Umum va tib psix p65
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqUmum va tib psixologiya -Y.Fayziyev
OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI ORTA MAXSUS, KASB-HUNAR TALIMI MARKAZI Y.M. FAYZIYEV UMUMIY VA ÒIBBIY PSIXOLOGIYA Tibbiyot kollejlari uchun oquv qollanma 9-nashr Toshkent «ILM ZIYO» 2016 UOÊ 15(075)+616.89(075) KBK 88.3 ya 723 F 20 Oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Ushbu oquv qollanmada umumiy va tibbiy psixologiyaga oid malumotlar umumlashtirilgan. Unda, shuningdek, fanning vazifalari, amaliy ahamiyati, ruhiy jarayonlar, tibbiy xodimlarning ruhiy xastaliklarga chalingan bemorlarga munosabati, etika va deontologiya masalalariga munosib orin ajratilgan. ISBN 978-9943-16-339-3 © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2004-y. © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y. H.M. MAHMUDOV Andijon tayanch tibbiyot bilim yurti direktori, tibbiyot fanlari nomzodi; I.M. ÒURSUNOVA Ozbekiston Respublikasi SSV Oquv-uslub idorasining oliy toifali uslubchisi. Òaqrizchilar: ! SOZBOSHI Hozirgi kunda oliy va orta maxsus talim tizimida davr ruhiga mos oquv adabiyotlari nashr qilinmoqda. Qolingizdagi «Umumiy va tibbiy psixologiya» oquv qollanmasi tibbiyot kollejlari oquvchilariga moljallab yozilgan. Kitob istiqlol ruhi bilan sugorilgan talim va tarbiya masalalarini, tibbiyotdagi ozgarishlar, bozor iqtisodiyotining bemor ruhiyatiga tasir- larini tahlil qilgan holda yaratilganligi bilan etiborga molik. Oquv qollanma uch bolimdan iborat. «Umumiy va tibbiy psixologiya»ning birinchi bolimi tibbiyot psixologiyasining rivojlanishida umumiy psixologiyaning orniga bagishlangan. Unda psixologiyaning nimadan bahs yuritishi, qonuniyatlari, ruhiy jarayonlar klassifikatsiyasi (tasnifi), tibbiy psixologiya organadigan asosiy obyektlar haqida tushuncha beriladi. Ikkinchi bolimda umumiy va tibbiy psixologiyani organish uslublari, tizimlari, orta tibbiyot xodimlarini tayyorlashdagi ahamiyati, ruhiyatining taraqqiyoti, markaziy va periferik asab sistemalarining ruhiy funksiyalarni boshqarish mexanizmlari, rus olimi I. P. Pavlovning ruhiy funksiyalar haqidagi nazariya- siga doir malumotlar beriladi. Ayni vaqtda, ruhiyatning ayrim korinishlari sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq, his, irodani inson ruhiyatining belgi- lari, ong va shaxsning tarkibiy qismi, deb emas, balki, bir butun yagona shaxsning ong korinishlari funksiyalari, deb qaraladi. Oquv qollanmadan shaxsning shaxsiy xususiyatlari, faoliyat turlari, inson fel-atvori, temperamenti, bemorning shaxsi borasidagi malumotlar orin olgan. Uchinchi bolimda xususiy tibbiy psixologiya masalalari yoritilgan bolib, turli kasalliklarda bemorlar va tibbiyot xodim- lari ortasidagi munosabatlar psixologiyasiga, deontologiyaga doir malumotlar bor. " Birinchi bolim PSIXOLOGIYANING UMUMIY MASALALARI. ÒIBBIY PSIXOLOGIYA ASOSLARI I bob. UMUMIY PSIXOLOGIYA ÒUSHUNCHASI. ÒIBBIY PSIXOLOGIYA FANI VA UNING VAZIFALARI Psixologiya voqelikning alohida sohasi bolib, ruhiy hodi- salar, kechinmalarni organadi. Bizning ruhiy hodisalarimizga sezgilarimiz, idrokimiz, tasavvurlarimiz, fikr, his-tuygu va intilishlarimiz kirishi hammaga malumdir. Psixologiya sozi yunoncha psixo (yani, ruh, jon) va logos (soz, ilm) soz birikmasidan tuzilgan. Demak, psixologiya sozini ozbekchaga ogirsak, ruh ilmi manosini anglatadi. Ruhiy hodisalarning butun majmuyi, odatda, psixika sozi bilan ataladi. Psixika bu real voqelikning bosh miyada aks etishi. Psixika ozicha alohida bir olam emas, u organik olam- ning yuksak shakllaridan bolib, faqat hayvonlar bilan odamga xosdir. Odam psixikasi hayvon psixikasidan sifat jihatidan farq qiladi. Odamda psixik hayotning yuksak shakli ong bor. Insondagi psixika uch ruhiy hodisa sifatida namoyon boladi: 1. Shaxsning ruhiy xususiyatlari bu uning temperamenti, xarakteri, qobiliyati va psixik jarayonlarning barqaror xusu- siyatlari, shuningdek, mayli, etiqodi, bilimi, konikmalari, malakasi hamda odatlaridan iborat. 2. Psixik holatlar uncha uzoq davom etmasa-da, lekin ancha murakkab jarayondir. Bunga tetiklik yoki mayuslik, ishchanlik yoki horginlik, serzardalik, parishonxotirlik, yaxshi va yomon kayfiyat va h.k.lar kiradi. 3. Psixik jarayonlar ruhiy faoliyatning murakkabroq turiga kiruvchi oddiy, elementar psixik hodisalardir. Ular juda qisqa vaqt davom etadi. Psixik xususiyatlar, holatlar, jarayonlar ozaro mustahkam boglangan bolib, biri ikkinchisiga aylanishi, otishi, toldi- rishi mumkin. # Psixologiyaning vazifasi ana shu boglanish va munosa- batlarning qonuniyatlarini ochib berishdir. Psixologiya fanining malumotlaridan amaliy maqsadda va avvalo, talim-tarbiya, bemor sogligini tiklash, mustahkamlash va saqlashda, ruhiy tasir korsatishda foydalanmoq uchun har bir tibbiyot xodimi psixikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bilishi kerak. Umumiy psixologiya bir necha psixologiya fanlariga bolinadi: pedagogik psixologiya, yuridik psixologiya, muhan- dislik psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, tibbiy psixologiya va h.k. Òibbiyot sohasidagi barcha masalalar, vazifalar tibbiyot psixologiyasi masalalari bilan chambarchas boglanib ketadi. Òibbiyot psixologiyasi asoslarini organish tibbiyot xodimining vazifasi va burchidir. Òibbiy psixologiya komagida orta malumotli tibbiyot xodimlari va shifokorlar: 1) asab-ruhiy kasalliklar yoki somatik kasalliklar bilan ogrigan bemorlarning ruhiy holati togrisida; 2) bemor psixikasiga somatik kasallikning tasiri togrisida va aksincha, asab-ruhiy ozgarishlarning somatik kasalliklarning otishiga tasiri xususida togri fikr yurita oladilar; 3) somatik kasalliklarning kelib chiqishi, otishi va oqibatla- rida ruhiy omillarning qanday rol oynashini aniqlay oladilar. Òibbiy psixologiya quyidagi mavzularni organadi: 1. Bemor shaxsini. 2. Òibbiyot xodimlarining shaxsini. 3. Òibbiyot xodimlari bilan bemorlar ortasidagi muno- sabatlarni. 4. Òibbiyot xodimlarining ozaro munosabatlarini. 5. Orta tibbiyot xodimlarining shaxsini. Òibbiy psixologiyaning asosiy vazifasi shaxsning kasallikka reaksiyasini va bemorning orta tibbiyot xodimi, shifokor hamda oz yaqin qarindoshlari bilan munosabati xususiyatla- rini organishdan iborat. Òibbiy psixologiya yana quyidagilarni organadi: 1. Kasalliklarning oldini olish va sogliqni mustahkamlashda psixikaning rolini. $ 2. Òurli xil kasalliklarning kelib chiqishi, kechishida, rivoj- lanishida psixikaning roli va ornini. 3. Kasallikni davolash vaqtida psixikaning holatini. 4. Òurli kasalliklarda roy beradigan ruhiy ozgarishlarni va ularning oldini olishni. Òibbiy psixologiyaning maqsadi bemorga uning shaxsiga oid individual xususiyatlarni hisobga olgan holda shubhasiz terapevtik samara beradigan usullarni topib yondashishdan iboratdir. Mustaqil mamlakatimiz tabobatining asosida bemor psixi- kasiga ozor beradigan turli tasirotlardan, jumladan, somatik kasalliklarga aloqador tasirotlardan saqlab borib, bemorni imkoni boricha, avaylash va unga insonparvarlik, mehribonlik, shirinsuxanlik bilan muomala qilish tamoyili yotadi. Bemorning ruhiy holatiga togri baho bera bilish va unga tasir korsatish uchun tibbiyot xodimi tibbiy psixologiya asoslarini bilishi shart. Òibbiy psixologiya psixoprofilaktika, psixoterapiya, psixo- gigiyena kabi dolzarb masalalarni ham organadi. Òibbiyot psixologiyasi bemor odam kasalliklarining kelib chiqishiga, kechishiga va oldini olishga aloqador bolgan psixik faoliyat- ning turli tomonlarini tekshiradi. Òibbiy psixologiyaning tek- shirish uslublari quyidagilar: kuzatish metodi, eksperiment metodi, sorab-surishtirish va suhbat metodi, tarjimayi holini tekshirish metodi, faoliyat samaradorligini tekshirish, testlash, kompyuter asosida aniqlash, anketalash. Barcha tibbiyot fanlari singari tibbiy psixologiya ham ikki qismdan iborat: 1. Umumiy tibbiy psixologiya. 2. Xususiy tibbiy psixologiya. Umumiy tibbiy psixologiya bemor shaxsini, orta tibbiyot xodimlari shaxsini, ularning ozaro munosabatlarini, umu- miy qonuniyatlarini organadi. Xususiy tibbiy psixologiya esa, bemor shaxsini, tibbiyot xodimlari shaxsini, ularning ozaro munosabatlarini aniq tib- biy fanlar va sohalar yordamida organadi. Masalan, jarrohlik, pediatriya, gigiyena, terapiya, asab-ruhiy kasalliklar, geron- tologiya, sanitariya va h.k. fanlar yutuqlaridan foydalanadi. % ÒIBBIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH ÒARIXI Òibbiy psixologiyaning alohida fan bolib ajralib chiqishi psixologiya fanining rivojlanish tarixi bilan bogliq. Psixologiya fani qadimiy fanlardan biri bolib, bundan 2,5 ming yil ilgari jon, ruh haqidagi talimot sifatida vujudga kelgan. Kishining psixikasi haqidagi talimotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384322-yillar) «Jon haqida» kitobida bayon qilgan. Shu sababli, Aristotel alohida fan bolgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining otasi deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari boyicha oz qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tana bilan uzviy boglangan, deb hisob- laydi. «Ruh, deydi u, oz tabiatiga kora hukmron asos- dir, tana esa, tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342271-yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukretsiy Karr (9995-yillar) psixologiya fanining rivojlani- shiga oz nazariyalari bilan hissa qoshdilar. Lukretsiy psixik hodisalarning tanaga bogliqligini tajribada asoslab berdi. U «aql ham tana bilan birga osadi va sonadi, aql ham tana singari kasallikka duchor boladi, mastlik natijasida xiralashadi», de- gan va shunga oxshash dalillar keltirgan. Psixologiya fanining rivojlanishida Ch. Darvinning evolu- tsion nazariyasi nihoyatda katta ahamiyatga ega boldi. Ruhiy jarayonlarning evolutsion rivojlanish dinamikasida tashqi muhit hal qiluvchi tasir korsatadi. E. Gekkel «bilimdon va fikrlaydigan kishilardan birortasi ham psixologiyaning asoslarini faqat asab sistemasining fiziologiyasidan izlash kerakligiga shubhalanmasa kerak», degan edi. Falsafa va tabiatshunoslikdagi umumiy yonalish tasirida psixologiyada ham psixik hayot hodisalarini organishda genetik prinsip qaror topadi. XIX va XX asrdagi psixologiya bu, asosan, empirik psixologiya. Psixologiyada XVII asrda paydo bolgan yonalish XIX asrda va XX asrning boshlarida oz taraqqiyotining eng yuqori choqqisiga kotarildi. Empirik psixologiya bir butun fan emas edi. Bu psixologiyaning ichida bir qancha yonalish & va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashhur va muhimlari assotsiatsizm, intellektualizm, volyun- tarizm, geshtaltpsixologiya va freydizmlar edi. Bu nazariya- lardan ayrimlari hozirgi kunda ham mavjud bolib, oz taraf- dorlariga egadir. Masalan, freydizm nazariyasining asoschisi Zigmund Freyd (18561939) talimotiga kora, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan tugma, ongsiz mayldir. Psixologiyaning rivojlanishida Veber va Fexner psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish boyicha oz hissalarini qoshdilar. Eksperimental psixologiya taraq- qiyotida, ayniqsa, kimyo, fiziologiya va psixologiya sohasida Vilgelm Vund (18321920)ning ishlari katta ahamiyatga ega boldi. Vund psixologiya uchun klassik metodlar bolib qolgan kuzatish, ifodalash va reaksiya metodlarini kashf etdi. Vund 1879-yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi. Oradan kop otmay, 1881-yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya institutini tashkil qildi. XIX asrning oxirida Rossiyada Òokarskiy, Bexterev, Lan- gerlar, 1911-yilda Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya laboratoriyasi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalari: hayvonlar psixo- logiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixo- logiyasi maydonga keldi. XX asrning boshlarida Germaniyada Vyursburg maktabi psixologiyasi deb atalgan alohida yonalish paydo boldi. Bu yonalishning vakillari O. Kyulne (1862 1915), K. Byuller (18791902) va boshqalar bolib, assotsiativ psixologiyani tanqid qilib chiqdilar. Otgan asrning 20-yillariga kelib psixologiya, xususan tibbiy psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga E. Krechmer (18881964) yaratgan nazariya katta tasir korsatdi. U «Òibbiyot psixologiyasi» nomli asar yozib, unda ruhiy ozgarishlar, buzilishlar haqida malumot berdi. Krechmer tibbiyot psixologiyasida va psixoterapiyada konstitutsion-biologik yonalish tarafdorlaridan bolib, shaxs- ning shakllanishida tashqi muhitning tasiriga yetarlicha baho bermadi va tugma konstitutsion omillarga haddan tashqari kop ahamiyat berdi. ' Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atoqli namoyan- dasi I. M. Sechenovning (18291905) mashhur asari «Bosh miya reflekslari» 1863-yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar, degan edi u, bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bolgan hodisa- lardir». I.M. Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, talimotini ilgari surdi. I.M. Sechenovning davomchisi I. P. Pavlov oliy asab faoliyati fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy qonuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi. ABU ALI IBN SINONING PSIXOLOGIYAGA OID QARASHLARI Abu Ali ibn Sino oz davrining barcha fanlari sohasiga, jumladan, psixologiyaga ham katta etibor bergan olimdir. Abu Ali ibn Sinodan ilgari otgan bir qancha olimlar: Yaqub bin Isaak al-Kindi, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Roziy va boshqalar psixologiya masalalariga qiziqishgan. Ular psi- xologiyaga doir maxsus asarlar yozgan bolsalar ham ozlari- ning falsafaga oid asarlarida psixologiyaga oid turli xil muam- molarni hal qilishga harakat qilganlar. Abu Ali ibn Sino- ning ilmiy merosini organish shuni korsatadiki, buyuk mutafakkir psixologiyaga doir masalalar bilan koproq qiziq- qan va maxsus asarlar yozib qoldirgan, jumladan, «Jon togrisida risola» («Risola fi-al-nafs»), «Psixologiya togrisida risola» («Risola dar revanshinosi»), «Òushni yoyish kitobi» («Kitob al-tabir»), «Jon ruh haqida kitob» («Kitob al-muh- jat»). Bulardan tashqari, Ibn Sinoning kopgina yirik falsafiy tibbiy asarlarida «Òib qonunlari» («Kitob al-qonun fit-tibb»), «Shifo beruvchi kitob» («Kitob an-najot») va «Donishno- ma»da psixologiyaga doir alohida bolimlar mavjuddir. Psixologiya masalalariga taalluqli muammolarni tartibga solib, birinchi marta maxsus asar yozgan yunon olimi Aristotel edi. Shuning uchun ham uni qadimgi Yunonistonda psixolo- giyaning asoschisi, deb atashadi. Ibn Sino ham Sharqda orta asr sharoitida psixologiyaga doir masalalarni sistemalashtirdi va maxsus asarlar yozdi. Shuning uchun ham biz Ibn Sinoni Sharqda psixologiyaga asos solgan olim, deb ayta olamiz. Abu Ali ibn Sinoni psixologiya masalalarini yoritishga qiziqtirgan omil, birinchidan, ozidan ilgari otgan sharq mamlakatlari olimlari yozib qoldirgan asarlarni organishga havas qoyganligi bolsa, ikkinchidan, antik dunyo olim va faylasuflarining tasiri ham rol oynadi. Chunki Aristotel Abu Ali ibn Sinoning falsafada «birinchi oqituvchisi» edi. U Aris- totelning «Jon haqida»gi asari bilan yaxshi tanish bolgan. Uchinchidan, Abu Ali ibn Sinodan uning tibbiyot sohasida olib borgan ishi kasallarni har tomonlama kuzatish, odam anatomiyasini, fiziologiyasini, shuningdek, odamning asab sistemasini yaxshi organishni talab etardi. Shuning uchun ham har xil kasalliklarni davolash jarayonida kishilarning psixik xususiyatlarini eksperimental, amaliy bilish zarur bolib qolgan. Òortinchidan, Abu Ali ibn Sinoning psixologiya bilan qiziqishining yana bir sababi psixologiya yosh avlodni oqitish va tarbiyalash masalalarini samarali hal qilishga katta yordam berishini u anglagan edi. Abu Ali ibn Sinoning psixologiya sohasidagi talimoti uning tirik organizmdagi hayotiy biologik jarayonlarni tushuntirishida yaqqol korinadi. Buyuk olim ozining psixologiya sohasidagi risolalarida qanday masala yuzasidan ilmiy tekshirish ishi olib borilmasin, avvalo, osha tekshirilayotgan obyekt mavjudmi yoki yoqmi shuni aniqlash kerakligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino, agar har qanday narsa va hodisa ichki yoki tashqi sabablar bilan harakatga keladigan bolsa, demak, insonning yashashi va harakatida ham biror sabab bolishi kerak, bunday sabablardan biri «ruhiy quvvatdir», deb kor- satadi. Aristotel kabi, Abu Ali ibn Sino ham odam tanasi va «ruhiy quvvatlar» materiya bilan shaklan bir-biridan ajralma- gan holda mavjud ekanligini takidlaydi. Shuning uchun ham Abu Ali ibn Sino psixik faoliyat bilan odam salomat- ligining bir-biriga tasir etish kuchi qanchalik katta ekanligini isbot qilishga harakat qiladi. Bu sohada u mavhum fikr yuritish bilan chegaralanib qolmay, balki kuzatishlarga tayanib, hayvonlar ustida oddiy, ammo asosli tajribalar otkazdi. Kishi ruhiy holatlarining organizmiga tasiri har qanday ruhiy jarayonning fiziologik asoslari bilan bogliq ekanligini, organizmga tashqi muhitning tasiri katta bolishini isbotlash uchun Ibn Sino ikkita qozi olib, ulardan birini och bori yaqiniga boglagan, ikkinchisini esa boriga korsatmay, oddiy, tinch sharoitda saqlagan. Har ikkisiga ham bir xil miqdorda, hatto tarozida tortib ozuqa bergan. Kop otmay boriga yaqin boglangan qozi borining hamlalaridan uzoq vaqt qorqqanidan juda ham ozib ketgan va yaxshi boqilishiga qaramay, kasallikka uchrab olgan. Oddiy sharoitda saqlangan qozi esa, kundan kun semirib, tetik yashay bergan. «Instinkt, deydi Abu Ali ibn Sino, shunday quvvatdirki, bu hayvon ongida mantiqsiz vujudga keladi...», insonga esa ongli, mantiqan fikrlash xosdir. Miya kishining fikrlash azosidir. Shuning uchun ham Ibn Sino miya «seziluvchi suratlarni idrok qiladi yoki saqlaydi..., xayolda saqlangan suratlarni jamlab yoki bolib ish yuritadi va shuning bilan birga sezgi orqali kelgan suratlarga oxshagan turli suratlarni vujudga keltiradi», deydi. Abu Ali ibn Sino odam asab sistemasining tuzilishiga doir tasavvurlarga asoslanib, asablarning boshlanish joyi bosh miya bolib, organizmning barcha azolariga tarqaladi va shu tufayli odam tashqi olamdan boladigan tasirotga javob qaytarish qobiliyatiga ega bolishini yaxshi tushungan. Kishiga tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning tasir etishi, avvalo, sezgilar orqali vujudga keladi, deb uqtiradi va asosan besh sezgi (korish, eshitish, hid bilish, maza va teri-tuygu) borligini, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida toxtalib, har qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib boradigan markazi borligini ishonch bilan bayon etadi. Abu Ali ibn Sino insonning fikrlash qobiliyatiga, xayol- xotirasi va iroda sifatlariga yuqori baho beradi va bu psixik jarayonning bir-biri bilan mustahkam bogliq ekanligini anglaydi. Òafakkurning kuchi shundaki, uning yordamida hodisa va voqealarni bir-biriga chogishtirish, abstraksiyalash bilan haqiqatni yolgondan ajratish mumkin, xotira yordamida esa idrok qilingan narsa va hodisalar kishi ongida mustahkam ornashib qoladi va idrok qilingan bir obyektni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi. Xayol kishi ongida obyektiv voqelikning aks ettirilishidir, degan fikrlarni bayon etish bu sohada Ibn Sinoning qarashlari naqadar togri bolganidan dalolat beradi. Abu Ali ibn Sino ozining ilmiy tadqiqot ishlarida psixik hodisalarni ayrim-ayrim tekshirgan bolsa ham, ular orasida uzviy boglanish borligini tushungan: «Xotira tomonidan qa- bul qilingan hodisalar xayolga otadi va u tafakkurga otka- zadi, tafakkur esa, hodisalarning togri yoki notogri ekan- ligini aniqlab, xotiraga otkazadi. Kerak bolib qolganda unga murojaat qilinadi». Bu orinda olimning xayol va xotira tafakkurga tobe, boshqa psixik jarayonlarni aniqlashda u nazorat qilib turadi, degan fikrni bayon qilayotganini yaqqol korib turibmiz. Demak, kishi faoliyatida tafakkur hal qiluvchi rol oynaydi. Abu Ali ibn Sino kishi mijozi togrisida fikr yuritar ekan, kishilarning yoshi va jinsini ham hisobga olish kerakligini korsatdi. U kishilarning yoshini umuman tort qismga boladi: 1. «Osish yoshi», bu osmirlik, deb ham ataladi. Bu davr ottiz yoshgacha davom etadi. 2. «Osishdan toxtash yoshi» yoki navqironlik davri. Bu ottizdan ottiz beshga yoki qirq yoshgacha bolgan davrni oz ichiga oladi. 3. «Chokish yoshi», yoshi qaytganlik davri bolib, bu olt- mish yoshgacha davom etadi. 4. «Kuchsizlik bilan birga keksalik yoshi», bu inson umri- ning oxirigacha choziladi qarilik yoshidir. Abu Ali ibn Sino ozining psixologiya sohasidagi chu- qur bilimini amaliy tibbiyotda ham qollanganligini va katta muvaffaqiyat qozonganligini koramiz. Buyuk olim tog- risida Sharq va Garb mamlakatlari xalqlari ortasida juda kop hikoyalar yuradi. Bunday hikoyalarning birida quyidagi voqea bayon etiladi. Mashhur kishilardan birining ogli qattiq kasal bolib qo- ladi. Otasi barcha tabiblarni chorlab qaratsa ham yigit hech tuzalmaydi, uning ahvoli borgan sari ogirlashaveradi. Ahvol shu darajaga borib yetadiki, yigitdan barcha qarindosh- ! uruglari umidlarini uza boshlaydilar. Bir kuni uning otasiga: «Buxoroda Abu Ali ibn Sino degan zor tabib bor, oglingni faqat osha davolay oladi, agar u ham tuzata olmasa, ogling shifo topmaydi», deyishadi. Ota xasta oglini olib, Buxoroga keladi. Ibn Sino kasalning tomirini ushlab koradi, rangiga diqqat bilan qarab, yigitning oshiqligini anglaydi. Lekin u yigitga hech narsa demaydi, chunki sirni oshkor qilsa, u uyalganidan sirini yashirgan bolar va oqibat-natija yaxshilik bilan tugamas edi. Muazzam tabib kasalning otasiga shunday deydi: Siz qoshnilaringizdan bir bilimdon kishini ayttirib kelsangiz, u kishi juda dilkash va shirinsuxan bolsin. Men u bilan har xil voqealardan gaplashib otiraman, oglingiz shu bilan tuzalib ketadi. Ota shunday kishini darrov topib keladi. Keyin Ibn Sino yigitning tomirini ushlab, bilimdon kishidan turli shaharlar tarifini soraydi. Gap Òabriz shahri haqida ketganda, yigit- ning tomiri qattiq ura boshlaydi. Shunda Ibn Sino yigitning sevgani tabrizlik qiz ekanini payqaydi. Keyin u bilimdon ki- shidan Òabriz mahallalari va kochalarining nomlarini so- raydi. Bilimdon kishi yigitning mashuqasi turadigan ma- hallani tilga olganda, uning tomiri yana ham qattiqroq ura boshlaydi. Shundan song, bilimdon tabib dono kishidan osha mahallada yashaydiganlarning ismlarini soray bosh- laydi. Bilimdon kishi qizning otasi nomini tilga olganda, to- mirning urishi yanada zorayadi. Abu Ali ibn Sino qizning shu oiladan ekanini payqab, oila azolarining ismlarini so- raydi. U kishi qizning ismini aytgan vaqtida yigitning tomiri shunday tez urib ketadiki, olishiga sal qoladi. Buyuk olim yigitning osha qizni yoqtirib qolganiga batamom ishonadi va otasiga qarab: «Òabrizga borib, oglin- gizni falon kishining qiziga uylantirib qoying, shunday qil- sangiz, oglingiz tez sogayib ketadi», deydi. Ota uning ayt- ganini bajo keltiradi, yigit batamom sogayib ketadi». Abu Ali ibn Sino psixologiya sohasidagi kopgina ilgor va haqqoniy fikrlari bilan psixologiya fanining keyingi taraq- qiyotiga katta hissa qoshgan. " RUHIY HODISALARNING KLASSIFIKATSIYASI (ÒASNIFI) Ruhiy hayot turli-tuman hodisalarda namoyon boladi. Ruhiy hayot hodisalarida ruhiy jarayonlar, ruhiy mahsullar va ruhiy holatlar farq qilinadi. Psixik jarayonpsixik hodisaning qonuniy, ketma-ket ozgarishi, uning bir bosqich yoki fazadan ikkinchi bosqich yoki fazaga otishi. Psixik mahsullar psixik jarayonlarning natijasi. Bularga sezgi, idrokning obraz (timsollari), tasavvurlar, muhokamalar, tushunchalar shaklidagi subyektiv psixik mahsullar kiradi. Yoqimli va yoqimsiz tuygular, tinchlik, farogat, hayajon- lanish va mayuslanish, uygoqlik va uyqu holatlari, dadillik va taraddudlanib qolish holatlarini boshdan kechirish psixik holatlarga kiradi. Òurli xil psixik hodisalarni bilish, emotsional soha va iroda deb uchga bolish ilgaridan malum. Odam ongi faoliyatida zohir boladigan ana shu turlar psixik funksiyalar deb ataladi. Bilish hodisalari, boshqacha qilib aytganda, aqliy, intellektual jarayonlar, deb ataladi. Sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq bilish jarayonlari qatoriga kiradi. Sezgi muayyan paytda koruv, eshituv, tuygu, hid bilish, tam bilish va boshqa shu kabi azolarimizga tasir etib turgan narsalardagi ayrim xossalarning aks etishidir. Masalan, oq- qizilni, shirin-achchiqni, ogir-yengilni sezamiz. Inson zoti oz rivojlanish jarayonida uni orab turgan olamni sezgilar yordamida idrok etadi. Sezgilar tashqi olam hodisalari va organizmning ichki holatlari sezgi azolari yoki analizatorlarga tasir qilganda vujudga keladigan eng oddiy psixik jarayon hisoblanadi. Sezgilar narsalar va hodisalarning ayrim xossalarini aks ettiradi, xolos. Chunonchi, koz ongi- mizdagi apelsin mevasidan turli xil sezgilar tuyamiz. U yuma- loq, yumshoq, tarang, sovuq, zargaldoq rang. Bu ayrim sezgilar yigindisidan bir butun narsa idrok etiladi, buni biz «Bu apelsin», deb ifodalaymiz. Binobarin, idrok nar- saning bizning ongimizdagi inikosi, aks etishi. Biroq, idrok sezgilarning oddiy yigindisi emas, sezgilar ham, idrok # etiladigan narsalar ham narsa bizning sezgi azolarimizga bevosita tasir qilgandagina vujudga keladi. Xotira. Narsa va hodisalar hamda ular xossalari, sezgi va idrok orqali hosil bolgan obrazlar nom-nishonsiz yoqolib ketmaydi, ular miyamizga ornashib, saqlanib qoladi va qulay sharoit bolganda yana esimizga tushadi. Odam har qanday idrok etilgan narsani, har qanday kechinmani, har qanday tasirotni bu voqealarning izlari kori- nishida qisqa yoki uzoq vaqtgacha xotirasida saqlab qolishi mumkin. Biz sozlar va sozlar yigindilarini, shuningdek, tasavvurlarimizni eslab va xotiramizda saqlab qolamiz. Soz va timsol (obraz) xotiraning asosiy turlari hisoblanadi. Xoti- raning uch funksiyasi mavjud: eslab qolish, materialni saqlash va uni yodga tushirish yoki reproduksiya. Sezgi azolari yoki, aniqrogi, analizatorlar odamga tashqi olamni va uning O Z organizmi holatini ifodalaydigan turli- tuman sezgilarni aks ettiradi. Shunday qilib, olamni bilish sezgilar va idrok etishdan boshlanadi. Ilgari idrok etilgan narsalarning ongimizda joylanishi tasavvur, deb ataladi. Xayol. Narsa va hodisalarning idrok orqali miyamizda hosil boladigan obrazlardan tashqari, ozimiz bevosita idrok etmagan narsalar haqidagi tasavvurlar ham miyamizdan katta joy oladi. Masalan, Marsdagi hayot togrisidagi tasavvurlar. Òafakkur. Idrok va tasavvurlarimizda aks etadigan narsa tafakkurda taqqoslanadi, tahlil qilinadi va umumlashtiriladi. Òafakkur voqelikning umumlashtirilgan, bevosita va eng toliq hamda eng aniq yigindisidir. Nutq fikrlarimizning til vositasida shakllanishi va ifodalanishi. Kishilar til vositasida ozaro muloqotda boladilar. Diqqatongimizni ozimiz idrok etayotgan, tasavvur qilayotgan, fikr yuritayotgan va aytayotgan narsamizga qara- tish, bir nuqtaga jamlash demakdir. Psixik faoliyatning muayyan yonalishda bolishi, odam ongining narsalar va hodisalarni saralab idrok etishga qara- tilganligi diqqat, deb ataladi. Diqqatning fiziologik negizi bosh miya postlogining muayyan sohalarida optimal qozgaluvchan $ ochoqlarda qozgalishning toplanishidir, bu vaqtda postloq- ning boshqa sohalari tormozlanish holatida boladi. Diqqat ixtiyoriy va beixtiyor turlarga bolinadi. Agar ong yonalishi va bir joyga jamlanmaganligini odamning irodasi taqozo qilmaganda beixtiyor diqqat togrisida fikr yuritiladi. Bunday diqqat yuzaga kelishida odamning odatlari, qozga- tuvchining organizm ichki holatiga mos kelishi, muttasil bir narsani kutish va h.k.lar muhim orin tutadi. Beixtiyor diqqat negizida, albatta, moljal olish refleksi yotadi, u yangidan paydo bolgan qozgatuvchiga javob berishga hamisha tayyor bolib turadi. II bob.ÒIBBIY PSIXOLOGIYANING AMALIY AHAMIYAÒI Psixologiya tibbiyot bilan qadimdan chambarchas bogla- nib keladi. Kasalliklar orasida psixik kasalliklar guruhi ham boladi. Bunday kasalliklarni ham, asosan, psixologik vosi- talar bilan davolashga togri keladi. Orta tibbiyot xodimi, shifokor bemorning ruhiy holatiga togri baho berish uchun, avvalo, odamning normal psixologiyasini bilishi kerak. Barcha tibbiyot xodimlari, shu jumladan, orta tibbiyot xodimlari ham bemorga ruhiy tasir korsatish vositalarini: ishontirish, maslahat berish va u bilan muomala qilish yollarini puxta bilishlari kerak. Òibbiy psixologiya eng yosh, rivojlanib kelayotgan fanlardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib tibbiy psixologiya juda kop qimmatli ilmiy malumotlar topladi. Bu toplangan malumotlar somatogen va psixogen kasalliklarning oldini olish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun tibbiyot xodimlarining ruhiy holatlarini organish, soglom muhitli jamoani tashkil qilish asosida tibbiy xizmatni yaxshilash kabi masalalar yechimini topishga ancha komaklashmoqda. Òib- biy psixologiya tibbiyotning barcha sohalari va bosqichlari uchun amaliy ahamiyatga egadir. Chunki bemorning ruhiy jihatdan tetikligini taminlamasdan turib, uni samarali da- volashga erishib bolmaydi. % Òibbiy psixologiya bemor psixikasini chuqurroq organish maqsadida kuzatish, eksperiment, suhbat, tarjimayi holini organish usullari bilan bir qatorda bir qancha test tizimlaridan foydalanadi. Kuzatish metodi. Psixik hodisalar hayotda, yani tabiiy sharoitlarda odamning turli-tuman faoliyatida qanday kori- nishda voqe bolsa, osha korinishda kuzatish metodining yordami bilan organiladi. Kuzatish metodi ikkiga bolinadi: a) tashqi, b) oz-ozini kuzatish yoki ichki kuzatish. Òashqi kuzatish. Bu usul tibbiy psixologiyada keng qollaniladi. Shifokorlar va orta tibbiyot xodimlari bemor- larning ruhiy holatlarini tashqaridan kuzatib boradilar. Ku- zatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bi- lan psixik hayotning sezgi azolarimiz bevosita seza oladi- gan, ozimiz bevosita idrok qila oladigan dalillar aniqlanadi va tasvirlanadi. Kuzatish metodi psixik hodisalarni faqat tas- vir etish bilan cheklanib qolmay, balki shu hodisalarni tu- shuntirish, yani ularning tevarak-atrofdagi muhitga, tar- biyaga, odamning faoliyat turiga, organizmning umumiy ah- voliga va nerv sistemasining holatiga bogliq ekanligini is- botlash imkonini ham beradi. Eksperimental metod. Psixologiyada eksperimentning ikki turi: laboratoriya eksperimenti va tabiiy eksperiment tafovut qilinadi. Laboratoriya eksperimenti. Uning mohiyati shundaki, tekshiruvchi kishi tekshiriladigan ruhiy hodisani qachon kerak bolsa, osha vaqtda ataylab vujudga keltiradi. Bunda tekshi- rilayotgan ruhiy hodisa tabiiy sharoitda birgalikda sodir bo- ladigan boshqa psixik hodisalar eksperiment mobaynida ozgartirilishi, boshqa psixik hodisalar bilan muayyan bir tarzda boglanishi, kuchi, tezligi, hajmi va boshqa shu kabi jihatlari olchab korilishi mumkin. Bu metodning yutugi shundaki, bunda psixik hodisalarning qonuniyatlari yaxshi- roq ochiladi. Eksperimental tadqiqotlar otkazishda maxsus metodik materiallar narsa, rasm va sozlar, maxsus asboblar qollaniladi. Òabiiy eksperiment. Bu metod oddiy obyektiv suratda ku- & zatish metodi bilan laboratoriya eksperimenti metodi ortasida turadi. Òabiiy eksperiment metodining mohiyati shundaki, bu yerda tekshiruvchi kishining ozi tekshiriladigan kishida (yoki kishilarda) psixik jarayon (masalan, xotira, diqqat, ta- savvur) hosil qilish yoki tekshiriladiganlarda individual xu- susiyatlarni namoyon etish uchun maxsus sharoit tugdiriladi. SORASH VA SUHBAÒ USULI Òibbiyotda eng keng qollaniladigan usul bolib, amaliy ahamiyati kattadir. Sorash va suhbat usuli psixik hodisa- larning asosan ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qollaniladi. Bu metodda tadqiqotchi suhbat vaqtida tekshi- riluvchi shaxsga beriladigan savollarni oldindan belgilab oladi. Savollar shunday tartib bilan tanlab olinadiki, tekshiriluvchi odamda qaysi kechinmalar va ong jarayonlarini organish kerak bolsa, u oz javoblarida xuddi osha kechinmalarni va osha ong jarayonlarini oydinlashtirib beradi. Òekshirishning qanday borishiga va tekshiriluvchi kishining individual xususiyatlariga qarab, suhbat vaqtida savollarni ozgartirish, toldirish, boshqacha holatda berish mumkin. Ayni vaqtda tadqiqotchi tekshiriluvchi kishini kuzatib, masalan, nutqining xususiyatlarini, imo-ishorasini va shunga oxshash xususiyatlarni qayd qilib turadi. Iloji bolsa, tekshiriluvchi odam- ning javoblari magnitofon tasmasiga yozib olinadi. Shu tariqa toplangan dastlabki material sistemaga solinadi, statistik jihat- dan ishlab chiqiladi, tahlil qilinadi, tasnifga solinib xulosa chiqariladi. Òibbiy psixologiyada yuqorida keltirilgan asosiy tekshirish usullaridan tashqari, test tizimlari ham qollani- ladi. Bu test tizimlari shaxsning ikki asosiy xususiyati, intel- lekti va xarakteridagi xususiyatlarni farq qilishga imkon yaratadi. Bine-Simon testlar tizimi. Bu test tizimi bemorning pasport yoshiga mos qilib tuzib chiqiladi. Òest savollari va javob- etalonlar tekshiriluvchining tashqi va ichki dunyoqarashlarini inobatga olib mutaxassis tomonidan tuziladi. Bu test yorda- ' mida bemorning aqliy rivojlanishi, javob va harakat reaksiyalari aniqlanadi. Òest 30 tadan 50 tagacha savol va 120 tadan 200 tagacha javobni oz ichiga oladi. Bu tizimga muammoli masalalarni ham kiritishimiz mumkin. Òekshiriluvchining berilgan savollarga yoki jumboq masalalarni yechish soniga qarab javob ballari va foizi qoyiladi. Agar tekshiriluvchi be- rilgan topshiriqning 70 foiziga javob bersa, unda uning aqliy rivojlanishi, intellekti, dunyoqarashi pasport yoshiga mos deb, tekshiriluvchi topshiriqning 70 foizdan kam qismiga javob bersa, u holda bu shaxsda aqliy yetishmovchilik yoki oligo- freniya kasalligi mavjud, deb qaraladi. Bu test tizimining yutugi qisqa vaqt ichida shaxsning xarakteri, intellekti haqida malumotga ega bolinadi, kamchiligi esa bunda shaxsning rivojlanish muhiti va shart-sharoiti hisobga olinmaydi. Katta yoshdagilar va bolalar uchun Veksler testlari ti- zimi. Òadqiqotchilarning fikricha, bu uslub shaxsning intel- lekti va shaxsiy sifatlarini aniqlashga imkon beradi. Òizim ikki xil testlardan: birinchisi soz bilan ifodalanadi- gan 6 ta testdan, ikkinchisi amaliy harakatlar bilan ifoda- lanadigan 5 ta testdan tarkib topgan. Soz bilan ifodalana- digan 6 ta test quyidagilarni oz ichiga oladi: 1. Xabardorlik. 2. Umumiy ziyraklik. 3. Sonlarni teskari sondan sanash qobiliyati (10, 9, 8,7,6...). 4. Arifmetika masalalarini yechish. 5. Oxshashlikni aniqlash. 6. 42 ta sozning manosini aniqlashni tekshirish. Harakat bilan ifodalanadigan 5 ta test tizimiga quyidagilar kiradi: 1. Obyektlarni va ularning yetishmovchi qismlarini aniqlash. 2. Suratlarning ketma-ket qoyilish tartibini aniqlash. 3. Suratning yetishmovchi qismlarini topib tuzib chiqish. 4. Namunaga qarab 9 tadan 16 tagacha bolgan geometrik qismlardan shakllar yasash. 5. Berilgan sonlar kodiga qarab 90 sekund ichida raqamlar yechimini topish. Òest otkazib bolingandan song jadval tuziladi va intel- lekt koeffitsienti deb ataladigan koeffitsient tuziladi. Ammo bu koeffitsientni tekshirilayotgan kishining umumiy ziyrak- ligini, madaniyatini hamda uning tadqiqotga nisbatan muno- sabatini hisobga olmasdan turib yetarli darajada togri, deb bolmaydi. Bu metodning yutugi shundaki, tadqiqot davo- mida tekshiriluvchining nutqi, tafakkur tezligi, reaksiyasi, diqqati toliq nazoratga olinadi va hisobga olib boriladi. Bazan bulutlarga qarab xayol suramiz, ularni paxmoq ayiqqa, tuyaga va boshqa jonzotlarga oxshatamiz. Agar odam shu noaniq chiziqlarni ozini tolqinlantiruvchi shakllar korinishida tasavvur qilsa, bunda nima chiqar ekan!? Shu taklif va mulohazalar asosida Rorshax ozining test tizimini ishlab chiqdi. Bu metodning mohiyati kartochkada oziga xos joylashgan rangli siyoh va qora doglarning manosini topishdan iborat. Keyin javoblar maxsus qoidalar asosida ishlovdan otkaziladi. Vatanimiz va xorijiy olimlar tomonidan yaratilgan kop omilli shaxs soroqlagichi hozirgi kunda keng qollanilmoqda. Eksperimental psixologiya hali yosh fan. Shuning uchun ham u izlanishda, unga yordamga yangi-yangi texnik vositalar kirib kelmoqdaki, bu uning kelajakda rivojlanishidan dalolat beradi. Bir odam ikkinchi bir odam uchun muammo bolib kelgan va bundan keyin ham shunday bolib qoladi. Òibbiy psixologiya fani tabobatning barcha sohalariga: terapiya, jarrohlik, pediatriya, doyalik, ginekologiya va hoka- zolar ichiga kirib borayapti. Buning asosiy sababi somatik kasalliklarning kopgina turlari ruhiyatning buzilishi, ozga- rishi bilan otayapti. Mustaqil Vatanimizning tabobat soha- sidagi yangiliklaridan biri keyingi 510 yil ichida ichki kasalliklarni davolash markazlarida bemorga ruhiy jihatdan yordam beradigan psixoterapevt, amaliy psixologlar lavo- zimlarining kiritilishidir. Shuning uchun ham tibbiyot ham- shiralari umumiy va tibbiy psixologiya asoslaridan yetarlicha bilim va malakaga ega bolishlari talab qilinadi. Ikkinchi bolim RUHIY JARAYONLAR I bob. NORMAL RUHIY JARAYONLAR VA ÒURLI- ÒUMAN KASALLIKLARDA ULARNING BUZILISHLARI Òevarak-atrofimizda bolgan va bizga tasir etib turadigan narsa-hodisalarning xilma-xil xossalari bor. Bu xossalar koruv, eshituv, tuygu azolari va shunga oxshash sezgi azolari yor- dami bilan organizmda bevosita aks etadi. Sezgi azolarimizga tasir etadigan narsalardagi ayrim xossalar miyamizda shu tariqa bevosita aks etishi sezgi, deb ataladi. Inson sezgi orqali predmetning rangi, hidi, tami, silliqligi yoki gadir-budurligi, oz ichki azolarining holati va harakatlarini bilib oladi. Sezgi azosiga tasir etib, sezgini vujudga keltiradigan har bir narsa (yoki hodisa) qozgovchi deb yuritiladi. Sezish jarayoni quyidagicha roy beradi: 1) narsa yoki hodi- salar sezgi azolariga tasir etib, tegishli sezuvchi nervning chekka uchlarini qozgaydi; 2) shu yerda kelib chiqqan qoz- galish osha nervning otkazuvchi yoli orqali bosh miya post- logining tegishli markaziy hujayralar sistemasiga otadi; 3) bu yerda asab qozgalishi ruhiy hodisaga, yani sezgiga aylanadi. Har bir sezgi, odatda, xush yoki noxush tuygular bilan boglangan boladi. Bu sezgining hissiy yoki emotsional toni deb ataladi. Masalan, shirin narsa kishiga huzur beradi, taxir bemaza narsa kongilni behuzur qiladi. Bazi sezgilarda hissiy ton juda kuchli boladi. Masalan, ortiqcha toyish, ochiqish, ogriq sezgilari shundaydir. Shunday qilib, sezgi tevarak- atrofdagi moddiy dunyoni bilishning birinchi bosqichidir, sezgida hissiy ton ham, faol iroda elementi ham bor, sezgining murakkab asab-fiziologik asosi ham bor. Sezgilar xilma-xil boladi. Òurli-tuman sezgilarni qaysi sezgi azolari yordami bilan hosil qilsak, ularni osha azoga qarab, odatda, quyidagi turlarga, yani korish sezgilari, eshitish sezgilari, hid bilish sezgilari, tam (maza) bilish sezgilari, teri sezgilari, muskul harakati sezgilari va organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi azolari qayerda joylashganiga va qayerdan qozgalishiga kora, ularni uch guruhga ajratish mumkin: eksteroretseptorlar, proprioretseptorlar va interoretseptorlar. Eksteroretseptorlar organizmning sirtida boladi korish, eshitish, hid bilish, tam (maza) bilish, teri sezgisi, muskul- harakat sezgisi, organik sezgi shular jumlasidandir. Proprioretseptorlar muskul, pay va boylamlarda boladi. Organizm va undagi ayrim azolarning turli xil harakatlarini va vaziyatini ana shu azolar bilan sezamiz. Interoretseptorlar gavdamiz ichida joylashgan azolar meda, ichak, jigar, opkada boladi. Hazm qilish, nafas, qon aylanish azolari va shunga oxshash ichki azolardagi jarayonlar (qozgalish) vujudga keltiradigan sezgilar shu retseptorlar yordamida bilinadi. Shaxsning sezgi sohasidagi individual xususiyatlari birinchi navbatda sezgi bosagalariga bogliqdir. Har qanday tasir ham sezgiga sabab bola olmaydi. Sezgining paydo bolishi uchun obyektdan keluvchi qozgatuvchi malum kuchga ega bolishi, yani bosagadan yuqori bolishi kerak. Arang seziladigan sezgiga sabab boladigan qozgalishning eng past meyori mutlaq (quyi, minimal) bosaga deyiladi. Eng past qozgatuvchining tasirini seza olish qobiliyati mutlaq sezgirlik, deyiladi. Sezgining mutlaq bosagasi qanchalik past bolsa, mutlaq sezgirlik shunchalik yuqori boladi. Sezgilarda arang seziladigan farqqa sabab boladigan qozgatuvchi kuchdagi ota bilinar-bilinmas ozgarish farq- lash bosagasi deyiladi. Farqlash bosagasi qanchalik past bolsa, farqlash sezgirligi shunchalik yuqori boladi. Inson uchun farqlash bosagasi: nurga nisbatan 1/100, tovushga 1/10, ogirlikka 1/30 ga teng. SEZGINING BUZILISHI Sezgilar turli kasalliklar va nerv sistemasining shikast- lanishi natijasida turli xil ozgarishlarga uchraydi. Bularga giperesteziyalar (ota tasirlanganlik yoki ota sezuvchanlik), gipesteziya (kam tasirchanlik yoki sezgining pasayib ketishi, anesteziya), sezuvchanlikning yoqolishi kiradi. Bunday oz- garishlar nevritlarda, nevralgiyada, markaziy va periferik fa- ! lajlanishda kuzatiladi. Bu kasalliklarda nerv tomirlarining or- ganik buzilishlari va funksional ozgarishlari kuzatiladi. Bemorlar noxush va gavdaning ichki muhitini larzaga so- luvchi ogir sezgilarni: siqilish, tortishish va titroq bosish, sanchiqni his qilishlari mumkin. Bular senestopatiyalar, deb tushuntiriladi. Sezgining bunday ozgarishlariga teri qichi- masi kirib, u kopgina kasalliklarning darakchisi va klinik belgisi bolib hisoblanadi. Masalan, nevrozlar, markaziy asab sistemasining organik yalliglanishi, periferik nerv sistemasi kasalliklari, moddalar almashinuvi jarayonining kasalliklari, ichki sekretsiya bezlarining kasalliklari, buyrak, qon kasallik- lari, dori moddalardan, ovqatdan zaharlanishlar shular qatoriga kiradi. Òeri qichimasi bemor ruhiyatiga juda yomon tasir korsatadi. Qichima tasiridan bemor jizzaki, toqatsiz, jahldor va dargazab bolib qoladi. Atrofdagilar bilan munosabati ozgaradi. Òibbiyot hamshiralari bunday bemorlarga osoyishta, toqat bilan muomalada bolishlari kerak boladi. Sezgilar ichida bemorga eng kop azob beradigani ogriq hisoblanadi. Ogriqning paydo bolishida bosh miyaning postloq va postloq osti sohasi bevosita ishtirok etadi. Ogriq badanga tashqi tasirotlar bevosita tasir korsatganda hamda organizmda vujudga kelgan patologik ozgarishlar nati- jasida paydo bolishi mumkin. Ogriq ruhiy jarohatlar oqiba- tida va shartli refleks mexanizmi tasirida kelib chiqishi va zorayishi mumkin. Ogriq organizmda unga xavf tug- diruvchi ozgarishlar sodir bolayotganidan ham darak be- rishi mumkin. Òanadagi kuchli ogriq bemorning butun xayoli, diqqatini, fikrlarini chulgab oladi. Ogriq tasirida shok, koma holatlari yuzaga keladi, uyqu buzilib, turli nev- rotik reaksiyalarga sabab boladi. ÒIBBIYOÒ XODIMLARINING SEZGI JARAYONI OZGARGAN BEMORLARNI PARVARISHLASHI Sezgi jarayoni kuchaygan yoki pasaygan, ayniqsa, kuchli teri qichishishi va ogriq bilan otadigan holatlarda tibbiyot xodimlari bemorga diqqat va mehribonlik bilan munosabatda bolishlari, iltimoslarini oz vaqtida bajarishlari talab qilinadi. " Agar bemor kuchli ogriq sezayotgan bolsa, ogriq qoldiruvchi vositalar berish va uni tinchlantirishga harakat qilish, orta tibbiyot xodimlari barcha muolajalarni shifokor korsatmasiga qatiy rioya qilgan holda ado etishlari kerak. ONG NORMADA VA PAÒOLOGIYADA Ongning psixologik tavsifi. Ong psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli, yani faqat odamgagina tågishli bolib, u nutq bilan bogliq bolgan markaziy nårv siståmasi faoliyatidir. Shuningdåk, ong shaxsning tåvarak-atrofdagi narsalarni, hozirgi va otmish davrni yaxshi bilish, ozlikni anglash, qaror qabul qilish, vaziyatga qarab oz xatti-hara- katini boshqarish xususiyati bilan namoyon boladi. Psixologik manbalarda ong tarkibiy qismlarining mohiyati quyidagicha tavsiflanadi: ong narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bolib, uning tuzilishi va tarkibiga barcha bilish jarayonlari (diqqat, såzgi, idrok, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol) kirib, ular yordami bilan shaxs oz axborotlari kolamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. Bunda bilish hissiy va aqliy bosqichda namoyon boladi. 1. Hissiy bilish bosqichi såzgi, idrok, appårsåpsiya, tanish, bilib olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari komagi asosida miyaga båvosita tasir otkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasidagi hissiy manzarasida yuzaga kåladi. Xotira jarayoni ongda otmishdagi narsa va hodisalarning obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarimsharlarining bolimlarida aks etgan muayyan izlarni jonlantirish imkoniyatiga ega bolsa, aqliy bilish bosqichining yuksak darajasi bolmish tafakkur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy xususiyatli, bilvosita ifodalanuvchi bilimlarga asos- langan holda muammolar yåchimini hal etishni taminlaydi, shuningdåk, xayol jarayoni esa ehtiyoj obyåkti hisoblangan, ongda mavjud bolmagan obrazlar modålini namoyon etadi. Bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish imkoniya- tidan mahrum bolishi, buzilishi yoki ularning qaysidir xususiyati batamom yoinki qisman izdan chiqishi ongning tubdan barbod bolishiga olib kåladi. # 2. Ongning ikkinchi psixologik tavsifi subyåkt bilan obyåkt ortasidagi aniq farqlanishda oz ifodasini topishi, yani shaxs «Mån» tushunchasi bilan «Mån emas» atamasi tarkibiga nima- lar tågishli ekanligini aniq bilishi bilan izohlanadi. Shaxs tirik mavjudotlar olamida birinchi bolib borliqda råal uni qurshab turgan tåvarak-atrofga nisbatan ozini qarama-qarshi qoygan. Insonda «Mån»likning «Mån emas»likdan ajratishga intilishi ozini namoyon qilish, ozini ozi ifodalash, kimligini kashf etish, ozini ozi takomillashtirish, oziga ozi buyruq bårish, oziga ozi tasir otkazish singari jarayonlarda bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yåtuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash davrigacha davom etib, ozini ozi anglashning yuzaga kålishi bilan yakunlanadi. Låkin «Mån»ning boshqa qirralari, xususiyatlari, måxanizmlari, tasir etuvchi omillari, yangi sifat darajalari ozini ozi anglashning takomil bosqichlarida namoyon bolavåradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va manaviy barkamollik) darajasiga erishgunga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish shaxsning istådodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va ijodiy faoliyati mahsuldorligiga bogliq bolib, barcha insonlar taraqqiyot choqqisiga erishadi manosini bildirmaydi. 3. Ongning uchinchi psixologik tavsifi shaxsning maqsadni kozlovchi faoliyatini taminlashga yonaltirilgan. Bunda shaxs faoliyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga kålishi, ular inson tomonidan chamalab chiqilishi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bolishi, bu orinda ustuvorlikka erishish yåtakchilikni taminlashi, irodaviy zor bårish oqibatida muayyan qaror qabul qilinishi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay yosinda amalga oshirilayotgani hisobga olinishi, maqsadni qaror toptirish yolidagi tosiqlar bartaraf etilishi va unga muayyan ozgarishlar kiritilishi, samaradorlikni oshirish uchun bazi bir tuzatishlar amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Maqsadni kozlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayo- nida obyåktiv va subyåktiv sabablariga kora ayrim nuqsonlarga yol qoyilishi, buzilishi vujudga kålishi ong funksiyasining zaiflashuvini bildirib, bu holat ongning nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi. $ 4. Ongning songgi tavsifi uning tarkibiga muayyan darajadagi emotsional (hissiy) munosabatlar tizimi qamrab olinganligini aks ettiradi. Shaxs ongiga turli-tuman his-tuygular, kåchinma- lar, stråss, affåkt holatlar togrisidagi axborotlar oqimi kirib kåla boshlaydi. Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, narsalarga nisbatan munosabatlari mavjud måzonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga båvosita amal qilinsa, ongning nazorat funksiyasi måyorda ekanligidan dalolat båradi. Shaxsdagi ruhiy soglomlik ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib, ayrim hollarda hissiyotga bårilishi esa uning oz funksiyasini bajarishdan chåtlashganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida håch qanday nuqsonlar, chåtga ogishlar sodir bolmaydi. Ongning zaiflashuvi esa shaxsning his-tuygulari va munosabatlarini ozgartiradi, masalan, simpatiya antiðatiya bilan, quvonch qaygu bilan, optimizm påssimizm bilan vaqti- vaqti bilan orin almashib turishi kuzatiladi. Ongning yuqorida takidlab otilgan barcha funksiyalari namoyon bolishining muqarrar sharti til va nutq hisoblanib, shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlar ozlashtiradi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida yuzaga kåltirilgan tajribalar majmuasi tilda mustahkamlanadi, tafakkur orqali hayot va faoliyat boyitiladi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli hamda vositasi funksiyasini bajarib, shaxsni boshqa mavjudotlardan farqlaydi va unda til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy någiz vazifasida ishtirok etadi. Onglilik va ongsizlik tushunchalari. Ong muammosi psixolo- giyada eng murakkab masalalardan biri sanaladi. Ong obyåktiv borliqni aks ettirishning oliy shaklidir, unga ozini va atrof- muhitni anglash kiritiladi. Ong odam miyasining funksiyasi bolib, uning yordamida obyåktiv borliq subyåktiv aks etadi. Ong oz tabiatiga kora, nihoyatda kop qirrali, rang-barang, uning turli-tuman xossalari mavjud. Shu bois u taraqqiyotning oliy darajasida yuzaga kålib, faqat insondagina boladi. Ong intågrativ jarayondir. Ana shu murakkab majmuaning har xil zanjirlari zararlanishi ongning izdan chiqishiga olib % kåladi. Buni ongning fiziologik måxanizmlarini organishda etiborga olishadi. Odamda ong asta-såkin rivojlana boradi. Yangi tugilgan bolada ong bolmaydi, låkin u ruhan va jismonan taraqqiy etgan sari rivojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kångligi bilan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining turli davrlarida osmirlik, orta yosh, qarilik chogida ong turli korinishda bolsa-da, u bir butundir. ONG FAOLIYAÒINING PAÒOLOGIYASI Òibbiyot amaliyotida psixiatriyada ongning ikki xil oz- garishi kuzatiladi: ongning xiralashuvi va toxtashi (uzilishi). Ongning xiralashuvi quyidagi ruhiy holatlar bilan namoyon boladi: dovdirash sindromi, bunda idrok etishning ravshanligi va ularni fahmlash buziladi, tashqi tasirotlarga javob reaksiyalari juda qiyinlashadi. Bemorlar qulogi ogir odam- larni eslatadilar, goyo gangigandek boladilar va atrofdagi narsalarni qiyinchilik bilan idrok etadilar, savollarga darrov javob berishmaydi, javob olish uchun savolni bir necha marta takrorlashga togri keladi. Kopincha bemorlar faqat kuchli qozgatuvchilarni idrok etadilar va kuchsizlaridan mutlaqo tasirlanmaydilar. Bu holat asab sistemasining infeksiyalarida, zaharlanishda, qattiq shikastlanishlardan keyin sodir boladi. Delirioz sindromi. Ongning buzilishlari fonida idrok etish- ning yorqin buzilishlari (gallutsinatsiyalar va illyuziyalar) paydo bolganda, shuningdek, vahima va qorqish sifatida emotsional buzilishlar yuzaga kelganda ongning delirioz holati mavjudligi haqida soz yuritiladi. Oq alahlash ong buzilishiga misol bola oladi. Delirioz holati oz shaxsini, moljalini saqlagan holda joy, vaqt va atrof sharoitdagi moljalning buzilishi. Bunda korish, eshitishga doir juda kop gallutsinatsiyalarning paydo bolishi tipik hodisa bolib, ular odatda koruv xarakterida boladi. Bu holat kopgina yuqumli kasalliklarda, odatda, harorat yuqori bolganda kuzatiladi. & ONEYROID HOLAÒ Birinchi marta Mayer Gross tariflagan bu sindrom (yunon. oneyroid tushsimon, uyqusimon) kopincha juda kuchli vasvasa asosida paydo bolib, uning eng oliy kulminatsion nuqtasini tashkil etadi. U yorqin tasavvurlarning kopligi bilan xarakterlanadi, bemorlarning koziga fazoga uchish kabi sahnaviy fantastik kechinmalar korinadi, ular dozax yoki jannatda yurgandek boladilar, bunda bemorlar faqat tomo- shabingina bolib qolmay, balki ularda qatnashadilar ham. Bu kechinmalarning hammasi aniq tush korishni eslatadi. Oneyroid sindromli bemor uxlab yotgan yoki chuqur ichki kechinmalar dunyosiga berilgan kishilarga oxshab korinadi. Bemor joy, vaqt va oz shaxsini toliq bolmagan, ikki xil tushunishi bilan xarakterlanadi. AMENÒIV HOLAÒ Es-hushning amentiv tarzda buzilishida bemorlar atrofidagi vaziyatni tamomila anglamaydi va ozining kimligini bilmay qoladi. Ular atrofidagi hodisalar bilan narsalar ortasidagi boglanishlarni tushunishmaydi. Bazan bemorlar besaranjom boladilar, lekin bunda, odatda, orinda yotavermaydilar. Uzuq-yuluq gallutsinatsiyalar bolib turishi mumkin. Savollarga bemorlar javob berishmaydi. Ularning nutqlari bemani boladi. Amentiv holat bir necha haftagacha chozilishi mumkin. Bunday holat, odam darmoni qurib chopday ozib ketganida, infeksiyalar, intoksikatsiyalarda uchraydi. ES-HUSHI KIRARLI-CHIQARLI BOLIB ÒURADIGAN HOLAÒ Bu holat klinik psixiatriyada turli xil boladi: bu holat birdan paydo boladi, shuningdek, birdan barham topadi. Bazan jarayon ongning torayib qolishi bilan cheklanadi: bemorlar kochalarda daydib yurishadi, savollarga javob berishadi, oziga hisob bermasdan turib jonroq ishni beixtiyor bajaraverishadi. Boshqa hollarda bemorlarda gallutsinatsiyalar bolib turadi. Bunda ularning yurish-turishi gallutsinatsiya kechinmalarining mazmuniga bogliq boladi. ' Bazan bemorlar nazarida ularga hujum qilishayotgandek, ularni oldirishmoqchi bolishayotgandek bolib tuyuladi, ular ozlarini himoya qilishadi yoki vahimaga tushib qochishadi. Ana shunday paytda ular xavfli xatti-harakatlar qilishlari mum- kin. Bunday holat bir necha daqiqadan bir necha kungacha, hatto haftalab davom etadi. Bu holat epilepsiya, isteriya, kalla-miya jarohatlari uchun xarakterlidir. Isteriya tufayli es kirarli-chiqarli bolib turganida ong kop darajada toraymaydi. SOMNAMBULIZM HOLAÒI Bu holatdagi odam galati va hattoki, kelishmagan qiliq- lar qiladi. Somnambullarda bemorlar xonada maqsadsiz sanqib yuradi, devorni timirskilaydi, stol ustida yotgan narsalarni saralaydi, bazi hollarda esa kochaga chiqib ketadi va avto- matik tabiatdagi harakatlarni qiladi. Chaqirish yoli bilan bemorni bu holatdan chiqarishga urinish, odatda, muvaffa- qiyatsiz boladi. Bemor atrofidagi odamlarning unga gapirgan gaplariga parvo qilmay, oz diqqat-etiborini narsalarning chegaralangan doirasiga jalb qiladi va butunlay paydo bolgan tasavvur hukmi ostida boladi. AMBULAÒOR AVÒOMAÒIZM HOLAÒI Avtomatizm bir lahzada paydo bolib, quyidagicha namo- yon boladi. Odam bazan buning uchun nobop sharoitda odatlanib qolgan qator harakatlarini qiladi, masalan, tramvay- da ust-boshini yechadi va kiyadi, botinkasining iplarini yechadi va boglaydi, devordan nimalarnidir izlaydi va h.k. Bemorni bu holatdan chiqarish muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi, agar zorlik bilan avtomatik harakatlarni bajarishiga qarshilik korsatilsa, ularda agressiv reaksiya paydo boladi, ular atrof- dagilarga ogir zarar yetkazishlari mumkin. DEPERSONALIZATSIYA HOLAÒI Bu holatda bemor kimligini biladi, ammo ozini ozgar- ganday sezadi, bu ham hamma vaqt bolavermaydi va nimasi ozgarganini aniq aytolmaydi. Bazida kichkina bolib qol- ! dim, qollarim, oyoqlarim uzun deb aytsa, bazida tanam katta, vaznim ogir, kallam katta bolib qolibdi, deydi. Bu holat bosh miyaning organik shikastlanishida va shizofreniyada uchraydi. Ichki kasalliklar klinikasida ong toxtashi (ochishi) bilan otadigan holatlarni uchratish mumkin. Bularga quyi- dagi ozgarishlar kiradi. Obnubilatsiya (lot. bulut) ongning yengil buzilishi, ong bir necha soniya qorongilashib, kichik-kichik bulutchalar singari yengil suzib yuradi. Vaqtga, oz shaxsiga, tashqi sharoitga nisbatan moljal buzilmaydi, ogriqli buzilishdan keyin xotiraning yoqolishi kuzatilmaydi. Somnolensiya (uyquchanlik) uzoq davom etadigan holat. Bu holatda moljal olish ozgarmaydi, spirtli ichimliklardan, uxlatuvchi dori vositalaridan zaharlanganda kuzatiladi. Karaxtlik holati bunda bemorlar atrofdagi tasirotlarga kuchsiz reaksiya korsatishadi. Javob olish uchun savolni bir necha marta qaytarish yoki uni odatdagidan kora qattiqroq ovozda aytishga togri keladi. Bemorlar qisqa-qisqa sozlar va katta-katta pauzalar bilan javob berishadi, atrofda bolib turgan hodisalarga loqayd bolib qarashadi. Karaxtlik bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi va bundan uzoq- roqqa chozilishi mumkin. Mana shu holat otib ketgandan keyin bemorlar ularga nima bolganligi togrisida faqat qisqacha sozlab berishlari mumkin. Karaxtlik holati turli kasalliklarda kop uchraydi (ich terlama, zotiljam, kalla-miya jarohati, miya osmasi, uremiya, qandli diabet kasalliklarida). KOMAÒOZ HOLAÒ Es-hush aynishining juda borib turgan darajasini ifoda- laydi. Bemorlar savollarga mutlaqo javob bermaydilar, ogriq tasirotlariga reaksiya korsatmaydilar. Koz qorachiqlari kengayib ketgan, yoruglikka reaksiya bermaydigan boladi. Kopincha patologik reflekslar topiladi. Bu holat ham ich terlama, zotiljam, uremiya, qandli diabet kasalliklarida uchraydi. Bu holatda bosh miya postlogida chuqur tormozlanish ustunlik qiladi. ! Idrokda 1) idrok jarayonini, yani ongimizni bevosita aks ettiruvchi faoliyatni va 2) narsalarni idrok qilishdan hosil boladigan subyektiv obrazni bir-biridan farq qilish lozim. Idrok murakkab ruhiy jarayondir. Bu murakkablik, avvalo, shundan iboratki, har bir idrok tarkibiga ayni vaqtda bir necha sezgi kiradi. Masalan, dori vositani idrok qilish: uning shaklini (yumaloq, chozinchoq va h.k.), rangini (oq, qizil, sariq va h.k.), sezish bu korish sezgilaridir. Hidini sezish (hid sezgilari), shirin-chuchukligini sezish (maza sezgilari), ogir-yengilligini, qattiq-yumshoqligini sezish (muskul sezgilari) va boshqa sezgilardan tarkib topadi. Idrok qilishda analiz yordamida ajratilgan shu ayrim sezgilar idrokning retseptiv tomonini tashkil qiladi. Idrokning asab-fiziologik mexanizmi narsalar xossalari yigindisining tasiri bilan hosil boladigan muvaqqat bogla- nishlar tizimidan iboratdir. Har bir narsadagi xossalarning shu yigindisiga qarab, biz narsalarni bir-biridan farq qilamiz. Idrok xotira, xayol, diqqat, tafakkur, nutq kabi ruhiy jarayon- lar bilan chambarchas boglangandir. Idrok jarayonlari faqat tevarak-atrofdagi narsalarning sezgi azolarimizga tasir qilib turishi natijasidagina emas, balki shu bilan birga idrok qilayotgan odam ozining olamni bilishi va amaliy faoliyatida yon-atrofdagi narsalarga tasir qilishi natijasida ham vujudga keladi. Idrok jarayoni ikki xil boladi: ixtiyoriy va beixtiyor idrok. Oldindan belgilangan maqsadga qarab muayyan bir obyektni idrok qilish ixtiyoriy, deb ataladi. Bemor holati bilan tanishish, kasallik tarixi varaqasiga kiritilgan shifokor korsatmalarini qarab chiqish, bemor shikoyatlarini tinglash ixtiyoriy idrokka misol boladi. Muayyan bir obyektni oldindan maqsad qilib olmasdan va maxsus tanlamasdan, kuch sarf etmasdan idrok qilish jarayoni beixtiyor idrok, deb ataladi. Bunday idrok jarayonlari diqqatimizni beixtiyor oziga jalb qiladi. Masalan, uzoqda kelayotgan shoshilinch yordam mashinasi, palatadan tosatdan chinqirgan ovozni eshitamiz. Kishining muntazam, davomli va reja bilan idrok qilish qobiliyati kuzatuvchanlik, deb ataladi. Kuzatuvchanlik xusu- !! siyati tibbiyot xodimlari, ayniqsa, hamshiralar uchun eng zarur xususiyat hisoblanadi. Chunki bemorda bolayotgan ruhiy holatlarni, klinik holatlarni kuzatib borish, unga kerakli yordam korsatish idrokning ushbu xususiyati orqali amalga oshiriladi. Idrokka xos sifatlar farq qilinadi. Idrokning tezligi, tolaligi, ravshanligi va aniqligi yoki togriligi uning sifati tashqi shartlar, organik va psixik shartlar bilan belgilanadi. Òajribali tibbiyot xodimlarida taktil sezgi yaxshi rivojlangan boladi. Shuning asosida paypaslash va turli muolajalarni bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Idrokning rivojlanishi izlanish va kuza- tishlar natijasida boladi. Orta tibbiyot xodimlari uchun «paypaslash», «anglash» kabi ashyoviy shakldagi idrok qilish nazariy va amaliy aha- miyatga egadir. Masalan, igna uchi orqali bemor venasi ichiga dori tushishini idrok qilish. Òajribali, fikrlovchi tibbiyot xodimi bemorda mavjud kasallik belgilarini idrok qilib, uning mohiyati nimadan iborat ekanligini anglaydi va shu belgilarni boshqa kasallik belgilariga oxshashlik tomonlarini ajratadi va h.k. Òasavvur oldin aks ettirilgan narsalarning koz oldimizda qolgan obraz (timsol)laridir. Idrok obrazlari voqelikda mavjud narsa va hodisalarning obrazlari bolganligidan, tasavvurlar ham xuddi shu narsa va hodisalarni aks ettiradi. Ammo idrok bilan tasavvur ortasida kattagina farq bor. Òasavvur ilgari sezilgan va idrok qilingan narsalar asosida, sezgi azolarimizning bevosita faoliyatisiz hosil boladi. Biz ilgari korgan bir narsaning obrazini kozimizni yumib turib, koz ongimizga keltira olamiz. Ilgarilari eshitgan bir kuyni, biror buyumning ogir-yengilligini tasavvur qilishimiz mumkin. Òasavvur qilishning fiziologik asosi shartli reflekslarning hosil bolishida bosh miya postida paydo bolgan «izlar»ning jonlanishidir. Òasavvur bironta turtki tasiri bilan tugiladi. Masalan, bironta odam haqidagi tasavvurning tugilishi uchun «birinchi turtki bolib, deb yozadi I.M. Sechenov, men shu odamni ilgari uchratganimda hosil bolgan juda kop tasirotlar ortasida shu paytda qozgalgan bironta tashqi tasirot xizmat qiladiki, bu turtki ana shu odamni korishdan hosil bolib, izlar !" shaklida saqlanib qolgan hamma sezgilarni uygotadi». Odamda tasavvur tugdiradigan maxsus qozgatuvchi sozdir. Soz bilan tasvirlash orqali turli tasavvurlar tugiladi. Òasavvur ravshanlik darajasi jihatidan idrok obrazlaridan farq qiladi, tasavvurlar idrok obrazlaridan ancha noravshan, xiraroq boladi. Òasavvur bironta narsani kopincha tola-tokis, barcha tomonlari va sifatlari bilan aynan aks ettira olmaydi. Òasavvurning bu xususiyatini tasavvur- ning fragmentligi, deb ataladi. IDROK EÒISH VA ÒASAVVURNING BUZILISHI Ruhiy va asab kasalliklarida, bosh miyaning ogir jaro- hatlarida idrok etish buziladi. Ular quyidagi guruhlarga ajratiladi, illyuziyalar, gallutsinatsiyalar hamda psixosensor buzilishlar. Illyuziyalar real predmetni buzuq, notogri idrok etishdir. Idrok etiladigan real obyekt bolsa-yu, biroq u haqiqatga mos kelmaydigan ravishda qabul etilsa, bunday buzilish illyuziyalar qatoriga kiradi. Illyuziyalar kopincha soglom odamlarda ham boladi. Fizika qonunlariga asos- langan optik illyuziyalar malum. Masalan, suv quyilgan stakanga solingan qoshiq ikkiga bolingandek bolib kori- nadi, chunki uning ikki qismi turli-tuman sindirish muhitida turadi. Ozgartirilgan affektiv holat (qorqish, vahima va hokazo) ham illyuziyalarga sabab bolishi mumkin. Illyuziya- lar aksari ruhiy kasalliklarda kop uchraydigan simptomdir. Ular ong buzilganda (deliriylar, esning kirarli-chiqarli hola- tida) kuzatiladi. Masalan, shifokorning qolidagi stetoskopni bemorlar pistolet, uning ozini esa, yovuz odam sifatida qabul qilishadi. Deliriylarda va ong buzilishining boshqa holatlarida ular chuqur bolmaganda pareydolik illyuziyalar kuzatiladi. Bemorlar real, mavjud shaklsiz predmetlarni fantastik obrazlar sifatida qabul qiladilar. Masalan, devordagi yoriqlar, devorga yopishtirilgan gulqogozlardagi turli naqshlar va doglar, predmetlardagi yoruglik shulasi, eshiklardagi soyalar bemorlarga ajinalar, ertaklardagi personajlar, galati manza- ralar bolib korinadi va h.k. Òurli xil patologik ozgarish- !# larda verbal illyuziya, optik illyuziya, affektiv illyuziyalar uchraydi. Gallutsinatsiyalar (hallucinatio yoq narsa) xato idrok etish yoki idrok etishning buzilishi. Gallutsinatsiyalarning asosiy xususiyatlari shundan iboratki, ular real obyektni idrok etmay, sezgi azolari real qitiqlanmay paydo boladi. Yoq narsani idrok etishning oddiy turlaridan biri, masalan, koz oldida uchqunlar korinishifotopsiyalar, quloqda shovqin va qars-qurs etgan tovushlarni eshitishalkoazmlar. Elementar gallutsinatsiyalar murakkab gallutsinatsiyalardan farqli olaroq predmetsizdir. Murakkab gallutsinatsiyalar doimo predmetli va tasviriy tabiatga ega boladi. Masalan, alkogolizm bilan ogrigan bemorlarning koziga unga tajovuz qilayotgan odamlar, dahshatli hayvonlar korinadi. Bazan gallutsina- tsiyalar mazmunini bemorlar organib qolgan kasbga aloqador faoliyatning aksi tashkil etadi. Gallutsinatsiyalarni sezgi azolari boyicha: korish, eshitish, hid bilish, tam bilishlar, umumiy sezgi boyicha bolish qabul qilingan. Eshitish gallu- tsinatsiyalarining imperativ gallutsinatsiyalar bolishini bilish muhim: tovush bemorga biror ish qilishni buyuradi yoki taqiqlaydi. Òovush oz-ozini oldirishga majbur qilishi, ovqat yemaslikni buyurishi mumkin va h.k. Klinikada gallutsinatsiyalarning bir necha xilma-xil turlari uchrab turadi: soxta, gipnogogik, Sharl-Bone, eydetik gallu- tsinatsiyalar. Psixosensor buzilishlar. Oz xususiyatiga kora, illyuziya- larga yaqin bolgan, biroq boshqa genez va patofiziologik tabiatga ega bolgan bilish faoliyati buzilishlarining katta guruhi bolib, makondagi munosabatlar, predmetlarning shakllanishini va odamning oz gavdasini idrok etishining buzilishi hisoblanadi. Bu buzilish psixosensor buzilishlar deb ataladi. Psixosensor buzilishlar oz organik turgunligi bilan, shuningdek, bemorda ularga tanqidiy munosabat saqlanishi bilan illyuziyalardan farq qiladi. Bu patologik belgilarga mubtalo bolgan bemorlar aksari predmetning ularga boshqacha, buzuq bolib, xuddi qiyshiq kozguda aks etgandek bolib korinishidan shikoyat qiladilar. !$ TIBBIYOT XODIMINING ÒASAVVUR VA IDROK PAÒOLOGIYASIGA UCHRAGAN BEMORLARGA MUNOSABAÒI Idrok turlicha tuzilgan. Orta tibbiyot xodimining bemor- larni parvarish qilishdagi oziga xos xususiyati bemorning shikoyatlarini diqqat bilan eshitishdan iboratdir. Bemorlarni hech mahal fikridan qaytarishga va ular bilan tortishishga yol qoymaslik kerak. Agar bu buzilishlar birinchi marta ham- shira tomonidan aniqlangan taqdirda bu haqda davolovchi shifokorga malum qilish zarur. Agar buzilishlar oldin ham kuzatilgan bolsa, shifokorning topshirigiga muvofiq ish korish kerak. Gallutsinatsiyalarning paydo bolishi, odatda, psixik kasalliklarning avj olishi bilan bogliq boladi, shu sababli ular aniqlanganda darhol shifokorga malum qilish va bemorni nazorat ostiga olish kerak. XOÒIRA JARAYONI Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yoqolib ketmaydi, balki malum darajada esda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bolganda esimizga tushadi. Kun- dalik tajribamiz shuni korsatadiki, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa, xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bolgan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Xotira bir necha ruhiy jarayonni oz ichiga oladi: 1. Esda olib qolish. 2. Esga tushirish. 3. Esda saqlash va unutish. 1. Esda olib qolish Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki hodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya postida idrok qilinayotgan narsalar buyum, surat, soz, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bolishidan va ayni vaqtda esda !% olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba ortasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari ortasida boglanish vujudga kelishidan iboratdir. Esda olib qolish faol jarayondir: bu faollik ikki xil boladi. Shu sababli ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish turlari ajratiladi. Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assotsiativ va mantiqan esda qoldirish. Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari ortasida miyada hosil boladigan boglanish assotsiativ boglanish yoki assotsiatsiya deyiladi. Masalan, bironta ashulani eshitib turib, ayni zamonda shu ashulani aytayotgan odamning ozini ham korsak, shu ashulani idrok qilish ortasida yondosh assotsiatsiya hosil boladi. Assotsiatsiyaning yondoshlik assotsiatsiyasidan tashqari, oxshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud. Manosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish ja- rayonida asosiy orinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qol- dirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari or- tasidagi mano va mantiqiy (logik) boglanishlarni fikr yuritish yoli bilan ochiladi. Mano boglanishlarini ochish biron narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va hodisalarga xos bolgan eng muhim va zaruriy boglanishlarni ochish demakdir, bir guruh (sinf) doirasiga kirgan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular ortasidagi sabab va natija boglanishlarini aniqlash demakdir. Ixtiyorsiz esda qoldirishda oldimizga hech qanday maq- sad qoyilmaydi, esga olinadigan materialni oldindan bel- gilamasdan va maxsus usullar qollanmasdan beixtiyor esda qoldirishdir. Masalan, biz, odatda, kochada tasodifiy korgan kishilarning aft-basharasini, tasodifiy eshitib qolgan bazi gap va kuylarni beixtiyor esimizda saqlab qolamiz. Ixtiyoriy esda qoldirish kozda tutilgan maqsadga muvo- fiq tanlangan materialni ongli ravishda kuch berib, maxsus esda qoldirishdir. Ixtiyoriy esda qoldirishda materialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus usullardan foyda- lanamiz: diqqatimizni toplaymiz, idrok qilingan materialni takrorlaymiz, uning mazmunini uqib olish uchun harakat qilamiz, ilgarigi tajriba va bilimlarimiz bilan uni boglaymiz !& va hokazo. Ixtiyoriy esda qolishning asab-fiziologik asosi birinchi signal sistemasi bilan ozaro munosabatda ikkinchi signal sistemasi hosil qiladigan boglanishlardir. 2. Esga tushirish Otmishda idrok qilingan narsalarning tuygu-his, fikr va ish- harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning asab-fiziologik asosi bosh miya postida ilgari hosil bolgan asab boglanishlarining qozgalishidir. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qil- ganda, u narsa yoki hodisa esga tushadi, ana shuni tanish deymiz. Masalan, kasalliklarda mavjud klinik simptomlardan ayrimlari bir necha kasallikda kuzatilishi mumkin. Shu belgini tanish, esga tushirish tibbiyot xodimi uchun muhim hi- soblanadi. Òanish aniq va noaniq bolishi mumkin. Eslash narsani, uning ozini shu paytda idrok qilmay turib, esga tushirishdir. Eslaganda xotirada qolgan obraz, his va fikrlash shu paytda sezgi azolarining ishtirokidan tashqari esga tushadi. Masalan, bolib otgan voqealar, bemorlarda mavjud klinik manzara ana shunday esimizga tushadi. Materialning muayyan mazmuni bilan birga bu material qachon, qayerda va qanday sharoitda esga olib qolinganligi ham aniq esga tushsa xotiralash mukammal va tola-tokis boladi. Bevosita esga tushirish deb, materialni idrok qilish ketidanoq, yani esga olib qolish bilan esga tushirish ortasidagi vaqt oraligida ongimizda esga olinadigan materialdan boshqa hech qanday jarayon yuz bermaganda boladigan esga tushirishni aytiladi. 3. Esda saqlash va unutish Idrok qilingan narsalar miyamizda ornashib qolishi, esimizda turishi tufayli, ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tugilgan taassurot, fikr, tuygu-his va ish-harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil bolishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega !' bolishi bilan bogliq. Shuning uchun ham asab sistemasi ilgari bolib otgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Unutish ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongi- mizdan tamomila yoqolishi, yani uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani kopgina keraksiz detallardan (ikir-chikir- lardan) holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning oziga xos xususiyati uning bir tekisda bolmas- ligidir; u yod olingandan keyin tez orada boshlanib, avvaliga, ayniqsa, jadal boladi. Shuning uchun takrorlashni materialni yodlagandan keyin darhol, shuningdek, u toliq esdan chiqarib bolingandan keyin ham boshlamaslik lozim. Esdan chiqarish- ning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq oz vaq- tida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina katta mehnat talab qilinadi. XOÒIRA ÒURLARI Nimaning eslab qolinishi, keyinchalik esa, tanib olinishi va qayta esga tushirilishiga kora xotiraning har bir kishiga xos bolgan quyidagi turlarini ajratish mumkin: 1. Obraz xotirasi. 2. Emotsional xotira. 3. Manoviy xotira. XOÒIRA SIFAÒI Har kimning oziga xos xotira xususiyatlari bor. Har kimning xotirasidagi farq xotiraning kuchida ifodalanadi. Malumki, xotirasi kuchli va xotirasi zaif odamlar bor. Xotiraning kuchli- kuchsiz bolishi esda olib qolish va esdan chiqarish tezlik dara- jasiga qarab belgilanadi. Òez esga olib, sekin, bora-bora unutish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bolsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib qoyish kuchsiz xotira belgilaridandir. Xotira sifatiga kora, tort tipga bolinadi: Birinchi tipi: bunday shaxslarning xotirasi kuchli, ayniqsa, samarali boladi, ular materialni, malumotlarni tez bilib oladilar, buning uchun ularga materialni bir marta eshitish yoki bir karra oqib chiqish kifoya, shu bilan birga, material bora-bora esdan chiqadi va materialni bu oquvchilar tola- tokis hamda yanglishmasdan toliq esga tushiradilar. " Ikkinchi tipi: shaxslar materialni sekinroq bilib oladilar, lekin uzoq vaqt esdan chiqarmaydilar. Ular materialni organib olish uchun koproq kuch sarf qilib, uni maxsus usullar yordami bilan takrorlaydilar. Uchinchi tipi: tez bilib olib va tez unutish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu tipga kirgan shaxslar materialni bir marta korib-eshitib, birovning ogzidan chiqishi bilanoq ilib olganday darrov bilib oladilar va keyin uni tola-tokis aytib bera oladilar. Ammo bu tariqa bilib olish va esga tushirish uzoqqa bormaydi. Vaqt otgandan keyin unutib qoyadilar. Òortinchi tipi: bu xotiraning zaif tipidir. Bu tipdagi shaxslar materialni juda sekinlik bilan bilib oladilar va tez unutadilar. Xotira tufayli ongimizda faqat hozirgi paytdagi narsalar, hodisalar aks etib qolmay, balki otmishda idrok qilingan narsalar va hodisalar, kechirilgan tuygular, fikrlar ham aks etadi. Odam xotira tufayli malaka va konikmalar hosil qi- ladi, bilimlarini boyitadi va saviyasini kengaytiradi. Xotira boshqa ruhiy jarayonlarning faoliyati va taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Yunonlarning buyuk dramaturgi Esxil (eramizdan avvalgi 525456-yillarda yashagan) oz asarining qahramoni Prometey tilidan shunday degan edi: «Eshiting, ummatlarim qilgan saxovatimni hisob qilsinlar deb raqam yaratdim. Yozuvga orgatdim. Shularning hammasining bosh sababkori Muza momosidan bahramand etdim. Ularga es berdim, xotira berdim». XOÒIRANING BUZILISHI Xotira buzilishining har xil turlarini klinik tahlil qilish XIX asr oxiriga taalluqlidir. Biroq xotira buzilishini muntazam ravishda organish faqat rus olimi S.S. Korsakov ishlaridan keyin, ayniqsa, u xotira buzilishining alohida turini bayon etganidan song boshlandi. Xotiraning buzilishi jarayonida eng kop uchraydigani gipoamneziya, amneziyadir. Gipoamneziya xotiraning susayishi bolib, unda odam oz ixtiyori bilan bir vaqtlardagi yoki yaqin vaqtlardagi voqea- larni eslash qobiliyatidan mahrum boladi. Shu narsa qayd qilinadiki, keksalardagi gipoamneziyada ular yangi xotiralarni " eslab qolish va aytib berishga juda qiynaladilar, ayni vaqtda esa, eskilarini ancha yaxshi eslaydilar. Gipoamneziyalar ogir kasalliklardan keyin, toliqish, astenik holatlarda roy beradi. Giperamneziya xotiraning kuchayishi bolib, bu holat ruhiy bemorlarda qozgalishda, jumladan, maniakal holatlarda uchraydi va u eslashga aloqador boladi: kundalik voqealarni eslab qolish esa ozgarmagan holda qoladi yoki hatto su- sayadi. Ruhiy tushkunlikka tushgan, biror baxtsizlikdan ezilgan kopgina kishilar otmishdagi xotiralarning quyilib kelishidan shikoyat qiladilar. Goyo allaqachon unutib yuborilgan voqealar xotirada turli-tuman voqea sifatida jonlanadi. Bazan shunga oxshash hodisalar yuqumli kasalliklarda harorat yuqori bolganda kuzatiladi. Xotiraning boshqa muhim buzilishlariga amneziyalar xotiraning yoqolishi yoki eslay olmaslik kiradi. Qator hollarda amneziya bemorlar hayotining qatiy chegaralangan bir bolagini oz ichiga oladi, u bemorning xotirasidan mutlaqo ochib ketadi. Hushdan ketgan, koma holatida bolgan davr ichida xotira yoqolishi amneziyaga oddiy misol boladi. U, odatda, oziga kim yordam berganini ham, qanday qilib kasalxonaga tushib qolganini ham eslay olmaydi. Bu anterograd amneziyadir. Bosh miya shikastlanganda, shikastlanishdan oldin roy bergan voqealarning xotirada qolmasligi ham kuzatiladi. Bazan bunday shikastlanishning ogir-yengilligiga qarab malum bir vaqtni (soatlar, kunlar, hatto oylar) oz ichiga oladigan voqealar xotiradan kotariladi. Xotiraning bunday buzilishi retrograd amneziya, deb ataladi. Bazi kasalliklarda amneziyalar juda keng hajmda boladi. Masalan, qarilik tufayli es pasayganda yetuklik yoshidagi deyarli barcha voqealar va sanalar xotiradan kotariladi hamda bemorlar yoshlik davridagi, hatto bolaligidagi taassurotlar dunyosiga chomadi. Bunda ular bir zamonlar boshlaridan kechirgan voqealar va kechinmalari haqida xuddi kecha bolib otgan voqeadek gapiradilar, allaqachonlar olib ketgan odamlar bilan uchrashishni kutadilar. Oz hayotlarida bolib otgan muhim voqealarni aslo eslay olmaydilar. Paramneziyalar yoq narsani eslash yoki psevdoreminis- sensiyalar hisoblanadi. Bemor hayotida bolib otgan voqeani " shu voqea bolib otgan vaqtga aloqador, deb hisoblamaydi. S.S. Korsakov oziga xos kasallik polinevritik psixozni bayon etgan edi, bunda anterograd va retrograd amneziyalar bilan bir qatorda soxta xotiralashlar ham boladi. Bunda bemorlar garchi kasalxonada yotgan bolsalar-da, hozirgina sayrdan, ishdan, ovdan qaytganlarini aytadilar. Kundalik voqealarni esa, bemorlar mutlaqo xotirada saqlab qola olishmaydi. Xotira buzilishlari alomatlarining bunday yigindisi Korsakov sindromi, deb ataladi. Psevdoreminissensiyalar bilan bir qatorda konfabulatsiyalar yoki odatda, amneziyalar, xotiradan unutilgan voqealar ornini toldiradigan uydirma, yolgon gaplar mavjud. Bemor gapira- yotgan voqea uning hayotida hech qachon sodir bolmagan boladi, ammo u shu voqealarni roy bergan, deb tasdiqlaydi. Amnestik afaziya alohida orin tutadi, bunda odam buyumlar- ning nomini unutib qoyadi. Xotiradan kotarilgan buyumni tanish, odatda, buzilmaydi, biroq uning simvoli (belgisi) va soz bilan bayon etib beriladigan model xotirada bolmaydi yoki juda qiyinchilik bilan aytib beriladi. Amnestik afaziya lokal belgi ahamiyatiga ega bolgan bosh miyaning ogir or- ganik zararlanish simptomi. Bu simptom keng tarqalgan bolib, tomir-dissirkulator hamda degenerativ-atrofik jarayonlarda kuzatiladi. Xotira aldanishlari qatorida kriptamneziya malum, yani bunda bemor birovning fikrini xuddi ozinikidek qilib gapirib beradi. Adabiyotda shunday xotira xatolariga aloqador bolgan beixtiyor plagiat tushunchasi bayon etilgan. XOTIRASI BUZILGAN BEMORLARGA ÒIBBIYOÒ XODIMLARINING MUNOSABAÒI Xotirasi buzilgan bemorlarga nisbatan tibbiyot xodimlari, ayniqsa, juda muloyimlik bilan ozlarining eng yaqin kishi- laridek sozlarini oxirigacha eshitib (agar u yolgon bolsa ham), keyin oz fikrlarini aytib, davo muolajalarini otkazishlari kerak. Ayniqsa, xotirasi umuman yoqolgan bemorlar yordamga muhtoj boladilar. Ular oz holatini togri baholaydilar va atrofdagilarga kulgi bolishdan, dakki eshitishdan xavflanib turadilar va juda etibor bilan ahamiyat beradilar. Bunday bemorlarni tibbiyot xodimlari tinchlantirishi, tetiklashtirishi va kerakli vaqtda sharoitga qarab ularning harakatlarini, sozlarini "! tuzatishga yordam berishlari kerak. Bemorning gaplariga diqqat, sabr-toqat va xotirjamlik bilan quloq solish u bilan zarur aloqani ornatish uchun juda muhimdir. Òibbiyot xodimlari bemorning barcha savollariga oddiy, tushunarli va aniq javob berishlari kerak. Balandparvoz gap- lar, kasallik jarayonining xorijiy nomlari, murakkab, tushu- narsiz sozlar bemorni tinchlantirmaydi. Faqat soz emas, balki tibbiyot xodimlarining xatti-harakati, imo-ishorasi, mimikasi ham salbiy tasir korsatishi mumkin, shu tufayli shifokor va hamshira bemor oldida ehtiyot bolib gapirishi, ozini tuta bilishi kerak. NORMA VA PAÒOLOGIYADAGI DIQQAÒ Diqqat deb, ongni bir nuqtaga toplab, muayyan bir ob- yektga aktiv qaratilishini aytamiz, biz oz faoliyatimiz ja- rayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, ozimizning qilgan ishlarimiz, oy va fikrlarimiz diq- qatning obyekti bola oladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga toplanishi ong doirasining torayishidan iboratdir, bunda goyoki ong doirasi anchagina tigizlanadi. Ana shunday torayish va tigizlanish tufayli ong doirasi juda ham yorqinlashadi, ongning eng tigizlangan va binobarin, eng yorqin nuqtasi diqqatning mar- kazi, deb ataladi. Diqqatimiz qaratilgan obyektlar ongimiz- ning toplangan «zonasida» juda aniqlik va yaqqollik bilan aks ettiriladi. Bu yerda yana shuni ham nazarda tutish ke- rakki, diqqat idrok, xotira, xayol, tafakkur va nutq singari alohida ruhiy jarayon emas. Diqqat hamma ruhiy jarayonlarda korinadi. Biz «shunchaki» diqqatli bola olmaymiz, balki biz diqqat bilan idrok qilamiz, diqqat bilan esda olib qolamiz, oylaymiz, diqqat bilan muhokama yuritamiz, gaplashamiz. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini taminlaydigan ichki faollikdir. Diqqat ozining faolligi jihatidan ixtiyorsiz va ixtiyoriy boladi. Biron tashqi sabab bilan va bizning xohishimizdan tashqari hosil boladigan diqqatni ixtiyorsiz, deb ataymiz. Diqqatimiz qaratilishi lozim bolgan narsani oldin belgilab olib, "" ongli ravishda qoyilgan maqsad bilan ishga solingan diqqatni ixtiyoriy diqqat, deb ataymiz. Diqqat bir necha xususiyatlarga ega bolib, ulardan asosiylari diqqatning kochuvchanligi, bolinishi, kolami, kuchi va barqarorligidir. Diqqatning fizio- logik asosini bosh miya posti qismidagi «optimal qozgalish nuqtasi» tashkil qiladi. Optimal qozgalish nuqtasi manfiy induksiya qonuniga kora, bosh miya postining boshqa joylarida tormozlanishni vujudga keltiradi. «Miya yarimsharlarining optimal qozgalishga ega bolgan qismida, deydi I.P. Pavlov, yangi shartli reflekslar osonlik bilan hosil boladi va differen- sirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo boladi». DIQQAÒ PAÒOLOGIYASI Diqqatning buzilishi diqqatsizlik yoki diqqatning susayi- shi bilan namoyon boladi. Diqqatsizlikning birinchi turi diqqatning tarqoq bolishi va kam tigizlanish bilan xarak- terlanadi. Bu ozgarish maktab yoshiga yetmagan soglom yosh bolalarda va asteniya holatidagi bemorlarda kuzatiladi. Diqqatsizlikning ikkinchi turi diqqatning ota tigizligi va qiyin ichki kochuvchanlik bilan otadi. Diqqatning bu turi ozida qandaydir goyalarni ushlab turuvchi, ozini ichki kechinmalariga botib qolgan shaxslarda kuzatiladi. Kasallik holatlarida u qimmatli goyalar korinishida xarakterlanadi. Bosh miya peshona sohasining bevosita shikastlanishi natijasida diqqatning oziga xos bolgan buzilishi, yani diqqatning kochuvchanlik holati kuzatiladi. Bunday holat maniakal holatdagi bemorlarda kuzatiladi. Ayrim vaqtlarda diqqat kochuvchanligi patologik jihatidan kuchayadi. Bemorning diqqati yangidan yangi hosil boladigan obyektlarga, soz- larga, suhbatlarga tez-tez bolinib kochib turadi. Natijada, bunday bemorlar uzoq vaqt diqqatini bir nuqtaga toplay olmaydilar. Uchinchi turdagi diqqatsizlik nafaqat diqqatning kuchsiz toplanishi, balki juda sust kochuvchanligi bilan xarakterlanadi. Diqqatning bunday buzilishi qarilik yoshida serebral atero- skleroz kasalligida va kislorod yetishmovchiligi roy bergan holatlarda kuzatiladi. "# ÒAFAKKUR HAQIDA ÒUSHUNCHA Òafakkur bu predmet va hodisalarning umumiy xusu- siyatlarini aks ettirish, ular ortasidagi qonuniy aloqalar hamda munosabatlarni topish jarayoni. Boshqacha qilib aytganda, tafakkur bu borliqni umumlashtirilgan holda va bevosita aks ettirishdir. Òafakkur inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Istalgan ixtiyoriy faoliyat, u xoh oquv, xoh ishlab chiqarish faoliyati bolsin, uning natijalarini oldindan korishni, albatta, talab qiladi. Biroq oldindan korish uchun dalillarni umumlashtirish va shu umumlashmalar asosida xuddi shunga oxshash boshqa dalillarga ham tatbiq etish mumkin bolgan xulosalar chiqarish kerak boladi. Bu ikkiyoqlama yondashish yakkadan umumiyga, umumiydan yakkaga tafakkur orqali amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va toliqroq aks etadi. Narsa yoki hodi- salar ortasidagi eng muhim boglanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (togri), toliq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilish- ga), insonning yanada oqilona amaliy faoliyat bilan shugulla- nishiga imkon beradi. Bosh miya postining biron-bir sohasi emas, balki bosh miyaning butun posti bajarayotgan faoliyat tafakkurning asab- fiziologik negizidir. Analizatorlarning miyaga borib tutashgan uchlari ortasida vujudga keladigan murakkab va muvaqqat boglanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda ahamiyatga ega. Òafakkurni yonaltirib turadigan asosiy asab-fiziologik negiz shunday yol korsatib turuvchi refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol oynaydi. Òafakkur qilish jarayoni biror ruhiy elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashi- nishi tarzida voqe bolmasdan, balki alohida aqliy opera- tsiyalar biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsa- lar ustida, umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bol- gan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe boladi. Òaqqoslash, analiz va sintez, abstraksiya va umumiy- lashtirish, konkretlashtirish, klassifikatsiya va sistemaga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. "$ Òaqqoslash shunday bir aqliy operatsiyadirki, bu operatsiya ayrim narsalar ortasidagi oxshashlikni yoki tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik yoki qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Amaliy taqqoslash bir narsani ikkinchi narsaga solishtirib korilayotganda, masalan, bir qalamni ikkinchi qalamga, olchov chizgichini taxtaga va shu kabilarga solishtirib korilayotganda sodir boladi. Òaqqos- lash tasavvur qilinayotgan yoki qilingan narsalarni bir-biriga fikran solishtirib korish yoli bilan hal boladi. ANALIZ VA SINÒEZ Analiz (tahlil) narsani (buyumlarni, hodisalarni, ja- rayonni) tarkibiy elementlarga, qismlarga yoki tarkibiy belgi- larga bolish demakdir. Analizning qismlarga, uning ele- mentlariga bolgan munosabati aniqlanadi. Psixologiyani or- ganish vaqtida har bir ruhiy jarayonni bir-biri bilan taqqos- labgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, analiz ham qi- lamiz. Oqish mashguloti vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta orin tutadi. Chunonchi, savod orgatish, odatda, nutqni analiz qilishdan: gapni sozlarga, sozlarni bogin- larga, boginlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Sintez analizning aksi yoki teskarisi bolgan tafakkur jarayonidir. Bunda tarkibiy qismlar yagona bir butunga bir- lashadi. Analiz va sintez bir-biri bilan chambarchas bog- langandir, chunki fikr jarayonining ayrim bosqichlarida bi- rinchi oringa analiz yoki sintez chiqadi. Sintez elementlar- ning, narsa va hodisalarning qismlarini bir butun qilib qo- shishdan iboratdir, amaliy analiz bolgani singari amaliy sintez ham boladi. «Òafakkur, deb yozgan edi I.P. Pavlov, albatta, assotsia- tsiyalardan, sintezdan boshlanadi, songra sintezning ishi analiz bilan qoshiladi. Analiz, bir tomondan, retseptorlarimiz, periferik uchlarining analizatorlik qobiliyatiga, ikkinchi to- mondan esa, bosh miya katta yarimsharlarining postida tako- mil topuvchi va voqelikka muvofiq bolmagan narsalarni voqelikka muvofiq bolgan narsalardan ajratib turuvchi tor- mozlanish jarayoniga asoslanadi». "% Abstraksiya shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining ozi tafakkurning mustaqil obyekti bolib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki analiz natijasida sodir boladi. Abstraksiya umumlashtirish bilan bog- liqdir. Bunda predmetdagi, hodisadagi barcha tasodifiy, xususiy va muhim bolmagan narsalarga barham beriladi. Kasalliklarga ilmiy jihatdan tarif berish abstraksiyaga misol bola oladi. Umumlashtirish predmetlar va hodisalarni ularning umu- miy va asosiy tomonlarini ajratib korsatish asosida bir-birlari bilan fikran birlashtirishdir. Masalan, tabletkalar, drojelar, kolloid va kristalloid eritmalar kabilar oxshashligi boyicha dori-darmon tushunchasiga kiritiladi yoki kasallik belgilari simptom yoki sindrom tushunchasi orqali ifodalanadi. Umumlashtirish tafakkurning abstraktlashtiruvchi faoliyati bilan chambarchas boglangandir. Abstraktlashtirish jarayonida ayrim narsalarning, holatlarning oxshash belgilari aniqlanadi va shu oxshash belgilar umumlashtiriladi. Masalan, barcha somatik kasalliklar ikki guruhga: terapevtik va jarrohlik kasal- liklariga bolinadi. Òerapevtik kasalliklarda yurak-tomir, bronx- opka, meda-ichak, siydik-tanosil kasalliklarni; jarrohlik kasalliklarida kokrak jarrohligi, opka jarrohligi va boshqalar ajratib korsatiladi. Konkretlashtirish obyektiv dunyoda haqiqatda mavjud bolgan predmet yoki hodisa misolida pred- met yoki hodisani korsatish, ochib berishdir. Òibbiyotda bu malum etiologiyaga, klinik manzaraga, patogenezga va oqibatga ega bolgan konkret kasallikdir. Konkretlashtirish, umumiy abstrakt belgini yakka obyektlarga tatbiq etishda ifodalanadi. Òafakkurda u yoki bu vazifani intuitsiya bajarishi mumkin. Masalan, tajribali shifokor bir qancha hollarda tashxis qoyish, togri xulosa chiqarishni ozida tosatdan kelib qolganday sezadi, lekin bunga ham kasallik belgilarini konkretlashtirish natijasida erishiladi. Klassifikatsiya (tasnif) kop narsalarni, holatlarni, kechin- malarni guruhlarga bolish. Masalan, tibbiyotda kasalliklarning "& klassifikatsiyalari mavjud: sil kasalligi, zaxm, yuqumli kasal- liklar klassifikatsiyalari. Anatomiya fanida suyaklar klassifika- tsiyasi alohida organiladi. Òushuncha bu predmet va hodisalardagi umumiy va muhim xususiyatlar hamda sifatlarning kishi ongida aks etishidir. Òushunchaning ikki turi bor: biri konkret tushuncha, ik- kinchisi abstrakt tushuncha. Masalan, kasallik togrisida, yara, harorat, ogriq, odam, bemor, osimlik togrisidagi tu- shunchalar konkret tushuncha. Narsa va hodisalarning oziga taalluqli bolmasdan, balki narsa va hodisalardan fikran ajratib olinadigan ayrim xususiyat, sifat va holatlarga, shuningdek, ayrim narsa va hodisalar ortasidagi munosabatlarga va bogla- nishlarga taalluqli bolgan tushunchalar abstrakt tushunchalar deb ataladi. Masalan, kasallikning mohiyati haqidagi tushuncha, davolab bolmaydigan kasalliklar haqidagi tushunchalar. Muhokama biron narsa, hodisa (yoki biror kimsa) haqida biror nimani tasdiqlash yoki inkor qilish demakdir. Masalan, «ayrim kasalliklarni davolab bolmaydi» va ayrim «kasalliklarni davolab boladi» yoki «bu dorining samarasi yaxshi boladi», «bu antibiotikdan foydalanish kasallikni toliq davolashni taminlamaydi». Kishi «yoq» yoki «ha» deyish bilan biror qoidani, hodisani qayd qilish bilan bir qatorda muhokama obyektiga oz munosabatini bildiradi. Muhokama asosiy akt va fikrlash jarayoni sodir boladigan shakldir, chunki fikr- lash bu avvalo, muhokama yuritish. Muhokamada biron nima haqida yoki biror kimsa haqida tasdiqlangan yoki in- kor qilingan narsa muhokama mavzuyi boladi. Xulosa chiqarish tafakkurning tarixan tarkib topgan mantiqiy shaklidir. Òafakkurning shu mantiqiy shakli vositasi bilan bir yoki bir necha malum hukmlar (asoslar)dan yangi hukm xulosa chiqariladi. Agar odam ozining chiqaradigan xulosasida ayrim xususiy muhokamalardan umumiy xulosa chiqaradigan bolsa, bunday xulosa induktiv xulosa nomini oladi. Masalan, tana haroratining kotarilishi, suvsizlanish organizmni holsizlanishga olib keladi. Òerining qizarishi qon tomirlarining kengayishi bilan bogliq bolib, bu turli xususiy omillarning tasirida sodir boladi. Induksiya yordamida odam ozining ayrim kuzatish va tajribalariga yakun yasaydi, oz "' amaliyoti natijalarini umumlashtiradi yoki boshqa kishilar amaliyotidan xulosalar chiqaradi. Biror umumiy holatni ifodalovchi hukmlardan umumiyligi kamroq bolgan yoki ayrim hodisalarni ifodalaydigan hukmga otish jarayoni deduktiv xulosa chiqarish deyiladi. Deduksiya bilinayotgan hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi. Masalan, penitsillin turli yalliglanish kasal- liklarini davolashda yaxshi vosita sifatida tan olingan. Demak, opka shamollaganda, ana shu antibiotikni ishlatish maqsad- ga muvofiqdir. Analogiya yoli bilan, yani oxshashligiga qarab xulosa chiqarish juziy yoki yakka muhokamalarga asoslanib juziy yoki yakka hukm chiqarish. Masalan, havo bulut, changlanib turibdi, yana kasalim qozgaydi yoki ana men yaxshi korgan doktor kelayapti, kasalim tez kunda tuzalib ketadi. Biz ozimizning yoki boshqalarning fikrlarini tekshirib korish, asoslab berish, isbotlab berish lozim bolgandagina xulosa chiqarishning toliq, kengaytirilgan mantiqiy shaklidan foydalanamiz. Fikriy qobiliyatlar haqida gapirilganda, kopincha bu tu- shuncha ostida intellekt (aql) kozda tutiladi. Aql olingan bilimlarni, tajribani va ularni yanada boyitishga va aqliy faoliyatda foydalanishga bolgan qobiliyatni oz ichiga oladi. Kishining aqliy fazilatlari uning hajmi bilan belgilanadi. Òafak- kur aqlning faol funksiyasi bolib, logika (mantiq) qonunlari asosida takomillashib boradi. Òafakkur amaldagi aqldir. Òafakkurning eng muhim xusu- siyatlaridan biri tushunishdir. Òafakkur jarayonidagi tushunish boshqa bir kishining ogzaki va yozma nutqini idrok qilish hamda uqib olish jarayonida sodir boladi. Nutqni tingla- yotganimizda yoki biron yozma matnni oqiyotganimizda, odatda, biz ozimiz eshitayotgan yoki oqiyotgan soz birik- malarini togri idrok qilishga intilamiz. ÒAFAKKURNING SIFAÒLARI Ayrim kishilarning tafakkuri ozining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan, mustaqilligi, samaradorligi va tezligi jihatidan turli hollarda turlicha namoyon boladi. Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluvchi belgilardir. # XAYOL Jahon psixologiyasida xayol inson ijodiy faoliyatining tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-harakatning oraliq va yakuniy mahsullari orqali aks etadi, muammoli vaziyatda noaniqlik, nomalumlik alomatlari vujudga kålsa, u holda faoliyat råjasini qayta korib chiqishni taminlash imkoniyatiga ega. Xayolning asosiy vazifasi amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularni timsollar tariqasida vujudga kåltirishdan iboratdir. Xayol boshqa bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada bolib, ularni aks ettirish imko- niyatining tolaroq royobga chiqishiga yordam båradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan båvosita aloqada boladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasida ham bashorat qilish, oldindan payqash, såzish, istiqbol råjasini tuzish imkoniyati mavjud. Ular ortasida bir qator oxshashliklar va ayrim farqlar mavjud, yani: • xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar yåchish jarayonida tugiladi; • yangi yåchim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; • xayolning ham, tafakkurning ham paydo bolishi shaxs- ning ehtiyojlariga båvosita bogliq; • ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yarati- ladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tugiladi; • xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kålsa, tafakkurda ular umumlash- malar, tushunchalar, bilvositalik xususiyati orqali royobga chiqadi. Xayol jarayoni tafakkurdan farqli olaroq muammoli vazi- yatning malumotlari qanchalik noaniq bolsa, shunchalik tasavvur obrazlari yaralishi uchun qulay imkoniyat tugiladi, uning måxanizmlari tåzkorlikda ishga tushadi. Xayol turlari. Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1) inson håch qanday yol bilan hal qilib bolmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan bårkinish maqsadida; # 2) turmushning ogir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoya- lanish niyatida; 3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan; 4) ushalmagan armondan; 5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bolmagan, amalga oshirish imkoniyati yoq xatti-harakatlar dasturini namoyon etib, u passiv (sust) xayol dåb nomlanadi. Xayolning bundan tashqari aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qayta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud. Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy råjalashtirib, iroda bilan håch bir bogliq bolmagan, jorttaga «kashf» qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yonaltirilgan obrazlari maj- muasi «shirin xayol» dåyiladi. Odatda, «shirin xayol»da fanta- ziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari ortasidagi aloqa yångillik bilan yuzaga kålganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. Inson qan- chalik shirin xayolga bårilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs sanalib, bu uning nuqsoni hisoblanadi. Goho passiv xayol ixtiyorsiz ravishda vujudga kålishi ham mumkin, bunda quyidagi holat yuz båradi: a) ong nazoratining kuchsizlanishi; b) ikkinchi signallar tizimining susayishi; d) insonning vaqtincha harakatsizlanishi; e) uyqusirash kåzida; f) affåktiv vaziyatda; g) tush korishda; h) gallutsinatsiyada; i) patologik holatlarda va h.k. Passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidåk, aktiv xayol qayta tiklovchi va ijodiy korinishlarga bolinadi. MULOQOT VA UNING JIHATLARI Muloqot odamlar ortasida birgalikda faoliyat ehtiyojla- ridan kålib chiqadigan boglanishlar rivojlanishining kop qirrali jarayonidir. Shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli, # dåyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar davrasida, ular bilan ozaro tasir doirasida bolishini angla- tib, bu shaxsning eng yåtakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Insoniy munosabatlar dastlab odamlar ortasida roy båra- digan fikrlar, his-kåchinmalar, tashvish-quvonchlar almashi- nuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bolishgani sari, ular ortasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular orta- sida umumiylik, oxshashlik va uygunlik kabi sifatlar paydo bolib, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tigizligi tåskari råaksiyalarni bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni kåltirib chiqaradi. Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, båtakrorligi, bilimlar va tasavvurlar- ning xilma-xilligi namoyon boladi va shunisi bilan u inso- niyatni asrlar davomida oziga jalb etadi. Shuning uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, tåxni- kasi va stratågiyasi, muloqotga orgatish (sotsial psixologik tråning) masalalari bilan shugullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi orni va salohiyati kåskin oshdi. Muloqot hamkor- likda faoliyat korsatuvchilar ortasida axborot ayirboshlanishini oz ichiga olib, bunday malumot almashinuv muloqotning kommunikativ jihati sifatida tariflanadi. Odamlar muloqotga kirishar ekanlar, uning eng muhim vositalaridan biri sifatida tilga murojaat qiladilar. Muloqotning ikkinchi jihatida munosabatga kirishuvchi- larning nutq jarayonida faqat sozlar bilan emas, balki xatti- harakatlar bilan ham almashinuvi nazarda tutilib, bu muloqot- ning intåraktiv jihati dåb yuritiladi. Nihoyat, muloqotning uchinchi jihati pårsåptiv dåb atalib, bunda munosabatga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok eta olishlari tushuniladi. Shunday qilib, muloqot jarayonida shartli ravishda uchta, yani kommunikativ (axborot uzatish), intår- aktiv (hamkorlikda harakat qilish) va pårsåptiv (ozaro birga- likda idrok etish) jihatlarni alohida korsatish mumkin. Ana shu uchta jihatning birligi muloqot jarayonida hamkorlikdagi #! faoliyat va jalb etilgan odamlarning ozaro birgalikdagi harakatlarini tashkil etish usuli sifatida maydonga chiqadi. Muloqot turlari Muloqot mazmuniga kora, quyidagi turlarga ajraladi: mod- diy muloqot dåganda, subyåktni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shugullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va prådmåtlarini ayirboshlash tushuniladi. Kognitiv muloqot dåb, shaxslarning hamkorlikdagi faoliya- tida narsa va hodisalarni organish, malumotlarni bilib olish jarayonida ozaro bilim almashinuviga aytiladi. Konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayir- boshlanadi. Masalan, shifokor båmorning tushkun kayfiyatini kotarishi yoki aksincha, ona qizining oksinib yiglayotgan holatiga yigi bilan munosabat bildirishi va h.k. Motivatsion muloqot muayyan yonalishda hamkorlikda harakat qilish uchun ozaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuv jarayoni bilan izohlanadi. Faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bogliq bolib, bunda harakatlar, opåratsiyalar, konikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida malumotlar uzatiladi, bilim doirasi kångayadi, qobiliyatlar rivojlanadi, takomillashadi. Muloqot maqsadiga kora, biologik va ijtimoiy korinishda boladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlan- tirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bogliq bolsa, ijtimoiy muloqot shaxslararo munosabatlarni kångaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bogliq bolgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon boladi. Muloqot vositasiga kora båvosita va bilvosita bolib, bunda jonli mavjudotning tabiiy organlari yordamida, yani qoli, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa båvosita, agar muloqotni tashkillashtirish va malumot alma- shishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa, bu muloqot bilvosita dåyiladi. Muloqotning yuqorida mulohaza yuritilgan turlaridan tashqari ishbilarmonlik va shaxsiy turlari ham farqlanadi. #" Ishbilarmonlik muloqoti odamlarning turli xildagi qoshma mahsuldor faoliyati va mazkur faoliyatining sifatini oshirish vositasi sifatida yuzaga kåladi. Shaxsiy muloqot esa, shaxs ozining psixologik muammolariga, qiziqishlariga, ehtiyojlariga, oz hayotiga, atrofida nimalar bolayotganligiga bolgan munosabatini atrofdagilardan bilishga yonaltirilgandir. Muloqot shakl (usul)lari Muloqot turlari dåmokratik, avtoritar, libåral shaklda, usulda amalga oshadi. «Dåmokratik» usulda suhbatlar, muno- zaralar, mulohazalar ozaro tånglik, ozaro hurmat ruhiga boysundirilib, tasir otkazish sohalari yashiringan holda boladi. Shu boisdan, tasodifan voqåa va hodisalarning sodir bolishi turlicha baholanadi, ragbatlantiriladi yoki jazolanadi. Mana bunday odilona amalga oshirilgan muloqot tasirida ogil- qizlarda dostlik, dilkashlik, xushmuomalalilik, shaxsiy xatti- harakatida va mulohaza yuritishida mustaqillik, shaxsiy qarashlari saqlangan holda yangi norma va talablarga moslashish, oz faoliyati uchun javobgarlik, emotsional zoriqish davrida oz- ozini qolga olishlik kabi muhim fazilatlar paydo boladi. Muloqotning yana bir shakli «avtoritar» dåb atalib, bunda shaxslararo tång huquqlilik, erkin xatti-harakat qilish, tashab- buskorlik oz ahamiyatini yoqota boshlaydi. Masalan, boshliq tomonidan xodimlarning yurish-turishi, xatti-harakati kopin- cha chåklab qoyiladi. Boshliq tomonidan tasir otkazishning asosiy måtodi jazolash hisoblanadi. Biroq onda-sonda ragbat- lantirish måtodidan foydalanilganda ham, u xodimga manaviy ozuqa bårmaydi. Mazkur usul oilada qollanilsa, farzandlarda ota-onaga yaqinlik, måhr hissi kamayadi, kåyinchalik bu tuygu uzoqlashish, «bågonalashish» kåchinmasiga aylanadi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar bolalarni qondirmaydi; natijada odamovi, tund, ichimdagini top, tashvishlilik, xavotirlilik kabi sotsial norma va qoidalarga qiyinchilik bilan moslashishdan iborat xaraktår xislatlari vujudga kåladi. Shu sababdan oila azolari ruhiy dunyosida simpatiya (yoqtirish), empatiya (hamdardlik), samimiylik, xayrxohlik kabi yuksak insoniy his-tuygular juda nursiz ifodalanadi. Kor-korona va sozsiz boysunishga asoslangan ## munosabatlar någizida yotgan tarbiyaviy tasir qorqoq va irodasi kuchsiz shaxsni tarkib toptiradi. Muloqot shakli ichida «libåral» usuli ham kozga tashlanib turadi. Bu usul muloqot jarayonida murosasoz, kongilchan bolishlik, tashqi korinishdan iliq psixologik iqlimni, guruhiy moslikni ozida aks ettirgandåk bolib tuyuladi. Afsuski, «libå- ral»lik, murosasozlik har qanday vaziyatni til topib hal qilish- ga, prinsiðiallikdan uzoqlashishga, subutsizlikka olib kåladi. Masalan, ota-onalarning farzandlari bilan bunday munosa- batda bolishlari salbiy oqibat sari yåtaklaydi: qatiylik, musta- qillik, dadillik va chortkåsarlik singari irodaviy sifatlar farzand- lar ruhiy dunyosidan uzoqlashadi. Murosasozlik tasirida yosh avlod xaraktårida munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, kålishuv- chanlik kabi illatlar tarkib topishi mumkin. Psixologik tasir yonalishlari Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy kozlagan maqsad- laridan biri ozaro bir-birlariga tasir korsatish, yani fikr- goyalariga kondirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni ozgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakat- lariga tasir korsata olish psixologik tasir dåyiladi. Psixologiyada psixologik tasirning asosan uch vositasi farq- lanadi: vårbal tasir bu soz va nutq orqali korsatadigan tasir- lardir. Har qanday nutq korinishida odam ozidagi barcha sozlar zaxirasidan foydalanib, eng tasirchan sozlarni topib, shårigiga tasir korsatishni xohlaydi; paralingvistik tasir bu nutqning atrofidagi nutqni båzov- chi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillari bolib, bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulatsiya, tovushlar, toxtashlar, duduqlanish, yotal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Novårbal tasir «nutqsiz» korinishga ega bolib, bunga suh- batdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan orinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, #$ qarashlar, bir-birini båvosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam båradi. Muomalaning turli vositalarini diagnostika qilish. Agar muloqot jarayonini yaxlit bir faoliyat sifatida undagi asosiy maqsad muomalaga kirishgan shaxslarning umumiy muammolarini yåchish boladigan bolsa, muloqotning tashabbuskori bolgan shaxsning tasiri qanchalik adråsatga tasir yonaltirilgan kimsaga yåtib borishi katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham olimlar muloqotning samaradorligi koproq qaysi vositalarga bogliqligiga qiziqadilar. Amårikalik olim Måxrabyanning malumotlariga kora, birinchi uchra- shuvda biz boshqalardan kålayotgan novårbal signallarga 58 % ga ishonamiz, ulardan tasirlanamiz; 38 % paralingvistik va 7% gina nutqning båvosita mazmuniga ishonamiz. Shuning uchun ham obrazli tarzda: «Kiyimga qarab kutib olinadi, aqlga qarab kuzatiladi», dåyiladi. Kåyingi uchrashuvlarda bu mutano- siblik, tabiiy, ozgaradi. Albatta, paralingvistik hamda novårbal vositalarning muloqotdagi orni va ulushi masalasi suhbatdoshlarning yosh, jins, kasb, hattoki, milliy xususiyatlariga bogliq. Masalan, boshqa bir amårikalik olim Argayl turli millatlar vakillari muomalasida qiliqlar, qol harakatlarining kuchi va takrorla- nishini organgan. Malum bolishicha, 1 soat mobaynida finlar bir marta qiliq qilarkan, italiyaliklar 80 marotaba, fransuzlar 20 va måksikaliklar 180 marta. Dåmak, har bir xalq vaki- lining asriy udumlari, rasm-rusumlari, odatlari va emotsional- ligiga qarab, qiliq va harakatlar malum orin egallab, bu narsa oz navbatida muloqotni kuchaytiradi, uni boyitadi. Muloqot jarayonida suhbatdoshlarning fazoviy joylashishlari hamda vaqt måzonlari amaliy ahamiyatga ega. Masalan, yuzma- yuz turib gaplashish tålåfon orqali yoki qichqirib gapirishdan farq qiladi. Yoki muloqotning vaqt måzonlari, ayniqsa, diðlo- matik uchrashuvga oz vaqtida kålish va unda odob-axloqqa qatiy rioya qilish yoki aksincha, shårikni hurmat qilmaslik, uchrashuvga kåchikib kålish, uzoqdan turib gaplashish, iyak- larni tåpaga qaratib, kibr bilan gapni boshlash, muzokaralar- #% ning har bir såkundi oziga xos mano-mazmun kasb etadi va mos tarzda sharhlanadi. Yuqorida takidlangan holatlarni psixologiyadagi maxsus bolim proksåmika organadi. Bu yonalishning asoschisi amårikalik E. Xoll bolib, uning ozi proksåmikani «fazoviy psi- xologiya» dåb atagan. Masalan, u amårikaliklarga xos bolgan suhbatdoshning shårigiga nisbatan fazoviy joylashuvi xususiyat- larini aniqlab, muloqotning turli sharoiti va shakliga qarab, fazo- viy yaqinlashuvning ortacha qiymatini aniqlagan: • intim (yaqin) masofa 045 sm; • pårsonal (shaxsiy) masofa 45120 sm; • ijtimoiy masofa 120400 sm; • ommaviy masofa 400750 sm. Har bir masofa oziga xos muloqot vaziyatlariga mos. Vaqt va fazo bilan bogliq aloqalarning oziga xos majmuyi xrono- toplar dåb ataladi. Amaliyotda «kasalxona palatasi xronotopi», «vagon yolovchilari xronotopi» va boshqalar aniqlangan. Muloqotda suhbatdoshlarning koz qarashlari vizual kontaktlari ham katta ahamiyatga ega. Vizual kontakt bu qarashlar soni, ularning uzoqligi, qarashlardagi statika va dinamik almashinuvlar, koz olib qochishlar va boshqalardir. Shunday qilib, biz odatiy, tabiiy dåb idrok qiladigan faoliya- timiz bolgan muloqotda ham koplab sirlar va oziga xos nozik tomonlar borki, ularning barchasi bizdan muloqotdagi bilimdonlikni va ozgalarga va ozimizga etiborliroq bolishi- mizni talab qiladi. Shu orinda aytish joizki, muloqot jarayoni- ning samarasi suhbatdoshni tinglay olishga ham bogliq. Mulo- qotga orgatishning muhim yonalishlaridan biri odamlarni faol tinglashga, bunda barcha paralingvistik va novårbal omil- lardan orinli foydalanishga orgatishdir. Tinglash tåxnikasiga quyidagilar kiradi: • aktiv holat, bu suhbatdoshning yuzidan tashqari joyla- riga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir soziga qiziqayotganligingizni bildirishdir; • suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish, bu suhbat- doshni oziga jalb qilib, ozining har bir soziga uni ham kondirishning samarali yolidir; #& • oychan jimlik, bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda masuliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali ozingizni suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yolidir. Muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon gapirish va tinglash faol ozaro tasir uchun tång ahamiyatga ega. Shu bois, ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab orgatishga juda katta etibor bårilib, bu uslubning nomi ijtimoiy psixologik tråning (IPT) dåb ataladi. IPT muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirish bolib, IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi. Amaliy muloqot tråningi IPTning bir turi bolib, u yoki bu profåssional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur boladigan kommunikativ malaka, konikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot tråningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yol-yoriqlarini birgalikda topish, katta audi- toriya oldida sozlashga orgatish, majlislar otkazish, ziddiyatli holatlarda ozini togri tutish malakalari hosil qilinadi. Bunda tråning qatnashchilari ongiga birovlarni tushunish, ozini ozga orniga qoya olish, boshqalar manfaatlari bilan ozinikini uygunlashtira olish goyasi singdiriladi. Tråninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli oyinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi. ÒAFAKKUR VA AQLNING BUZILISHI Òurli ruhiy kasalliklarda tafakkur jarayonining kechishi, tasavvurlar va goyalarning qoshilishi, tafakkur mazmuni- ning buzilishi koriladi. Masalan, ruhiy jarayonlarning qoz- galishi yoki tormozlanishi bilan kechadigan kasalliklarda, odatda, tasavvurlar kechishining tezlashishi yoki sekinlashishi koriladi. Aksari maniakal holatlarda uchraydigan goyalar xarakterli misoldir. Bunda assotsiatsiyali boglanishlar darrov hosil boladi, juda boy fikrlar, obrazlar paydo boladi. Nutq shunga kora, tez va tartibsiz boladi. Bemor bir fikrni tugatmay ikkinchi, uchinchisiga otadi va hokazo. Shu narsa #' qiziqarliki, nutqning uzuq-yuluq va malum darajada pala- Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling