Умумий психодиагностика
Mustaqil ta’lim topshiriqlari
Download 1.67 Mb.
|
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys topshiriqlari S h artli belgilarga ko‘ra jadvalni to‘ldirining.
- 20-21-Mavzu. Shaxsning o‘zini o‘zi anglashi. Men-konsepsiyasi. Shaxsning ijtimoiy tasavvurlari (4 soat) Reja
- O‘z - o‘zini anglash : jarayoni va natijasi
Mustaqil ta’lim topshiriqlari
Ma’ruza, referat va slayd mavzusi bo‘yicha tayyorlash Temperamentning qisqacha o‘rganilish tarixi: gumarol ( Gippokrat, Galen), somatik ( E.Krechmer, SHeldon), psixofiziologik (I.P.Pavlov, B.M.Teplov, V.D.Nebiletsin va V.M.Rusalov) va psixologik qarashlar (V.S.Merlin). Temperamentning asosiy maktablari. Sobiq ittifoq va G‘arbda temperament muammolarini qayta ishlash natijalari. Nyu-York langityud tadqiqot maktabi (Tomas, CHess) Keys topshiriqlari Shartli belgilarga ko‘ra jadvalni to‘ldirining. («+»- ushbu temperamentga xos xususiyat, «-»- temperament xususiyatlarining ushbu shaxsda aks etmaganligi, «v» - ushbu xususiyatlarning yuqori namoyon bo‘lishi, “s”-ushbu xususiyatning quyi darajasini namoyon bo‘lishi.
20-21-Mavzu. Shaxsning o‘zini o‘zi anglashi. Men-konsepsiyasi. Shaxsning ijtimoiy tasavvurlari (4 soat) Reja: 1. O‘z-o‘zini anglash: jarayoni va natijasi 2. Men-konsepsiyasi va jinsiy o‘xshashlikning shakillanishi 3. Gender o‘xshashligi 4. Ijtimoiy tasavurlari: muammolar va istiqbollar O‘z-o‘zini anglash: jarayoni va natijasi O‘z-o‘zini anglash jarayon va natija sifatida ko‘riladi. Odatda, o‘z-o‘zini anglash ob’ektiv dunyoga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bunda aloxida e’tibor ong va o‘z-o‘zini anglash nisbatiga, ong birinchiligi masalasiga beriladi. S.L.Rubenshteyn ongga bo‘lgan ideolistik qarashni tanqid qiladi, unga ko‘ra “psixik mavjutlik uning anglashi bilan; psixikani moxiyati shundaki, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zini-o‘zi bilishda; ruhiyat ong bilan, ong-ruxiyat bilan bir deb xisoblanadi. Natijada ruxiyat anglash doirasida cheklanib qoladi, uning ongi va bilishi- to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot borligi”. O‘z qarashini ong va o‘z-o‘zini anglash muammosida ximoya qilib Rubenshteyn, o‘z-o‘zini anglash o‘z ichiga, o‘z-o‘ziga munosabatni kiritadi, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki shaxsning butun xayoti va sub’ektning xayotiy ko‘rinishlari vositachiligida, deb ta’kidlaydi. Ong o‘z-o‘zinianglashdan emas, balki o‘z-o‘zini anglash sub’ektning aktivligidan shakillanadi. “O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini bilishning ob’ekti “toza” ong emas, balki ong insonning real material mavjudligida aloxida , insonning o‘zi esa o‘z borlig‘ining o‘zluksiz butunligida”. O‘z-o‘zini anglashni jarayon va maxsulot sifatida ajralishini U.Djems tomonidan kiritilgan. U Men-angluvchi(I) va Men-ob’ekt-kabi(Me) ajratgan. Men-angluvchi toza tajriba, o‘z-o‘zini anglashning protsessual xarakteristikasi. O‘z-o‘zini anglashning bu ikki aspektni biz faqat nazariyasiga nisbatan avtonom sifatida tasavvur qilishimiz mumkin, chunki ular real xolatda bir-birisiz mavjud emas. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling