Умумий геология фанидан 1-лаборатория машғулоти


Granodiorit Granosienit


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1472137
1   2   3   4
Bog'liq
2. Nordon tarkibli tog jinslari

Granodiorit


Granosienit
Granosienit granodioritdan plagioklazlarga nisbatan kaliyli
dala shpatlarining miqdori ortiqligi bilan farq qiladi.
Rangi - och pushti. Granosienitning bunday rangi ortoklaz va
mikroklin miqdorining yuqoriligi bilan bog‘liq .


Granit-porfir
Granit-porfir tarkibida 65-75 % SiO
2
bo‘lgan nordon jins.
Rangi - qizg‘ish-qo‘ng‘ir va zich jins hisoblanadi. Strukturasi porfirli.
Teksturasi yaxlit yoki flyuidal.
Granitdan u porfirli strukturasi, mayda donali yoki shishasimon
massasida nordon dala shpati va kamroq kvarsning yirik kristallari borligi
bilan farq qiladi. Rangli silikatlar biotitning mayda tangachalari yoki
rogovaya obmankaning ingichka kristallari shaklida kuzatiladi. Asosiy massa
dala shpati-kvarsli tarkibga ega, qisman ikkilamchi minerallar bilan o‘rin
almashgan va porfirli qo‘shimchalar mavjud bo‘ladi. Oqmalar, qoplamalar,
gumbazlar, kamroq daykalar va lakkolitlar, tomirlar va uncha katta
bo‘lmagan shtoklarni hosil qiladi.
Qo’llanilishi - Qurilish materiali sifatida
foydalaniladi. Granit-porfirning afir strukturali turi
felzit deyiladi.


Riolit
Riolit - tarkibida 65-75 %. SiO
2
bo‘lgan nordon jins.
Rangi - Och tusli, deyarli oq, granitning effuziv
muqobili hisoblanadi. Strukturasi - porfirli yoki
shishasimon.
Teksturasi
shishasimon
yoki
porfirli.
Flyuidal
teksturasi kuzatiladi.
Mineral tarkibi: vulkanik shisha, dala shpatlari. Kvars
siyrak uchraydi va amalda ko‘zga tashlanmaydi. Qora
rangli minerallardan biotitning yaltiroq varaqchalari,
kamroq rogovaya obmankaning cho‘zinchoq yoki
ignasimon kristallari uchraydi. Kvars, kamroq kaliyli
dala shpati, plagioklaz, shishasimon asosiy massaga
botgan biotit yoki piroksenga ega.
Riolit lava oqmalari, vulkan gumbazlari, vulkan kuli
to‘plamlari shaklida uchraydi.



Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling