Umumiy doc


 3.2. TA-100 TEXNIK VOSITALAR KOMPLEKSI


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

15. 3.2. TA-100 TEXNIK VOSITALAR KOMPLEKSI 
TA-100 texnik vositalar kompleksining asosiy xususiyat ma’lumotlarga ishlov 
berish, shuningdek, apparatlarni va dasturni rezervlash hisobiga kiritish-chiqarish
vazifalar amalga oshirishning yuqori darajada ishonchligidir. 
15. 3.2.1 ASOSII XUSUSIYATLARI 
TA-100 ning xususiyatlariga birinchi navbatda cinxron majoritar rezervlash 
hisobiga ta’minlanadigan yuqori darajadagi ishonchliligini kiritish lozim. Bunday 
usulda rezervlashda tizim apparaturasi uchta bir xil komplekt ko‘rinishida bajarilib, 
ular ayni bir dastur bo‘yicha sinxron ishlaydi. Komplektlarning chiqishida majoritar 
elementlar o‘rnatilib, ular yordamida oraliq va oxirgi echimlarning uchta natijasining 
bir xilligi «uchtadan ikkitasining ovoz berishi» prinsipi bo‘yicha tekshiriladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


445 
SHunday qilib, yuqori ishonchlilik vositalari kompleksini qurishning asosiy 
masalalari etarlicha samarli hal qilinadi: 

uchinchisi ishdan chiqqanda, ikkita komplektning tuzuk ishlashi bilan 
kafolatlanuvchi buzilmasdan ishlashi; 

to‘xtatib qo‘yadigan xalaqitdan himoyalanganlik, unga har bir aloxida operasiya 
natijalarini «ovozga qo‘yib» komplektlaridan birida xalaqitlarni yo‘qotish 
natijasida erishiladi; 

komplektning ayrim qurilmalarini uzluksiz avtomatik nazorat qilish hisobiga bir 
vaqtda nosoz komplektni aniqlab, uchta bir xil signalni taqqoslash natijasida 
ta’mirlashga yaroqliligi yuqoriligi. 
TA-100 ning ikkinchi xususiyati shundaki, avval qarab chiqilgan vositalarga 
nisbatan tuzilishi soddaligidir. Bu soddalik natijasida apparatura xarajatlari qisqarib, 
kompleksning narxini kamaytirishga imkon beradi. 
TA-100 ning tuzilishini soddalashtirish quyidagilar hisobiga erishilgan: 
- mashina buyruqlari sonini qisqartirish; 
- tashqi qurilmalar bilan aloqa kanallarini soddalash tirish; 
- matematik buyruqlar formatlari sonini qisqartirish (bunday formatlar 2 ta); 
- kiritish-chiqarishni boshqarish apparaturasini sodalashtirish; 
- verguli ko‘chuvchi o‘zgaruvchi sonlar ustida arifmetik operasiyalarning 
dastur orqali bajarilishiga o‘tish. 
Sanab o‘tilgan soddalashtirishlar texnologik jarayon (TJ) ni boshqarishning 
quyi bosqichida ishlaydigan texnik vositalar uchun to‘la yaroqlidir. Kompleksning 
ishlash tezligi uncha yuqori bo‘lmasa ham (taxminan 50000 ta mantiqiy va qisqa (+, -
) arifmetik operasiya/s, taxminan 5000 ta ko‘paytirish va bo‘lish), u algoritmik 
universallikka ega, ya’ni istagan algoritmni amalga oshirish uchun yaroqli. 
Va, nihoyat, TA-100 vositalari kompleksining uchinchi xususiyati uning 
telemexanika bilan organiq birikib ketganligidir. 3 km gacha masofada joylashtirilgan 
kompleks apparaturasi aloqalari uchun axborotni xalaqitlardan himoyalangan holda 
zichlashtirib uzatish uchun bloklar mavjud.
Katta masofalarda uzoq masofaga ta’sir ko‘rsatuvchi telemexanikadan yoki 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


446 
ma’lumotlarni uzatish apparaturasidan foydalanishda ASST vositalari tizimi tarkibiga 
kiruvchi shu turdagi hamma qurilmalar qushimcha qo‘shma apparaturasiz TA-100 ga 
ulanadi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling