Умумий кщрсатмалар


AMALIYOTNI O`TASH TARTIBI


Download 59.15 Kb.
bet3/4
Sana24.03.2023
Hajmi59.15 Kb.
#1292046
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot ko\'rsatmasi

3.AMALIYOTNI O`TASH TARTIBI

  1. Amaliyot boshlanishidan bir kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbarlari ishtirokida amaliyotga yuboriluvchi talabalar bilan amaliyot oldi konferentsiyasi o`tkaziladi. Konferentsiyada talabalarni amaliyot o`tish bazalariga borishi va amaliyotni o`tash tartibi, amaliyot natijasi bo`yicha xisobot tayyorlash va uni himoya qilish masalalari kurib chiqiladi.

  2. Talabalar Andijon Yoshlar texnoparki, Andijon shahar IT Parki, TJB va KT fakulteti va Andijon shahar muassasa va korxonalariga borishadi.

  3. Korxonaga kelgan talabalarga Institutdan va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha maxsus instruktaj olib borilishi zarur.

  4. Amaliyot o`tish davrida talabalar korxona ichki tartib qoidalariga, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ko`rsatmalari va topshiriklariga amal qilishlari zarur.

  5. Amaliyot davrida talabalar belgilangan abyektlarda kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimlarida ishlar: Zamonaviy sanoat korxonalarini tuzilishi va ulardagi asosiy ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, korxona yoki texning dasturiy ta’minoti sxemasi va unda o`rnatilgan asosiy dasturlari talabalari bilan tanishib borishi talab etiladi.

  6. O`quv tanishuv amaliyotini davrida talabalar kompyuter tizimi bilan tanishadi, dasturlash ishlari, tarmoq shinalari turi va ularning ma’lumot uzatishi tezliklari bilan batafsil o`rganadi.

  7. Talaba yig`ilgan ma`lumotlar asosida amaliyot hisoboti yozadilar.

  8. Amaliyot davrida talaba bajarilgan ishlar yuzasidan amaliyot bo`yicha hisobotlarini to`ldirib borishi, hisobotni korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari va korxona rahbariga ko`rsatib, uni imzo va muhr bilan tasdiqlashi hamda amaliyot so`ngida amaliyot komissiyasi oldida himoya qilishi lozim.



  1. INSTITUT TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYOT RAHBARINING VAZIFALARI

Amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • talabalarni amaliyot o`tkazish joylariga biriktirishda qatnashish;

  • talabalarni amaliyotni boshlash oldidan institutda va amaliyot bazasida amaliyot o`tkazish umumiy qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari, yong`inga qarshi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va amalda joriy etilgan tartibda yo`riqnomadan o`tkazish;

  • amaliyotga yuborilayotgan talabalarni rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, uslubiy ko`rsatmalar bilan ta`minlash;

  • amaliyotni dastur asosida sifatli o`tkazilishiga javob berish;

  • korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalarning amaliyot o`tkazish joyi va kunlik rejasini kelishish;

  • amaliyot o`tkazish davrida talabalarga maslahat berish;

  • amaliyot bo`yicha talabalardan hisobot qabul qilish;

  • kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amaliyotchi- talabalar bilan doimiy aloqada bo`lishi, ularning holidan habar olishi, zarur hollarda ularga amaliy yordam ko`rsatishi va shu bilan birga, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan muzokaralar olib borish;

  • amaliyotni yanada sifatli o`tkazish bo`yicha takliflar kiritish.

  1. KORXONA TOMONIDAN TAYINLANGAN AMALIYOT RAHBARI VAZIFALARI

Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • Institut tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalar amaliyot o`tkazish kunlik rejasi va ish joyini kelish;

  • talabalarni o`z vaqtida mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi nizomlar bilan tanishtirish;

  • amaliyot o`tkazish davrida me`yoriy ishlab chiqarish sharoitini yaratib berish;

  • talabalarni har kunlik ishiga rahbarlik qilish;

  • amaliyot joyi hisoblangan korxonaning faoliyati va uni boshqarish bo`yicha ma`lumotlar berish;

  • talabalarni jamoat va tarbiyaviy ishlariga katnashishini tashqil qilish;

  • talabalarga ilmiy izlanish ishlarida yordam berish;

  • talabalarning amaliyot bo`yicha tuzgan hisobotlarini kuzatib borish;

  • har bir talaba uchun amaliyot bo`yicha ishlab chiqarish tavsifnomasini yozish;

  • amaliyotning sifatini yanada yaxshilash bo`yicha takliflar kiritish.



  1. TALABALARNING AMALIYOT DAVRIDAGI VAZIFALARI

Talabalar amaliyotdan oldin va uni o`tash davomida kuyidagilarni bajarishlari zarur:
amaliyot rahbari bilan birgalikda qaysi tashkilotga borishini bilish;
xavfsizlik texnikasi haqida ko`rsatmalar olish;

  • amaliyot o`tish uchun dastur olish;

  • amaliyot rejasida ko`rsatilgan topshiriqni to`liq va sifatli bajarish;

  • korxona ichki qonun va tartib-qoidalariga to`liq rioya qilish;

  • kafedra va korxona tomonidan tayinlangan rahbarlarning topshiriqlarini to`la bajarishi.

Amaliyotga qatnashmagan yoki amaliyot rejasida ko`rsatilgan topshiriqni to`la bajarmagan talabalar talabalari safidan chetlashtiriladi.
Mehnat qonuni va ichki tartibni buzgan talabalarga korxona rahbari tomonidan jazo chorasi ko`riladi va bu haqida Institut ma`muriyatga xabar beradi.


  1. AMALIYOT BO`YICHA YOZMA XISOBOTNI TAYYORLASH VA UNI

HIMOYA QILISH
Yozma hisobotni kundalik daftariga yozib borilgan ma`lumotlar, adabiyotlar hamda korxona xujjatlaridan foydalangan holda yozishi mumkin.
Hisobot oddiy formatdagi oq qog`ozining bir tomoniga texnikaviy tilda va stilistik jihatdan to`g`ri va chiroyli qilib yozilishi lozim.
Yozma hisobot amaliyot davrida yoziladi, korxona va kafedra tomonidan belgilangan rahbarlar tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Hisobot 3-5 bet hajmida bo`lishi, xisobot yozishda esa quyidagi ketma-ketlikdagi reja asosida amalga oshirish tavsiya etiladi:


REJA:

  1. Kirish (bugungi kunda xukumatimiz tomonidan sohaga qaratilgan e`tibor, asosiy yangiliklar, qaror, farmon va buyruqlar asosida).

  2. Korxona haqida ma`lumot, korxonada bajarilayotgan ishlar tasnifi, material-texnik bazasi.

  3. Amaliyot o`tash joyi haqida ma`lumot

  4. Zamonaviy texnika va texnologiyani qo`llanishi.

  5. Podstantsiyaning tuzilishi

  6. Xavfsizlik texnikasi tadbirlari.

  7. Xulosalar.

  8. Foydalanilgan adabiyotlar va texnik xujjatlar ro`yxati.

ILOVALAR


  1. 1-ilova - talabalarning Malakaviy amaliyotini o`tash grafigi;

  2. 2-ilova - amaliyot xisoboti titul varog`i;

  3. 3-ilova - bajarilgan ishlarning kalendar rejasi va bajarilishi.

T/R

Bajariladigan ish nomi

Ajratilgan vaqt, kunlarda

1

Kaferada bo`lib o`tadigan amaliyot oldi konferentsiyasida qatnashish

1

2

Amaliyot ob`ektiga yetib borish

1

3

Korxonaga kelgan talabalarga kafedradan va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha maxsus texnika xavfsizligida qatnashish

1

4

AndMI TJB va KT fakulteti, Yoshlar texnoparki va Andijon shahar IT park Anddijon shahar Agrobank ishlari bilan yakindan tanishish va bevosita katnashish, shuningdek xujjatlar bilan bog`liq jarayonlarni amalga oshirish mexanizmlari bilan tanishish, kerakli ma`lumotlarni yig`ish

12

5

Bajarilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini tugatish va tasdiqlash

2

6

Hisobotni amaliyot komissiyasi oldida himoya qilish va topshirish

1



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI

ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


TEXNOLOGIK JARAYONLAR BOSHQARUVI VA KOMPYUTER TIZIMLARI FAKULTETI


" AXBOROT TEXNOLOGIYALARI“ KAFEDRASI


MALAKAVIY AMALIYOTINING


HISOBOTI


Talaba _________________________________________________________


(F.I.SH.)
Guruhi____________ Kursi _____________ Yo`nalishi ______________

Amaliyot boshlangan _________


Tugallangan________________


Amaliyot o`tkazilgan joy


Amaliyot joyi _________________________________________________


Hisobot tekshirilgan:


Tashkilotdan rahbar ____________________________________________


Imzo, lavozimi, F.I.SH.

Kafedra mudiri ____________________________________________


Imzo, lavozimi, F.I.SH.

Hisobot bahosi__________________ Kuni ______________


Hisobot himoyasi bahosi__________ Kuni ______________


Andijon 2022



Download 59.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling