Умумий психодиагностика
-mavzu. Har xil psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari (2soat)
Download 1.67 Mb.
|
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruzaning tashkiliy shakli
10-mavzu. Har xil psixologiya maktablarida shaxs nazariyalari (2soat)
REJA: 1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. 2. Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni G.Ayzenkning shaxs tiplari va Dj. Kellining shaxs konstruktlari nazariyalari bilan tanishtirish. Vazifalar: 1. G.Ayzenk nazariyasini muhokama qilish. 2. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi haqida tushunchalar berish. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. Shaxs nazariyasining asosiy konsepsiya va qonuniyatlari. Ekstravert va introvertlar o‘rtasidagi farqlar. Kognitiv psixologiyaning vujudga kelishi. Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi. Konstrukt tushunchasi. Bipolyarlik (ikki qutblilik), qo‘llanilish diapazoni va individuallik. Konstruktlar tizimining rivojlanishi. Repertuar panjaralar testi. Ma’ruzaning tashkiliy shakli: umumiy ma’ruza. 1. G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi. Ayzenk Kettelning: “psixologiyaning maqsadi xulq-atvorni oldindan aytib berishdir”, - degan fikriga qo‘shilib, uning shaxsni tavsiflashda faktorli analizdan foydalanganligini ma’qullaydi. Lekin Ayzenk faktorli analizni Kettelga nisbatan o‘zgacharoq qo‘llagan. Ayzenk fikricha, tadqiqot strategiyasi tadqiqotchini qiziqtirgan qandaydir shaxs xususiyatini belgilab, to‘liq asoslangan ilmiy farazdan boshlanishi kerak. Unga qarama-qarshi o‘laroq, Kettelning aytishicha, shaxsni tashkil qiluvchi asosiy elementlar batareya testlari hamda ma’lumotlarni qayta ishlash orqali namoyon qilinadi. Shunday qilib, Ayzenk nazariyasi Kettelnikiga qaraganda ancha shafqatsiz yondashuvga ega. Ketteldan farqli o‘laroq, Ayzenkning ta’kidlashicha, shaxs xulq-atvori namoyon bo‘lishini tushuntirish uchun uchta superbelgi (u bularni tiplar deb ataydi) zarurdir. Esingizda bo‘lsa, Kettel shaxs strukturasini tashkil qiluvchi 16 ta belgi yoki faktorni belgilagan edi. Va nihoyat, Ayzenk individ rivojlanishida asosiy e’tiborni genetik omillarga qaratadi. Bu bilan, Ayzenk tashqi muhit ta’sirini inkor qilmagan, balki shaxs xususiyatlari va tiplari avvalo, irsiyatga aloqador ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Hozirgi paytgacha, genetikaning shaxs xulq-atvoriga qay darajada ta’sir etishi aniqlanmagan bo‘lsa-da, ko‘p psixologlar bu borada Ayzenkning fikrlariga qo‘shilishadi.13 Ayzenk nazariyasining mohiyati shundan iborat-ki, shaxs elementlari ierarxik joylashishi mumkin. Uning sxemasida (6-4 rasm) ekstraversiya singari ma’lum bir shaxs xususiyatlari yoki tiplari keltirilgan bo‘lib, ular xulq-atvorga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘z navbatida, har bir keltirilgan superbelgilar bir qancha tarkibiy belgilardan tashkil topganini ko‘rsatgan. Bu tarkibiy belgilar asosiy tipning yuzaki aksi bo‘lishi yoki bo‘lmasam, shu tipga tegishli o‘ziga xos xususiyat sifatida ko‘rilishi mumkin. Va nihoyat, belgilar ko‘p sonli odatiy reaksiyalar dan tarkib topgan bo‘lib, ular o‘z navbatida, ko‘plab o‘ziga xos reaksiyalardan shakllanadi. Misol uchun, biron shaxsni kuzatadigan bo‘lsak, agar u boshqa bir inson bilan iliq yuz va samimiy tabassum bilan qo‘l uzatib ko‘rishsa va bu holat har safar kim bilandur uchrashganda sodir bo‘laversa, bu uning odatiy reaksiyasi hisoblanadi. Ushbu odatiy reaksiya boshqa odatiy reaksiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bularga misol qilib, boshqa odamlar bilan suhbatlashish, turli bazmlarga borishni yoqtirish va hakazolarni aytish mumkin. Bu odatiy reaksiyalar guruhi kirishimlilik xususiyatini shakllantiradi. 6-4 rasmda ko‘rsatilganidek, kirishimlilik bosqichida aktiv va o‘ziga ishongan xatti-harakat asosiy hisoblanadi. Umumiy holatda bu xususiyatlar superbelgi yoki tipni tashkil qiladi. Ayzenk uni ekstraversiya deb ataydi. Shaxs strukturasining ierarxik modeli. PR – odatiy (privыchnaya) reaksiya; SR – o‘ziga xos (spetsificheskaya) reaksiya. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling