Умумий психодиагностика


Shaxs xususiyatlarini o‘lchash


Download 1.67 Mb.
bet42/70
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777737
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Bog'liq
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)

Shaxs xususiyatlarini o‘lchash
Kettel singari Ayzenk ham shaxsning uchta super xususiyatidagi individual farqlarni aniqlash uchun ko‘plab o‘zini-o‘zi baholash so‘rovnomalarini ishlab chiqqan16. Ularning eng oxirgisi “Ayzenk shaxs so‘rovnomasi” hisoblanadi (Eysenck Personality Questionnaire, EPQ). EPQ punktlaridan namunalar 2-jadvalda berilgan. SHuni e’tiborga olish kerakki, bu so‘rovnoma shaxs strukturasini shakllantirishda muhim hisoblangan mazkur uch faktorli punktdan iborat. Bundan tashqari, EPQ o‘z ichiga yolg‘on shkalasini ham kiritgan bo‘lib, uning yordamida shaxs o‘zini yaxshi ko‘rsatish maqsadida yolg‘on ishlatishini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 7-15 yoshdagi bolalarni test qilish uchun “O‘smir shaxs so‘rovnomasi” (Junior EPQ) ham ishlab chiqilgan.


2-jadval
Ayzenkning shaxs so‘rovnomasi punktlaridan namuna

Ekstraversiya-Introversiya


1. Jamoat joylarida bo‘lishni yoqtirasizmi?

Ha Yo‘q

2. Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi?

Ha Yo‘q

3. O‘zingizni omadli deb hisoblaysizmi?

Ha Yo‘q

Barqarorlik/beqarorlik


1. Sizning kayfiyatingiz tez-tez o‘zgarib turadimi?

Ha Yo‘q

2. Siz tez hayajonga tushadigan shaxsmisiz?

Ha Yo‘q

4. Siz ko‘pincha tushkun kayfiyatda bo‘lasizmi ?

Ha Yo‘q

Psixopatiya


1. Siz uchun yaxshi xulq va ozodalik muhimmi?

Ha Yo‘q

2. Siz insonlar bilan qo‘pol muomalada bo‘lmaslikka intilasizmi?

Ha Yo‘q

3. Siz boshqa kishilar bilan hamkorlik qilishni yoqtirasizmi?

Ha Yo‘q

Yolg‘on shkalasi


1. Siz ba’zida uyatsiz hazillar ustidan kulishni yoqtirasizmi?

Ha Yo‘q

2. Bolaligingizda sizga buyurilgan ishlarni hech qanday norozilik va shikoyatlarsiz bajarganmisiz?

Ha Yo‘q

Ayzenk va Kettel faktorlashtirishda turli xil shaxs so‘rovnomalaridan foydalanishi, shaxsni ta’riflashda muhim hisoblangan xususiyatlar sonida farqlar yuzaga kelishining asosiy sababi hisoblanadi. Bu erda faktorli analiz natijalari bevosita olinayotgan ma’lumotlar tipi va manbaasiga bog‘liqdir. Ayzenkning shu narsaga ishshonchi komil ediki, uning ikki kriteriyasi – introversiya/ekstraversiya va barqarorlik/neyrotizm boshqa ko‘plab shaxs so‘rovnomalarini o‘tkazgan bir qancha tadqiqotchilar tomonidan empirik jihatdan tasdiqlangan. Ushbu nuqtai nazar to‘g‘ri ekanligini isbotlovchi asosiy dalillar ekstravert va introvertlar xulq-atvorini tadqiq etilishi natijasida olingan.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling