умумий ўрта таълим мактабида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2014 йил февралдаги “Ўзбекистон Республикасида ёшларга оид давлат сиёсатини амалга оширишга қаратилган қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-2124 сонли Қарори юзасидан ўтказилган


Download 88 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi88 Kb.
#1003951
  1   2
Bog'liq
92-сонли қарор баённомаси


Tasdiqlayman”
Koʻkdala uman xalq ta’limi
bo‘limiga qarashli 20-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabi direktori,
___________ A.Turapov.
24-avgust 2022-yil
Koʻkdala tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilish
BAYONI
Naymansaroy MFY
Yig‘ilish raisi : A.Turapov - maktab direktori
Yig‘ilish kotibi: Karimova S – ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Qatnashdilar: O.Karimov – Naymansaroy MFY raisi.
T.Qilichov – Mahalla yoshlar yetakchisi. maktab o‘qituvchi va xodimlari.

K u n t a r t i b i d a g i m a sa l a :





  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-sonli qarorini o‘rganib, ishlab chiqish.

__________________________________________________________________
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab direktori A.Turapov so‘zga chiqib, yig‘ilish qatnashchilariga yoshlar bilan ishlashning mexa-nizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish , yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, maktabda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-sonli қарор қабул қилинганлиги ва ушбу qarorda belgilab berilgan maqsad va vazifalari to‘g‘risida to‘xtaliib o‘tdi. A.Turapov o‘z so‘zida har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganligi, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganligi ,
mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarinini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tashkil etilganligi va uning asosiy vazifalari belgilanganligi , madaniyat va san’atni targ‘ib qilish,sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish,ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tanlov va loyihalar o‘tkazish , davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik va etakchilar faoliyatiga ko‘maklashish uchun mas’ul etib belgilanganligi , yetakchilarning hamda Yoshlar ishlari agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari xodimlarining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 10 008 nafar yoshlar etakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantirish belgilanganligi ma’lumot uchun aytib o‘tdi. Shu bilan birga bu borada o‘zi astoydil mehnat qilishini ham ta’kidladi va ushbu qaror ijrosi yuzasidan maktabning buyrug‘ini chiqarib, tadbirlar rejasini tuzish, ish taqsimoti qilib, ishga kirish zarurligini ta’kidladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan NaymansaroyMFY raisi O.Karimovga so‘z navbati berildi o‘z so‘zida Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv meхanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish maqsadida har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganligi va quyidagilar yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilanganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;
huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash. 
Yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda maqom, baхshichilik va estrada bo‘yicha tanlovlarni, “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaхmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5 000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi. 
Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. 
Belgilanishicha:
yoshlar masalalari bilan shug‘ullanish va hududlarda ushbu faoliyatni muvofiqlashtirish shaхsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi;
yetakchilarning hamda Yoshlar ishlari agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo‘linmalari хodimlarining shtat birliklari umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi 10 008 nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
yetakchi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
yetakchi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaхsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar tayinlanadi. 
Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi хonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:
500 tagacha– MHEKMning 5 baravari miqdorida;
501 tadan 1 000 tagacha– MHEKMning 5,5 baravari miqdorida;
1 000 tadan ortiq– MHEKMning 6 baravari miqdorida. 
Yoshlar ishlari agentligiga faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, yetakchilarni har chorak yakuni bo‘yicha oylik ish haqining 50%igacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi. Bundan tashqari, boshqa hududda o‘z faoliyatini olib borayotgan yetakchi uchun BHMning 2 baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi. 
Yil yakuni bo‘yicha o‘ziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50%i miqdorida subsidiya berilishini ta’kidlab o‘tdi..
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari O`.Abduraxmonov so‘z olib u o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-92-sonli qarori ijrosi haqidagi 17-sonli buyrugi qabul qilinganligi, ushbu buyruqqa asosan Xalq ta`limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-son buyrig‘i bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim maktablari xodimlarining Lavozim majburiyatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar togrisida malumotlar berib otdi.
1. 4-band “Manaviy-marifiy ishlar boyicha direktor orinbosarining lavozim majburiyatlari” quyidagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlarbo‘yicha o‘rinbosari yoshlar masalalarida idoralararo hamkorlik qilish va Yetakchilar faoliyatiga ko‘maklashish;
pedagogik jamoa, faol o‘quvchilar, jamoatchilikni jalb qilgan holda o‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kamol toptirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiyaviy loyihalarni amalga oshirish;
o‘quvchilarning intilishi va qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga ko‘maklashishga qaratilgan ko‘rik-tanlovlar, bilimdonlar bellashuvi, sport musobaqalari, ko‘rgazmalar, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining davomatini yuritish, darslarni muntazam qoldirib kelayotgan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga qaytarishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish;
Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti safiga o‘quvchilarni jalb etish maqsad-vazifalarini tushuntirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tashviqot ishlarini olib borish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish;
sardorlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak berish, taklif-tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash.”
2. 5-band “Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash boyicha direktor orinbosari - Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbarining lavozim majburiyatlari”
quyidagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport, harbiy-vatanparvarlik, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish.”
3. 8-band “Psixologning lavozim majburiyatlari” quyidagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishi, darsliklar va kutubxonadan foydalanish darajasini o‘rganib borish, o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish hamda bu boradagi muammolarni pedagogik kengas h kun tartibiga kiritish;
o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida taziyq va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish;
o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni o‘zlari qiziqqan kasb-hunarlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga sayohatlarini tashkil etish;
ta’lim muassasasi ma’muriyati bilan birgalikda 10 -11-sinf o‘quvchilarinini iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat amaliyotlarini tashkil etish.”
4. 9-band “Yoshlar yetakchisining lavozim majburiyatlari” chiqarib tashlansin.
5. 10-band “Ijodiy-madaniy masalalar boyicha targibotchining lavozim majburiyatlari” quyidagi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“umumiy o‘rta ta’lim muassasasidagi besh muhim tashabbus doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan madaniyat, san’at, sport, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garak va klublardagi o‘quvchilar ishtirokini nazorat qilish, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, “Barkamol avlod” maktablari hamda “Yoshlar markazi” bilan hamkorlik qilish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilari o‘rtasida yoshlar turizmini rivojlantirish, ularning o‘zlari istiqomat qilayotgan hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzey va teatrlar, mustaqillik davrida barpo etilgan inshootlarga tashriflarini uyushtirish.”lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktabning , jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Bobadustov Oʻ. kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.

Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling