Umumiy biologiya 10. Variant 1
Umumiy biologiya – 10. Variant – 16
Download 0.67 Mb.
|
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2
Umumiy biologiya – 10. Variant – 16.Voyaga yetgan davrda o`troq bo`lib, lichinkalari ularni keng tarqalishiga yordam beruvchi organizmlarni toping. 1)sudralib yuruvchilar, 2)qushlar, 3)sut emizuvchilar, 4)bulutlar, 5)aktiniyalar, 6)korall poliplar, 7)ko`p tukli halqali chuvalchanglar, 8)qattiq qanotlilar, 9)parda qanotlilar 10)tangacha qanotlilar 11)ikki qanotlilar, 12)burgalar, 13)suvaraklar, 14)qandalalar, 15)to`g`ri qanotlilar, 16)beshiktevratarlar, 17)bit, 18) termitlar A)1,2,3 B)14,15,16,17,18 C)4,5,6,7 D)8,9,10,11,12 Assidiyaning sistematikasini toping. A)xordalilar tipi, lichinka xordalilar kenja tipi B)xordalilar tipi, lansetniksimonlar sinfi C)xordalilar tipi, bosh skletsizlar kenja tipi D)lichinka xordalilar tipi, xordalilar kenja tipi Assidiya lichinkasida xordali hayvonlarga xos qanday organlarni kuzatish mumkin? 1)nerv tizimi, 2)xorda, 20 ko`z, 4)orqa oyoqlar, 5)qon aylanish tizimi, 6)nafas olish tizimi A)2,4,6 B)1,2,3 C)4,5,6 D)1,3,5 Assidiya lichinkasida regressiv metamorfoz qanday ro`y beradi? A)xorda va nerv tizimi yo`qoladi B)xorda, nerv tizimining asosiy qismi yo`qolib, qolgani tugunchaga aylanadi C)umurtqa va xordasi tugunchaga aylanadi D)xorda va qon aylanish tizimi soddalashadi Qaysi organizmda metamorfoz yashash muhitining o`zgarishi bilan bog`liq? A)assidiya B)baqa C)kovakichlilar D)lansetnik Gulli o`simliklarda ontogenez qanday davrlardan iborat? 1)embrional, 2)yoshlik (yuvenil), 3)ko`payish, 4)qarilik, 5)pubertatA)1,2,3,4 B)2,3,4,5 C)1,3,5 D)1,2,3,5 Qanday hayotiy shakldagi o`simliklarda ontogenez 1 yil davom etadi? A)bir yillik B)buta C)chala buta D)ko`p yillik Qanday hayotiy shakldagi o`simliklarda ontogenezning ko`pyish davri ko`p marta takrorlanadi? A)bir yillik B)buta C)chala buta D)ko`p yillik Hayotiy shakli qanday bo`lgan o`simliklarda embrional va yoshlik davrlari ko`p marta takrorlanadi? A)bir yillik B)buta C)chala buta D)ko`p yillik Gulli o`simliklarda ontogenezning qaysi davri zigotadan boshlanib, urug` hosil bo`lishi va uning pishib yetilishi bilan yakunlanadi? A)yuvenil B)pubertat C)embrional D)qarilik Gulli o`simliklarda ontogenezning qaysi davrida urug`ning unib chiqishi, vegetativ organlarining shakllanishi kuzatilib, generativ organ – gul kurtaklarining paydo bo`lishi bilan tugaydi? A)yuvenil B)ko`payish C)qarilik D)embrional Gulli o`simliklarda gul, meva va urug`ning hosil bo`lishi ontogenezning qaysi davrida kuzatiladi? A)yuvenil B)ko`payish C)qarilik D)embrional Muhit omillari ta`sirining o`zgarishiga qaramay tirik organizmlarning morfologik, fiziologik, anatomik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy saqlash xususiyatiga nima deyiladi? A)regeneratsiya B)gomeostaz C)bioritm D)fotoperiodizm Organizmlarning hayot faoliyati davomida yoki biron ta`sir natijasida yashash muddati tugagan yoki shikastlanagn hujayralar, to`qimalar yoki a`zolarning qayta tiklanishiga nima deyiladi? A)regeneratsiya B)gomeostaz C)bioritm D)fotoperiodizm Tabiiy tanlanishning natijasini toping. A)regeneratsiya B)gomeostaz C)bioritm D)fotoperiodizm Jumlani tugallang. Yashash uchun kurashda o`z biologik jarayonlarini ritmik o`zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar ... A)saqlanib qoladi B)tashqi muhitga moslanuvchan bo`ladi C)abiotik va biotik ta`sirlarni yenga oladi D)nobud bo`ladi Odam tanasidagi kecha – kunduzlik bioritmlarni ko`rsating. 1)tana harorati, 2)arterial bosim, 3)hujayralarning mitoz bo`linish tezligi, 4)qon shaklli elementlarining miqdori 5)bosh miyaning kattaligi 6)yurak-qon tomirlari tizimi tuzilishi 7)suv balansi A)1,3,5 B)1,2,3,4 C)5,6,7 D)2,4,6 Fotoperiodizmga misollarni ko`rsating. 1)daraxtlarning gullashi 2)xazonrezgilik 3)hayvonlarning tullashi 4)hayvonlarning qishki uyquga ketishi 5)o`simliklarning barg yozishi A)1,2,3,5 B)1,3,5 C)1,2,3,4 D)2,4,5 Noqulay sharoitlarda organizmlarning moslanish mexanizmlarini ko`rsating. 1)o`simlik va mikroorganizmlarning sporalari 2)o`simlik urug`lari 3)hayvonlarning sistalari 4)hayvonlarning tuxumlari 5)o`simlik mevalari 6)o`simlik ildizlari A)1,3,5 B)1,2,3,4 C)2,4,6 D)3,5,6 Qaysi usul bir-biridan keskin farq qiluvchi (alternativ) belgilarga ega bo`lgan organizmlarni chatishtirish va bu belgilarning keyingi avlodlarga yuzaga chiqishini tahlil qilishga asoslangan? A)gibridologik (duragaylash) B)tahliliy C)payvandlash D)sitogenetik Mendelning ishlari uchun asos bo`lgan o`simlik? A)namozshomgul B)no`xat C)loviya D)o`rik Quyidagi qaysi o`simlik uchun o`z-o`zidan va chetdan changlanish xos? A)namozshomgul B)no`xat C)loviya D)o`rik Bir-birini inkor qiluvchi belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlar qanday ataladi? A)alternativ B)allel C)letall D)no allel Monoduragay chatishtirishda F2 organizmlar to`plamida dominant va retsessiv allellar miqdori qanday? A)1/3 va 2/3 B)1/4 va 3/4 C)2/4 va 3/4 D)3/4 va 1/4 Dominant belgili organizmlar fenotip jihatdan o`xshash bo`lsada, genotip jihatdan farq qiladi. Ularning genotipini aniqlash uchun qanday usuldan foydalanish mumkin? A)gibridologik (duragaylash) B)tahliliy C)chala chatishtirish D)sitogenetik Ingliz olimi U.Betson tajribalarida isbotlangan oraliq irsiylanishga xos bo`lgan misollarni toping. 1)tovuq patlarining rangi 2)g`o`za tolasining rangi 3)namozshomgul tojibarglarining rangi 4)odam soch tolasi A)1,3 B)2,4 C)2,3 D)1,2,3,4 Somatik hujayralarda nechtadan allel genlar bo`ladi? A)1 B)3 C)4 D)2 Odamlarda qon guruhlari nechta kombinatsiyada uchraydi? A)2 B)4 C)6 D)8 Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga ta`siri ... deyiladi. A)ko`p allelik B)kodominantlik C)polimeriya D)modifikatorlik Dominant va retsessiv gen allellarining ikkita emas, uchta va undan ortiq allelarining paydo bo`lish hodisasiga nima deyiladi? A)ko`p allelik B)kodominantlik C)polimeriya D)modifikatorlik Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling