Умумий геология фанидан 1-лаборатория машғулоти


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1472137
1   2   3   4
Bog'liq
2. Nordon tarkibli tog jinslari

Obsidian
Obsidian - vulkanik jins.
Rangi - to‘q qo‘ng‘ir, jigarrang va qora bo‘ladi.
Strukturasi - shishasimon.
Teksturasi - bir jinsli.
Yaltiroqligi - shishasimon,
Sinishi - chig‘anoqsimon.
Nordon riolitli yoki riolit-datsitli lavaning qovushoq turlari
qotishidan hosil bo‘ladi.
Qo’llanilishi - Asosan yengil betonlarning shishuvchi
to‘ldiruvchisi sifatida foydalaniladi. Obsidianning ba’zi
turlari taqinchoq toshi sifatida ishlatiladi. Tosh va bronza
asrlarida obsidian nayza uchlari, pichoqlar va qirg‘ichlar
tayyorlash uchun qo‘llanilgan.
Obsidianning po‘choqsimon turlar perlit deyiladi.
Perlit


Pemza
Pemza juda g‘ovakli, engil nordon vulkanik jins bo‘lib, bug‘lar va gazlar bilan
kuchli to‘yingan nordon lavalarning (60-73% SiO
2
) shishishi va tez qotishi
natijasida vujudga keladi. Pemzaning kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchi.
Rangi - oq, kulrang, sariq.
Strukturasi – shishasimon.
Teksturasi - g‘ovakli. U 60 -.80% gacha etadigan
yuqori g‘ovakligi va yengilligi bilan farq qiladi.
Qoplamalar shaklida yotadi.
Pemza gigroskopik emas, etarli darajada sovuqbardoshligi va olovbardoshligi
bilan xarakterlanadi.
Qo’llanilishi - Abraziv material, kimyo sanoatida - filtrlar, qurituvchi
mahsulotlar va h.k sifatida qo‘llaniladi. Pemza ushoqlari engil betonlarning
to‘ldiruvchisi, pemza qumi va kuli sementga gidravlik qo‘shimcha sifatida
ishlatiladi.


• Otqindi jinslar orasida vulkan shishasi sezilarli o‘rin egallaydi: 
deyarli suvsiz amorf qora yoki qizil-qo‘ng‘ir obsidian; mayda
g‘ovakli och-kulrang yoki jigarrang 3.-.4% gacha suvli perlit; ko‘p 
miqdordagi suvga ega yashilsimon yoki qo‘ng‘ir smola toshi
(pexshteyn). 
• Vulkan shishasidan shishgan perlit - engil va g‘ovakli material 
olinadi. U yaxshi ovoz va issiqlik tutuvchi xossalarga ega bo‘ladi
hamda engil betonlarda to‘ldiruvchi shaklida, filtrlovchi va 
izolyasion materiallar, yuqori sifatli shisha olish uchun esa xom
ashyo sifatida qo‘llaniladi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling