Умумий геология фанидан 1-лаборатория машғулоти
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
2. Nordon tarkibli tog jinslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangi
- Qo’llanilishi
Obsidian
Obsidian - vulkanik jins. Rangi - to‘q qo‘ng‘ir, jigarrang va qora bo‘ladi. Strukturasi - shishasimon. Teksturasi - bir jinsli. Yaltiroqligi - shishasimon, Sinishi - chig‘anoqsimon. Nordon riolitli yoki riolit-datsitli lavaning qovushoq turlari qotishidan hosil bo‘ladi. Qo’llanilishi - Asosan yengil betonlarning shishuvchi to‘ldiruvchisi sifatida foydalaniladi. Obsidianning ba’zi turlari taqinchoq toshi sifatida ishlatiladi. Tosh va bronza asrlarida obsidian nayza uchlari, pichoqlar va qirg‘ichlar tayyorlash uchun qo‘llanilgan. Obsidianning po‘choqsimon turlar perlit deyiladi. Perlit Pemza Pemza juda g‘ovakli, engil nordon vulkanik jins bo‘lib, bug‘lar va gazlar bilan kuchli to‘yingan nordon lavalarning (60-73% SiO 2 ) shishishi va tez qotishi natijasida vujudga keladi. Pemzaning kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchi. Rangi - oq, kulrang, sariq. Strukturasi – shishasimon. Teksturasi - g‘ovakli. U 60 -.80% gacha etadigan yuqori g‘ovakligi va yengilligi bilan farq qiladi. Qoplamalar shaklida yotadi. Pemza gigroskopik emas, etarli darajada sovuqbardoshligi va olovbardoshligi bilan xarakterlanadi. Qo’llanilishi - Abraziv material, kimyo sanoatida - filtrlar, qurituvchi mahsulotlar va h.k sifatida qo‘llaniladi. Pemza ushoqlari engil betonlarning to‘ldiruvchisi, pemza qumi va kuli sementga gidravlik qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. • Otqindi jinslar orasida vulkan shishasi sezilarli o‘rin egallaydi: deyarli suvsiz amorf qora yoki qizil-qo‘ng‘ir obsidian; mayda g‘ovakli och-kulrang yoki jigarrang 3.-.4% gacha suvli perlit; ko‘p miqdordagi suvga ega yashilsimon yoki qo‘ng‘ir smola toshi (pexshteyn). • Vulkan shishasidan shishgan perlit - engil va g‘ovakli material olinadi. U yaxshi ovoz va issiqlik tutuvchi xossalarga ega bo‘ladi hamda engil betonlarda to‘ldiruvchi shaklida, filtrlovchi va izolyasion materiallar, yuqori sifatli shisha olish uchun esa xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling