Konsepsiyaning maqsadi o`quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, yuksak axloqiy fazilatlar ruxida tarbiyalash xisoblanadi.
Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:
maktablardagi ijtimoiy-ma`naviy muxitni yaxshilashda rahbar va pedagog xodimlar, o`quvchilar hamda ota-onalarning hamkorligi va mas’uliyatini oshirish;
ta`lim-tarbiya jarayoniga mustaqil bilim shakllantirish metodikasini joriy qilish orqali o‘quvchilarning o`z ustida ishlashi hamda tashabbuskorligini oshirish;
mustaqil bilim shakllantirish metodikasi orqali o`quvchilarda sog`lom kadriyatlarni shakllantirish;
o`quvchilarda axborotlarni tahlil qilish hamda bilimiga tayangan xolda xolis xulosa qilish kunikmasini rivojlantirish;
taqdimotlar tayyorlash ko`nikmasi orqali o`quvchilarning kitobxonlik madaniyatini, xuquqiy savodxonligini oshirish hamda turli g`ayriijtimoiy hatti-xarakatlarning oldini olish immunitetini shakllantirish;
o`quvchi tarbiyasida maktab, oila, mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirish;
oilalarda farzand tarbiyasi va ularni mustaqil xayotga tayyorlashga bo`lgan e`tibor va mas’uliyatni kuchaytirish hamda o`quvchilarda namunaviy tarbiyaviy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan media mahsulotlarni yaratish va amaliyotga tadbiq etish lozimligini ta’kidlab o`tdi
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi N.Hazaratova, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi F.Jabborovlar kun tartibidagi masala yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig`ilish
qaror qiladi:
1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-noyabrdagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi 558-sonli qarori rahbarlik va amalda bajarish uchun qabul qilinsin.
2.O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-noyabrdagi “Umumiy o`rta ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi 558-sonli qarori o`qituvchilar, o`quvchilar, ota-onalar va mahalla yoshlari o‘rtasida keng targ`ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilsin.
3.O`quvchi tarbiyasida maktab, oila, mahalla va xuquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada kuchaytirilsin.
4.Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Yig`ilish raisi: S.Oripova
Yig`ilish kotibi: M.Aralova
Do'stlaringiz bilan baham: |