Умумий кщрсатмалар


Download 59.15 Kb.
bet2/4
Sana24.03.2023
Hajmi59.15 Kb.
#1292046
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot ko\'rsatmasi

Tuzuvchilar:
“Axborot texnologiyalari”
kafedrasi mudiri: M.Yusupov
“Axborot texnologiyalari”
kafedrasi assistenti: E.Butayev


Taqrizchi: “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti
E.Qo’ldashev

Mazkur dastur «Axborot texnologiyalari» kafedrasining uslubiy seminarida muhokama qilingan. Majlis bayoni № « » 2022 y.


Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri: ___________t.f.f.d. M.Yusupov
(imzo)
Dastur va uslubiy ko`rsatma Texnologik jarayonlar boshqaruva va kompyuter tizimlari fakultetining kengashi tomonidan ma`qullangan va chop etishga tavsiya qilingan.
Majlis bayoni № « » 2022 yil


Texnologik jarayonlar
boshqaruva va kompyuter tizimlari: ___________________ M.Sherboyev
(imzo)


  1. KIRISH

Ushbu dastur O`zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” PQ-3151-sonli hamda, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta`minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3775-sonli qarorlariga muvofik Oliy ta`lim muassasalari bakalavriat ta`lim yo`nalishlari talabalarining malaka amaliyotini o`tash tartibi, shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2018 yildagi “Oliy ta`lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o`tash tartibi” to`g`risidagi Nizom va 5330200 -“Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta`lim yo`nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqilgan.


Ushbu dastur 5330200 -“Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta`lim yo`nalishlarining Malakaviy amaliyoti davrida bajarilishi lozim bo`lgan hisobot ishlarini to`g`ri va to`liq bajarilishida amaliy ko`rsatma berishga mo`ljallangan. Malakaviy amaliyotida Yoshlar texnoparki tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlash tillari va texnik dastgoxlarini ishlatishga doir amaliy ko`nikmalar, Andijon IT PARKI da o’qitilayotgan fanlar va foydalanilyotgan dasturlari bilan tanishish va AndMI TJB va KT fakultetining kompyuter xonalaridan foydalanga xolda dasturlash asoslari bo’yicha amaliy ko’nikmalarni xosil qilish xaqida ko’rsatmalar berilgan.


  1. UMUMIY QOIDALAR VA KO`RSATMALAR

Bakalavr yo`nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo`lgan talabalar amaliyoti, talabalarning o`quv jarayonida olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o`zlashtirishga va bu orqali ishlab chiqarishdagi muammolarni samarali yechishga yordam beradi.
Amaliyot boshlanishidan 1 kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbarlari ishtirokida amaliyotga yuboriluvchi talabalar bilan amaliyot oldi konferentsiyasini o`tkazadi. Konferentsiyada talabalarni amaliyot o`tish joylariga borishi va amaliyotni o`tash tartibi, amaliyot natijasi bo`yicha xisobot tayyorlash va uni himoya qilish masalalari ko`rib chiqiladi.
Amaliyot boshlanishidan avval, talaba amaliyot dasturi va uni o`tish grafik jadvali bilan tanishadi. Amaliyot davrida esa amaliyot joyida o`rnatilgan ichki tartib qoidalar va xavfsizlik texnikasiga qat`iy rioya qilishi zarurligi uqtiriladi.
Talabaning amaliyot jarayonida o`rganib boradigan ishlarining sifati o`sib borishi muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan birga, talabaning malakaviy amaliy ishi deb hisoblanadi. Malakaviy amaliy ishi talabaning nazariy va amaliy tayyorgarligini, uning qobiliyatini, mutaxasislik bo`yicha olgan bilimlarini sohani qanday egallashi hamda ish boshqarish qobiliyatini belgilaydi.
Ushbu dasturning maqsadi - talabaning malakaviy amaliy ishini bajarishga va himoya qilishga yo`naltirish, hamda ularda sohaga ilk kirish va o`rganishida amaliy yordam ko`rsatishdan iborat.
Quyida malakaviy amaliyotining maqsadi, vazifalari va ahamiyati hamda, malakaviy amaliyotini bajarishga qo`yilgan asosiy talablar keltirilgan.


    1. Malakaviy amaliyotining asosiy maqsad va vazifalari

Malakaviy amaliyotning maqsadi - talabaning malakaviy xisobot ishida amaliyot davomida o`rgangan va olgan tajribalari o`z aksini topishi kerak. Mazkur bosqichda talabaning Axborot texnologiyalari turkimiga kiruvchi fanlari doirasida olgan nazariy bilimlari mustaxkamlanib amaliy ko`nikmalar hosil bo`ladi. Malakaviy amaliyot davrida talabaning mustaqil bajarish ko`nikmalari mustaxkamlanadi va kasbiy qobiliyatlari namoyon bo`ladi. Malakaviy amaliyot energetika, texnika xavfsizligi va iqtisodiy tomonlari bilan bog`liqlik masalalaridan iborat bo`ladi.
Tabiiyki, malakaviy amaliyotining asosiy vazifalaridan biri hozirda ishga tushirilayotgan energetika sohasi ob`ektlari, ishlab chiqarish loyihalari, texnika-xavfsizligi bilan bog`liq holatlar bilan yaqindan tanishishdir.
Talabaning professional mahorati ko`p darajada amaliyot davomida malakali mutaxassislardan olgan tajribasi bilan belgilanadi. Bunda xujjatlar tartibini yakindan o`rganish va uni to`g`ri talqin qilish muhim ahamiyatga ega bo`lib, ular orqali talabaning mutaxassislik bo`yicha olgan bilimi namoyon bo`ladi.


    1. Malakaviy amaliyotiga qo`yilgan talablar

Amaliyotni bajarish jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida talaba:

  • IT soxasida ish olib borilayotgan va kompyuter vositalaridan doimiy foydalanadigan korxonalar tuzilishi va ularda bajariladigan ishlarning asosiy mazmuni;

  • korxonalardagi mavjud kompyuter jixozlari tuzilishi va ularda ishlatiladigan dasturiy vositalar;

  • sanoat korxonalarining avtomatik boshqaruv bo`limini tuzilishi va ularda bajariladigan ishlarning mazmuni;

  • mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalari;

Talabalarning tanishuv amaliyoti davrida olgan ma`lumotlari ularni maxsus fanlarni o`rganishga tayyorlaydi.


Download 59.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling