Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Elektr ta’minoti
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 452 TA-100 apparaturasi 50 Gs chastotali (+2 - +4%) 220 V kuchlanishli (yo‘l qo‘yilgan chetlashishlar +10-15%) o‘zgaruvchan tok manbaidan ta’minlanadi. Bu kuchlanishni elektr sxemalarini ta’minlash uchun zarur (+27V, +12V li o‘zgarmas tok) qiymatlarga o‘zgartirishkompleksning javonlarda o‘rnatiladigan ta’minlash bloklari orqali bajariladi. Ta’minot bo‘yicha iste’mol bitta modulga taxminan 120V∙A ni, bitta to‘la komplekt uchun 25 kv∙A ni tashkil etadi, uning tarkibida 16 MP bo‘ladi. Tizimni 220 V li o‘zgarmas tokli (akkumulyatorlar batareyasidan) tashqi manbalardan ta’minlashni tashkil etish uchun o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka maxsus o‘zgartkich qurilma (elektromagnit yoki statik) yordamida oraliq o‘zgartirishzarur. Eng ma’qul qurilma markaziy o‘zgartkichni har bir o‘zgarmas tok tashqi manbaiga ulash hisoblanadi. Kompleksga xizmat ko‘rsatish TA-100 kompleksiga stasionar xonalarda xizmat ko‘rsatilishi, atrof muhitda zaharli bug‘, gaz va changlar bo‘lmasligi kerak. Boshqarish punkti va xotira kengaytirgichi atrof havo temperaturasi +10° - +40°s chegarasida bo‘lganda ishlash uchun mo‘ljallangan. BP va RP xonalarini kondisioner yoki havo temperaturasini (25±5°S) saqlaydigan ventilyasiya bilan jihozlash tavsiya etiladi. Nazorat qilinayotgan punkt atrof havo temperaturasi +5...50 °S chegarasida bo‘lganda ishlash uchun mo‘ljallangan. Hamma qurilmalar uchun havoning nisbiy namligi yo‘l qo‘yilgan temperaturalarning butun oralig‘ida 20 dan 80% gachani tashkil etishi kerak. Apparatura 80 Gs gacha chastotali, 10 m/s gacha tezlanishli va 0,1 mm gacha amplitudali titrash ta’sirlariga chidaydi. Apparatura sxemasi elektr zanjirlarining korpus orqali erga ulanishiga hisoblanmagan. Kompleks qurilmalari kuchli elektr va elektromagnit maydonlar manbalari yaqinida joylashtirilmasligi kerak. BP va RP orasidagi, shuningdek, BP va KPO orasidagi masofa 10 m dan ortiq bo‘lmasligi kerak. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 453 TA-100 apparaturasi bilan profilaktik ishlar asboblar va testlar bo‘yicha yarim yilda bir marta amalga oshirilishi kerak. Profilaktika har bir komplekt uchun navbati bilan, butun kompleksni ishlashdan to‘xtatmasdan amalga oshiriladi. Tizimga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish rejimi (bir, ikki yoki uch smenali) kompleksning ishonchligiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq, chunki xizmat ko‘rsatishning smenalari soni qancha ko‘p bo‘lsa, birinchi komplekt ta’mirlanayotgan vaqtda ikkinchi komplektning ishdan chiqishi ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. Operativ ta’mirlashning asosiy turi — tizimning sxemali va dasturli nazorat hamda diagnostika yordamida aniqlanadigan nosoz sub bloklarini ZIL dagi sozlariga almashtirib, keyinchalik nosoz uzellarni ustaxona sharoitida tiklashdan iborat. Buyurtmachining ishchi dasturlarini o‘zgartirish va yoki to‘ldirish zarur bo‘lganda yangi dasturlar perfolentadan xotiraga kitiladi va ishga maxsus direktivalar yordamida ulanadi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling