Nazorat savollari
G.Ayzenkning shaxs tiplari nazariyasi.
Shaxsning asosiy tiplari
Xususiyat va tiplarning neyrofiziologik asoslari
Shaxs xususiyatlarini o‘lchash
Introvert va ekstravertlar o‘rtasidagi farqlar
Dj.Kellining shaxs konstruktlari nazariyasi.
Konstrukt tushunchasi
Konstruktlarning paydo bo‘lishi va ularning tiplari
Konstruktlarning asosiy xarakteristikasi
Kontruktlar sistemasining rivojlanishi
Repertuar panjaralar testi
Konstruktlar va boshqa psixik hodisalar
Glossariy
Introvert. E-tipining qutblaridan biri bo‘lib, og‘ir-bosiqlikka intilish va o‘z-o‘zini tahlil qila olishga moyillik bilan xarakterlanadi. Ekstraversiyaga qarama-qarshi hisoblanadi.
Neyrotizm. N-tipi qutblaridan biri bo‘lib, xavotirga tushish, depressiya hamda kayfiyatning tez-tez o‘zgarib turishiga moyillik bilan xarakterlanadi. Barqarorlikning aksi.
Odatiy harakat yoki fikrlar. Ma’lum bir sharoitlarda takrorlanadigan reaksiyalar. Ayzenk ierarxik modelining ikkinchi bosqichi.
Psixotizm. R-tipi qutblaridan biri bo‘lib, yolg‘izlikk intilish va empatiyaning bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Super egoning teskarisi.
Maxsus harakat yoki fikrlar. Shaxs xulq-atvori yoki fikrlashining individual usuli bo‘lib, u shaxsga tegishli bo‘lishi ham, tegishli bo‘lmasligi ham mumkin. Ayzenk ierarxik modelining quyi bosqichi.
Barqarorlik. N-tipi qutblaridan biri bo‘lib, tinchlikka bo‘lgan moyillik hamda emotsiyalarning yo‘qligi bilan xarakterlanadi. Neyrotizmning aksi.
Ekstraversiya. E-tipi qutblaridan biri bo‘lib, muloqotchanlikka va impulsivlikka moyillik bilan xarakterlanadi. Introversiyaga qarama-qarshi hisoblanadi.
Tarqatma material
Do'stlaringiz bilan baham: |