Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari


VI-BOB. TIBBIYOT AMALIYOTIDA VRACHLARNING XATOSI VA BAHTSIZ HODISALARNI HUQUQIY VA DЕONTOLOGIK BAHOLASH


Download 0.76 Mb.
bet16/25
Sana07.03.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1244953
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a

VI-BOB. TIBBIYOT AMALIYOTIDA VRACHLARNING XATOSI VA BAHTSIZ HODISALARNI HUQUQIY VA DЕONTOLOGIK BAHOLASH
Vrachlar faoliyatining juda murakkab va kasbiy javobgarligida tibbiyot tadbirlarining nohush o qibatlari kuzatilishi hisoblanadi. Bu ko'pincha kasalliklar yoki jarohatlanishlar, organizmning individual hususiyatlari, vrachga bog’liq bo'lmagan holda kech tashxis qo'yilishi va davolashning kechikib boshlanishi bilan xarakterlanadi. Ba'zan tibbiy muolajalarning nohush oqibatlari kasalliklarni klinik belgilarini noto’g’ri baholash yoki davolashni to’g’ri baholanmaganligi tufayli yuzaga keladi. Bunday hollarda vrachlarning xatosi vrachning o'z kasbiy majburiyatini bajarishida sitqidildan yanglishishi bo'lib, buning tarkibida jinoyat belgilari kuzatilmaydi. Shunday ekan, vrachlar xatosi deganda ularni o'z hizmat vazifalariga sitqidildan yondashib adashishlari va uning harakatida jinoyat belgilari bo'lmasligi tushuniladi. Bu o'z navbatida, aniq holatda vrachning o'z vazifasini bajarishida haqliligiga ishonishidir.
Vrachlar xatosining ob’yektiv va sub'yektiv sabablari mavjud. Ob’yektiv sabablari vrachning tayyorgarlik darajasi va malakasiga bog’liq emas. Bularning bo'lishida vrachlarning xatosi shunday hollarda sodir bo'ladiki, ba'zan vrach kasallikni oldini olishda barcha imkoniyatlardan foydalanilganda ham baribir kuzatilishi mumkin.
Vrachlar xatosining ob’yektiv sabablariga qo'yidagilar kiradi: rivojlanmaganligi (kasallikning etiologiyasi, potogenezi va klinik belgilarining yetarlicha o'rganilmaganligi); tashxis qo’yishning ob’yektiv qiyinligi (kasallikni noaniq o'tishi, bitta bemorda bir necha raqobatli kasalliklarning bo'lishi); bemorning og’ir hushsiz holatda bo'lishi va tekshirish uchun vaqt yetishmasligi; kerakli laboratoriya va instrumental diagnostik apparatlarning bo'lmasligi va boshqalar. Vrachlarning shaxsiy va kasbiy faoliyatiga bog’liq sub'yektiv sabablarga yetarlicha amaliy tajribaga ega bo'lmasligi, anamnestik va klinik kuzatuv natijalarini yetarlicha baholay olmaslik yoki ortiqcha baholash, laboratoriya va instrumental tekshiruv usullari hamda o'z bilimi va imkoniyatlarini yaxshi baholay olmaslik hollari kiradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, ba'zan tajribali malakali vrachlar juda murakkab hollarda xatoliklarga yo'l qo'ysalar, yosh vrachlar esa tipik hollarda ham xato qiladilar. Vrachlarning xatosi - yuridik bo'lmagan kategoriyaga kiradi. Vrachning harakatida vrachlar xatosiga olib keluvida hech bir jinoyat belgilari kuzatilmaydi. Shuning uchun ham vrachlar xatoliklarga yo'l qo'yganlarida ularning ustidan jinoiy ish qo'zg’atilmaydi va ular jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar. Barcha vrachlarning xatosini qo'yidagi guruhlarga bo'linishi mumkin:
1. Diagnostik xatolar.
2. Davolash usullarini tanlash va davolashdagi xatolar.
3. Tibbiy yordamni tashkil qilishdagi xatolar.
4. Tibbiyot hujjatlarini to'lg’azishdagi xatolar.
5. Tibbiyot hodimlari axloqidagi xatolar.
Oxirgi xatolar butunlay tibbiyot deontologiyasiga aloqador bo'ladi. Ular ulug’ sovet xirurgi N.N. Petrov tomonidan juda yaxshi ilgari surilgan holat buzilganda yuzaga keladi. N.N. Petrovning aytishicha “Xirurgiya o'z imkoniyatlariga ko'ra shu vaqtda yuqori darajaga erishadiki, qachonki bemor odamning sog’lig’i haqida sitqidildan kurashgan taqdirda”gina o'z samarasini beradi. Bu to’liqicha faqat xirurgiyagagina emas, balki tibbiyot amaliyotining boshqa sohalariga ham aloqador bo'ladi. Vrachlarning xatosi haqida akademik I.A. Kassirskiy qo'yidagilarni yozadi: “Vrachlarning xatosi bu vrachlik faoliyatining doimiy va muhim dolzarb muammolaridan biridir. Shuni unutmaslik zarurki, vrachlik ishi qanchalik yaxshi tashkil qilinmasin ko'z oldimizga katta ilmiy-amaliy tajribaga ega bo'lgan, ajoyib klinik maktab yaratgan, juda e'tiborli vrachgina o'z faoliyatida istagan kasallikni xatosiz aniqlashi, xatosiz davolashi, ideal operatsiya qilinishi va boshqalar; xatoliklar - vrachlik faoliyatida kuzatilishi lozim bo'lgan achinarli holat. Xatoliklar yomon va birdan bir optimal holat bo'lib, ularni dialektika nuqtai nazaridan umuman bo'lmasligiga vrach doimo intilishi zarur. Yuqorida keltirilganlarni muhim ikki holatga bo'lish mumkin. Birinchidan, vrachlarning xatosi vrachlik faoliyatida muqarrar hisoblanadi, chunki ular faqat sub'yektiv sabablarga ko'ra emas, balki vrachga bog’liq bo'lmagan ob’yektiv sabablarga ko'ra ham sodir bo'lishi mumkin.
Ikkinchidan, vrachlarning xatosi boshqa xatoliklarning manbai bo'lmasligini oldini olish maqsadida yaxshilab tahlil qilinishi va o'rganilishi muhimdir. Mamlakatimizda vrachlar harakati va hususan vrachlarning xatosini tahlil qilish sistemasi ishlab chiqilgan bo'lib, bu kliniko-anatomik konferensiya shaklida faoliyat ko'rsatmoqda.
Amaliyotning ko'rsatishicha ko’pchilik holatlarda vrachlar va o'rta tibbiyot hodimlariga e'tirozlarning barchasi, avvalambor, tibbiyot hodimlarining bemorlarga nisbatan noto’g’ri muomalasi, ularning deontologik norma va qoidalariga to’lig’icha rioya qilmasliklari hisoblanadi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling