Umumiy biologiya 10. Variant 1
Download 0.67 Mb.
|
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2
Umumiy biologiya – 10. Variant – 54.
Kaynazoy erasining davrlari a)uchlamchi, b)to`rtlamchi va ularga mos keluvchi xususiyatlarni tanlang; 1)Yevropa va Osiyoda mamontlar, qalin yungli karkidonlar, mastodontlar, ot ajdodlari, yalqov, dengiz sigir dastlabki ovchilar tomonidan qirib yuborilgan, 2)o`rmonlar o`rni yaylovlar bilan almashgan, 3)hasharotlar sinfi avj olib rivojlangan, 4)suvda sutemizuvchilar ikkinchi marta yashashga moslashgan, 5)davr o`rtalarida odamsimon maymunlar rivojlangan, 6)primatlar kelib chiqqan, 7)eng qadimgi odamlar kelib chiqqan, 8)janubiy “maymunlar” – avstalopiteklar kelib chiqqan 9)issiqsevar o`simliklar janubga tomon siljigan 10)yo`ldoshli sutemizuvchilarning qadimgi vakili hasharotxo`rlar turkumidan dastlabki yirtqichlar va primatlar kelib chiqqan 11)yirik o`txo`r hayvonlarning qirilishi ular bilan oziqlanuvchi g`or arsloni, g`or ayig`i va boshqa hayvonlarning qirilishiga sabab bo`lgan A) a-3,4,5,9,10,11;b-1,2,6,7,8 B) a-3,7,8,9,10;b- 1,2,6,11 C)a-3,4,5,7,8,9,10,11;b-1,2,6 D) a-2,3,4,5,6,7,8,10;b-1,9,10,11 Mezazoy erasi trias daviga mos keladigan xususiyatlarni ajrating: 1)sutemizuvchilarning xaltali va yo`ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo`lgan, 2)o`rmonlarda ochiq urug`lilar va paparotniklar hukmronlik qilgan, 3)kattaligi kalamushdek sutemizuvchi hayvonlar kelib chiqqan, 4)sudralib yuruvchi hayvonlar quruqlik, suv va havo muhitida keng tarqalib, havoda uchar kaltakesaklar keng o`rin olgan, 5)o`rmonlar ochiq urug`lilar, nina bargli o`simliklar, savovniklar, qisman sporali o`simliklar – paparotniklar, qirqbo`g`imlardan iborat bo`lgan,6)quruqlikda sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi ortgan, ularning keyingi oyoqlari kuchli rivojlangan, 64 7)yopiq urug`li o`simliklar ko`paya boshlagan, 8)hozirda yashab turgan toshbaqa va timsohlarning ajdodlari shu davrda paydo bo`lgan, 9)yirtqich, o`txo`r sudralib yuruvchilarning tanasi kattalashib, qalqonlar bilan himoyalangan, 10)qushlar tishli bo`lib, hozirgi zamon qushlariga o`xshagan, 11)dastlabki paydo bo`lgan sutemizuvchilar (o`rdakburun va yexidnalar singari) tuxum qo`yib ko`paygan A)1,3,4,11,6 B)2,6,10,9,8 C)11,9,7,2,4 D)2,3,6,8,11 Qo'ng'ir, qizil va yashil suvo'tlar (umuman suvo`tlar) qaysi erada paydo bo'lgan? kaynozoy B) proterozoy C) mezozoy D) paleozoy Oqsilni sun'iy sharoitda sintezlash uchun ribosomalar qo'yning, i-RNK esa quyonning hujayralaridan olingan. Sintezlangan oqsil qaysi hayvonga mansub bo'lishi mumkin? A) quyonga B) quyon va qo'yga C)Oqsil sintezlanmaydi, chunki quyonning genetic kodi (tripletlari) qo'ynikiga xos kelmaydi. D) qo'yga Membranali organoidlari yo'q organizmlarni aniqlang A)ksantoriya, batsidiya, xlorella B)ulotriks, spirogira, vertitsill C) nitella, spirogira, agrobakterium D) rizosfera, agrobakterium, pnevmokokklar Odamda birinchi qon guruhi I°I°, ikkinchi qon guruhida gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAI0, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBI°, to'rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi.Gomozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo'lgan yigit va qiz nikohida qanday qon guruhiga ega bo'lgan farzandlar dunyoga keladi? A) II,III B) I C) I,II,III,IV D) IV Yo'ng'ichqaning hujayra qobig'i qanday modda iborat? A) xitin B) murein C) selluloza D) pektin Sutemizuvchilar sinfi hasharotxo'rlar turkumiga mansub hayvonlarni ularning yashash muhiti bilan bog'lab ko'rsating; I) quruqlikda yashovchilar; II) suvda va quruqlikda yashovchilar; 1) sakrovchi; 2) kutora; 3) qunduzsimon yerqazar; 4) vixuxol. A) I-1,2; II-3,4 B) I-1,3; II-2,4 C)I-1,2,3; II-4 D)I-1,4; II-2,3 Quyidagi berilgan olimlar qaysi moddalarni sun'iy ravishda sintezlaganlar? l)S.Foks; 2)S.Miller; 3)D.0ro; a)adenin; b)proteinoidlar; c)asparagin; d)nuklein kislotalar;e) oqsil. A)l-a,2-b,3-d B)1-b,2-a, 3-e C) l~b,2-c,3-a D)1-c, 2-b, 3-a F.Redi va L.Paster tajribalari qaysi nazariyaning noto'g'riligini ko'rsatib berdi? A) kreatsinizm B) panspermiya C) hayotning anorganik jismlardan rivojlanishi D) hayotning o'z-o'zidan paydo bo'lishi Qaysi o'simliklarda poliploid turlar uchraydi? A) g'o'za, g'umay B) xrizantema, ajriq C) tamaki, iloq D) xrizantema, g'o'za, tamaki Aneuploid turlarni ko'rsating. A) skerda avlodi B)iloq avlodi C)nepentes avlodi D)skerda va iloq avlodi Skuns qaysi biogeografik viloyatda uchraydi? A) Neotropik B)Hindomalay C)Habashiston D)Avstraliya Banyan daraxti qaysi biogeografik viloyatda uchraydi?A)Neotropik B)Hindomalay C) Habashiston D) Avstraliya Dingo iti qaysi biogeografik viloyatda uchraydi? A) Neotropik B) Hindomalay C) Habashiston D) Avstraliya Qaysi olim hayotning biogen usulda kelib chiqqanligini birinchi bo'lib isbotlagan? A) Krik B) Oparin C) Redi D) Paster O'simliklarning suv muhitidan quruqlikda yashashga o'tishi, spora bilan ko'payishdan urug'dan ko'payishga o'tishi evolyutsion jarayonning qaysi yo'nalishiga to'g'ri keladi? A) aromorfoz B) idioadaptatsiya C) umumiy degeneratsiya D) biologik regress Quyidagilardan qaysi biri allopatrik usulda tur hosil bo'lishiga misol bo'ladi? 1) arealning bo'linishi; 2) duragaylash natijasida; 3) avtopoliploidiya yo'li bilan; 4) arealda geografik to'siqlar paydo bo'lishi orqali; 5) allopoliploidiya usuli bilan A)1,4 B)2,5 C) 1,3 D) 2,3 Odamdagi dum suyagi, appendiks o`simtasi, ko`zdagi 3- qovoq, quloq va qoshni yuqoriga ko`taruvchi muskullar qanday organlar? A)rudiment B) atavizm C)biogenetik qonun D)filembriogenez Odamdagi rudiment organlar (I) va atavizm (II) hodisalarini ajratib belgilang.1) appendiks; 2) 4-5 dum umurtqalari; 3) dum suyagi va uning muskullari; 4) quloq suprasi va quloq muskullari; 5) dum; 6) tanani yung bilan koplanishi; 7) ko'shimcha sut bezlarining bo'lishi. A)I-1,2,4; II-3,5,6,7 B)I-1,2,3; II-4,5,6,7 C) I-5,6,7; II-1,2,3 D)I-4,5,6:II-3,2,1,7 Odamsimon maymunlarda xromosomalarning 48 va odamlarda uni kamayib 46 ta bo'lishi qanday tushuntiriladi? A)maymunlarda bir juft gomologik xromosoma deletsiyaga uchragan B)maymunlarda bir juft gomologik xromosoma ikki hissa ortgan C)ikki juft xromosoma odamda qo'shilib ketgan D)ikki juft xromosoma odamda reduksiyaga uchragan Odam va odamsimon maymunlar gavda tuzilishidagi o`xshashlik a) va farqlarni b) aniqlang: 1)12-13 juft qovurg`alar, 2)qoziq va jag` tishlarining soni, 3)oziq va kurak tishlarining soni, 4)dum bo`lmasligi, 5)quloq, ko`z, terining tuzilishi, 6)shimpanze va orangutandagi to`rt xildagi qon guruhining bo`lishi, 7) shimpanze, gibbon va orangutandagi to`rt xildagi qon guruhining bo`lishi,8)kariotipi 46 ta xromasomadan iboratligi, 9)bosh miyasining hajmi 600 sm3, 10)katta yarim sharlar po`stlog`ining sathi o`rtacha 1250 sm3 ga tengligi, 11)peshona va chakka bo`limlarining rivojlanmaganligi A) a-1,2,4,5,6,7:b-3,8,9,10,11 B) a-1,2,5,6,11:b-3,4,7,8,9,10 C) a-1,2,4,5,8,9:b-3,6,7,10,11 D)a-1,2,4,5,6:b-3,7,8,9,10,11 Odam embrionining dastlabki bosqichlariga xos xususiyatlarni a), odam va odamsimon maymunlardagi qaysi kasalliklarning umumiyligi b), odamsimon maymunlarning katta yarim sharlari po`stlog`i odamlarnikidan qancha marta kichikligi c) ni ajrating; 1)3,5 marta, 2)bosh biti, 3)gripp, 4)chechak, 5)qorin tifi, 6)sil, 7)2,5 marta, 8)jabra yoriqlari, 9)dumning bo`lishi, 10)5-6 oylik homilaning tanasi mayin yung bilan qoplanganligi, 11)halqumining atrofida oyquloqlarning bo`lishi,12)gastruliyatsiya jarayonining qat-qat bo`lib joylashuvi A) a-8,9,11;b-2,3,4,5;c-7 B)a-8,9,10;b-2,3,4,5;c-1 C) a-8,9,10,12;b-2,3,4,5,6;c-1 D) a-8,9,10,11;b-2,3,4,5,6;c-7 Kaynazoy erasining ... davri o`rtalarida odamsimon maymunlar rivojlangan, o`rmonlarning qisqarishi tufayli odamsimon maymunlar ochiq yerlarda yashashga majbur bo`lgan, ulardan keyinchalik eng qadimgi odamlar kelib chiqan. A)uchlamchi B)to`rtlamchi C)yura D)bo`r Kaynazoy erasining ... davrida odam evolyutsiyasi tezlashgan. A)uchlamchi B)to`rtlamchi C)yura D)bo`r Tuzilishiga ko`ra turli sinf belgilarini o`zida birlashtirgan organizmlar ... deyiladi. A)relikt formalar B)qazilma formalar C) oraliq formalar D) tirik qazilma Sudralib yuruvchilar bilan sut emizuvchilar orasiragi oraliq formani toping? A)Arxeopteriks B)Yirtqich tishli kaltakesak C)Teropsidlar D) B,C Odam evolyutsiyasi rivojlanishining ikkinchi bosqich (arxantroplar) vakillari berilgan javobni toping. A)sinantrop, pitekantrop, neandertal odam B)kromanyon, pitekantrop, uquvli odam C)sinantrop, pitekantrop, D)geydelberg odami, kromonyon, sinantrop Odam evolyutsiyasi rivojlanishining uchunchi bosqich vakil(paleantrop)i berilgan javobni toping. A)sinantrop, pitekantrop, B)neandertal C)kromanyon, pitekantrop, D)geydelberg odami, kromonyon, Embrionlik davrida mavjud bo`lib, tug`ilgandan keyin mayda hajmda bo`lib, hech qanday ahamiyatga ega bo`lmay qolgan organlar qanday ataladi? A)rudiment B) atavizm C)biogenetik qonun D)filembriogenez Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling