Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya asoslari
Download 0.76 Mb.
|
Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlashda huquq va deontologiya a
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII-BOB. VRACHLAR SIRINI SAQLASHNING HUQUQIY VA DЕONTOLOGIK ASOSLARI
Nazorat savollari:
1. Tibbiyot hujjatlarining turlariga qanday hujjatlar kiradi? 2. Tibbiyot hujjatlarini davolash-diagnostik ahamiyatini ko'rsating. 3. Tibbiyot hujjatlari qanday ilmiy-amaliy ahamiyatga ega? 4. Kasallik tarixini yuridik ahamiyati deganda nimani tushunasiz? 5. Tibbiyot hujjatlarini tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsating. 6. Tibbiyot hujjatlarida isbotlash masalasi nima bilan xarakterlanadi? 7. Kasallik tarixi sxemasini birinchi marta kim taklif qilgan? 8. Kasallik tarixini to'lg’azishda vrachlar o'zining amaliy faoliyatida nimalarga e'tibor berishlari zarur? 9. Kasallik tarixidagi yozuvlarning ahamiyati qanday? 10. Kasallik tarixida tashxisning tuzilishi va uning sud tibbiyotidagi ahamiyatini ko'rsating. 11. Kasallik tarixining qaysi bo'limi eng muhim javobgarlik qismi hisoblanadi? 12. Kasallik tarixini e'tiborsizlik bilan to'lg’azishni baholang. 13. Kasallik tarixida jarohatlarni yozishda vrachlar nimalarga e'tibor berishlari zarur? 14. Agar bemorlar mastlik holatida jarohatlanish bilan kasalxonaga olib kelinganida vrachlar tomonidan ishga yaroqsizlik varaqasi beriladimi? VIII-BOB. VRACHLAR SIRINI SAQLASHNING HUQUQIY VA DЕONTOLOGIK ASOSLARI Vrachlar siri va uning saqlanish masalasi uzoq davrlarga borib taqaladi. Bu masala ayrim shaxslarning vrachlik kasbini tanlashlari bilan yuzaga keladi. Hatto Gipokrat qasamyodida ham bu masalaga to'xtalib o'tiladi: “Bemorni davolashda va shuningdek davolamaslikda insonning hayoti haqida eshitgan yoki eshitmagan gaplarni oshkor qilishga harakat qilmadim va sir sifatida saqlanishini lozim deb hisobladim”. Vrach sirini saqlash muhimligi uchun ham tibbiyotda qadim zamonlardan beri sukunat saqlash san'atiga alohida ahamiyat berilgan. Vrachlar sirini saqlash vrachlar va tibbiyot hodimlari faoliyatining axloqiy prinsiplari hisoblanadi. Uzoq yillardan beri, hatto “SSSR va Sovet ittifoqi respublikalarida sog’liqni saqlash qonunchiligining asosi” qabul qilinishi (1969) ga qadar, vrachlarning siri faqat odobiy norma bo'lib, tibbiyot hodimlarining axloqiy burchi hisoblanilar edi. Bu axloqiy norma vrachlar faoliyatini belgilovchi eng muhim qoidalardan biri sanalardi - Avvalambor ziyon keltirma! U bemorga ziyon keltirmaslikka qaratilgan bo'lib, bu vrachlar sirini oshkor qilinishi bilan bog’liq bo'ladi. Vrachlar sirini buzilishi bemorni kuchli ruhiy jarohatlanishiga sababchi bo'lib, hatto o'zini o'zi o'ldirishgacha bo'lgan og’ir oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Vrachlar sirini saqlash prinsipi faqat bemorning manfaatlari bilangina emas, balki jamiyat manfaatlari bilan ham dialektik chambarchas bog’langan bo'ladi, chunki vrachlarning siri hisoblanuvchi ayrim ma'lumotlar bemorning manfaatlariga borib taqaladi. Bu to’g’risida o'z vaqtida buyuk rus vrachi V.V.Veresaev quyidagilarni ko'rsatadi: “Agar vrachlarni sirini saqlash jamiyatga yoki bemorni atrofidagi fuqarolarga ziyon keltiradigan bo'lsa, vrachlarni siri to’g’risida hech bir so'z bo'lishi mumkin emas.Vrachlar siri haqidagi masala, shubhasiz, jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan boshqarilishi zarur. Agar vrachlar sirini saqlash jamiyat uchun hech bir ziyon yetkazmasa, bunday hollarda vrach bemorga aloqador bo'lgan sirni saqlashga majbur”. Vrachlar sirini saqlash masalasiga har ikkala tomon ham bir xil javobgar: vrach va bemor ham, chunki vrachlar sirini saqlash zarurligini kafolatlanishidan maqsad bemorni diagnostikasi va davolashda uning uchun ochiqlilik, vrachga nisbatan esa ishonchlilik hisoblanadi. Bunday hollarda vrach bemordan uning kasalligi, hayoti, odatlari va boshqalar haqida ko’proq ma'lumot olishga harakat qilsa, bemor esa vrachni qiziqtiruvchi ma'lumotlarni berishga harakat qiladi, agar bemorda aytilgan sirlarni vrachlar tomonidan oshkor qilinishiga shubha tug’ilmagan taqdirda. “Vrachlar siri” haqidagi tushuncha nima bilan xarakterlanadi? Vrachlar siri - bemorning kasalligi, shaxsiy, sirli hayoti haqidagi ma'lumot bo'lib, bu tibbiyot hodimlariga o'z kasbiy vazifalarini bajarishi jarayonida ma'lum bo'ladi. Biroq shunday hollar bo'ladiki, agar vrachlarning siri hisoblanuvchi ma'lumotlar jamiyat uchun havfli oqibatlarga sababchi bo'lganida bu sir hisoblanilmaydi. Bunday holat vrachlar sirini saqlash haqidagi qonunda ko'rsatilgan. Vrachlar sirini saqlash to’g’risidagi qoida “O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash qonunchiligi asoslari” ning kerakli moddasida ko'rsatilgan. Qonunda keltiriladi: “Vrachlar va boshqa tibbiyot hodimlari o'zlarining kasbiy burchini bajarayotganida ularga ma'lum bo'lgan kasallik haqida, bemorning oilaviy hayoti uchun sir bo'lgan ma'lumotlarni oshkor qilinishi mumkin emas”. Sog’liqni saqlash muassasalari rahbarlari fuqarolarni sog’lig’i haqidagi ma'lumotlar agar aholini sog’lig’ini saqlashga zarar yetkazadigan bo'lsa, shuningdek tergov hamda sud organlari talabiga ko'ra sog’liqni saqlash organlariga o'z vaqtida xabar berishlari shartligi ko'rsatilgan. Qonunda vrachlar siri hisoblanadigan ma'lumotlarni tibbiyot hodimlari tomonidan oshkor qilishi mumkin bo'lmagan hollarni birma bir ko'rsatib o'tiladi. Vrachlar sirini qonunsiz holatda oshkor qilish mumkin emasligi quyidagi hollarda ko'rsatilgan: suhbat paytida, matbuotda chiqishda, ma'ruzalarda, kasallik tarixidagi yoki ambulatoriya kartasidagi yozuvlar bilan begonalarning tanishuvi, bemorning familiyasi o'zgartirilmasdan ochiq ilmiy ishlarda ma'lumotlarni chop ettirilishi va boshqalar. Qonunga zid holatda vrachlar sirini oshkor qilish qasddan yoki e'tiborsizlik tufayli amalga oshirilishi mumkin. Qasddan jinoyat sodir qilishlik to’g’ridan to’g’ri va qisman, e'tiborsizlik esa o'ziga haddan tashqari ishonish yoki ehtiyotsizlik sifatida nomoyon bo'ladi. Masalan, tibbiyot hodimi o'z qo'shnisiga bemorning hayotidagi siri haqida gapirib, guyoki maqtangandek bo'ladi (to’g’ri qasd). Ikkita tibbiyot hodimi avtobusda bitta bemorni ikkalasi birdaniga tekshirganligi to’g’risida qattiq ovozda muhokama qiladi va bundagi vrachlarning siri bo'lgan ma'lumotlar bilan boshqa yo'lovchilar ham tanishadilar (qisman g’arazgo'ylik). Vrach begona odamga o'z xonasidagi ambulatoriya kartasini registraturaga eltib berishni so'raydi. Biroq begona odam ambulatoriya kartasidagi ma'lumotlar bilan tanishadi (o'ziga haddan tashqari ishonish shaklidagi ehtiyotsizlik). Vrach o'zining hushyorsizligi tufayli kasalxona bo'limining koridorida kasallik tarixini unutib qoldiradi va bu bilan begona fuqaro tanishadi (ehtiyotsizlik shaklidagi e'tiborsizlik). Vrachlar sirini buzilishi jinoyatning mustaqil tarkibi sifatida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida ko'rsatilmagan. Shunday ekan, boshqa jinoyat sodir qilish turlaridagina jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi ko'rsatilgan. Shuning uchun ham agar jinoyatchi o'zining kasbiy faoliyatida vrachlar sirini saqlaydigan bo'lsa, masalan, vrach sifatida uni oshkor qilsa, o'zining hizmat manfaatini suiste'mol qilgan holda (masalan, kasalxonaning bo'lim boshlig’i), u o'z mansabini suiste'mol qilgan shaxs sifatida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 301 moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. “O'zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash qonunchiligi asoslari”da kasallik haqidagi ma'lumotlar to’g’risida (bemorlar haqidagi istagan boshqa ma'lumotlardan tashqari, masalan, uning shaxsiy yoki oilaviy hayotidan tashqari) sog’liqni saqlash organlari yoki tergov va sud organlariga habar berilishi qonunlashtirilgan. Bunday ma'lumotlarni qiziqtiruvchi davlat muassasalari (faqat alohida fuqarodan tashqari) tomonidan jamiyat manfaatlari, aholini sog’lig’ini saqlash masalalari yoki demokratik qonunchilikni ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar infeksion kasalliklar, venerik va boshqa ayrim kasalliklar haqida sog’liqni saqlash organlariga ma'lumot berilsa, sud va tergov organlariga esa jarohatlanishlar, zaharlanishlar, o'z joniga qasd qilishlik holatlari, qonunsiz abort va boshqalar haqida ma'lumot beriladi. Kerakli hollarda, sud yoki tergovchining qarori bilan vrach yoki boshqa tibbiyot hodimi jinsiy jinoyat haqidagi ishlar tanosil kasalliklari bilan zararlanish va boshqa hollarda guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Bu sud tergov organlariga fuqarolar sog’lig’i va hayotiga qarshi jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatni o'z vaqtida qidiruv ishlari va sud jarayonida ob’yektiv huquqiy baholashda yordamlashadi. Har bir vrach diplom olar ekan “Vrach qasami”ni qabul qiladi. Qasamning matnida vrachlar sirini saqlash haqidagi talablar keltirilgan, shuningdek vrachlar sirini saqlash hamda uning huquqiy aspektlari haqidagi ma'lumotlar ham mujassamlantirilgan. Vrachlarni sirini saqlash to’g’risidagi masala tibbiyot institutlari talabalarining muhim burchlariga kirib, ular, hatto, uchinchi kurs talabalik davridayoq klinikalarda ishlaydilar va o’quv jarayonida vrachlarning siri hisoblanuvchi ma'lumotlar bilan tanishadilar. So'zimizni oxirida vrachlarni sirini saqlashning deontologik aspektlardan biriga to'xtalib o'tamiz. Bu yerda gap vrachning bemorga kasalligi to’g’risidagi barcha haqiqatni aytishi yoki aytmasligi haqida ketadi. Bunday savolga bir xil ma'noli javob yo'q. Vrach bemorga uning kasalligi haqida albatta aytishi zarur bo'lsada, biroq uning ruhiyatini jarohatlamasligi, tabiiyki, bunday holat davolashni qiyinlashtirishi yoki xatto uni davolab bo'lmasligiga ham sababchi bo'lishi mumkin (bemor davolash muolajalari, operatsiyani rad qilishi mumkin). Har bir aniq holatda kasallikning xarakteri va bemor nerv sistemasi, uning psixologik hususiyatlari hisobga olinishi zarur. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling