Umumiy biologiya 10. Variant 1
Umumiy biologiya - 10. Variant – 12
Download 0.67 Mb.
|
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2
Umumiy biologiya - 10. Variant – 12.Stimulyator - fitogormon bo'lgan moddalarni toping. l)auksin 2)gibberelin 3)sitokinin 4)kolxitsin 5)geparin 6)gemosianin A)l,2,3 B)4,5,6 C)l,3,6 D)2,5,6 Bir hujayrali organizmlarni biosferadagi ahamiyati bilan juftlang. l)yashil suvo'tlar, sianobakteriyalar 2)fitotroflar 3)geterotroflar 4)saprofitlar; a)fotosintezni amalga oshiradigan avtotroflar, b)yirtqichlik va parazitlik qiladi, c)o'simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadi, d)suv o'tlari bilan oziqlanadi. A)l-a;2-d;3-b;4-c B) l-a;2- c;3-b;4-d C)l-a;2-b;3-c;4-d D)l-a;2-d;3-c;4-b Nima uchun bir hujayralilar biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, uglerodning davra bo'ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega? A)metabolitik jarayonlar kuchli kechgani uchun B)bir hujayrali bo'lgani uchun C)nerv-gumoral yo'l bilan boshqarilgani uchun D)hujayralari ixtisoslashmagani uchun Geterotrof organizmlarni toping. l)hayvonlar, 2)parazit o'simliklar, 3)zamburug'lar, 4)bakteriyalar, sianoba-kteriyalar, 6)viruslar A)l,3,5 B)4,5,6 C)1,2,4,5 D) 1,2,3,4 Geterotroflar oziqni qaysi usul bilan o'zlashtirishidan qat'iy nazar oziq moddalarning organizmda o'zlashtirish yo'l(lar)ini ko'rsating. 1)makromolekulalarning fermentlar yordamida monomerlarga parchalanishi, 2)parchalanish mahsulotlarining so'rilishi, 3)mahsulotlarning hujayrada transport qilinishi, A)1 B)2 C)3 D)l,2,3 Golozoy usulda oziqlanuvchi organizmlarni toping. l)o'txo'r hayvonlar 2)yirtqich hayvonlar 3)ayrim bakteriyalar 4)zamburug'lar 5)parazit o'simliklar, 6)parazit hayvonlar A)l,2 B)3,4 C)5,6 D)3,4,5 Parazit usulda oziqlanuvchi organizmlarni toping. l)o'txo'r hayvonlar 2)yirtqich hayvonlar 3)ayrim bakteriyalar 4)zamburug'lar 5)parazit o'simliklar, 6)parazit hayvonlar A) 1,2 B)3,4 C)5,6 D)3,4,5,6 Saprofit usulda oziqlanuvchi organizmlarni toping. l)o'txo'r hayvonlar 2)yirtqich hayvonlar 3)ayrim bakteriyalar 4)zamburug'lar 5)parazit o'simliklar, 6)parazit hayvonlar A)l,2 B)3,4 C)5,6 D)3,4,5 Leyshmaniya va raffleziyani birlashtiruvchi xususiyatni toping. A)bir hujayrali B)saprofit organizm C)golozoy oziqlanish D)parazit hayot kechirish 10.Qoqshol qo'zg'atuvchisi bilan zang zamburug'ini birlashtiruvchi xususiyatni toping. A)geterotrof organizm B)saprofit organizm C)golozoy oziqlanish D)bir hujayrali Tripanosoma va vabo qo'zg'atuvchisini birlashtiruvchi xususiyatni toping. A)bir hujayrali B)saprofit organizm C)golozoy oziqlanish D)parazit hayot kechirish Zarpechak, devpechak, shumg'iya va vertitsilni birlashtiruvchi xususiyatni toping. A)parazit o'simlik geterotrof oziqlanish C)saprofit oziqlanish D)golozoy oziqlanish Geterotrof oziqlanish tiplarini l)golozoy, 2)saprofit, 3)parazit; bosqichlari bilan juftlang: a)oziqning yutilishi, hazm qilinishi, fermentlar yordamida parchalanishi, so'rilishi b)hazm fermentlarining tashqi muhitga ajralishi, oziqning ferment ta'sirida parchalanishi, parchalanish mahsulotlarining organizm tomonidan qabul qilinishi, c)organizmdagi organik moddalar hisobiga oziqlanish A)l-a;2-b;3-c B)l-c;2-b;3-a C)l-b;2-a;3-c D)l-a,2-c,3-b Mineral elementlarni organizmdagi funksiyasi bilan juftlang: l)Ca, 2)P, 3)Fe, 4)F a)tish emali tarkibiga kiradi, b)kislorod tashiydi, c)gemoglobin, mioglobin tarkibiga kiradi, d)suyak, qon, tish dentiti tarkibiga kiradi, e)qonning ivishi va muskullar qisqarishini ta'minlaydi, f)nerv impuslarini o'tkazadi, osmotik bosimni ta'minlaydi, g)nuklein kislotalar, fermentlar suyak tarkibiga kiradi, h)ATF tarkibiga kiradi A)l- a,b,f;2-g,h;3- d;4-c B) l-d,f;2-g,h;3-b,c;4-a,e C)l-d,e,f;2-g,h;3-b,c;4-a D)l-b,e,g;2- d,h;3-a,c;4-b Qanday jinssiz ko'payish turi bir hujayralilarni ko'p hujayralilardan farqlaydi? l)binar bo'linib ko'payish 2)shizogoniya 3)fragmentlar orqali ko'payish 4)poliembruoniya ko'payish 5)vegetativ ko'payish A) 1,2 B)3,4,5 C)l,3,4 D)2,3,5 Qanday jinssiz ko'payish turi ko'p hujayralilarni bir hujayralilardan farqlaydi? l)binar bo'linib ko'payish 2)shizogoniya 3)fragmentlar orqali ko'payish 4)poliembruoniya ko'payish 5)vegetativ ko'payish A) 1,2 B)3,4,5 C)1,3,4D)2,3,5 Bitta hujayra bo'linishidan bir qancha hujayralarning hosil bo'lishi qanday ko'payish? A)oogamiya B)shizogoniya C)endogoniya D)fragmentatsiya Kurtaklanib ko'payuvchi organizmlarni aniqlang. l)ayrim samburug'lar 2)xlorella 3)xlomidomanada 4)amyoba 5)sporalilar 6)bakteriyalar 7)gidralar 8)evglena A) 1,2,3,5 B)l,5,7 C)l,6,7 D)l,3,4,7,8 Shizogoniya yo'li bilan ko'payuvchi organizmlarni toping. l)ayrim samburug'lar 2)xlorella 3)xlomidomanada 4)amyoba 5)sporalilar 6)bakteriyalar 7)gidralar 8)evglena A) 1,2,3,5 B)l,5 C)2,3,5,6 D)l,3,4,8 Sporalar hosil qilish yo'li bilan ko'payuvchi organizmlarni toping. l)ayrim samburug'lar 2)xlorella 3)xlomidomanada 4)amyoba 5)sporalilar 6)bakteriyalar 7)gidralar 8)evglena A)l,2,3,5,8 B)l,5 C)l,2,5 D)l,3,4,8 Jinssiz ko'payish asosida yotadi. A)endogoniya B)shizogoniya C)mitoz D)meyoz Mitoz fazalarida ro'y beradigan jarayonlarni juftlang: a-profaza, b-metafaza, c-anafaza, d-telofaza l)xromatidalar sentromeralari orqali birlashgan bo'ladi, 2)sentriolalar bo'linib, hujayra qutblari tomon yo'naladi 3)axromatin ipchalari shakllanadi 4)xromasomalar hujayra markaziga to'planadi 5)har bir xromasomaning sentromeri axromatin ipiga birikadi 6)xromatidalarni birlashtirib turuvchi sentromeralar bo'linadi 7)xromatidalar bir-biridan ajraladi 8)xromasomalar ikki qitbga to'planadi 9)xromasomalar spirali yo'yilib, ingichkalashib ketadi A)a-l,2,3;b-4,5;c-6,7;d-8,9 B)a-l,2;b-3,4,5;c-6,7;d-8,9 C)a-l,3;b-4,5;c-2,6,7;d-8,9 D)a-l,2,3;b-4;c-5,6,7;d-8,9 Mitozning qaysi fazasida sentriolalar bo'linib, hujayra qutbiga tomon yo'naladi? 16 profaza B)metafaza C)anafaza D)telofaza Mitozning qaysi fazasida axromatin ipchalari shakllanadi? A)profaza B)metafaza C)anafaza D)telofaza Mitozning qaysi fazasida har bir xromasomaning sentromeri axromatin ipiga birikadi? A)profaza B)metafaza C)anafaza D)telofaza Yadroning a) va sitoplazmaning b) bo'linishi qanday ataladi? A)a-kariokinez, b- mitoz B)a-mitoz, b-mitoz C)a-kariokinez, b-sitokinez D)a-sitokinez, b-kariokinez Jumlani to'ldiring: Ayrim hollarda … kuzatilmaydi, oqibatda …hosil bo'ladi. A)interkinez; tetrada xromasomalar B)kariokinez; ko'p yadroli hujayralar C)sitokinez; ko'p yadroli hujayralar D)sitokinez; ko'p hujayralar Xromatidalar tetradasi qachon kuzatiladi?A)meyoz; anafaza I B)mitoz;profaza C)mitoz;anafaza D)meyoz; profaza I Xromatidalar tetradasining hosil bo'lish mexanizmini to'g'ri belgilang. A)gomologik xromasomalar o'zaro uchlari bilan bir-biriga yaqinlashadilar va yonma- yonlashib, o'zaro birikibxromatidalar tetradasini hosil qiladilar B)mitoz interfazasida DNK reduplikatsiyasi natijasida xromasomalar tetradasi hosil bo'ladi C)gomologik xromasomalar o'zaro uchlari bilan bir- biriga yaqinlashadi va krossingover yuz beradi, xromasomalar ajralishi natijasida xromatidalar tetradasi hosil bo'ladi D) mitoz interfazasida DNK reduplikatsiyasi natijasida xromasomalar tetradasi hosil bo'ladi Nima sababdan ko'pchilik organizmlar nafaqat jinssiz, balki jinsiy usulda ham ko'payadi? A)jinssiz ko'payishda organizmning yangi muhit sharoitida moslanishini ta'minlovchi genetik axborotning o'zgarishi, almashinishi va xilma-xillikning ortishi kuzatilmaydi B)ko'payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombinatsiyalari hosil bo'lishi tufayli, yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo'ladi C) jinsiy ko'payishda organizmning yangi muhit sharoitida moslanishini ta'minlovchi genetik axborotning o'zgarishi kuzatilmaydi D) jinssiz ko'payish jarayonida genetik materialning xilma-xil kombinatsiyalari hosil bo'lishi tufayli, yangi irsiy belgilarga ega organizmlar paydo bo'ladi Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling