Umumiy biologiya 10. Variant 1
Umumiy biologiya - 10. Variant - 2
Download 0.67 Mb.
|
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2
Umumiy biologiya - 10. Variant - 2.Seleksiyada qo'llanilib kelayotgan duragaylash, tanlash metodlaridan tashqari, gen muhandisligi - genlarni sintez qilish, ko'chirib o'tkazish, somatik hujayralami duragaylash, allofen - organizmlar yetishtirish metodlari quyidagi qaysi vazifani bajarishda samarali yechim bo'la oladi? A)insonlardagi irsiy kasalliklarni o'rganish, ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish B)dunyo aholisini sifatli oziq - ovqatga bo'lgan talabini qondirish C)hayvon va o'simliklar genofondini saqlash usullarini ishlab chiqish va amaliyotda tatbiq etish D)sanoat, transport va maishiy chiqindilarni qayta ishlash, tabiat ifloslanishining oldini olish M.V.Volkenshteynning hayotga bergan ta'rifini toping. A)Yerda mavjud bo'lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o'z - o'zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemadir. B) Yerda mavjud bo'lgan tirik organizmlar, biologik moddalar: oqsil, uglevod va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o'z - o'zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemadir. C) Yerda mavjud bo'lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil, lipid, uglevod va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o'z - o'zini idora etadigan, yarata oladigan ochiq sistemadir.D) Yerda mavjud bo'lgan tirik organizmlar, biopolimerlar: oqsil va nuklein kislotalardan tuzilgan. Ular o'z - o'zini idora etadigan, yarata olmaydigan sistemadir. Hayotning ... darajalari mavjud. l)molekula 2)hujayra 3)organizm 4)populyatsiya 5)tur 6)biogeosenos 7)biosfera 8)biosenoz 9)turkum A)l,2,3,5,6,7 B)l,2,3,4,5,6,7,8 C)l,2,3,4,5,6,7 D)l,2,3,4,5,6,7,8,9 Har qanday tirik mavjudod murakkab tuzilishga ega bo'lmasin u biologik molekula(lar) - ... dan tashkil topgan. A)nuklein kislota, oqsil B)uglevod C)yog' D)uglevod, yog`, nukelin kislota, oqsil Qaysi tiriklik darajasidan boshlab hayotning o'ziga xos xossalari - irsiy axborot berilishi amalga oshadi? A)hujayra B)molekula C)ultratuzilma D)oqsil tuzilma Hayot tuzilishining hujayra darajasida xos xususiyatlarini belgilang. l)moddalar almashinuvi 2)energiya almashinuvi 3)irsiy axborot berilishi 4)tiriklikning bir butunligi ta'minlanadi 5)shaxsiy rivojlanish va o'lim kuzatiladi 6)har xil vazifalarni bajaruvchi organlar sistemasi paydo bo'ladi. A)l,2,3,4,5,6 B)l,2,4 C)l,2,3,4 D)4,5 Organizm darajasi ... hisoblanadi. A)hujayra B)individ C)hujayra va individ D)organlar sistemasi Hayotning organizm darajasida hujayra va molekula darajalarida uchraydigan hayotga xos xossalardan tashqari qanday xususiyatlar uchraydi? l)moddalar almashinuvi 2)energiya almashinuvi 3)irsiy axborot berilishi 4)tiriklikning bir butunligi ta'minlanadi 5)shaxsiy rivojlanish va o'lim kuzatiladi A)barchasi umumiy B)l,2 C)faqat 5 D)4,5 Qaysi hayot darajasida har xil vazifalami bajaruvchi organlar sistemasi paydo bo'ladi? A)hujayra B)organizm C)ultra tuzilma D)molekula Hayotning populyatsiya - tur darajasining birligi ... sanaladi. A)tur B)individ C)popilyatsiya D)organizm Populyatsiya deyilganda ... tushiniladi. l)tur tarqalgan arealning ma'lum qismida yashashga moslashgan 2)o'zaro erkin chatishib nasi beradi 3)shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ma'lum belgilar bilan farq qiladi 4)nisbatan alohidalashgan 5)barqaror organizmlar guruhi A)l,2,4 B)l,2,3,5 C)1,2,3,4,5 D)l,2,3 Yaqin populyatsiyalar birlashib ni hosil qiladi? A)populyatsiya tizimi B)biologik tur C)biosenoz D)biogeosenoz Hayot tuzilishining ... darajasidan boshlab evolyutsion yangilanish kuzatiladi. A)populyatsiya B)tur C)organizm D)populyatsiya - tur Tuzilishi turlicha murakkablikda bo'lgan har xil sistematik guruhlarga mansub turlarning tarixiy rivojlanish jarayonida anorganik tabiat bilan tarkib topgan nisbatan barqaror sistema qanday ataladi? A)Biosfera B)Populyatsiya C)Biogeosenoz D)Biosenoz Hayotning qaysi darajasi o'z-o'zini boshqara oladigan sistema hisoblanadi? A)Biosfera B)Populyatsiya C)Biogeosenoz D)Biosenoz Biogeosenozlar birlashib hayotning qaysi darajasini tashkil etadi? A)Biosfera B)Populyatsiya C)Biogeosenoz D)Biosenoz Hayotning qaysi darajasida modda va energiyaning davra bo'ylab aylanishi kuzatiladi? A)Biosfera B)Populyatsiya C)Biogeosenoz D)Biosenoz Qaysi hayot darajasida modda va energiya to'planadi, a'zolari orasida teng taqsimlanadi? A)Biosfera B)Populyatsiya C)Biogeosenoz D)Biosenoz 19.Tekshirish obyektiga ko'ra biologiya qanday sohalarga bo'linadi? l)botanika 2)zoologiya 3)mikrobiologiya 4)gidrobiologiya 5)palentologiya 6)ekologiya 7)anatomiya 8)fiziologiya 9)embriologiya 10)sistematika ll)biofizika 12)biokimyo 13)bionika 14)biotexnologiya A)l,2,6,7,8,9 B)l,2,3,4,5,6 C)7,8,9,10 D)l,2,3,4,5,6,7 Biologiya tirik organizmlarning ayrim jihatlarini tekshirish bo'yicha qanday fanlarga ajratiladi? l)botanika 2)zoologiya 3)mikrobiologiya 4)gidrobiologiya 5)palentologiya 6)ekologiya 7)anatomiya 8)fiziologiya 9)embriologiya 10)sistematika 11 )biofizika 12)biokimyo 13)bionika 14)biotexnologiya A) 1,2,6,7,8,9 B)l,2,3,4,5,6 C)7,8,9,10 D)l,2,3,4,5,6,7 Biologiyaning boshqa tabiiy fanlar hamkorligida paydo bo'lgan sohalarini belgilang. l)botanika 2)zoologiya 3)mikrobiologiya 4)gidrobiologiya 5)palentologiya 6)ekologiya 7)anatomiya 8)fiziologiya 9)embriologiya 10)sistematika ll)biofizika 12)biokimyo 13)bionika 14)biotexnologiya A)4,5,8,ll,12 B)l,2,3,4,5,6 C)7,8,9,10 D)11,12,13,14 Tirik organizmlarga xos bo'lgan hayotiy jarayonlar da kechadi. A)hujayra B)organizm C)organ D)to'qima Hayotning molekula darajasi aniqlashda muhim ahamiayat kasb etadi? l)Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishining birlamchi asosi sifatida o'rganilishi 2)hujayra, to'qima, organ, organizm, populyatsiya va tur 3)biogeosenoz, biosfera bilan o'zaro aloqadorlik va uzviylikni A)1 B)2 C)2,3 D)l,2,3 Oqsilning birlamchi strukturasini ... tashkil etadi. A)aminokislotalar B)peptid bog' lar C)disulfid bog' lar D)kovalent bog' lar Ribosomadan ajralgan oqsillar keyinchalik vodorod bog'lar hisobiga ... strukturani hosil qiladi? A)birlamchi B)ikkilamchi C)uchlamchi D)to'rtlamchi Oqsilning uchlamchi strukturasini nima hosil qiladi? A)aminokislotalar B)peptid bog'lar C)disulfid bog'lar (S bog'lari) D)kovalent bog'lar Muayyan fazifa (ferment, gormon)ni bajaradigan oqsil molekulalarlari qanday strukturaga ega bo'ladi? A)birlamchi B)ikkilamchi C)uchlamchi D)to'rtlamchi Qaysi elementning maxsus fizik-kimyoviy xususiyatlari hisobiga yirik, murakkab va xilma-xil organik birikmalar hosil bo'ladi? A)uglerod B)vodorod C)oltingugurt D)kislorod Quyoshning yorug'lik energiyasi kimyoviy bog'lar energiyasiga aylanishi natijasidahosil bo'ladi. A)oqsil B)uglevod C)lipid D)nuklein kislota Qaysi bioorganik - polimer modda barcha biologik molekulalarning tuzilishida birlamchi asos bo'lib xizmat qiladi? A)oqsil B)uglevod C)lipid D)nuklein kislota Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling