt bolishi ham kerak. Psixoterapevtik tasir qilishning eng kop tarqal- gan usullaridan biri shifokor bilan bemorning juda yaqin munosabatda bolishidir. Buni har bir tibbiyot xodimi bilishi kerak. Bemorning shifokor bilan ilk bor uchrashuvi ko- pincha hal qiluvchi ahamiyatga ega boladi. Shifokor bemor ishonchini qozonmasa, keyinchalik bunga erishish juda qiyin boladi, bu psixoterapiyaning muvaffaqiyatli chiqishining aso- siy shartlaridan sanaladi. Bemor bilan suhbatlashish, shak-shubhasiz, psixoterapiya- ning yetakchi mezoni hisoblanadi. Bemor shifokor bilan samimiy suhbatda bolsa, dardi yengillashgandek boladi, tinchlanadi. Bemor shifokor bilan suhbatlashganidan song ozini yengil his qilmasa, u shifokor emas, degan edi olim V.M. Bexterev. Psixoterapevtik tasir qilish choralari orasida tasir qilish va oz-oziga tasir qilish kozga korinarli orin tutadi. Òasir qilishda bemorga goyo passiv rol ajratiladi va u shifokor gapirayotgan hamma narsalarga ishonadi. Psixoterapiyaning eng kop tarqalgan usullaridan biri gipnoz holatida tasir qilish hisoblanadi. Gipnoz bosh miya postlogining tormoz- lanishidan iborat bolib, shifokorga bosh miya postlogining malum nuqtasida mujassamlashgan yigma qozgatgichni hosil qilishga imkon beradi. Gipnoterapiyaning har xil turlaridan foydalanish, ayniqsa, keng qollanilib kelinmoqda. Psixoterapiya metodlari xilma- xildir. Seanslarning davomliligi va tezligi, tasir qilishning mazmuni turli sabablarga qarab ozgartirib boriladi. Òibbiyot xodimi gipnoterapiya bilan faqat maxsus kurslarda shu- gullanib, tegishli malaka va amaliy bilimga ega bolganidan song bu usulni qollashi mumkin. MAXSUS PSIXOTERAPEVTIK USLUBLAR HAQIDA UMUMIY MALUMOTLAR Maxsus psixoterapevtik uslublarni shifokor amalga oshi- radi. Biroq, kasalning psixoterapiyadan oldingi va keyingi holatiga togri baho beradigan bolish uchun orta malumotli tibbiyot xodimi ham psixoterapevtik tasirotlarning mohiyatini yaxshi bilib olishi kerak. Psixoterapevtik uslublarning hammasini shartli ravishda inontirish, ishonch hosil qilish va faollashtiruvchi psixote- rapiyaga bolish mumkin. Bundan tashqari, individual va kollektiv (jamoa) psixoterapiyasi tafovut qilinadi. Inontirish bir odamning ikkinchi bir odamga psixologik yol bilan oziga xos tarzda tasir qilishidir. Inontirishda kasalning ongi bilan intellektidan ham kora koproq his- tuygulari va tasavvurlariga tasir korsatiladi. Modomiki shun- day ekan, inontirish oz mohiyati bilan emotsional tasir korsatishdir. Inontirish, asosan, kasalning sezgisi (emotsiyalari) va taassurotiga qaratilgan bolgani uchun uni kasal tanqidiy nuqtayi nazar bilan qarshi olmaydi va bu hol tasirning kasal psixikasiga oson otib, ancha mustahkam bolib qolishiga hamda uzoq kor qilib turishiga imkon beradi. Fiziologik nuqtayi nazardan qaraganda, inontirish bosh miya postlogida konsentrlangan (jamlangan) tasirlanish ochogidir, bu ochoq manfiy induksiya tufayli oz atrofida tormozlanish zonasini hosil qiladi. Mana shunday zona vujudga kelishi inontirishga alohidalik va mustahkamlik baxsh etadi. Shifokor tomonidan davo maqsadlarida inontirish usulini tatbiq etish davo maqsadida ishontirish deb ataladi. Gipnoz holatida inontirish, tabiiy uyqu holatida inontirish, uxla- tadigan yoki narkotik dorilar berilganidan keyin inontirish (narkogipnoz), uygoqlik vaqtida inontirish va oz-ozini inontirish tafovut qilinadi. Gipnotik holat (gipnoz) uygoqlik bilan uyquga otish orasidagi chala uyqu holati. Bosh miya postlogining bir qismi tormozlanib, chet tasirotlarning idrok etilmasdan qoli- shiga sabab boladi, bosh miya postlogining boshqa qism- larida gipnotik fazalar baravarlashtiruvchi faza, paradoksal, ultraparadoksal fazalar qaror topadi (bu fazalarning mohiyati fiziologiya kursidan malum). Shifokorning inontirib aytganlari bemor diqqatini chalgitadigan chet va tanqidiy fikrlarga toqnash kelmasdan, «yengilmas ahamiyat» kasb etadi. Kasalni gipnoz qilishning (uxlatib qoyishning) kop usullari bor. Eng muhimlarini keltirib otamiz. Odam uyquga ketayotganini tasvirlovchi bir xildagi qisqa jumlalarni bir ohangda takrorlab turish yoli bilan kasalni uxlatib qoysa boladi (soz bilan uxlatish). Masalan, «Butun azoyi bada- ningiz tin olib, muskullaringiz boshashib turibdi. Atrofingiz jimjit. Butun badaningiz yayrab kelyapti. Kozlaringiz yumilib ketyapti. Qol va oyoqlaringiz ogir tortib, juda uyqingiz kelyapti. Fikrlaringiz xiralashib, chalkashib kelmoqda. Ham- ma gam-tashvish va hayajonlar sizni tark etgan. Mudroq bosib, orom olmoqdasiz. Sizni tobora koproq... tobora koproq uyqu bosmoqda. Uxlay qoling... Uxlay qoling...». Soz bilan uxlatish oxirida bazan 10 yoki 20 gacha sanaladi (uxlatish formulalari) va shifokor 10 gacha (20 gacha) sanaganidan keyin bemor uxlab qoladi, deyiladi. Ikkinchi usul kasalga bir ohangdagi tovushlar (metro- nomning urib turishi, soatning chiqillashi) bilan, yoruglik tasirotlari (kok lampochkaning ochib-yonishi), issiqlik tasirotlari bilan (tananing boshdan oyogiga isitadigan lampa qoyiladi) tasir qilishdan iborat. Bazan uxlatish shifokorning qolidagi yaltiroq sharchaga yoki nevrologiya bolgachasining uchiga tikilib qarashni bemorga taklif etish bilan boshlanadi. Bemor kozini tez charchatish uchun shunday qilinadi. Bir necha on sekunddan keyin, odatda, bemor koz qovoqlari ogir tortib, yumilib qoladi. Passalar (peshona, qollarni, bemor tanasini uzunasiga silash) oziga xos usuldir, uxla- tishning qoshimcha hamma usullari (bir ohangdagi tasirotlar bilan tasir qilish, bemorning kozini biror narsaga qaratish, passalar), odatda, soz bilan uxlatish usuli bilan birga ishlatiladi. Gipnotik holat yuzaki, orta va qattiq gipnozga bolinadi. Yuzaki gipnoz koz qovoqlari va qol-oyoqlar ogir tortib, mudroq bosadigan, kopincha puls va nafas siyraklanib qoladigan holatdir. Gipnoz seansidan keyin kasal bolib otgan hamma hodisalarni eslab qoladi. Ortacha gipnoz yengil uyqudir, kasal kozini ochol- maydi, soz bilan tasir korsatib, harakat sferasi (soz tasiri bilan vujudga keltirilgan parezlar, giperkinezlar, katalepsiya) bilan sezgi sferalarida (anesteziya, giperesteziya) ozgarishlar keltirib chiqarish mumkin. Ortacha gipnozdan keyin ham seans vaqtida roy bergan hodisalar xotirada saqlanib qoladi. Qattiq, chuqur gipnoz (boshqacha aytganda somnambulizm, lotincha somnusuyqu va ambulareyurmoq, yani uyquda yurmoq sozlaridan olingan)royirost gipnotik uyqudir. Pappoport (miya postlogida sergak qolgan alohida punkt hisobiga shifokor bilan bemor ortasida boglanadigan aloqa) tamomila alohidalanib qoladi (yani, shifokordan boshqa kishi kasal bilan aloqa ornata olmaydigan bolib qoladi), deb aytgan. Azoyi badandagi muskullar tamomila boshashib, qol kotarilsa, shilq etib tushadi, bazan odamning iyagi osilib qoladi. Kasallarni inontirib gallutsinator obrazlar (korish, eshitish, hid bilish obrazlarini) hosil qilish, ularni boshqacha bir vaziyatda deb (uyda deb, kolda chomilyapti, avtomobilda ketayapti, teatrda otiribdi deb) ishontirish mumkin. Postgipnotik tasirlarni yuzaga chiqarsa ham boladi (yani, kasalning kongliga solingan harakatlarni u uyqu- ! dan uygonganidan keyin bir necha soat, kun va hatto hafta otgach bajaradigan bolishiga erishish). Seansdan keyin amneziya koriladi. Davo maqsadlarida gipnoz holatidan ikki xiloz holicha foydalanish gipnozdan foydalanish (K.I. Platonov fikriga qaraganda, «gipnoz orom beradi») va gipnoz vaqtida soz bilan tasir korsatish, inontirish uchun foydalanish mumkin. Gipnoz vaqtida inontirishdan foydalanish usuli koproq qollaniladi. Soz bilan tasir korsatib inontirish imperativ (buyuruvchi) va izohlovchi (tushuntirib beruvchi) tasirga bolinadi. Ikkinchi holda inontirish sabab, vajlarni korsatib berib, kasalga tushuntirish unda ishonch hosil qilish bilan birga olib boriladi. Inontirish seansidan keyin bazi hollarda takror gipnotik holat boshlanishi koriladi (xususan, kasal gipnoz holatidan batamom va bekam-u kost chiqarilmagan bolsa). Shu munosabat bilan statsionarda gipnoz vaqtida tasir korsatib davolanadigan kasallar bir necha soat mobaynida xodimlarning kuzatuvi ostida bolishi, ambulatoriya sharoitlarida esa, gipnoz seansi tugaganidan keyin bir soat davomida poliklinika yoki dispanserda kuzatib turilishi kerak. 23 soatgacha choziladigan gipnoz seanslari qollaniladigan bolsa (V.E. Rojnov) yoki gipnotik uyqu bilan davolash usuli qollaniladigan bolsa, bunda ham kasallar orta malumotli tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida turadi. Gipnoz vaqtida kamdan kam hollarda bemorda isteriya xuruji tutib qolishi mumkin. Bunday xuruj xavfli emas. Kasalni gipnotik holatdan chiqarish kerak. Uning oldida yelib-yugurib, asoratni ogir qilib korsatish yoki shu vajdan vahima kotarish yaramaydi. Òabiiy uyqu holatida inontirish. Òabiiy uyqu vaqtida inontirish usuli kam (aksari bolalarda) qollaniladi. Bazan tabiiy (rosmana) uyquni gipnotik (chala) uyquga asta-sekin otkazish usulidan foydalaniladi. Umuman, uyqu vaqtida kopgina odamlar inson nutqini idrok eta olish qobiliyatini saqlab qolishini yodda tutish kerak. Òibbiyot xodimi buni bilishi muhim. Bemor uygoqligi vaqtida uning oldida aytib bolmaydigan narsalarni kasal uxlab yotgan paytida ham gapirish mumkin emas. Uxlatadigan yoki narkotik moddalarni berib inontirish. Bemor yetarli gipnabel bolmasa (gipnozga tez berilmay- " digan bolsa) va boshqa bazi hollarda narkogipnozdan foydalaniladi. Bemorga uxlatadigan dori ichiriladi yoki ve- nasiga yuboriladi. Odatda, 0,10,2 amital-natriy, 0,1 nem- butal, 0,30,5 medinal beriladi yoki amital-natriy geksenal, pentotal yoki shunga oxshash preparatning 5 % li eritma- sidan 357 ml venaga yuboriladi. Doza har kimning oziga qarab tanlanadi. Dori berila- yotgan paytda bemorning ahvoli kuzatib boriladi. Bemordan ovoz chiqarib sanash yoki biror narsani sozlab berish iltimos qilinadi. Avvaliga harakatlar tormozlanib, eyforiya boshlanadi, keyin uyqu bosib, odam uxlab qoladi. Odamni uyqu bosib turgan paytda soz bilan tasir korsatib inontiriladi. Òibbiyot hamshirasining roli inontirish pirovardiga yetguncha qattiq uyqu bosib turadigan holatni saqlab qolishdan iboratdir. Uygoqlik holatida inontirish. Gipnozdan tashqari paytda inontirish ham xiylagina shifobaxsh tasir qiladi. Shifokorlar kasallar bilan suhbat qilar ekan, aslida, har safar inontirish usulidan foydalanadilar. Shifokorning ishontirib korsatadigan tasir kuchi osha vrachga bemorning qanday munosabatda bolishiga kop jihatdan bogliq. Shifokorning nufuz-etibori, bemorga ustalik bilan muomala qila olishi, kasal odamning psixologiyasini bilishi inontirish usulidan davo maqsadlarida keng foydalanishga imkon beradi. Atoqli rus olimi V.M. Bexterev mana bunday deb yozgan edi: «Shifokor bilan suhbatlashganidan keyin bemor yengil tortmasa, u shifokor emas». Kopgina shifokorlar tushuntirib inontirish usulidan foydalanadilar. Bemor kushetkaga yotqizilib, unga kozlarini yumish tavsiya etiladi. Bemorni uxlatmasdan turib, faqat muskullari boshashtiriladi va orom, tin olishiga erishiladi. Aytiladigan narsalar past ovoz bilan tushuntirib boriladi va shu tariqa tasir korsatiladi. Masalan, mana bunday deyiladi: «Hozir nerv hujayralari orom olib, kuch toplamoqda. Shuning uchun siz turganingizdan keyin ozingizni ancha tetik his qilasiz». Yoki: «Sizning tajangligingiz asab sistemangizning zaifligiga bogliq. Ammo, asab hujayralarining ozi butun, ular charchagan, xolos. Hozir ular kuch toplamoqda. Seansdan keyin Siz juda tinchib qolasiz». Uygoqlik davrida inontirish anchagina emotsional kota- rinkilik fonida, ayniqsa, yaxshi kor qiladi (inontirishga affektiv # moyillik). Xuddi shunday shart-sharoitlar kopincha kasallar guruhida vujudga keladi. Kasallar orasida induksiya jarayoni (affektiv holatning bir kishidan ikkinchi kishiga otishi) roy beradi. Duduqlanish, alkogolizm, nevrozlarga davo qilish uchun uygoqlik holatida inontirish usuli qollaniladi. Oz-ozini inontirish. Olimlar (I.R. Òarxanov, V.M. Bex- terev, K.I. Platonov va boshq.)ning kopdan kop tajribalari kasalning ozini-ozi ishontirib aytgan sozlari organizmining turli tizimlarida fiziologik ozgarishlar keltirib chiqarishini korsatdi. Oz-ozini ishontirish ham tashqaridan tasir qilib inontirish singari, bosh miya postlogida konsentrlangan qozgalish ochogidan iboratdir. Mazkur holda bu ochoqni bemorning ozi muayyan soz formulalari yoki xayoliy tushunchalar yordami bilan vujudga keltiradi. Òansiq ovqat togrisida oylashga javoban meda shirasining ajralishi, sovuq tasir qilishi togrisida oylashga javoban badan terisining «tuk-tuk» bolib ketishi, kozga yot narsa tushdi deb xayol qilinganida kozning pirpirashi va boshqa shu singari dalillar tushunchalarning organizmdagi fiziologik jarayonlarga tasir korsatishini aniq-ravshan qilib isbotlaydi. Hozir oz-ozini ishontirishning har xil usullari qollani- ladi. Ularning biri shundan iboratki, shifokor kasal bilan birgalikda «oz-ozini ishontirish formulasi» degan narsani, yani oz-ozini ishontiradigan qisqacha shifobaxsh matnni (45 jumlani) tuzadi. Masalan, «Men ozimni ancha yaxshi his qilyapman. Kayfim joyida, tuzuk. Uyqum ham, ishtaham ham tobora yaxshilanib kelyapti. Davodan ancha naf kor- dim» va hokazo. Oz-ozini ishontirishning umumiy usullari- dan keyin kasallikning ayrim simptomlariga qaratilgan maxsus usullari qollaniladi. Bu «formula»ni kasal tinch yotgan va muskullari boshashgan holatda bir necha marta fikran yoki shivirlab takrorlaydi (ertalab orinda, tushki paytda va kech- qurun uyqu oldidan). Autogen trenirovka. Autogen trenirovka (yani, bemorning ozi bajaradigan mashq) psixoterapiyaning keng tarqalgan uslubidir. Autogen trenirovkani nemis olimi I. Shuls taklif etgan. Bizda bu trenirovka har xil variantlarda qollaniladi. Kasal $ karavotga yotadi yoki stulga oldinga engashib otiradi. U tayyorlanib olgandan keyin: «Ong qolim ogir tortib qoldi», degan I mashqni aniq-ravshan tasavvur qilishga urinadi. Mana shunday mashqni kasal kuniga 23 mahal, yaxshisi uyqu oldidan va uyqudan uygongan zahoti takrorlaydi. Ong qolini ancha ogir tortib qolgandek his qilganidan keyin chap qo- liga, songra oyoqlariga otadi. II mashq: «Ong qolim iliq bolib qoldi», III mashq: «Quyoshsimon chigalim issiq bolib qoldi, u issiq sochmoqda». IV mashq: «Yuragim kuch bilan bir tekis urib turibdi».V mashq: «Nafasim chuqur va ravon», VI mashq: «Peshonam muzdakkina». Bazan birinchi 2 3-mashq bilan cheklaniladi. Mashqlar bajarilganidan keyin muskullar boshashib, odam ozini juda tinch his qiladi, kopincha uni uyqu bosadi. Ana shu holatda davo maqsadida shifokor aytgan oz-ozini ishontirish usulini qollash foydalidir. Inontirib va oz-ozini ishontirib davolashda tibbiyot hamshirasining roli juda katta. Òibbiyot hamshirasi kasallarni juda sinchkovlik bilan kuzatib borishi kerak. Davolashning hozir aytilgan turlari bexatar bolsa ham, bazan asoratlar koriladi. Masalan, gipnotik holatning asorati qoladi, bosh ogriydi, autogen trenirovkada esa, arterial bosim pasayadi va hokazo. Biroq davo tasirida kasalning psixologik holati qanday ozgarib borayotganini organish, uning davoga munosabatini tekshirib borish ham tibbiyot xodimining goyat muhim vazifasi hisoblanadi. Psixoterapevtik yol bilan ishontirish. Psixoterapiyaning boshqa juda muhim bir turi ishonch hosil qilish yoli bilan davolashdir. Shifokor bu usulni qollash uchun kasalni yaxshi bilishi kerak. Ishontirish kasal shaxsiyatining hamma xusu- siyatlarini hisobga olib turib, individual ravishda olib borila- digan bolsagina shifobaxsh vosita bolib qolishi, yani kasallikka aloqador kechinmalarning susayib, barham topishiga yordam berishi, bemor faolligini safarbar etishi, bemor oldiga uni qiziqtiradigan aniq-ravshan maqsadlar qoyishi mumkin. Jamoa va guruh psixoterapiyasi. Jamoa va guruh psixo- terapiyasi bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ularning orta- sidagi farq shundan iboratki, guruh bolib psixoterapevtik tasir qilish shifokordan chiqadi va umuman butun guruhga % qaratilgan boladi. Masalan, gipnoz seansi yoki psixoterapevtik suhbat otkazilib, shu seans yoki suhbat vaqtida shifokor nerv kasalliklarining sabablarini, ularga qarshi kurash usullarini muhokama qilib chiqadi. Jamoa psixoterapiyasida ham bemorlar jamoaning har bir bemorga shifobaxsh tasir korsatishidan foydalaniladi. Psixoterapevtik guruh azolarining qanday bolmasin biror narsa yoki hodisa togrisidagi fikrlari jamoada muhokama qilib chiqilganidan keyin ancha togri va barqaror fikrlar bolib qolishini V.M. Bexterev va xodimlari korsatib berdilar. Jamoada diqqat hajmi kengayib, idrok etiladigan foydali axborot miqdori ham ortishini aytib otish orinli boladi. Mana shularning hammasi jamoa psixoterapiyasi metodining foydali ekanligini korsatadi. Emotsiyalarga kelganda, jamoada bir kasalning ikkinchi kasalga emotsional jihatdan tasir korsatishini aytib otish kerak. Psixoterapevtik guruh kasallari togri tanlab olinadigan bolsa, bu guruh kayfi ruhiyatining umuman kotarilishiga, guruhga yaxshi «davo daldasi» berish uchun qulay sharoit yaratishga sabab boladi. Kasallarning notogri fikrlari, pessimistik xayollari, bazan kasallarning davoga nisbatan shubha bilan qarashlarini birmuncha faol bolgan boshqa kasallar tanqid qilib, ochib tashlaydilar. Jamoa psixoterapiyasi uchun kasallarni «sogaya- yotgan sogayishga boshlagan kasal» tamoyilida tanlash «sogayishga boshlagan kasallar uchun» «shifobaxsh istiqbol» yaratib, ularning «sogayishga ishonchini» mustahkamlaydi. Faollashtiruvchi psixoterapiya. Faollashtiruvchi psixo- terapiyaning maqsadi kasal shaxsiyatining saqlanib qolgan tomonlarini safarbar etib, uni real turmush sharoitlariga jalb qilish, kasallik natijasida izdan chiqqan funksiyalarni mashq qildirishdir. Faollashtiruvchi psixoterapiya, xususan, boshang- lik hodisalari bilan faollik, tashabbusning susayib qolishi bilan otadigan ruhiy kasalliklarda (apato-abulik sindromda) juda katta rol oynaydi. Bunday holatlar shizofreniyada, bosh miyaning organik kasalliklarida (xususan, bosh miya peshona bolaklariga ham shikast yetgan kasalliklarda) boladi. Faol- lashtiruvchi psixoterapiya kasallarda yangidan yangi qiziqish & va istaklar uygotib, ipoxondrik holatlar singari kasallik korinishlarini susaytiradi, bemorlar diqqatini oz kayfi ruhiyatidan, ichki azolarining qanday ishlayotganidan chal- gitadi. Asteno-ipoxondrik holatdagi kasallar (nevrotiklar, psixopatlar, nerv sistemasining organik kasalliklari bilan ogrigan bemorlar va boshqalar) ham, odatda, faollashtirishga va boshqacha turmush maromiga otkazishga muhtoj boladilar. Psixoterapiya va davo mashqlari (trenirovkalari). Òibbiyot amaliyotida davo mashqlari metodidan keng foydalaniladi. Davo mashqlari organizmdagi ayrim azo va sistemalarni, ayrim psixik funksiyalar yoki umuman kasalning butun shaxsiyatini muntazam ravishda va izchillik bilan mashq qildirib borishdan iboratdir. Kasallar oldiga ular bajarib borishi kerak bolgan muayyan vazifalar qoyiladi, shu bilan birga davolash vaqtida bu vazifalar tobora koproq murakkablashib boradi.Chunon- chi, protezdan endigina foydalana boshlagan kasallarga tobora murakkabroq harakat mashqlari beriladi. Insult bolib, nutqi izdan chiqqan kasallarga asta-sekin nutq yuklamasi berib boriladi; rak, qon tomirlar sistemasi kasalliklarida sayr qilish buyuriladi, shu bilan birga kasal aylanib chiqadigan masofa, shuningdek, kasal yuradigan yer yuzasining nishabligi (balandligi) asta-sekin oshirib boriladi. Ana shunday mashqlar tizimli psixiatriyada ham, nevro- patologiyada ham qollaniladi.Chunonchi, Korsakov psixo- zida (xotira buzilib, polinevrit paydo bolishi bilan tavsiflana- digan kasallikda) dori berib davolash va fizioterapiya bilan bir qatorda kasallarga xotirani tiklashga yoki lokal yaxshilashga qaratilgan shifobaxsh kurs buyuriladi. Nevrotik ozgarish- larning talaygina turlari (agorafobiya, kardiofobiya, astaziya- abaziya)ga mubtalo bolgan kasallar muntazam mashq qilib turishga muhtoj boladilar. Davo mashqlari kompleks chora-tadbirlardir. Ularni buyu- rishda terapevt, zarurat bolsa jarroh, ortoped, shuningdek nevropatolog, logoped, psixiatr, davo fizkulturasi boyicha mu- taxassis, pedagog birgalikda maslahatlashib ish koradi. Orta malumotli tibbiyot xodimi mana shu vazifalarni bajarishda faol yordam beradi. Kasallar kopincha ularning oldiga shifokorlar qoygan vazifalarni bajara olishiga shubha ' bilan qaraydilar. Chunonchi, ularning bazilari ornidan turib, xona ichida oz holicha yurishning iloji yoq deb hisoblasa, boshqalari xonadan tashqariga chiqishdan bosh tortadi, uchinchilari boshqa turdagi mehnat yoki mashgulotga otishdan boyin tovlaydi. Mana shunga oxshagan ishlarning hammasini batamom tuzalib ketganimdan keyingina bajarishim mumkin deb hisoblaydigan kasallar ham uchraydi. Ular: «Mudom yuragim oynab turadi-yu, men qanday qilib yura olaman?» yoki «Ogzimga ovqat olishim bilan konglim ayniyveradi, shuning uchun men ovqat (u yoki bu turdagi taom) eya olmayman», deydilar va hokazo. Òibbiyot xodimi mana shunday hodisalar bemorning ongli ravishda qarshilik qilishi, injiqligi tufayli kelib chiqmasdan (garchi, bunday hodisalar uchrab tursa ham) alohida nevrotik munosabati tufayli, asablarning kasallik vajidan juda ozgarib, bemor yurish- turishida notogri, patologik stereotip qaror topishiga olib borganligidan kelib chiqishini bilishi kerak. Bemorning oz hayotidan olingan ijobiy dalillarni korsatib, bazan qayta- qayta ishontirish, boshqa kasallarning ahvoli yaxshilanib qolganligini korsatadigan misollarni keltirib otish, shikastlangan funksiyani mashq qildirishning fiziologik jihatdan togriligi va yaxshi foyda berishini tushuntirib borish, adabiy asarlar, kinofilmlardan misollar keltirish zarur boladi va hokazo. Bazan kasal tashabbusini oziga xos tarzda «mustahkamlab» foydali xatti-harakatlari uchun uni «ragbatlantirish» (buni odat darajasiga kotarish yaramaydi, albatta), kasallar bir-birini faollashtirsin deb guruh trenirovkalarini uyushtirish, ular ortasida musobaqa elementlarini uygotish foydali boladi. «Muhit bilan davolash» korinishidagi psixoterapiya. Muhit yoki mikromuhit deb, birinchidan bemorga juda yaqin yuradigan odamlar (oilasi, yaqin dostlari, ishxonadagi ortoqlari, kasalxonada esa, boshqa kasallar, bemorni davo- lashda bevosita ishtirok etadigan shifokorlar, tibbiyot hamshi- ralari)ga, ikkinchidan, bemorni turmushda va davo muassasa- sida bolgan paytida atrofni orab turgan vaziyatga aytiladi. Kasal odam muhit bilan juda mustahkam aloqada boladi; muhit bemor qiziqishlarining doirasini, uning ijtimoiy va manaviy qiyofasini, shuningdek, emotsional holati, kayfi ! ruhiyatini kop darajada belgilab beradi. Òogri uyushtirilgan muhitning bemorga korsatadigan tasiri qudratli davo vositasi bolib hisoblanadi. Muhit tasirini: 1) davo muassasasidan tashqarida kor- satiladigan tasir va 2) davolash muassasasi ichida korsatila- digan tasirga bolish mumkin. Shifokor, shuningdek, orta malumotli tibbiyot xodimi bemor kasalxonaga tushmasdan ilgari uning qanday muhit sharoitlarida yashab kelganligi bilan hamisha qiziqadi. Shu maqsadda shifokor, albatta, bemorning qarindosh-uruglari, bazan esa, birga ishlaydigan hamkasblari bilan tanishadi, bemor ishining tabiatini, jamoadagi, oilasidagi ozaro munosa- batlarini aniqlab oladi va hokazo. Shunda qarindosh-uruglari oz oilasining azosi qanday dardga chalinganligini, unga qanday munosabatda bolish kerakligini, uning qanday tartibga amal qilib borishi lozimligini aniq-ravshan bilib olishadi. «Muhit bilan davolash»ning ikkinchi xili kasalxona, sanatoriy, dispanser ichida tasir korsatishdir. Psixoterapevtik tartib degan narsa bu orinda katta rol oynaydi. Shu tartib- ning ikki asosiy turini ajratish mumkin: 1) davolovchi-muho- faza tartibi va 2) davolovchi-faollashtiruvchi tartib. Davolovchi-muhofaza tartib holdan ketib, darmoni quri- gan kasallarga, otkir psixik iztirobni boshdan kechirgan kasallarga buyuriladi. Bu tartib kasallarni zararli vaziyatdan ajratish, ularni tinch qoyib, dam oldirish, uyqusini uzaytirish va mustahkamlashdan (bazan sutkasiga 1618 soatgacha uzaytirishdan) iborat boladi. Bu davrda kasallar bilan tinch- lantiruvchi suhbatlar otkaziladi, shuningdek, ularga sedativ va umuman darmonga kiritadigan preparatlar (bromidlar, trankvilizatorlar, vitaminlar, glukoza va boshqalar) buyuriladi. Davolovchi-muhofaza rejimni ipoxondriya bolgan kasal- larga, yani oz badanining har xil qismlaridagi sezgilarga (yurak, meda-ichak, opka, siydik-tanosil azolari va boshqa- lardagi sezgilarga) butun diqqat-etiborini qaratadigan kasal- larga buyurib bolmaydi. Bunday bemorlar haddan tashqari hadiksiraydigan bolishi bilan ajralib turadi va ozlarini salga goyo ogir kasalliklarga mubtalo bolgan degan fikrga ! keladilar. Davolovchi-faollashtiruvchi rejim ustida birmuncha batafsilroq toxtalib otamiz. Davolovchi-faollashtiruvchi rejimda turmushdagi real muhitga yaqin vaziyatni yaratish uchun harakat qilinadi. Shu bilan birga bunday rejim psixoterapiya uchun eng yaxshi imkoniyatlar yaratib beradi, chunki tinchlantiruvchi suhbatlar otkazish uchun imkon beribgina qolmay, balki kasalni har xil turdagi faoliyatga otkazishga, shaxsiyatining saqlanib qolgan tomonlarini faollashtirishga, jamoa yordamida unga tasir korsatishga ham imkon ochadi. Orta malumotli tibbiyot xodimi uchun, birinchi navbatda, davolovchi-faollashtiruvchi rejimning kasallarga ikki pogonada xizmat korsatiladigan sistema (shifokorlar, tibbiyot hamshiralari) sharoitlarida otkazilishini bilish muhim. Kichik tibbiyot xodimlari sonini qisqartirish hisobiga orta malumotli tibbiyot xodimlari soni kopaytiriladiki, bu davolovchi faol psixoterapevtik rejimni amalga oshirish uchun muhimdir. Chunki ana shunday rejim sharoitlarida hamshira shifokor buyurgan davolarni bajaruvchi shaxs bolibgina qolmay, balki kasallar jamoasining tashkilotchisi bolib ham qoladi. U malum darajada psixoterapevtik va tibbiy- pedagogik tasir korsatib boradi. Ikki pogonali sistema bemorlarning oz-oziga xizmat korsatishi (palatalarni yigishtirishi, ovqat tarqatishi, tartib- intizomga amal qilishi) va ularning muhitida oz-ozini koproq boshqarishi bilan bogliqdir. Palata mudirlari, xojalik- maishiy va ommaviy-madaniy ishlarga rahbarlik qiladigan kasallar kengashi saylanadi. Davolovchi-faollashtiruvchi rejimning psixologik ahamiyati shundan iboratki, bunda kasallar davolanadigan yoki shifokor hamda xodimlarning tasiriga beriladigan passiv «obyekt» bolib qolmasdan, balki «subyekt»ga aylanadilar, yani davolash hamda tibbiyot muassasasidagi butun jamoa hayotining faol ishtirokchilari bolib qoladilar. Kasalning tibbiyot xodimiga bolgan munosabati «buyurish-boysunish» tamoyiliga asoslangan bolmay, balki «shifokor bilan bemor salomatlik uchun umumiy kurashda teng huquqda ishtirok etadigan sheriklardir» qoidasiga muvofiq qaror topib boradi. Kengash kishilari madaniy ! saviyasining keskin yuksalganligi, mamlakatda umumiy orta malumot tizimining amalga oshirilganligi, davo jarayonining tibbiy-psixologik tomoniga kop diqqat-etibor berilayotganligi tufayli tibbiyot xodimlari bilan kasallar ortasida ana shunday yangi mazmundagi ozaro psixologik munosabatlar qaror topadi. Uchinchi bolim XUSUSIY ÒIBBIY PSIXOLOGIYA MASALALARI ÒURLI KASALLIKLARDA BEMOR BILAN MUNOSABAÒDA BOLISH Kasalxonalar va statsionarlar ishi ambulatoriya va poliklinikalar ishidan oziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Ilgari shifo- xonalarda orinlar sonini imkon boricha kopaytirish masalasi kondalang qilib qoyilgan edi. Bu vazifa oz davri uchun togri bolib, u tola-tokis bajarildi. Hozir profilaktika va tushuntirish ishlari yaxshi olib borilayotganligi tufayli bemorlarga tashxis qoyish ishi birmuncha yaxshilandi, bunga tor ixtisoslikdagi mutaxassislar sonining oshib borayotganligi imkon berdi. Bundan tashqari, qishloq joylarda koplab yangi tipdagi qishloq vrachlik punktlari ochildi va ular soni kun sayin ortib borayapti. Shahar va tumanlardagi yirik poliklinikalarda bemorlar- ning kunduzi davolanishi uchun orinlar tashkil etildi va ular zarur uskuna va jihozlar bilan taminlandi. Shifokorlar va hamshiralarning muntazam ravishda at- testatsiyadan otkazib turilishi ularning kasb saviyasi oshi- shiga, bilimlarining chuqurlashuviga, zamonaviy muolaja usullarini mukammal egallab olishlariga imkoniyat yaratdi. Shifokor rahbarligi ostida ishlaydigan orta tibbiyot xodimi oz zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarib borsa, bemor iztiroblarini yengillashtirish uchun hamma chora-tadbirlarni begaraz ado etsa, u oz burchini tola-tokis bajargan hisobla- nadi. Bizning davrimizda ambulatoriya tarmogi yana ham keng quloch yozmoqda. Hozir kopgina kichik operatsiyalar, laboratoriya tekshirishlari, davolash kurslari, muolajalar ambu- latoriya sharoitida otkaziladi. !! Kichik jarrohlik muolajalari, bronxoskopik, ultratolqinli gastroskopik tekshirishlar, ayrim hollarda va korsatma bolganda ruhiy bemorlarni davolash ambulatoriya va polik- linikalarda otkaziladi. Poliklinika sharoitida tibbiyot xodimi- ning bemorlar bilan muloqotda bolishi oziga xos jihatlariga egadir. Ish kuni mobaynida doimo bemorlar bilan muomala qilishga togri keladi. Bunday bemorlarning bir qismi shifokorga birinchi marta murojaat qiladilar. Kundalik amaliyotda ambulatoriyada bemorlarni qabul qilishning estetik muammolariga katta etibor qaratilishi kerak. Ambulatoriya jihozi deganda, kopincha, tekshirish asbob- uskunalari tushuniladi. Bundan tashqari, chiroyli gullar, ozoda, qulay mebellar bemorga estetik zavq berib, vrachga bolgan ishonchini yanada oshiradi. Shifokor bilan yakkama-yakka, guvohlarsiz suhbatlashish bemorning kundalik huquqi hisoblanadi. Afsuski, kop hollarda shifokorning xonasida hamshira ham boladi. Bunday vaqtda bemor shifokorga gapini ochiq aytishga tortinib turadi. Shifokor xonadagilarning tashqariga chiqib turishini sorashi bemor uchun ham, shifokor uchun ham noqulay psixologik muhitni vujudga keltiradi. Har qanday davolash muassasalarining asosiy maqsadi barcha bemorlarga kerakli tibbiy yordamni korsatishdir. Buning uchun bemorga qulay, osoyishta, tinchlantiruvchi sharoit yaratish kerak. Ambulatoriyaga kelgan bemorlarni davolash ularni qabul qilishdan boshlanadi. Odatda, bemorlarni tuman shifokorlari yoki boshqa mutaxassislikdagi shifokorlar yuboradi. Shunday ekan, bemorlar qayerga va nima uchun kelganliklarini yaxshi his qili- shadi. Kop narsa ularning qanday kutib olinishiga bogliq. Bu ishda shifokorning ishonchli yordamchisi hamshira hisoblanadi. Òibbiyot hamshirasi bilan bemor ortasidagi munosabatlar xarakteriga xastalikning oziga xos xususiyatlari ham, bemor- larning shaxsiy xususiyatlari ham tasir korsatadi. Ambulatoriya tibbiy hamshiralarining mehnati juda serqirra bolib, u yuksak masuliyat bilan olib borilishi lozim. Bemorlarning birinchi va takroriy qatnovini hisobga olgan holda ularni qabul qilishning aniq kunlarini belgilab chiqish, qabul vaqtiga rioya etilishini nazorat qilish, kasallik tarixini tezda topish, qabul sabablarini aniqlash va boshqa tashkiliy tadbirlarning hammasi tibbiyot !" hamshirasining ish sharoitini ancha osonlashtiradi, uning vaqtini tejab, bemorlar uchun qulayliklar yaratadi. Bemorni qabul qilishni tashkil etishda shuni ham nazarda tutish zarurki, ogir yoki jiddiy ahvoldagi bemorlarni navbatsiz qabul qilishdan tashqari (bunday bemorlar shoshilinch yordam korsatishni talab qiladi), har bir ixtisoslik daftarida birinchi galda navbatsiz qabul qilinadigan bemorlar yozilgan boladi. Bular nogironlar, qari kishilar bolib, ular somatik holati tufayli qabulni uzoq vaqt kutib turishlari qiyin. Birinchi nav- batda jazavali belgilari yaqqol sezilib turadigan tajovuzkor, asabi zaif bemorlar qabul qilingani maqul, chunki ular shi- fokorlar haqidagi mulohazalari bilan kutish xonasida noxush vaziyat yaratadilar, ozlarining patologik his-hayajonlari bilan oson tasirga beriladigan bemorlarda salbiy fikrlar uygotadilar. Ambulatoriya va poliklinikada xizmat qiluvchi hamshira va shifokorlar bemorlarning uyiga borib ham tibbiy yordam korsatadilar. Bunda ular oilaning shart-sharoitlarini va oiladagi psixologik muhitni tushunib olishlari lozim, ularning xushmuomalalik bilan bemorni tekshirishga intilishlari unga tola-tokis yordam korsatish bilan ajralib turishi zarur. Hamshira davolash ishlari bilan bir qatorda sanitariya maorifi ishlari bilan ham shugullanishi kerak. Aholi ortasida har xil kasalliklar va ularning oldini olish, klinik manzarasi, davosi masalalarida maruzalar, suhbatlar otkazilishi nihoyatda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Bemor bilan aloqa ornatganda uning kechinmalarini tushunish va ularni xayrxohlik bilan qabul qilish kerak. Òib- biyot hamshirasining zarur yordam va fidoyilik korsatishga hozirligi katta ahamiyatga ega. Bemorning shikoyatlarini eti- bor bilan eshitish, iloji boricha xastalik belgilarini bartaraf etish yoki yengillashtirishga harakat qilish, dori-darmonlarni oz vaqtida qabul qilishini eslatib turish hamshiralarning mu- him burchi ekanligini doimo yodda tutish zarur. TERAPEVTIK BEMORLAR BILAN ISHLASH Òerapiya tibbiyot sohasining eng muhim qismi bolib, ichki kasalliklar bilan ogrigan bemorlar koproq psixogen omillar tasiriga duchor bolishadi. Atoqli terapevtlar bu tasirlarni !# juda yaxshi bilganliklari uchun bemor bilan muloqot qilishning turli tomonlarini ishlab chiqqanlar. Masalan, vengriyalik yirik terapevt olim Sandora Koranayning quyidagi sozlarini keltiramiz: «Bemorga kerakli dorini berish emas, balki qanday berish muhimdir». Òerapiya bolimida organizm turli sistemalarining ozgarish- lariga uchragan bemorlar davolanishadi. Har bir sistema kasalliklari bemorga oziga xos psixogen tasirini otkazadi. Hozirgi kunda bemorning jismoniy va ruhiy holatlarini, uning butun organizmini toliq bilmasdan turib davolab bolmaydi. Ichki kasalliklar klinikasida doimo somatogen va psixogen buzilishlarni kuzatishga togri keladi. Odamda kuchli his-hayajonlar, iztiroblar yurak urishi bilan birga otadi, bunda yuz qizaradi yoki oqaradi (tomirlarning qisilishi yoki kengayishiga qarab). Bu alomatlarning tabiati va nechogli yuzaga chiqishi shaxs va organizmning oziga xos xususiyatlariga bogliq boladi. Psixik tasirlar bosh og- rigini yoki organizmdagi boshqa funksional buzilishlarni kel- tirib chiqarishi mumkin. Psixogen omillar tasiri ostida somatik sohada quyidagi buzilishlar: kongil behuzur bolishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, ishtaha yoqolishi, nafas qisishi, yotal, arterial bosimning kotarilishi, tomir urishi tezlashishi (taxikardiya), uning sekinlashuvi (bradikardiya), yurak ishi zaiflashuvi kabilar vujudga kelishi ehtimol. Bemor organizmi holatini tola-tokis bilish uchun bemor- ning psixologik holati bilan birga oz kasalligiga munosabatini ham hisobga olish kerak. Bundan asosiy maqsad shuki, bemor oz organizmidagi azolarini va ularning kasalliklarini qanday his qilishini, shuningdek, ayrim asosiy kasalliklarning psixogen moslashuvi bilan tanishtirishdir. Òerapiyada psixologiyaning orni shundaki, u bemor bilan kasallik ortasidagi muhitni, tibbiyot xodimlarining bemorlarga munosabatini organishga yordam beradi. Bemor ruhiyatiga kasallik tasiri va shifokorning munosa- batini oydinlashtiradigan bir misol keltiramiz. Grippni boshidan otkazgan 35 yoshli bemor ozining tanish doktoriga qabulga keladi. U shu shifokorda 12 yildan buyon davolanib kelardi. Unda yurak dekompensatsiyasi, yurak !$ qopchasining yetishmovchiligi bor edi. Shifokor obdan tekshirib, unda hech qanday ozgarish yoqligiga ishonch hosil qilib, xayrlashuv vaqtida «Òashvishlanmang, mendan oldin olmaysiz, juda ham tigiz bolsa birgalikda olamiz», deydi. Ertasiga tosatdan shifokor vafot etadi. Bemor juda ham qattiq iztirobga tushadi, tomir urishi 120 ga yetadi, aritmiya boshlanadi, barcha korilgan chora-tadbirlar yordam bermaydi. Shifokor olimidan bir kun otib, bemor ham vafot etadi. Somatogen jihatdan kelib chiqqan ruhiy buzilishlar kopin- cha xavotirli-vahimali bemorlarda paydo boladi, ularning holatida ipoxondrik alomatlar ham seziladi. Ular asosiy kasal- lik natijasida paydo bolgan nevrozlar, zaiflik, tezda charchab qolish, bosh ogrigi, uyquning buzilishi, oz ahvolidan cho- chish, haddan tashqari terlash, yurak urishining tezlashuvi va hokazo holatlardan shikoyat qiladilar. Alkogolizm va giyohvandlik dardiga yoliqqan shaxsda kasallik aniq kozga tashlanadigan bosqichga yetganda, odatda, ichki azolarining turli xastaliklari: jigar, yurak, buy- rak, meda osti bezlari va boshqa xastaliklar aniqlanadi, shu sababli ular somatik kasalxonaning terapiya bolimida davo- lanish uchun keladilar. Nevrozsimon alomatlar kopincha asosiy kasallikning klinik manzarasini niqoblab qoyadi. Natijada, bemorlar turli ixtisoslikdagi mutaxassislarga murojaat qiladilar, biroq ha- misha ham dardlari yengillashavermaydi, bu hol bemorlarni nevrotik va ipoxondrik holatlarga duchor qiladi. Somatopsixik boglanishlar nafaqat bemorga togri mu- nosabat bilan yondashish uchun kerak, balki asosiy kasal- likni davolashda ham muhimdir. Yurak faoliyatining ogir dekompensatsiyasida, jigar sirrozi va uremiyada gallutsina- tsiyali alahlash kechinmalari bilan otadigan ruhiy holatlar- ning avj olishi kuzatiladi. Bemorga shu narsani tushuntirish lozimki, tibbiyot ham- shirasi dori-darmonlarni faqat shifokorning topshirigi bilan- gina bera oladi. Bazan psixogen omillar somatogen omillar bilan qoshilib ketib, bir-birini kuchaytiradigan hollar ham boladi. Yatrogeniya deganda, shifokor yoki tibbiyot hamshira- sining bemorga salbiy tasir qilgan sozlari va xatti-harakatlari !% natijasida bemorda paydo bolgan kechinmalardan yuzaga kelgan kasallik holati yoki uning kuchayishi tushuniladi. Yatrogeniya oziga xos xususiyatlari bolgan, yani notinch, vahimali, tez asabiylashadigan, jizzaki, qorqoq, asabi zaif bemorlarda uchraydi. Òurli xil yatrogen xastaliklar kelib chiqishida orta tibbiyot xodimlari sababchi bolgan hollar ham kop kuzatilgan. Ular sorrogeniyalar (lotincha Sorror hamshira) deb ataladi. Òerapiya bolimida davolanayotgan bemorlarning har biri uchun alohida ijobiy psixologik tasir vositasi, yani sozlar majmuasi topilishi kerak. Bemor oz kasalligi togrisida kam oylaydigan, davoning samarali yakunlanishiga isho- nadigan bolishi kerak. Buning uchun bolimda xizmat qi- layotgan shifokor va hamshiralar psixologik bilimlarni chu- qur egallagan bolishlari kerak. Aks holda, yaxshi natija- larga erishish qiyin boladi. JARROHLIK KLINIKASIDAGI BEMORLAR PSIXOLOGIYASI Òibbiyot sohasining hech bir bolimida jarrohlikdagi sin- gari amaliy konikmalarning ahamiyati muhim bolmaydi. Anesteziologiya va farmakologiya sohasidagi yangi bilimlar, ilmiy-texnikadagi muhim ixtirolar jarrohlikni hozirgi dara- jaga yetkazdi. Asab va yurak-tomirlar sistemasida operatsiyalar otkazish imkoni tugildi. Jarrohning butun fikri va opera- tsiyaga qatnashadigan boshqa shifokorlar, hamshiralarning ham barcha xatti-harakatlari operatsiyani muvaffaqiyatli ot- kazishga qaratilgan boladi. Jarrohlik bolimining maqsadi, ishni tashkil etishi opera- tsiyaning har tomonlama samarali yakunlanishini taminlashdir. Jarroh bemorga operatsiya orqali yordam beradi, muam- moning birdan bir yechimi ham shu boladi. Jarrohlar oz mahoratini ularning komagiga muhtoj bolgan bemorlarga sarflashadi. Jarrohning faolligi boshqa mutaxassislikdagi shifokorlardan kora ancha yuqori boladi. Lekin jarrohlar bemor shaxsini toliq bilib olishga erisha olishmaydi. Chunki vaqt tigiz boladi. Bemor bilan yaqin muloqotda bolishga sharoit bolmaydi. Jarrohlar, operatsiya va palata hamshiralarining !& barcha fikrlari va diqqat-etibori asosiy ish jarrohlik arala- shuviga qaratiladi. Operatsiya vaqtida tibbiyot xodimlari bilan bemorlar ortasidagi bevosita aloqa va jarroh-shifokorlar, anesteziologlar, operatsiya xonasida xizmat qiluvchi hamshiralar ortasidagi ozaro hamjihatlik nihoyatda mustahkam boladi. Operatsiya aralashuvining qanday otishi undan oldingi va keyingi davrda tibbiyot hamshiralarining, xodimlarning oz burchlarini nechogliq puxta bajarganliklariga bogliq. Soglom kishi operativ aralashuvga turlicha qaraydi. Ayrim kishilar psixologik tasir operatsiya vaqtini chozishni, ayrimlari esa, uning muddatini tezlashtirishni kozlashadi. Bunga turli sabablar majbur qilishi mumkin. Oilaviy baxtsizlik, qorquv, xavotirlanish shular qatoriga kiradi. Bemor operatsiyaning ozidan: unga aloqador bolgan ogriq sezgisi, azoblar, uning oqibatidan: yaxshi chiqishiga shubha bilan qarashi ehtimol. Bemorning xavotirlanishini uning sozlaridan, palatadagi qoshnilari bilan suhbatlaridan bilsa boladi. Bemorning bot-bot terlashi, yurak urishining tezlashuvi, tez-tez siygisi qistashi, kechalari yaxshi uxlay olmay chiqishi va boshqalar shular qatoriga kiradi. Òibbiyot hamshirasi bemorni qanday kuzatib borayotganini davolovchi shifokorga malum qilishi va u bilan birga bemorga psixoterapevtik tasir korsatish usullarini egallab olgan bolishi lozim. Hamshira operatsiyaga tayyorgarlik korish vaqtida bemor bilan yaqin munosabat ornatishi, suhbatlar vaqtida bemorning qorquv va xavotirliklari orinsizligini unga tushuntirib borishi lozim. Eng muhimi bemorni tinchlantirish hisoblanadi. Operatsiyadan keyin ham bir qancha murakkab muammolar paydo boladi. Ayni vaqtda bemorda turli psixik buzilishlar ham vujudga kelishi ehtimol. Jarrohlik operatsiyasi va orinda uzoq vaqt yotish tartibi turli xil nevrotik kasalliklarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Ayrim bemorlarda operatsiyadan song 23 kun otgach, ota tasirchanlik, asabiylashish, jizzakilik va injiqlik kabi belgilar paydo boladi. Astenizatsiya negizida, ayniqsa, ogir operatsiyalardan keyin asoratlar paydo bolib, bular depressiya holatini avj oldirishi mumkin. Keksa odamlarda operatsiyadan keyin deliriy holati roy berib, gallu- tsinatsiyalar va bosinqirash ham qayd etilishi mumkin. !' Bemor holatida qanday ozgarish sodir bolishidan qati nazar, tibbiyot hamshirasi zudlik bilan davolovchi shifokorga xabar qilishi va bemorni sinchiklab kuzatib borishi darkor. Bordi-yu, psixiatr-maslahatchi bemorni tekshirib korib, uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga otkazishni tavsiya etsa, uning bu xulosasini bajarish kerak boladi. Aksariyat psixotik holatlar qisqa muddatli boladi va zarur dori-darmonlar tayinlanganda bartaraf boladi. Xavfli osmalari bolgan bemorlar bilan operatsiyadan ol- dingi davrda hamshira va shifokor operatsiyaning yaxshi otishi togrisida suhbatlashishlari kerak. Bemorga operatsiya oz vaqtida qilindi, u muvaffaqiyatli otdi va endi hech qanday xavf-xatar yoq, deb tushuntirish foydadan holi bolmaydi. Bemorlar meda rezeksiyasi, sut bezini olib tashlash, oyoq yoki qolni kesish kabi operatsiyalarni juda ogir otkazishadi. Operatsiyadan song ayrimlarining yashagisi kelmay qoladi, ularni yomon xayollar chulgab oladi. Òibbiyot hamshirasining bunday bemorlar bilan samimiy suhbatlari bemor konglini kotarishga, uni tinchlantirishga katta yordam beradi. BOLALAR KASALLIKLARIDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI Bemorni parvarish qilish yaxshi tayyorgarlikdan tashqari, zor shijoat, mahorat va bolalarga muhabbatni talab qiladi. Bolalarning psixologik va jismoniy sogligiga baho berishda tibbiyot xodimlari barcha davrlarga xos xususiyatlarini ham yaxshi bilishlari kerak. Nafaqat bolalar kasalxonasida, balki barcha davolash muassasalarida ruhiy soglom bola xusu- siyatlarini bilish muhimdir. Bemor bolani parvarish qilish psixologiyasi nuqtayi nazaridan uning ruhiy va jismoniy rivojlanish darajasi bemorning yoshiga muvofiq kelish-kelmas- ligi togrisida tasavvurga ega bolish muhimdir. Ayniqsa, ilk godaklik davrida tez-tez kasal bolib turadigan bolalarda ruhiy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish kozga tashlanadi. Har bir katta yoshdagi odamlar, ayniqsa, ota-onalar uchun bola tarbiyasidan malumot beruvchi pedagogika, psixologiya, odobga oid adabiyotlar, badiiy kitoblar mavjud. Bu kitoblar asabi soglom bolalarni tarbiyalashga komaklashadi. Shunga " qaramasdan haligacha kopchilik oilalar bolani jismoniy jazolash usulidan foydalanib kelishmoqda. Chunonchi, bemor bolalardan sorab-surishtirilganda ushbu jismoniy jazo usulla- rining yomon tasirlarini, qorquv oqibatlarini eshitishimiz mumkin. Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalarda kopincha turli qorquvlar (qorongilikdan, yolgiz qolishdan, oq xalatdan, ukollardan) sababli nevrotik reaksiya- lar, tungi siyib qoyish, ichi otib ketishi va shu kabilar sodir boladi. Bazi bolalar kasalxonada yotishni ozlari qilgan xatti- harakatlari uchun jazo deb baholaydilar, ozlarini tahqirlan- gan va yolgiz hisoblaydilar. Agar biz kundalik hayotimizda bola tarbiyasining eng masuliyatli ish ekanligini boshqalardan talab qilar ekanmiz, bolalar shifokori va hamshiralaridan bolalar psixologiyasini, psixoterapiyani hamda amaliy psixolo- giyani yanada chuqurroq organishlarini talab qilamiz. Davo- lash muassasasidagi psixologik muhit bolaning uni ozining uyi deb his etishiga yordam berishi lozim. Oyinlar, mash- gulotlar bolalarni bir-biriga yaqinlashtirishga yordam beradi, tibbiyot hamshiralarining samimiy va yaxshi munosabati bola- ning yangi sharoitga organishini osonlashtiradi. Bolalar shifoxonaga tushgandan keyin ularning kasallikka nisbatan munosabati har xil boladi. Bunda kasallik muhim ahamiyatga ega bolmasdan, balki uning togrisidagi bolaning kechinmalari birinchi oringa chiqadi. Bolalar bilan ishlovchi hamshira bemor bola bilan xuddi ona va bola kabi muno- sabatni ornatishi kerak. Bolaga gamxorlik va diqqat-etibor bilan munosabatda bolish, uni tushunishga intilish bu katta sanat bolib, unda tibbiyot hamshirasining kasbiga doir saviyasi shaxsiy xususiyatlari bilan uygunlashib ketadi. Bolalardagi qorquv kechinmalarini barham toptirish katta ahamiyatga ega boladi. Suhbat vaqtida bu kechinmalarning konkret kechishini tushuntirib berish, tibbiyot hamshirasi va shifokor hamisha yoningda bolishadi va oz vaqtida yordamga kelishadi deb ishontiradigan dalillar bilan uning shubhalarini tarqatib yuborishga harakat qilish zarur. Bolaning kasalligi butun oila uchun kongilsizlik hi- soblanadi. Shuning uchun analiz yiguvchi shifokor va hamshira bunga etibor berib, nima bolganligini oxirigacha " aniqlashlari kerak. Kopincha bu juda qiyinlik bilan kechadi. Bolalar bolimining hamshirasi ota-onalar bilan muomala qilganida jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi. Ota-onalarning tabiiy reaksiyalari bolalariga bolgan munosabatlariga va shaxsiy tajribalariga bogliqdir. Bunday hollarda tibbiyot hamshirasi ota-onalarni tinglash uchungina emas, shu bilan birga ularning haddan ortiq xavotir- lanishi asossiz ekanligini tushuntirish uchun ozlari sabr-toqatli bolishlari kerak. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot hamshiralari bosiq va vazmin, ruhiy jihatdan soglom bolishlari kerak. Bolalarda oqibati ogir kasalliklar aniqlanganda shifokor va tibbiyot hamshiralari oldida goyat masuliyatli muammolar vujudga keladi. Bunday noxush xabar ota-onalarda ogir iztirob, umidsizlikka sabab boladi, kopincha ular tibbiyot xodimlariga ishonchsizlik bilan qaraydilar. Shunday ogir vaziyat yuzaga kelgan taqdirda kasal bolaning ota-onasini bunga ehtiyotkorlik bilan tayyorlash, uning gam-tashvish- lariga sherik bolish talab etiladi. Ishda qopollik qiladigan, kasal bolaga loqayd munosabatda boladigan tibbiyot hamshi- rasi salomatlik posboni degan sharafli nomga munosib bola olmaydi. Bunday xodimlarning inson sogligini muhofaza qiladigan muassasalarda ishlashlariga yol qoymaslik zarur. DOYALIK VA GINEKOLOGIYADA BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BOLISH Doyalik va ginekologiyaning hozirgi mavqeyiga yetka- zish uchun tibbiyot xodimlarining kop qiyinchiliklarni yen- gishiga togri keldi. Yuz yillar davomida uning rivojlanishiga doyalik bilan faqat ayollar shugullanishi kerak, degan mu- lohaza qarshilik korsatib keldi. Chunki ayol shifokorlarning amaliyotga kirib kelganiga uncha kop bolgani yoq. Òo ular kelguncha, bu vazifani doya hamshiralari bajarib turishdi. Erkak shifokorlardan Veyt 1522-yili doyalik bilan shugul- langanligi uchun Gamburgda ochiqchasiga kuydirildi. Hatto 1640-yilda Parijda tashkil qilingan akusherlik kursida erkak shifokorlarning tugruqxonaga kirishi man qilingan. Ginekologik kasalliklari bolgan ayollarni davolash vaqtida intim jinsiy psixologik va xulq-axloqiga doir kopgina muam- " molar paydo boladiki, ular tibbiyot xodimlarining faoliyatini jiddiy ravishda murakkablashtirib yuboradi. Ginekologik tek- shirishda ayollarning uyalishi tabiiy bolib, bunday psixolo- gik hodisaga lozim darajada hurmat bilan qarash kerak. Be- morlar bilan samimiy aloqa ornatish uchun suhbat va tek- shirish vaqtida xushmuomalalik va ehtiyotkorlik zarur. Òibbiyot hamshirasi muolaja otkazish vaqtida ginekologga (ayniqsa, erkak kishi bolsa) yordam korsatishi muhimdir. Ayollar hayotida hayz korish muhim voqea hisoblanadi. Muntazam ravishda qon ketishlar hozirgacha kop notogri tushunchalarni, qorquvlarni keltirib chiqarishga sabab bolib kelmoqda. Ma- lumki, poklanish degan tushuncha mavjud. Shunga kora, ayollar hayz vaqtida bir necha kun boshqalardan ajratilishi kerak. Ulardagi hayz davrida qorinda, belda ogrishlar bolishi, jinsiy azolarda yoqimsiz sezgilar paydo bolishi va ruhiy jihatdan tajanglanib qolish kuzatiladi. Kopincha jahldorlikning ortishi, jizzakilik, asabiylik kabi salbiy xususiyatlar yuzaga chiqadi. Nevroz va ozgacha psixologik ozgarishlar bolgan bemorlarda shikoyatlar ancha kop va xilma-xil boladi, bazan asosiy kasallikning keskinlashuvi qayd etiladi. Qizlarda uzoq vaqt davom etgan psixogeniyalar (oilaviy, maishiy, shaxsiy xarakterdagi kelishmovchiliklar) tasiri ostida dismenoreyalar bolishi mumkin. Ogir ruhiy jarohatlar xotin- qizlar hayz davrining amenoreya holatidagi buzilishlarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham qizlarda roy bera- digan birinchi hayz korish davri kutilmagan holat deb qabul qilinmasligi kerak. Bu nafaqat tananing soglomligini, tozaligini saqlash uchun, balki ruhiy soglomlanish uchun ham kerakdir. Ayrim ayollar hayz davri boshlanishidan bir necha kun oldin tajanglashgan, boshashgan, injiq, kayfiyati yomonlashgan holatda bolishadi. Ularda bu buzilishlarni kuzatishingiz mumkin. Bu hayz davri sindromi deb yuritiladi. Ayollarda klimaks (hayzning toxtashi) davrining boshlanishi ham ruhiy ozgarishlar bilan otadi. Qarilikning boshlanishi oldidan qorquv ayollikning jozibadorligi va er-xotinning jinsiy hayotga qobiliyatini yoqotishdan qorquv vujudga keladi. Biroq, klimaks davrida nevrotik va boshqa psixopatologik alomatlarning kuchayishi koproq nevrotik va psixotik reaksiyalarga moyillik bolishi, shuningdek, psixologik omillar bolgani holda markaziy asab "! sistemasi shikastlanishidan azob chekuvchi bemorlarda qayd qilinadi. Ginekologiyada muhim muammolardan biri jinsiy mo- yillikning yoqligi hisoblanadi. Jinsiy aloqadan toliq yoki toliq bolmagan qanoat hosil qilmaslik ginekologlar tomonidan tez- tez aniqlanib turiladi. Jinsiy hayotga qarshilik korsatuvchi omil ham shundan boladi. Uning sabablari turli omillar: ayolning shaxsiy psixologik xususiyatlari, oilaviy hayotdan kongli tolmasligi, normal er-xotinlik munosabatlariga xalaqit beruvchi noqulay uy-joy sharoitlari, intim yaqinlikda erkakning notogri yol tutishi va hokazolar bolishi mumkin. Òez-tez uchrab turadigan sabab homilador bolib qolishdan qorqish, erkaklarning ichkilikka kop berilishi, jinsiy aloqa vaqtida ogriq sezish va h.k. Jinsiy moyillikning yoqolishi boshqa fiziologik holatlar bilan ham bogliq. Masalan, ichak sanchiqlari va ogriqlar sababli bazan ayollarda jinsiy aloqa- dan keyin bosh ogrigi hamda migren belgilari kuzatiladi. Ayniqsa, bularning ichida disparanoik shikoyatlar muhim ahamiyatga egadir. Bu simptom uch xil toifadagi ayollarda uchraydi: 1. Òegmanozik toifa. Bu toifaga kiruvchi ayollar jinsiy aloqaga qarshilik korsatishadi, aloqa qilishni uddalay olishmaydi. 2. Frigid ayollar toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayollar oz erlariga jinsiy sovuqqonlik qilishadi, hatto uni impotent (jinsiy ojiz) bolib qolish darajasigacha yetkazishadi. 3. «Arining bachadoni» toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayol hayotining asosiy maqsadi bola tugish. Bola tugib berish bilan oz vazifasini bajargan, deb oylashadi. Ular jinsiy alo- qada bolmaslik uchun hattoki, suniy uruglanishga ham tayyor bolishadi. Yaxshi tayyorgarlik korgan universal hamshiralar bunday bemorlar bilan bevosita muloqotda bolib, psixologik bilim- larini ishga solishlari mumkin. Ular bemorlarning shaxsiy xususiyatlari, yurish-turishi togrisida malumotlar toplashlari mumkin. Kopincha ayollar shifokorlardan kora hamshiralarga koproq narsani aytadilar. Shuning uchun hamshiralardan qimmatli malumotlar olamiz. Bu esa, togri tashxis qoyish, kerakli dori-darmon va muolajalarni qollab davolash uchun "" muhimdir. Ayollarda jinsiy muhim bezlarning yoki bachadon, qinning shamollashidan keyin psixik xarakterga ega bolgan klinik simptomlar yuzaga keladi. Bu muammo ginekologiyada va psixoterapiyada ota mu- him vazifalardan biridir. Buning uchun uzoq va muhim davo chora-tadbirlari belgilanishi kerak. Shunday usullardan bal- neoterapiya ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan ijobiy tasir korsatadi. Agar ayollarda jiddiy jarrohlik operatsiyalari davo uchun qollaniladigan bolsa, ular bilan uzoq vaqt psixote- rapevtik ishlar olib borilishi kerak. Ayolning shaxsiy xusu- siyatlariga, er-xotinlik munosabatlariga baho berish zarur- dir. Shundan keyin bemor bilan bolajak operatsiya xususida suhbatlashish muhimdir. Bunday suhbatning vazifasi opera- tsiyaning muvaffaqiyatli tugashiga ishonch uygotishdir. Operatsiyadan keyingi davrda ayolning xavotirlanishi asossiz- ligini, yani operatsiya uning ayollik jozibadorligini tik- lashi, ahil er-xotinlik munosabatlari qaror topishini batafsil tushuntirish lozim. Ginekologiyada operatsiyadan keyingi psixozlar kamdan kam hollarda uchraydi. Lekin nevrozlar tez-tez uchrab turadi. Jarrohlik aralashuvidan keyin bemorlarda psixonevrologik buzilishlar paydo bolishi tibbiyot hamshiralariga ogir vazi- falarni yuklaydi. Doyalik-ginekologik amaliyotida homiladorlik oldidan qorqish juda muhim muammo hisoblanadi. Bu vaqtda, ay- niqsa, birinchi marta homilador bolgan ayollarni turli tasi- rotlardan saqlash, ayollar maslahatxonalari bolimlarining birdan bir vazifasi hisoblanadi. Uzoq yillar homilador bol- magan ayollar homilador bolganda qorquv, vahima bilan yurishadi. Ular kopincha tugish jarayonidan xavotirga tu- shadilar. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining qimmatli maslahatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda respublikamizda soglom avlod, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga katta etibor beril- moqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «2005-yil Si- hat-salomatlik yili» deb elon qilinishi ona-bolalarning sa- lomatligini saqlash va mustahkamlash yolida yangi imko- niyatlarni ochib berdi. «Soglom avlod deganda, shaxsan "# men, eng avvalo, soglom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri soglom, iymon-etiqodi butun, bilimli, manaviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat soglom millat, soglom avlodgina qura oladi» 1 , degan edi Islom Karimov. Òibbiyot xodimlari soglom ayoldan soglom farzand tugi- lishini sira unutmasliklari va bu ishda oz bilim va malakalarini tinmay oshirib borishlari kerak. Barcha tibbiyot muassasa- lari ona va bolani jismoniy va ruhan soglomlashtirish chora- tadbirlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish asosida ish olib bormoqdalar. LEPROZORIYLAR (MOXOVXONA)DA BEMORLAR BILAN MUNOSABATDA BOLISH Jahon Sogliqni Saqlash Òashkilotining malumotlariga qa- raganda, XXI asrga kelib, yer yuzida 0,5 mln ga yaqin moxov bilan kasallangan bemorlar qolgan. Moxov (lepra) bilan xas- talanganlar, asosan, ambulatoriya sharoitida davolanadi. Le- kin ayrim mamlakatlarda kasallikning kechishiga qarab uyida yoki maxsus davolash muassasalarida, yani leprozoriy (mo- xovxona)larda olib boriladi. Moxov kasalligini eshitgan oddiy fuqarolarda bazan qorquv, vahima, jirkanish kabi ruhiy hodisalarni kuzatishimiz mumkin. Bemorni leprozoriy (moxovxona)ga olib kelingan kundan boshlab, «nima uchun meni xalqdan, oilamdan ajratib davo- lashyapti? Demak, kasalligim ogir ekan-da!» savoli uning miyasida saqlanib, ruhiy qiynala boshlaydi. Natijada, vahi- maga tushadi, besaranjom boladi. Ularni ushbu ruhiy kechin- malardan xoli qilish maqsadida alohida munosabat ornatilishi, ularga kasallikdan tuzalishning birdan bir yoli davolanish ekan- ligini tushuntira bilish lozim. Buning uchun kasalxonada xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlaridan deontologiyaning asosiy me- zonlariga mos ravishda faoliyat korsatish talab qilinadi, yani: • bemorga erta parvarishni boshlash va yakunlash; • bemorlarni oz uylaridagidek his qilishga erishish; 1 Soglom avlod bizning kelajagimiz. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 2000. "$ • odob-axloq doirasida kiyinish, sozlashish, sabr-chi- damli, samimiy, xushmuomala, mehribonlik xislatlarini namo- yish qilish; • bemorlarga buyurilgan muolajalarni oz vaqtida aniq bajarish; • bemordagi har bir ozgarishni kuzatib borish, ozgarishlar togrisida malumotni shifokorga yetkazish lozim. Bazan, moxov bilan kasallangan bemorlar ota tush- kunlikka tushgan, «chiroq yoqsa ichi yorishmaydigan» ruhiy holatni oz boshlaridan kechirishib ozlarini «olimga mahkum qilinganman», deb oylashadi. Òibbiyot xodimlarining faoliyat taktikasi ushbu ichki ruhiy kechinmalardan bemorlarni olib chiqib, ularga «tuzalaman, shifo topaman» ruhiy holatini ongiga singdirish, yani bemor ruhiyatini soglomlashtirishdan iborat. Bemorlar bilan suhbat qilganda, uning kechinmalarini tushuntirish, xayrxohlik bilan qabul qilish lozim. Ular uchun kasalxonada qulay yashash muhitini yaratish, yani har bir bemorning psixologik xususiyatlari organilishi va shunga mos munosabat ornatilishi darkor. Bemor kasallik togrisida oy- lashga vaqti bolmasligi kerak. Bemorlarga nisbatan chalgi- tuvchi tasirlarning koproq otkazilishi bemorlarning oz kasalliklariga bolgan etiborini ancha susaytiradi. Moxov bilan kasallangan bemorlar boshqa bemorlardan ozining ruhiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan: • ayrim bemorlar oz kasalligini anglab yetmaydi, buning ustiga davolanishni istamaydi; • bazilari oz joniga qasd qilish goyasi bilan yuradi; • yana biri kimdir unga kasallikni yuqtirganini rokach qilib, kasallikni yuqtirgan kishini topib berishni soraydi va h.k. Lekin bunday mulohaza yuritadigan bemorlar kamdan kam uchraydi, yani umumiy kasallarning 57 % ini tashkil qiladi. Moxov bilan kasallangan bemorlar uzoq muddat davolanishadi. Shuning uchun bemorga psixologik tasir korsatish vosita va usullari aniq reja asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq boladi. Bu kasallik bemorlarning ijtimoiy holatini ozgartiradi, yani ularning faoliyat korsatishini chegaralab qoyadi, keyinchalik mehnat faoliyatidan mahrum qilib, nogironlikkacha olib kelishi mumkin. "% Moxov kasalligining boshlangich bosqichlarida oddiy terapevtik bemorlardagi singari hodisa: injiqlik, behalovat bolish, tajanglik, keyinchalik esa xotirjamlik, etiborning susayishi, oz taqdirini ushbu kasallik bilan boglash natijasida dostlardan ozini uzoq tutish, boshqalar bilan iloji boricha muloqotda bolmaslik kuzatiladi. Kasallik tufayli yuzaga kelgan turli xil nuqsonlar sababli ular chekka-chekkaga qochib, ozini korsatmaslikka harakat qilishadi. Shuning uchun bu bosqichda bemorlar bilan alohida ruhiy tayyorgarlik asosida ish olib borish tibbiyot xodimlarining vazifasi hisoblanadi. Aholi ortasida sanitariya-oqartuv ishlarini tinimsiz olib borish natijasida tibbiyot xodimlari bemorlardagi ruhiy kechinma- larni bartaraf etishlari mumkin. Bunday davrda har bir tibbiyot xodimi psixologik, psixoterapevtik, psixoprofilaktik tadbirlarni otkazish imkoniga ega bolishi lozim. Har qanday davolash muassasasining, shu jumladan lepra- zoriylarning ham asosiy maqsadi bemorlarga malakali tibbiy yordam korsatishdan, ijtimoiy jihatdan himoya qilish va ruhiy reabilitatsiya ishlarini olib borishdan iboratdir. KEKSALIK. YOSHI OTGAN BEMORLARNI PARVARISHLASH Ozbek xalqida keksa kishilarga nisbatan munosabat psixologiyasi boshqa millat va elatlarning munosabatidan tubdan farq qilsa-da, lekin kasallik davrida shaxsning oziga xos xususiyatlari mavjud va buni inobatga olish har bir tib- biyot xodimining burchidir. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan song fuqaro- larimizning barcha toifalari Prezidentimiz I.A. Karimov etiboridan chetda qolmadi. «Qariyalarga hurmat, kichiklarga izzat» yanada yuksaklikka kotarildi. Mamlakatimiz Prezidenti 2002-yilni «Qariyalarni qadrlash yili», deb elon qildi. Bu davat yosh-u qari, yurtimizda yasha- yotgan har bir fuqaroning dilini xushnud etdi, Vatanimizga bolgan mehr-muhabbatini yanada oshirdi, gayratiga gayrat qoshdi. Keksa kishilar bazan ozlarini eplashga qiynali- shadi, birovning suhbatiga, mehr-u oqibatiga va yordamiga "& muhtojlik sezishadi. Bunga birinchidan, ijtimoiy shart- sharoitning, ozgalar va yaqinlar munosabatining ozgarishi sabab boladi. Ikkinchidan, kishilarda turli xil fiziologik holatlarning su- sayishi kuzatila boshlaydi, asta-sekin koz xiralashadi, eshi- tish faoliyati pasayadi va hokazo. Barcha sezgi azolarida pasayish alomatlari kuzatiladi. Uchinchidan, ulardagi tetiklik, harakatchanlik, faollik kabi xususiyatlar susayib boradi. Bu fiziologik ozgarishlar keksalarda ruhiy-emotsional ozgarishlarning kelib chiqishiga sabab boladi. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, avval joshqin keng jamoatchilikda faol hayot kechirgan kishilar, keksalik davriga kelib ancha kamharakat, tortinchoq bolib qoladilar, ilgarigi quvnoqliklari yoqolib tund va behafsala bolib qolishadi. His-tuygu doirasi ham torayib, endi oz mehr va qizi- qishlarini oilasidan, nevara-chevaralari orasidan topganday boladi. Ayrim keksalarda yashash tarzi yeyish, ichish va ux- lashdangina iborat bolib, hayotga qiziqish kamayib ketadi. Bunda keksalarning kayfiyati keskin tushganligini koramiz. Keksalik davriga xos bolgan yana bir holat tinchlikning yoqolishi, har qanday mayda-chuyda narsalarga asabiylashish, ozgalar fikrini eshitmaslik korinishlari kuzatiladi. Buning natijasida kopincha ipoxondrik holat yuzaga keladi. Keksalik davrida kishilarda shaxs ozgarishlari ham kuzatiladi. Ayrim kasallarda «bolalikka qaytish» yoki «yosh bolaga» oxshab qolish holatlarini kuzatish mumkin. Bunday holatga tushgan keksalar atrofdagilardan «onalik mehrini, himoyasini» kutadilar. «Yolgiz keksalik» bu ogir ruhiy oqibatlarga olib keladigan davr hisoblanadi. Keksalar bilan oilada birga bolgan yoshlar asta-sekin oilani tark etadilar, yor-birodarlari ulardan uzoqlashadi. Keksayib qolgan odam bir ozi yakka qoladi, yolgizlanib qolgan kishi ruhan juda qiynaladi, ozini qayerga qoyishini bilmay, nima bilan shugullanish kerakligini anglab yetmasa, hayoti yanada qiyinlashadi. Ayniqsa, u ozini bu hayotda «ortiqcha» sezsa, «yolgizlik» yanada kuchliroq ruhiy ezilishni keltirib chiqaradi. Agar yuqoridagi holatni keksa kishi atrofidagilar etiborsiz qoldirsa, patologik qarilik "' kuzatiladi. Bunda endi shaxsning ozgarishi, his-tuygu atrofiyasi, manaviy inqiroz, demensiya kabi belgilar paydo boladi. Keksayish davrida biologik maylning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham ozgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo boladi. Erkak va ayollar ortasidagi farqlar borgan sari yaqqol kozga tashlana boshlaydi. Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuygusi paydo boladi va bu hol faollikni, oylangan rejalarini amalga oshirishga intilishni susaytiradi. Lekin «oglimni uylantirsam, qizimni turmushga bersam, nabiralarim bolsa, armonsiz otgan bolardim» qabilidagi mulohazalar doimiy, har kunlik holatga aylanib qoladi. Odatda, qarilikning dastlabki belgilari odamda yetuklik davri (shartli ravishda 60 yoshda) dan song namoyon boladi. Biroq aslini olganda, qarish jarayoni organizmning osishi va rivojlanishi toxtagandan keyin boshlanadi. Qarishda birinchi navbatda sezgi azolari zaiflashadi, yurak-qon tomirlar sistemasi, hujayra, toqimalar sistemasi faoliyati susayib boradi. Qarish jarayonida organizm chidami- ning susayishi kasalliklar avj olishiga va ularning ancha ogir otishiga sabab boladi. Shuning uchun kasallikning oldini olish barvaqt qarishga yol qoymaslikka yordam beradi. Hozirgi paytda qarish sabablari togrisida yagona fikr yoq, lekin qarishning hujayralar irsiyatiga bogliqligi haqidagi nazariya keng tarqalgan. Keksa odamning psixologik - gigiyenik holatlarini bilish va unga amal qilish, kasallar yashaydigan oilada togri munosabat ornatish kerak. Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham xayrxohlik bildirishidir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular yer yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuygularning ifodalanishi boshqa yoshdagi odamlar tuygusiga oxshamaydi. Shunga javoban yaqin odamlar qariya kayfiyatining ozgarishiga qarab ish tutishlari, uning kayfi buzilganda va tushkunlik holatlarida oz vaqtida shifokorga korsatishlari lozim. Keksalik davrida quyidagi kasalliklar tez-tez bezovta qilib turadi: korish qobiliyatining buzilishlari, quvvatsizlik, char- # chash va ovqatlanishning buzilishi, oyoqlarning shishishi, oyoqlardagi surunkali yaralar, siyishga qiynalish, artrit, miyada qon aylanishining buzilishi, karlik, uyqusizlik va hokazo. Bu kasalliklar davrida bemorlarga orta tibbiyot xodimlari ota xushmuomalalik bilan davolash va parvarishlash ishlarini olib borishlari kerak. Ayniqsa, keksa bemorlar bilan otka- ziladigan shaxsiy mashgulotlar, qanday korinishda bolmasin muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon dori-darmonlaridan kora ularga iliq munosabat, mehr bilan parvarishlash va mehribonlik samarali tasir korsatadi. Har kunlik psixotera- pevtik mashgulotlarda orta tibbiyot xodimi farzand rolini (ogli, nabirasi, chevarasi kabi) maromiga yetkazib bajarsa, ular kasallik nima ekanligini unutadi va tezda oyoqqa turib ketadi. Keksa bemorlar bilan munosabatlar bizning millati- mizga, urf-odatlarimizga, qolaversa, deontologiya tamoyilla- riga asoslangan holda tashkil qilinsa, yanada yaxshi natijaga erishiladi. Bemorlar ozini shifoxonada emas, balki oz uyida- gidek his qilishiga harakat qilish kerak. Har bir tibbiyot xodimi keksa bemorni oz otasi, oz onasi kabi mehr bilan parvarish qilib borsa, bemorning dardi yengil tortib, organizmidan kasallikni tezroq «quvib chiqarish»ga imkon tugiladi. Keksayganda organizmni har tomonlama, ham jismonan, ham ruhan tetiklashtirish uchun togri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Keksa bemorlarning ovqatlanish rejimi, par- hez taomlari ustidan nazorat qilib borish tibbiyot xodimining muhim vazifalaridan biridir. Ularning dasturxonida seryog, yuqori kaloriyali ovqatlar haddan tashqari kop bolmasligi kerak. Qariganda odatdagi uxlatadigan, ogriq qoldiradigan, tinchlan- tiradigan dorilarni, shuningdek, asab sistemasiga tasir qiladigan quyuq kofe yoki achchiq choy, spirtli yoki ota gazlashtirilgan ichimliklar ichish mumkin emas. Keksa yoshda turli muolajalar, faol harakatlar, fizioterapevtik tadbirlar massaj (uqalash), ruhiy tasir korsatish (gipnoz, oz-ozini ishontirish) kabi tadbirlar bemorlarning tezroq shifo topishiga komaklashadi. Keksa bemorlar bilan muloqotda bolganda tibbiyot xodimlari quyidagilarni unutmasliklari kerak: 1. Keksa bemorga iltifot korsatib salomlashish. # 2. Bemorning psixologik holatini togri baholash. 3. Bemorning dardlarini oxirigacha eshitib, keyin javob qaytarishi, javob ham iltifot, hurmatni anglatuvchi ohangda bolishi shart. 4. Bemor diqqatini hayotga qiziqishga, kasallikni unu- tishga qaratish. 5. Muolajalarni ota mohirlik va qunt bilan, ogriqsiz amalga oshirish. 6. Suhbatlashganda uy muhitiga yaqin psixologik holatni vujudga keltirish. 7. Har korganda ijobiy misollar, qiziq voqealar asosida ularni ruhan tetik bolishiga harakat qilish. 8. Bemor palatasiga kirganda yuzidan ishonch, sogayib ketishiga intilish, xush kayfiyat yogilib tursin. 9. Bemor oldiga uni korgani kelgan oga-inilari bilan samimiy xushmuomalada bolish. 10. Keksa bemorni uyiga xuddi ota-bolalardek mehr-oqi- bat bilan kuzatib qolish. Yuqorida bayon etilganlarga amal qilish bilan siz keksa bemorlarni yashashga bolgan qiziqishini orttirib, umrini uzaytirasiz. Binobarin, umrni uzaytirishning juda kop omil- lari bor: bular psixologik, ijtimoiy, ekologik va hokazo. Umu- man aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxs- lararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asabni asrash, barqaror his-tuygu, ham- dardlik, psixik faollik, iroda bolishi zarur. Lekin hamisha ham risoladagidek biz kutgan natijaga erishilavermaydi, bunga quyidagilar sabab boladi: 1. Bemorga etiborsizlik, ahvoli bilan yaqindan qiziqmaslik. 2. Bemorda ishonch uygota olmaslik. 3. Bemorga turli xil tazyiqlar otkazish. 4. Bilar-bilmas notogri maslahatlar berish. 5. Bemorlarga nisbatan «dombogim», «shirinim», «tillo- ginam» singari soxta va bachkana sozlarni ishlatish ularning izzat-nafsiga qattiq tegadi va ranjitadi. Davolash muassasalarida bayon etilgan bu kamchiliklar bartaraf etilsa, bemorlarning shifo topib ketishlari uchun soglom muhit yaratiladi. # RUHIY XASTALAR BILAN MUNOSABATDA BOLISH Òibbiyot fanlarining tez odimlar bilan rivojlanishiga qara- masdan hozirgi kunda ham ruhiy kasallar togrisida tushunmov- chiliklar mavjud. Ruhiy kasallarga nafrat bilan qarash, ularni jamiyatdan chetlashtirish kerak kabi tushunchalarning mavjudligi, har bir kasalxonada psixosomatik bolimlarni tashkil qilish muammosi mavjudligi kundalik davolash muolajalarida psixiatriya yordamini korsatish zarurligini taqozo etmoqda. Xorijiy davlatlarda bu masala hal qilingan. Ruhiy kasallar amaliyotida nafaqat barcha ruhiy kasalliklarni toliq davolash, balki soglom kishilarning garmonik rivojlanishiga yordam beradigan chora-tadbirlarni qollash vazifasi turadi. Har bir davolash muassasasidagi tibbiyot xodimi oz amaliy faoliyatida bemorlar bilan muomala qilganda psixiatrning xizmat doirasiga taalluqli masalalarga duch kelishi tabiiy bir hol. Somatik shifoxonalarda haqiqiy psixotik holatlar nisbatan kam kuzatiladi, vaholanki shaxsning nevrotik buzilishlari kun sayin uchrab turadi. Ixtisoslashgan davolash muassasalarida psixiatr maslahat- chining xizmatidan foydalanishga togri keladi. Shu bilan birga, tibbiyot hamshirasi tibbiyotning qaysi sohasida xizmat qilishidan qati nazar, psixopatologik buzilishlarning asosiy korinishlarini ham, shu ixtisoslikdagi bemorlar bilan munosabatlarning oziga xos tomonlarini ham bilishi shart. Shu tufayli yirik davolash markazlarida psixosomatik bolimlar ochilyapti. Ularning vazifasi somatik kasalliklarni davolash bilan bir qatorda zarur psixiatriya yordamini korsatishdan iborat. Ayrim bemorlar qatiy psixiatrik nazorat olib borilishiga muhtoj boladilar. Bunga ruhiy kasalliklarning oziga xos xususiyatlari sabab boladi. Bu xususiyatlar quyidagilardir: 1) kasallik mohiyatini anglab yetmaslik va psixotik bu- zilishlar bolgani holda davo olishni istamaslik; 2) gallutsinatsiyalar bilan taqib qilish goyalarining mavjudligi; 3) suitsidal (ozini-ozi oldirish) fikrlar va bunga xatti- harakatlar borligi; 4) psixotik holat mavjudligi, bunda es-hush joyida bol- maydi (deliriy, oneyroid, gamginlik kabilar); 5) psixomotor qozgalishlar va beixtiyor harakatlar borligi. #! Bemor ahvoli yaxshilanganida bemor oilasi va qarindoshlari bilan uchrashadi, unga uyiga borib kelishiga ham ruxsat beriladi. U jiddiy bemor bolgandagina jamiyat uchun ham, ozi uchun ham xavfli boladi. Ahvoli yaxshilanganda, u ruhiy shifoxonada ekanligini tushunadi va bundan qayguradi. Ruhiy kasallikka giriftor bolgan bemorlarga tibbiyot ham- shiralarining togri munosabati ijobiy tasir korsatadi. Bemor- larning shikoyatlarini diqqat bilan tinglaganda ular xursand boladilar. Shuning uchun bemor odamga sizning gapingiz notogri, deb xafa qilmaslik lozim. Chunki alahsirash qabi- lidagi xastalik kechinmalari ana shu holatdagi bemorning fikrlari va xulosalaridan iborat, xolos. Hamshiraning vazifasi bemorlar xulq-atvorini va fikr-oylarining oziga xos tomon- larini diqqat bilan kuzatib borishdan iborat. Hamshira bemor- ga bu kuzatishlarini gapirib berishi lozim. Òibbiyot hamshi- rasining xulq-atvori va ozini tuta bilishi bemorga tinchlan- tiruvchi tasir korsatishi lozim. KASALXONADAN ÒASHQARI YORDAM Yordam korsatishning bu turi bemorlarga xizmat korsa- tishda asosiy orinni egallaydi. Kasalxonadan tashqari yordam psixonevrologik dispanserlar, psixiatriya kasalxonalarining dispanser bolimlari, umumsomatik poliklinikalar va kasal- xonalar qoshidagi xonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ruhiy bemorlarga tibbiyot hamshirasining shaxsi ijobiy tasir korsatadi. Bemorlarga tibbiyot xodimlarining, xususan, hamshiralarning diqqat-etibor bilan yaxshi munosabatda bolishi, bemorlarning turli shikoyatlari va sozlarini tinglab qolmasdan, ayni vaqtda ularni tushunishga va tegishli ravishda javob berishga harakat qilishlari bemorlarga yaxshi tasir qiladi. Poliklinikalarda xizmat qiladigan tibbiyot hamshiralari bemorni faqat qabul paytida korib qolmay, ayni vaqtda uning uyiga ham borib xabar oladi, shifokor buyurgan muolaja- larni amalga oshiradi, uning turmush va oilaviy sharoitlari bilan tanishadi. Bu ishlarning barchasi bemorni samarali davolashda qol keladi. Er-xotin, ota-onalar bilan bolalar ortasida kelishmovchiliklar, urush-janjallar sodir bolib tura- digan bazi oilalarda, odatda, asab buzilishlari tez-tez uchrab #" turadi. Bunga aksariyat ichkilikbozlik, giyohvandlik kabilar sabab boladi. Oila azolari bunday illatlarni boshqalarga, ayniqsa, shifokorlarga va huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga oshkor qilmaslikka urinadi. Bu illatlar oilaning nochor hayot kechirishiga, moddiy va psixologik sharoitining yomonlashuviga olib keladi. Bunday hollarda poliklinika, akusherlik punktlarida ish olib borayotgan shifokorlar va tibbiyot hamshiralarining aholi orasida soglom turmush tarzini targib qilish, sanitariya bilimlarini yoyish boyicha tushuntiruv ishlarini olib borishlariga togri keladi. Òurli xil infeksion va boshqa kasalliklarning oldini olish, zararli odatlardan voz kechish, soglom turmush uchun ku- rashishda shaharlar hamda tumanlarda faoliyat korsatib ke- layotgan salomatlik markazlarining ahamiyati katta. Ularda xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlari aholi orasida tibbiyotdagi dolzarb mavzular boyicha maruzalar bilan chiqadilar, kinofilmlar namoyish qiladilar, har xil bosma adabiyotlarini, jumladan, plakatlar va shiorlarni nashr ettiradilar. DORILAR VA BOSHQA VOSITALAR BILAN DAVOLASH Avvalgi bobda psixika shifobaxsh tasir korsatishning kuchli manbayidir, deb aytib otilgan edi. Davoning shifobaxsh ekanligiga bemorning qattiq ishonishi aktiv omil bolib, terapiyaning hamma turlarini amalga oshirishda muhim rolni oynaydi. Kasallarni davolashda xilma-xil dori-darmonlar bilan bir qatorda ayrim fizioterapevtik muolajalar korinishida va sanatoriy-kurort sharoitlaridagi majmualarda har xil fizika- viy usullar ham keng qollaniladi. Shartli reflektor mexanizm- larning fizioterapiya jarayonida shartsiz reflektor mexanizm- larni kuchaytirishi ham, tormozlab qoyishi ham mumkinligi kopdan kop tekshirishlarda korsatib berilgan. Davoni umuman qulay vaziyatda olib borish, tibbiyot xodimining davo muolajasi yaxshi kor qilishiga kasalni ishon- tirishi uning tasirini kuchaytira oladi. Ikkinchi tomondan, kasal davoga salbiy munosabatda bolishi (har xil sabablarga kora), uning shifo berishiga shubha bilan qarashi mumkin. Shu xilda tormozlovchi salbiy tasirlar bolishi davo kuchining susayib qolishiga olib kelishi mumkin. Mashhur nevropatolog ## Sharko tomonidan tibbiyot amaliyotiga kiritilgan «qurolli ishontirish» atamasi ham har qanday davo preparatining, har bir fizioterapevtik muolajaning korsatadigan tasirida turli darajada ifodalanadigan psixoterapevtik komponent bo- lishini hisobga olish zarurligini takidlaydi. Kasallarni davolashda psixik va farmakologik tasirning nisbatini hisobga olib borish, ayniqsa, muhim. Bu orinda ikki asosiy masalani alohida korsatib otish zarurki, tibbiyot- ning turli sohalarida ishlatilayotgan dori preparatlarining soni ancha kopaygan hozirgi davrda ana shu masalalar, ayniqsa, dolzarb bolib qolgan: 1) farmakologik moddalarning odam psixik holatiga tasiri va 2) farmakologik moddalarning odamga uning psixikasi holatiga qarab har xil tasir korsatishi. Davo jarayonining nechogliq naf berishi tibbiyot xodim- larining ham, shuningdek, buyurilgan dorilarni berib turishda va osha dorilarning kasalga qanday tasir qilishini kuzatib borishda shifokorning yaqin yordamchisi bolgan orta malu- motli tibbiyot xodimlarining ham ana shu masalalarni bilib olishiga kop jihatdan bogliqdir. FARMAKOLOGIK MODDALARNING INSON PSIXIKASIGA ÒASIRI Zamonaviy tibbiyotda ishlatib kelinayotgan moddalar- ning bazilari psixik holatni ozgartirish maqsadida juda qa- dim zamonlardan beri qollaniladi. Òarkibida narkotik mod- dalar boladigan osimliklar, masalan, opiy, qoradori boladigan koknori yoki nasha singari osimliklar shirin xayollar surib kayf qilish va ogriqni qoldirish uchun ichilgan hamda che- kilgan. Qadimgi Rim askarlari badaniga belladonna bargla- rini ishqalar, bu esa, ularning jangga kirganida gazabga ki- rishiga sabab bolardi. Choy, qahva, koka osimligining barg- lari kuch bagishlaydigan va tetiklantiradigan moddalar or- nida ishlatilib kelindi. Kayf-u ruhiyatni yaxshilash maqsa- dida ichkilik ichilishi kopchilikka malum. Hozir aytib otilgan moddalarning ijobiy tasirigina emas, balki ular uzoq muddat istemol qilinadigan bolsa, psixikaga halokatli tasir korsatishi ham malum. Ichkilik, narkotik moddalarga haddan tashqari hirs qoyib, shu moddalarni tobora #$ koproq miqdorda istemol qilib turishga organib qolish ogir jismoniy, ruhiy kasalliklarga olib keladi. Bir qancha moddalarning narkotik tasiridan jarrohlikda narkoz uchun foydalaniladi. Narkoz yunoncha uyqu demakdir. Biroq, narkotik moddalar tasiri bilan, dori berib vujudga keltiriladigan uyqu shu qadar qattiq boladiki, murakkab va uzoq davom etadigan opera- tsiyalarni qilishga imkon beradi. Xloroform, efir va boshqa moddalar yordamida qilinadigan narkoz malum. Narkozning xilma-xil usullarini ishlab chiqish bilan bir qatorda XIX asrning oxirlaridan boshlab mahalliy tarzda ogriqsizlantirish uchun koka osimligining barglaridan olina- digan kokain ishlatiladigan bolib qoldi. XX asrda kokain ornini yangi sintetik kimyoviy preparat novokain egalladi. Novokain xilma-xil operatsiyalarda ogriqsizlantiradigan mod- da ornida keng ishlatiladigan boldi. Narkotik moddalar, avvalo, opiy preparatlari (morfin, kodein, pantopon va boshqalar), xloralgidrat tinchlantiruvchi moddalar ornida, shuningdek, uyqusizlik singari juda kop uchraydigan kasallik holatlariga davo qilishda keng rasm boldi. Keyinchalik xuddi shu maqsadda barbiturat kislota unumlari (lyuminal, medinal, nembutal, amital-natriy va boshqalar), shuningdek «barbituratmas» uxlatadigan dorilar noksiron, dimerin ishlatiladigan boldi. Òibbiyot amaliyotida tinchlantiradigan, sedativ moddalar bilan bir qatorda asab sistemasini ragbatlantiradigan moddalar keng qollaniladi. Avvallari choy barglari va qahva donlaridan olingan, hozir esa, sintetik yol bilan hosil qilinadigan kofein, shuningdek, jenshen, yosh bugularning shoxidan olinadigan pantokrin va xususan fenamin shular jumlasiga kiradi. I.P. Pavlov kofein tasirlanish jarayonini kuchaytirishini va shu tariqa tajriba hayvonining i sh qobiliyatini yaxshilashini korsatib beradi. Odamda kofein aqliy ish qobiliyatini ku- chaytiradi, hordiqni yozib, uyquga ehtiyojni kamaytiradi. Songgi vaqtlarda trankvilizatorlar (tinchlantiruvchilar) deb atalgan psixofarmakologik moddalar guruhi tobora keng qollanilmoqda. Bular markaziy asab sistemasi qozgaluv- chanligini susaytirib, ruhiy qozgalishni bartaraf etadi. Shu bilan birga ular yengil mudroqqa sabab boladi, shu munosa- #% bat bilan uxlatadigan dori ornida ishlatiladi yoki uxlatadigan boshqa dorilarning tasirini kuchaytiradi. Mana shu preparatlar orasida birinchi galda aminazin bilan rezerpinni korsatib otsa boladi. Kichik trankvilizatorlar, yani meprobamat, librium va boshqalar jizzakilik, besaranjomlikni kamaytirish uchun, vahima va xavotirlikni bartaraf etish uchun kop ishlatilmoqda. Psixofarmakologik moddalarning boshqa guruhini antide- pressantlar (tofranil va boshqalar) tashkil etadi. Bular kayf-u ruhiyat pasayganda, xususan, ichki shart-sharoitlar munosabati bilan kelib chiqadigan, yani endogen depressiyalarida yaxshi kor qiladi. Psixikani shikastlantiradigan tashqi vaziyatlar tufayli vujudga keladigan psixogen depressiyalarda ular birmuncha sust tasir korsatadi. Òrankvilizatorlar bilan antidepressantlarni ishlatish zamo- naviy psixiatriya bolimlarining qiyofasini tamomila ozgartirib yubordi, bunday bolimlarda besaranjom kasallar soni keskin kamayib qoldi. Antidepressantlar aqliy va emotsional tormoz- lanish bilan birga davom etadigan somatik kasalliklarda ham muvaffaqiyat bilan qollanilmoqda. Simpatomimetik moddalar deb ataladigan preparatlar alo- hida guruhni tashkil etadi, bular psixikaning har xil tarzda buzilishiga sabab boladi. Opiy preparatlari, masalan, morfin, qoradori, kokain tasiri ostida oziga xos psixik ozgarishlar kelib chiqadi, deb yuqorida aytib otilgan edi. Bular kayf-u ruhiyatni kotarib, sarxushlikka, eyforiyaga, odamning shirin xayollar surishiga sabab boladi, faollikni susaytirib, ogriq sezuvchanlikni kamaytiradi. Gallutsinogenlar, yani royirost gallutsinatsiyalarni keltirib chiqara oladigan moddalar bir- muncha kuchliroq ifodalanadigan ana shu xildagi tasirga egadir. Lizerginat kislota dietilamidining tasiri klinika va tajriba sharoitlarida hammadan koproq organib chiqilgan. Gallutsino- genlarni qabul qilish, odatda, koruv gallutsinatsiyalari, bazan odamning vasvasaga tushishi bilan birga davom etadi. Bazi dori-darmonlar katta dozalarda ishlatiladigan bolsa, psixikaning buzilishiga sabab bola olishini aytib otish kerak. Akrixin, atropin, sintomitsin va boshqa moddalar tasiri ostida hayvonlarning yurish-turishlarida odam psixikasining ozga- rishlariga oxshab ketadigan har xil ozgarishlar paydo qilingan. #& Astenik sindrom uchun hayvonning jismoniy jihatdan juda madori qurib, boshashib qolishi xarakterlidir, hayvon goyo mudrab yotgandek bolib korinadi. Katatonik sindrom uchun hayvon harakat aktivligining anchagina kamayishi (harakatsiz bolib qolishi) xosdir. Hayvon suniy ravishda qaysi vaziyatga qoyilsa, osha vaziyatda qotib qoladi va muvozanati buzila- digan bolsa ham shu vaziyatini uzoq saqlab turaveradi. Hay- von goyoki haykal bolib qoladi. Yuqorida farmakologik moddalarning psixikaga bevo- sita, togridan togri korsatadigan tasiriga misollar kelti- rildi. Biroq, shunday moddalar ham borki, ular psixikaga spetsifik tasir korsatmaydigan bolsa ham, psixikani turli yonalishlarda ozgartira oladi. Misollar keltiramiz. Ogir ruhiy kasallik, yani avj olib boradigan falajga davo qilishda hozir har xil antibiotiklar, jumladan penitsillin ishlatiladi. Pe- nitsillin kasallikning infeksion sababchisini oqish spiroxe- tani halok qiladi va shu bilan odam ruhiy salomatligining tiklanishiga olib keladi. Psixikaga haddan tashqari zor kelishi natijasida bazi psixogen kasalliklar, jumladan endokrin bez- lar kasalliklari kelib chiqishi mumkin deb yuqorida aytib otilgan edi. Qandli diabet, gipertireoz va boshqa endokrin kasalliklar kopincha psixikaning aynishi bilan birga davom etadi. Bunday hollarda endokrin sistemani asliga keltiradigan moddalar psixik ozgarishlarni ham bartaraf etadi. FARMAKOLOGIK MODDALARNING INSON RUHIYATIGA QARAB, HAR XIL TASIR QILISHI Klinika kuzatuvlari va maxsus fiziologik tekshirishlar dori moddasi tasirining odam ruhiy holatiga bogliqligidan darak beradi. I.P. Pavlov laboratoriyasida itlar ustida qiziq tajriba- lar otkazilgan. Stanokka qoyilgan itga morfin yuborilib, keyin u uxlatilgan. Morfin yuborish seanslari bir necha marta takrorlanganidan keyin it unga xuddi oshanday sharoitda fiziologik eritma yuborilganidan keyin ham uxlab qolaver- gan. Keyinchalik u xuddi osha sharoitda shpris ninasini sanchishdayoq uxlab qola boshlagan va nihoyat ignali shpris- ning kozga korinishi, itni stanokka joylashtirishning ozi- gina uni uxlatib qoyadigan bolib qolgan. #' I.P. Pavlov buni shartsiz tasir korsatadigan farmakologik modda morfinni organizmga yuborishga aloqador sharoitning hamda elementlariga javoban yuzaga kelgan shartli refleksdir, deb taxmin qildi. Shunday qilib, bir qancha seanslardan keyin sharoitning oziyoq xuddi morfin singari kor qiladigan shartli tasirot bolib qoldi. Chunonchi, bemorga suv berib turib, buni kislota eritmasi yoki ichimlik, deb aytiladigan bolsa, bemorning yuz qiyofasi ozgarib, basharasi bujmaygan. Bordi-yu, bu juda shirin ichimlik, deb aytiladigan bolsa, bemorning qiyofasi ozgarib, mamnuniyat ifoda qilgan. Shifokorning yoki hatto tibbiyot xodimi bolsa ham kasal nazarida ishonch va obro-etibor qozongan odamning ishontirib aytgan gaplari ham xuddi shunday tasir korsatishi, yani ishontira- yotgan odamning sozlariga togri keladigan tasir korsatishi kundalik klinika va hatto turmush tajribasidan malum. Farmakologik moddalar, jumladan, psixofarmakologik moddalar bilan davolashda kasallar jamoasining tasirini hisobga olmoq zarur. Andaksin, melipramin va boshqalar singari bazi preparatning ijobiy yoki salbiy tasir korsatishi kopincha biror guruhdagi faol kasallar («guruh yetak- chilari»)ning shu preparatlarga nisbatan qanday munosa- batda bolishiga bogliq boladi. Farmakologik moddalarning tasiri kasal asab sistemasi va psixikasining ahvoliga kop darajada bogliq bolganligi munosabati bilan yangi dori moddalarni tekshirishda songgi vaqtlarda platsebo usulidan foydalanilmoqda. Platsebo tashqi xossalari, rangi, hidi, tami jihatidan dori moddasiga oxshab ketadigan, biroq tasir korsatadigan asosi bolmaydigan nazoratchi modda. Platsebo effekti hamma moddalarda aks etadi. Bazi odamlarning platseboga javoban reaksiyasi haqiqiy modda tasir effektidan oshib ketishi ham mumkin, boshqa odamlarda reaksiya ancha kuchsizroq boladi. Bu hol tekshirilayotgan odam yoki kasalning tilak-istaklariga va shu munosabat bilan osha effektga ishonishi yoki ishonmasligiga bogliqdir. Yurak siqilishiga mubtalo bolgan xastalarning 38 % da, operatsiyadan keyin qattiq ogriq tutadigan kasallarning 30 % da, dengiz kasalligiga uchragan kishilarning 58 % da platseboga nisbatan musbat effekt bolishi ilmiy adabiyotlarda bayon etilgan. $ Ruhan zoriqish natijasida yuzaga kelgan migren xuruji vaqtida platseboning qanday tasir korsatishiga Volfning asa- rida misol keltiriladi. Mazkur kasalda migren xuruji kongilsiz suhbatdan keyin tutib qolgan. Bosh ogrigi juda avjiga chiq- qan paytda, uning terisi ostiga fiziologik eritma, yani kasallik simptomiga tasir korsatishi lozim bolmagan modda yuborilgan. Shu bilan bir qatorda bazi kasallarda, xususan nevroz bilan ogrib, xavotirlik va vahima holatiga tushib qolgan bemorlarda dori moddalarning ortiqcha dozalari ham ko- pincha kor qilmay qoyishini aytib otish zarur. Masalan, uyqusizlikka uchragan, nevroz bilan ogrigan kasallar ux- latadigan moddalarni odatdagi dozalardan kora, koproq miqdorda ichgandan keyin ham uxlay olmaydi. Medasiga fistula qoyilgan kasal ustida olib borilgan kuzatuv u ba- maylixotir holatda bolgan paytida tasir qiladigan dori mod- dasining hayajonlanib turganida yoki gazablangan paytida hech bir tasir qilmay qoyishini korsatib berdi. Bazi moddalarga odam organib qolib, keyin ularga ruju qiladigan bolib qolishi mumkin deb yuqorida aytib otilgan edi. Bu narkotiklarni suiistemol qilish bilan ifodalanadigan kasallik korinishidagi moyillik narkomaniya deb ataladigan boldi. Narkotik modda istemol qilishga barham berilganida abstinensiya hodisasi vujudga keladiki, bu kokainizm va morfinizmda, ayniqsa, yaqqol ifodalangan boladi. Abstinen- siya hodisalari juda ogir ruhiy va jismoniy ozgarishlar bilan birga davom etib boradi. Odamning emotsional ahvoli oz- garib, konglini gam-u hasrat va xavotirlik bosadi. Sezgilar kopincha chalgiydi. Ish qobiliyati keskin susayib qoladi. Abstinensiya organizmdagi muayyan biokimyoviy ozga- rishlar va bir qancha psixologik omillarning tasirlariga bogliqdir. Bemor narkotik moddaga organar ekan, undan tasalli olish, xotirjamlanish, emotsional tonusni asliga keltirish manbayini topadi. U ana shu manbadan mahrum bolsa, biokimyoviy ozgarish tufayligina azob tortmay, balki psi- xologik jihatdan ham qiynaladi. Giyohvandlikka giriftor bol- gan kopgina kasallar iborasi bilan aytganda, «odam» bolmay qoladi. Shuning uchun narkomaniyalarga davo qilishda $ kasalning psixikasiga, xususan, emotsional holatiga turli psi- xoterapevtik usullar bilan tasir korsatish juda zarur. Alkogol narkomaniyasiga davo qilishda psixikaning roli yaqqol namoyon boladi. Hozir apomorfin, antabus va bazi boshqa moddalar bilan davo qilish korinishida alkogo- lizmga qarshi shartli reflektor terapiya juda keng rusum boldi. Bu moddalarning hammasi kongil aynishi, qayt qilish, yurak faoliyati, nafasning ozgarishi va boshqalar korinishida ota- digan birmuncha sezilarli vegetativ reaksiyalarga sabab bo- ladi. Mana shu moddalarni berish bilan bir vaqtda alkogol ham qoshib istemol qildiriladi. Biroq shu xilda davo qilish bemorning ishonishi yoki ishonmasligi togrisidagi masalani ortadan kotarmaydi, bemorning kelajagi va hayotga munosabatini ozgartirmaydi, narkomaniyaga sabab bolgan ilgarigi shart-sharoitlar tak- rorlanadigan bolsa, bu kasallik yana qaytalanishi oson. Shu munosabat bilan alkogolizm davosi samarali bolishi uchun bu davo bilan bir vaqtda, albatta, bemor uchun qulay bolgan ijtimoiy-psixologik vaziyat yaratish, kasalni qayta tarbiyalash maqsadida psixoterapiyadan foydalanish, unda alkogolni suiis- temol qilishga nisbatan ongli va tanqidiy munosabatni mus- tahkamlab borish kerak boladi. ÒIBBIYOÒ DEONÒOLOGIYASI ÒAMOYILLARI SHAKLLANISHINING QISQACHA ÒARIXI Òibbiyot deontologiyasi (yunon. deontos zarur, lozim bolgan narsa va logos talimot) tibbiyot xodimlarining kasbiy xulq-atvori haqidagi fandir. Deontologiya Osiyo davlatlarida VIIV asrlardayoq tarkib topgan. IV asrlardan boshlab Orta Osiyo hududida zardush- tiylik talimoti kuchayadi. Uning qonun-qoidalari «Avesto» kitobida oz ifodasini topgan. Bu kitobda xususan, axloqiy tarbiya, bola tarbiyasiga doir qarashlar ham bayon etilgan. Shuningdek, uning talimoti uch ifodada: Humata yaxshilik timsoli, Nuhta togri soz, Xvarshita yaxshi xulqlarda mujassamlashgan. $ Mustaqil Ozbekistonimizda deontologiyaning shaklla- nishiga buyuk allomalarimiz Muso al-Xorazmiy, Ahmad al- Fargoniy, Ismoil al-Buxoriy, At-Òermiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoil Jurjoniy, Burhonuddin al-Marginoniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Mahmud Qoshgariy va boshqa buyuk olimlarimiz ozlarining yaratgan nodir asarlari bilan katta tasir korsatishdi. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi olmas asarlari bilan Orta Osiyoda tibbiyotning yuksalishiga ozining bebaho hissasini qoshgan. Abu Ali ibn Sino yaxshilikka olib boruvchi axloq qoi- dalarini rivojlantirishga yordam beruvchi tadbirlar orqali tarbiyani izchil amalga oshirish mumkinligini alohida qayd etadi. Abu Ali ibn Sinoning takidlashicha, «Eng muhim axloqiy boylik adolatdir». Axloqiy tushunchalar aqlga, bilimga asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon va olim bolmasin axloqiy tamoyillarga tayanmasa, u odobsizlik va yomonlikka yol qoyadi. Ibn Sino ozining «Qush tili» asarida ikkiyuzlamachilik, yolgonchilik, xoinlik kabi illatlarni qoralaydi. Inson ustidan har qanday zoravonlikni qoralaydi. Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri ozining yomon axloqiy illatlarini anglab, ularni yoqo- tishga intilishidir. Uning yaxshi xislatlari ichida boshqalarga etibor va gamxorlik bilan munosabatda bolish alohida orin tutadi. Kimki, oz axloqini tarbiyalash uchun oz oldiga qoygan vazifasini bajarib, oz xulqini tuzatishga intilsa, unga hech narsa qorqinchli emas. Kimki, oz xatosini tuzata olsagina, u boshqalarning tarbiyasi haqida gamxorlik qila olishi mumkin. Òibbiyot deontologiyasining asosiy vazifalari quyidagilar- dan iborat: • tibbiyot xodimlari xulq-atvorining davolash samarador- ligini imkoni boricha oshirishga qaratilgan tamoyillarini organish; • tibbiy xizmatdagi noqulay omillarga, hamshira va shi- fokor faoliyatidagi ziddiyatlarga, patologik korinishlarga barham berish; $! • tibbiyot xodimlari bilan bemorlar ortasida ornatila- digan ozaro munosabatlar tizimini organish; • zamonaviy tibbiyot va bemor talabiga javob bermay- digan tibbiyot xizmatining zararli omillarini tugatish. Òibbiyot xodimi bemorlar bilan, oz kasbdoshlari bilan muloqotda sabr-chidamli, samimiy xushmuomalada bolishi, kasbdoshlariga mehribon bolishi lozim. Haqiqatan ham tibbiyot xodimi har kuni ertalabdan kech- gacha qancha-qancha bemorlar, xodimlar bilan muomalada boladi. Uning kayfiyati va ish qobiliyati ana shu muomalaga bogliq. Demak, deontologiya tamoyillari nafaqat tibbiyot xodimlari, balki barcha kasbdagi kishilarga ham taalluqlidir, chunki har qanday bemor tibbiyot xodimi bilan axloq-odob doirasidagi harakatlarni, sozlarni ishlatishi lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy tibbiy muassasalar paydo bola boshladi. Bu muassasalar bemorlarga pulli xizmat korsatadi. Xususiy tibbiy muassasalarda xizmat qiladigan tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalasi, ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Chunki ularga birlamchi murojaat qilgan kishi ushbu dargoh, unda xizmat korsatuvchi xodimlar togrisida oz fikr-mulohazalarini, baholarini berishadi. Shuning uchun ham ularning faoliyatida xushmuomalalik muhim orin egallaydi. Xushmuomala ichki madaniyat- ning ifodalanish shakli, odamlar bilan muomala qilish shak- lidir. Uning negizini kishining oz qadr-qimmatini bilishi va boshqalarni hurmat qilish hissi tashkil etadi. Xushmuo- mala boshqa odamlar bilan munosabatda va ogir-vazmin bolishda, oz izzat-nafsini tiya bilishda, boshqalarning mayl va istaklariga qarshi chiqmaslik, balki hurmat bilan qarashda ifodalanadi. Odob xulq-atvorning shartli ravishda qabul qilingan qoidasi bolib, u odamning jamoat orasida ozini tuta bilishidan dalolat beradi. Bularga ongli ravishda amal qilgan odam boshqalarni hurmat qila oladi. Ularning istak-xohishini tushuna oladi. Odob xulq-atvor borasidagi meyorni his qilish demakdir. Bu xulq-atvor meyori kishilar bilan muno- $" sabatda ziyrak, ehtiyotkor va etiborli bolishga, faqat oz nuqtayi nazaridangina ish korib qolmay, balki boshqa odam- larning fikrini hisobga olib ish korishga asoslanadi. ÒIBBIYOÒ XODIMLARI FAOLIYAÒIDA DEONÒOLOGIYA MASALALARI Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotiga aholini soglomlash- tirishning turli tadbirlari joriy qilinmoqda. Ayniqsa, «Soglom organizm» uchun kurashuvchi «Lemon» dasturi oz tamoyil- lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Òibbiy amaliyotda hamshiraning bajaradigan ishlar kolami shifokorlar baja- radigan ishlar kolamidan kengroqdir. Lekin bu tadbirlarning sifat darajasi qanday? Yakuniy samaradorligi yetarlimi? Faqat buyurilgan muolajalarni bajarish bilan bemorning dardiga davo topib bolmaydi. Buning uchun hamshira bemor psi- xologiyasini, uning muolajagacha bolgan ruhiy holatini ba- holay olishi lozim. Buning uchun hamshira deontologiya tamoyillari haqidagi bilimlarga ega bolishi shart. U shifokor bilan bemor ortasidagi ishonchli koprik bolishi zarur. HAMSHIRA VA BEMOR ORÒASIDAGI DEONÒOLOGIK MUNOSABAÒLAR Hamshiralar kasalxonadan yoki poliklinikadan ishdan qaytgandan song. «Shu bugun juda charchadim», «Juda kop ish boldi» deya, toliqqanliklarini bildirishadi. Haqi-qatan ham ishlari ogir, lekin xizmat joyidagi tartibsizlik charchoqqa sabab bolishi mumkin. Venger olimlari hamshira faoliyati boyicha bir necha onlab tadqiqotlar olib borib, ularni charchatadigan asosiy omil bemorning injiqligi, his-tuyguga berilishi, jizzakiligi sabab bolishiga amin bolishdi. Shuning uchun ham Parasels: «Sevgi va gamxorlik» barcha dori- darmonlardan afzaldir, deydi. Ayrim hollarda hamshiralar bemorlarga gamxorlik, xushmuomalalik qilib, ertasiga xayfsan olishadi. Chunki bemorlardan qay biriga etibor kamaygan bolsa, osha bemor shikoyat qiladi. Lekin u «men hamma ishni qildim-ku», degan fikrda boladi. Haqiqatan yuzaki qaraganda shunday tuyuladi. $# Mehnatkash, har narsaga ulguradigan hamshira bor kuchi va bilimini ishga solib, bemorning konglini topish uchun jami choralarni koradi. Shunday bolsa-da, ish mobaynida u yoki bu darajadagi xafagarchiliklar, kelishmovchiliklar bolib turadi. Ambulatoriya sharoitida bunday holatlar bemor- larning toqat bilan kuta olmasligi, injiqligi hamshira va shi- fokorlar uchun muammolar tugdiradi. Òibbiyot fanlarining rivojlanishi hamshiraning amaliyot- dagi roli ortib borayotganligini korsatmoqda. Endilikda bemorni tarbiyalash hamshiradan yuqori saviyada tibbiy va texnik, psixologik bilimlarga ega bolishni talab qilmoqda. Shuning bilan birgalikda hamshiraning vazifalari har tomon- lama murakkablashib bormoqda. Òurli hisobotlar, bemorlarni turli shifobaxsh ichimliklar va ovqatlar bilan taminlash, yor- damga muhtoj bemorlarni ovqatlantirish, chomiltirish, yotoq joylarini saranjom-sarishta qilish, bemor gigiyenasi bilan bog- liq boshqa topshiriqlarni bajarish ana shular jumlasiga kiradi. Statistik malumotlarga kora, hamshira yuqorida aytilgan ishlarni bajaraman, deb ozining asosiy ishi bemorni par- varish qilishga juda ham kam vaqt sarflaydi. Demak, zamo- naviy tibbiyotda hamshiralarni ikkilamchi vazifalardan ozod qilish, faqat bemorni parvarish qilish uchun sharoit yaratib berish zarur. Hamshira faoliyatidagi kamchiliklardan biri bu hamshiraning oz vazifalarini mexanik bajarishidir. Bunda hamshira ozi bilgancha bemorni parvarish qilish bilan shu- gullanib, harorat olchash, inyeksiya qilish, dori moddalarni tarqatish kabi vazifalarni bajaradi, xolos. Ular bemorga psi- xologik nuqtayi nazardan etibor bermaydi. Uning bemor bilan muloqoti doirasi chegaralanib qoladi. Bu esa hamshira bilan bemor ortasida sovuq munosabatlar yuzaga kelishiga sabab boladi. Natijada, hamshiraning kongil sorashni bilmasligi, etiborsizligi bemorlarning shikoyat qilishlarigacha borib yetadi. Hozirgi zamon tibbiyotiga «hamshiralik ish jarayoni» tushunchasi kirib keldi. Agar bu jarayon tahlil qilinadigan bolsa, uning har bir bosqichi bemor bilan hamshira ortasi- dagi munosabatga borib taqaladi. Hamshiralik ishi jarayoni $$ ilmiy asoslangan, bemorning ehtiyojlariga xizmat qiladigan professional hamshiralik yordamiga asoslangan faoliyat hisoblanadi. Bunda bemorning hamshiraga bolgan ishonchi muhim orin tutadi. Bemor hamshiraga ishonsa, bemor unga ozining ichki kechinmalarini, gam-tashvishini aytadi. Yaxshi hamshira esa undan oz yordamini ayamaydi. Hamshira bu ishonchni oqlashi, bemor sirlarini saqlay bilishi muhimdir. Kopgina hollarda hamshiralar bu fazilatga ega bolmaydi va bemor sirini boshqa bemorlarga yetkazadilar. Natijada, bun- day hamshiralarga bolgan ishonch yoqoladi. Hamshira faoliyatida mish-mishlar, soxta malumot berish, yomon va qopol ohangda gaplashish, bemor bilan hamshira munosabatlarining buzilishiga olib keladi. Bemorlarga hurmat bilan murojaat qilish, ularga namunali xizmat korsatish bemor bilan hamshira ortasidagi muno- sabatni yanada yaxshilaydi. Bunda bemorni tushunish, unga etibor bilan qarash ham ozaro ishonchni mustahkamlaydi. Zero, bemorning aqliy rivojlanganligi, bilimdonligi va shaxsiy fazilatlarini hamshira ish jarayonida organib borishi muhimdir. Shundagina har bir bemorga individual yondashish mumkin boladi. Hamshira bemor dardini, ruhiy azoblarini his qila olishi, uni ozida anglay bilishi hamshira faoliyatining yanada mukamallashganligidan dalolat beradi. Òibbiyot amaliyotida turli tavsifdagi hamshiralarni uchra- tish mumkin. Ayniqsa, milliy urf-odatlarimiz hamshirala- rimiz faoliyatida yaqqol aksini topadi. Ularda mehribonlik, odamiylik, ozgaga hurmat hissi juda yuqori boladi. Quyida shunday hamshiralarga misollar keltiramiz: 1. Vazifalarini mexanik bajaruvchi hamshira hozirgi kunda eng kop uchraydigan hamshiralar sirasiga kiradi. Bu hamshiralar barcha vazifalarni qoida boyicha aniq, oz vaqtida sinchkovlik bilan bajarishadi. Lekin ozi tashabbus korsatmaydi. Bemorning dardiga sherik bolish, uning his- siyotlarini anglash ularga yot. 2. «Yodlab olingan rolni ijro etuvchi» hamshira. Bu hamshi- ralar alohida etiborga loyiqdir. Ular bemorning oldida har $% xil rollarga kirishadi, oz vazifalarini bajarishga harakat qilishadi. 3. «Òajang» hamshira. Bunday hamshiralar oz faoliyatida hissiyotga ota berilgan bolib, bemorlarga qopol, dargazab- lik bilan munosabatda boladilar, tez jahli chiqib tajanglik qilishlari bilan ajralib turadilar. Bu ish faoliyatiga salbiy tasir korsatadi. Bunday hamshira qovoqlari soliq, peshonasi tirishgan, nimadandir norozi korinadi. Ular nevroz holatida ayrim ishlarni bajarishmaydi. Ulardan shunday sozlarni eshitish mumkin: «Nima, men sizlarning chorilaringmi yoki mening oyogim tekinga kelganmi» va h.k. Buning oldini olish uchun psixiatrga murojaat qilish yoki ishdan boshatish choralari koriladi. 4. Erkaksimon yoki kuchli hamshira. Bularning yurish turishi hamma bemor uchun tanish, muomalasi qopol, prinsipial bolsa-da, haq bolishadi. Ularda madaniyat, bilimdonlik yetishmaydi. Lekin ular qattiq eti-qodli, qatiyatli, kechirmay- digan bolishadi. Bemordan tartibli bolishni talab qilishadi. 5. «Onaxon» hamshira. Bunday hamshira bizning kasal- xona, ambulatoriya va poliklinikalarimizda kop uchraydi. Haqiqiy ozbek hamshirasining xususiyatlari shu hamshira timsolida yaqqol namoyon boladi. Ish ular uchun hayotning ajralmas bir bolagi hisoblanadi. Ular hamma ishlarni ba- jarishga ulgurishadi. 6. Mutaxassis hamshira. Bu hamshiralar ozining ayrim shaxsiy xususiyatlariga kora alohida mavqega ega bolishadi. Bunday hamshiralar yaxshi kotiba yoki texnik vazifalarni ba- jara oladigan boladilar. Ular laboratoriyalarda, tibbiy uskuna- lar bilan ishlash joylarida xizmat qilishadi. Bu hamshiralar ozlari bajaradigan ishlardan boshqa ishlarga qiziqishmaydi. Hamshira shaxsi, uning ishlash uslublari, bemorlarga munosabati, bemor bilan ishlashning psixologik usullarini qanday egallaganligi bular, oz-ozidan ravshanki, davo- lovchi tasir korsatadi. Yuqorida keltirilgan vazifalarni ado etish uchun hamshi- ralar doimo izlanishda bolib, oz ustida ishlashlari, bilim- larini tinmay oshirib borishlari kerak. $& VAZIYAÒLI PSIXOLOGIK MASALALAR 1-MASALA On olti yashar Malika tahririyatga yollagan maktu- bida quyidagilarni yozadi: «Ota-onam mening ahvolimga tushunmaydilar! Ular meni yaxshi korishar emish, shuna- qayam yaxshi koradimi? Ular menga doim shubha bilan qarashadi, hamisha kim bilan yurgan eding, qayoqqa bording deb sorashadi, xat- larimni menga bildirmay oqishadi. Qachon qarasang uri- shishadi. Besh baho olib kelgan kunim bir ogiz shirin soz aytishmaydi, shunday bolishi kerak deb hisoblashadi, mabodo uch baho olib qolsam bormi har doim janjal boshlashadi! Nega uch olganimni sorab ham otirishmaydi. Sokishdan toxtashmaydi. Xosh, shuning hammasini yaxshi korishgandan qilishadi deb oylaysizmi?» Savollar: 1. Malika bilan ota-onasi ortalaridagi ozaro nosoglom munosabatlarning sababi nimada ekanligini tushun- tirib bering. 2. Ota-onalar bilan bolalar ortasida soglom munosa- batlar qaror topmogi uchun ota-onalar qanday shaxsiy fazilatlarga ega bolishlari kerak? 2-MASALA Òadqiqotlardan birida sinalayotgan talabalarga elektron taxistoskop orqali 0,02 sekund ichida bir necha kishining yuzi aks ettirilgan fotosuratlar korsatib, shu kishilarga tarif yozish talab qilingan edi. Fotosuratlar birinchi marta korsa- tilganida tadqiq etilayotgan kishilar osha suratdagi shaxslar- ning faqat tashqi korinishlari asosidagina idrok etilgan axborot asosida «erkin» tarif-tavsif berdilar. Fotosuratlarni takroriy namoyish qilish vaqtida ularga izoh berib, bu «guruh yetakchisi (starostasi)», uchinchi korsatishda esa bu «yaxshi ortoq», tortinchi safar korsatishda bular «alochilar» va nihoyat $' beshinchi marta korsatish vaqtida bu «qoloq» deb tariflab turganlar. Shu narsa malum boldiki, barcha hollarda sinalayotgan kishilar bir odamning oziga, yani idrok etilayotgan obyekt- ga har xil tarif berganlar, uni turli ehtiyoj va qobiliyatlarga ega bolgan, oqishga, hayotga nisbatan bir xil munosabatda bolmagan kishi sifatida tariflab berganlar. Savollar: 1. Obyekt sifatida tanlab olingan kishilarga tarif berishda sinalayotganlar shaxsiga xos qanday xususiyatlar hal qiluvchi rol oynaganligini korsating. 2. Inson hayotida, uning voqelikni idrok etishida bu xusu- siyatlar qanday ijobiy ahamiyat kasb etadi? % ÒALABA QUYIDAGILARNI BILISHI KERAK 1. Psixologiya tushunchasini izohlash. 2. Òibbiy psixologiyaning vazifalari. 3. Ruhiy holat, jarayon haqida malumot. 4. Òibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyatini izohlash. 5. Òibbiy psixologiyada qollaniladigan sistema va usullarni izohlash va qollash. 6. Bemor shaxsi, tibbiyot xodimlarining shaxsi, bemor bilan hamshira ortasidagi munosabat, tibbiyot xodim- larining ozaro munosabatlari. 7. Sezgilar haqida malumot bera olish. 8. Ong va uning fiziologik mexanizmi. 9. Sezgi va ong ozgarishlari. 10. Sezgi va ongi ozgarganlar bilan munosabatda bolish. 11. Bilim sohasiga kiruvchi tarkibiy qismlar. 12. Idrok va tasavvur tushunchalari. 13. Xotira va uning mohiyati. 14. Diqqat haqidagi malumotlar. 15. Òafakkur haqidagi tushunchalar. 16. Bilish sohasining turli-tuman kasalliklarda ozgarishi. 17. Emotsiya tushunchasini izohlay olish. 18. Kayfiyat, ehtiros, jazava tushunchalari. 19. Emotsiyaning butun organizm bilan bogliqligi. 20. Emotsiyaning ahamiyati. 21. Bemorning his-hayajon holatiga baho berish. 22. Emotsiyaning turli-tuman kasalliklarda ozgarishi. 23. Iroda haqidagi nazariyalar. 24. Iroda bosqichlari va sifatlari. 25. Òilak, xohish tushunchalari. 26. Istak intilish, tashabbus tushunchalari. 27. Irodaning turli kasalliklarda ozgarishi. 28. Shaxs va odam tushunchasi. 29. Xarakterning asosiy tushunchalari. 30. Mijoz turlari. % 31. Shaxs togrisidagi nazariyalar. 32. Maslakning shakl va sifatlari. 33. Shaxs va kasallik tushunchasi. 34. Shaxs patologiyasi. 35. Bemor shaxsi va tushunchasi. 36. Bemorga ijobiy va salbiy tasir qiluvchi omillar. 37. Hamshira va bemor munosabatlari. 38. Òibbiyot xodimlarining taktikasi. 39. Psixogigiyena tushunchasini izohlay olish. 40. Psixogigiyenaning bolimlari. 41. Hamshira va shifokor psixogigiyenasi. 42. Psixoprofilaktika haqida malumotlar. 43. Psixoterapiya haqida malumotlar. 44. Ambulatoriyada bemorlar bilan munosabatda bolish psixologiyasi. 45. Poliklinikada xizmat korsatish qoidalari. 46. Ambulatoriyada hamshiraning vazifalari. 47. Òerapevtik bemor psixologiyasi. 48. Somatik kasalliklardagi ruhiy ozgarishlar. 49. Bemor ruhiyatiga kasallikning tasiri. 50. Òurli terapevtik bemorlarni davolashda ruhiy taassurot- larning orni. 51. Jarrohlik kasalliklariga uchragan bemorlar bilan munosabatda bolish psixologiyasi. 52. Jarrohlikda bemorlarni ruhiy jihatdan tayyorlash. 53. Operatsiyadan oldingi va keyingi ruhiy ozgarishlar. 54. Yosh bolalar ruhiyatiga kasallikning tasiri. 55. Yoshiga qapab psixoprofilaktika ishlarini olib borish. 56. Akusher hamshiraning vazifalari. 57. Ginekologik bemorlar bilan munosabatda bolish. 58. Hayz davri psixologiyasi. 59. Frigidlik davri psixologiyasi. 60. Òuguruq davri psixologiyasi. 61. Deontologiya tushunchasini izohlay olish. 62. Deontologiyaning asosiy vazifalari. 63. Sorrogeniya va uning bemorga tasiri. 64. Yatrogeniya va uning bemorga tasiri. 65. Hamshiraning asosiy burchlari. 66. Hamshiraning axloq-odobi. % FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR G.I. Ivanov. Umumiy psixologiya. T., «Oqituvchi», 1967. À.À. Ãîðòàíîâ. Ïñèõîòåðàïèÿ. Ì., «Ìåäèöèíà», 1973. Å.È. Ëèõòåíøòåéí. Ïîìíè î áîëüíîì. Ê., «Âûñøàÿ øêîëà», 1978. Í.Â. Êàíòîðîâè÷. Ìåäèöèíñêàÿ ïñèõîëîãèÿ. Ò., «Ìå- äèöèíà», 1979. Å.È. Ëèõòåíøòåéí. Ïîñîáèå ïî ìåäèöèíñêîé äåîíòîëîãèè. M., «Âûñøàÿ øêîëà», 1980. Õàðäè Èøòâàí. Âðà÷, ñåñòðà, áîëüíîé. Ïñèõîëîãèÿ ðàáîòû ñ áîëüíûìè. Áóõàðåñò, 1981. K.K. Platkov, G. Golubev. Umumiy psixologiya. T., «Oqi- tuvchi», 1982. Ì.È. Ðèáîëüñêèé. Èëëþçèè è ãàëëþöèíàöèè. Á., «Ïðîñ- âåùåíèå», 1983. ß.Ë. Êîëîìèíñêèé. ×åëîâåê, ïñèõîëîãèÿ. M., «Ïðîñ- âåùåíèå», 1986. V.F. Matveyev. Meditsina psixologiyasi, etikasi va deonto- logiyasi asoslari. Ò., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 1991. A.I. Shcherbakov. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixo- logiyadan praktikum. T., «Oqituvchi», 1991. H. Uzoqov, E. Goziyev, A. Òojiyev. Oila etikasi va psixologiyasi. T., «Oqituvchi», 1992. E. Goziyev. Psixologiya. T., «Oqituvchi», 1994. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy. Al-Jomi As-Sahih. 4-kitob. T., Qomuslar Bosh tahririyati, 1997. Abu Ali ibn Sino. Urjuza yoki 1326 bayt tibbiy ogit. T., Abu Ali ibn Sino nomidagi nashriyot, 1999. %! MUNDARIJA Sozboshi ............................................................................................ 3 Birinchi bolim PSIXOLOGIYANING UMUMIY MASALALARI. ÒIBBIY PSIXOLOGIYA ASOSLARI I bob. Umumiy psixologiya tushunchasi. Òibbiy psixologiya fani va uning vazifalari Òibbiy psixologiyaning rivojlanish tarixi ...........................................7 Abu Ali ibn Sinoning psixologiyaga oid qarashlari ..........................9 Ruhiy hodisalarning klassifikatsiyasi (tasnifi) ................................. 14 II bob. Òibbiy psixologiyaning amaliy ahamiyati Sorash va suhbat usuli .................................................................... 18 Ikkinchi bolim RUHIY JARAYONLAR I bob. Normal ruhiy jarayonlar va turli-tuman kasalliklarda ularning buzilishlari Sezgining buzilishi ........................................................................... 22 Òibbiyot xodimlarining sezgi jarayoni ozgargan bemorlarni parvarishlashi ................................................................ 23 Ong normada va patologiyada ......................................................... 24 Ong faoliyatining patologiyasi ......................................................... 27 Oneyroid holat ................................................................................. 28 Amentiv holat ................................................................................... 28 Es-hushi kirarli-chiqarli bolib turadigan holat .............................. 28 Somnambulizm holati ...................................................................... 29 Ambulator avtomatizm holati .......................................................... 29 Depersonalizatsiya holati ................................................................. 29 Komatoz holat .................................................................................. 30 Òibbiyot xodimlarining es-hushi aynigan bemorlarga munosabati .................................................................... 31 %" II bob. Bilish sohasi. Idrok haqida malumot Idrok patologiyasi ............................................................................ 31 Idrok etish va tasavvurning buzilishi ............................................... 34 Òibbiyot xodimining tasavvur va idrok patologiyasiga uchragan bemorlarga munosabati .................................................... 36 Xotira jarayoni ................................................................................. 36 1. Esda olib qolish ........................................................................ 36 2. Esga tushirish ........................................................................... 38 3. Esda saqlash va unutish ........................................................... 38 Xotira turlari .................................................................................... 39 Xotira sifati ...................................................................................... 39 Xotiraning buzilishi ......................................................................... 40 Xotirasi buzilgan bemorlarga tibbiyot xodimlarining munosabati ............................................................... 42 Norma va patologiyadagi diqqat ..................................................... 43 Diqqat patologiyasi .......................................................................... 44 Òafakkur haqida tushuncha .............................................................. 45 Analiz va sintez ................................................................................ 46 Òafakkurning sifatlari ....................................................................... 49 Xayol ................................................................................................. 50 Muloqot va uning jihatlari ............................................................... 51 Muloqot turlari ................................................................................. 53 Muloqot shakl (usul)lari ................................................................... 54 Psixologik tasir yonalishlari .......................................................... 55 Òafakkur va aqlning buzilishi ........................................................... 58 Nutq haqida malumot .................................................................... 61 Nutqning buzilishi ........................................................................... 63 Tibbiyot xodimlarining taktikasi ...................................................... 64 III bob. Emotsiyalar Emotsiya haqida umumiy tushuncha .............................................. 64 Emotsiyalar patologiyasi .................................................................. 75 Iroda-harakat jarayonlari ................................................................. 77 Tibbiyot xodimining taktikasi .......................................................... 82 Shaxs muammolari ........................................................................... 84 Temperament va uning tuðlari ........................................................ 89 Xarakter psixologiyasi ...................................................................... 97 Qobiliyat va istedod ...................................................................... 101 Bemor shaxsi va kasallik ................................................................ 107 Hamshira va bemor ....................................................................... 108 %# IV bob. Psixogigiyena va psixoprofilaktika Yoshga oid psixogigiyena .............................................................. 111 Mehnat va talim psixogigiyenasi .................................................. 113 Òurmush psixogigiyenasi ............................................................... 114 Oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi .............................................. 114 Jamoa hayoti psixogigiyenasi ........................................................ 116 Hamshira va shifokor psixogigiyenasi .......................................... 117 Psixoprofilaktika ............................................................................ 118 Psixoterapiya .................................................................................. 118 Maxsus psixoterapevtik uslublar haqida umumiy malumotlar ..................................................................... 120 Uchinchi bolim XUSUSIY TIBBIY PSIXOLOGIYA MASALALARI Turli kasalliklarda bemor bilan munosabatda bolish .................... 132 Òerapevtik bemorlar bilan ishlash .................................................. 134 Jarrohlik klinikasidagi bemorlar psixologiyasi .............................. 137 Bolalar kasalliklarida bemorlar psixologiyasi ................................ 139 Doyalik va ginekologiyada bemorlar bilan munosabatda bolish ....................................................................... 141 Leprozoriylar (moxovxona)da bemorlar bilan munosabatda bolish ....................................................................... 145 Keksalik. Yoshi otgan bemorlarni parvarishlash .......................... 147 Ruhiy xastalar bilan munosabatda bolish ..................................... 152 Kasalxonadan tashqari yordam ..................................................... 153 Dorilar va boshqa vositalar bilan davolash .................................... 154 Farmakologik moddalarning inson psixikasiga tasiri .................. 155 Farmakologik moddalarning inson ruhiyatiga qarab, har xil tasir qilishi ............................................................. 158 Tibbiyot deontologiyasi tamoyillari shakllanishining qisqacha tarixi ................................................................................ 161 Tibbiyot xodimlari faoliyatida deontologiya masalalari ................ 164 Hamshira va bemor ortasidagi deontologik munosabatlar ......... 164 Vaziyatli psoxologik masalalar ....................................................... 168 Talaba quyidagilarni bilishi kerak .................................................. 170 Foydalanilgan adabiyotlar .......................................................... 172 F20 Fayziyev Y.M. Umumiy va tibbiy psixologiya. Tibbiyot kollejlari uchun oquv qollanma (9-nashr). T.: «ILM ZIYO», 2016. 176 b. UOÊ 15(075)+616.89(075) KBK 88.3 ya 723. ISBN ¹ 978-9943-16-339-3 YANGIBOY MANOBOVICH FAYZIYEV UMUMIY VA ÒIBBIY PSIXOLOGIYA Òibbiyot kollejlari uchun oquv qollanma 9-nashr Òoshkent «ILM ZIYO» 2016 Muharrir I. Usmonov Badiiy muharrir Sh. Odilov Òexnik muharrir F. Samatov Musahhih B. Xudoyorova Noshirlik litsenziyasi AI ¹ 275, 15.07.2015 y. 2016-yil 9-sentabrda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 84x108 1 / 32 . «Tayms» harfida terilib, ofset usulida chop etildi. Bosma tabogi 11,0. Nashr tabogi 10,5. 1100 nusxa. Buyurtma ¹ 52 «ILM ZIYO» nashriyot uyi. Òoshkent, Navoiy kochasi, 30-uy. Shartnoma ¹ 28 2016. «PAPER MAX» XK bosmaxonasida chop etildi. Toshkent shahri, Navoiy kochasi, 30-uy. Download 0,49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling