Umumiy doc
§. AGREGATLASHTIRISH-ZAMONAVIY BOSHQARISH
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
15.2§. AGREGATLASHTIRISH-ZAMONAVIY BOSHQARISH TIZIMI TUZILISHINING ASOSIDIR U yoki bu aniq tizimlar uchun foydalaniladigan dastlabki boshqaruvchi hisoblash mashinalari ma’lum masalani hal qilishi uchun, yoki eng yaxshi hollarda, boshqarishning cheklangan sinflari uchun loyihalangan edi. Bu mashinalarning tuzilishi juda bikr bo‘lib, hatto biroz o‘zgarishlarni ham kiritib bo‘lmasdi, mashinalarning xarakteristikasi aniq tayinlangan edi. Lekin vaqt o‘tishi bilan boshqarish tizimlari uchun BHM larni individual loyihalash yo‘li ishlab chiqarishga joriy qilish nuqtai nazaridan istiqboli kamligi aniq bo‘ldi. Hozir tizimlarni ishlab chiqishda tuzilmalarni agregatlashtirish prinsipi keng foydalanilmoqda. Tuzilmani agregatlashtirish - bu xarakteristikalari tayinlangan BHM dan turli vazifali avtonom bloklar to‘plamiga o‘tish bo‘lib, ulardan boshqaruvchi mashinalarni ham, ixtiyoriy tuzilmadagi tizimlarni ham yig‘ish mumkin. Bunday har bir blok o‘zining maxsus vazifasini mustaqil bajarishi mumkin, lekin u shunday tarzda tuzilgan va qurilganki, uni hisoblash texnikasi vositalari agregat tizimlarining boshqa funksional bloklari bilan tutashtirish oson. Biz bundan keyin agregatli vositalarning ba’zi to‘plamlarini va ularni umumiy tizim doirasida tutashtirish usullarini mufassalroq qarab chiqamiz. Buyurtmachi nuqtai nazaridan agregatlashtirish prinsipini ham o‘shanda qarab chiqamiz. Tizimga yuklanadigan vazifalarni aniqlash bosqichida buyurtmachi biror vazifani bajarishda uning ishlash algoritmini ta’riflab berishi, ya’ni tizimning aniq masalani echish tartibi va qoidasini aniqlashi kerak. Biroq ishlash algoritmlari ularni ishlab chiqish bosqichida ham, tizimni joriy qilish jarayonida ham va tizim ishlatish uchun topshirilgandan so‘ng ham deyarli muqarrar o‘zgaradi. Bu birinchidan, boshqarish sifatini yaxshilash maqsadida algoritmlarni takomillashtirish zarurati tufayli vujudga kelishi; ikkinchidan, boshqarish tizimining ob’ektda «barqarorlashishi» darajasiga qarab ishlatish sharoitlari ham o‘zgaradi; uchinchidan, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 435 tizimning ba’zi vazifalari bundan keyin rivojlanishi mumkin, boshqalari esa, aksincha, o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin va nihoyat, to‘rtinchidan, texnologik jarayonning, o‘zi o‘zgarishi mumkin, bu esa tizimning ishlash dasturining, kirish va chiqish axboroti hajmining va hokazoning juda katta o‘zgarishini anglatadi. SHunday qilib, buyurtmachi tizimning strukturasini o‘zgartirishi, kerak bo‘lganda ayrim qurilmalarni ko‘paytirishi, ularning informatik yoki hisoblash quvvatini oshirish, chetki qurilmalar nomenklaturasini va BHM bilan muloqot usullarini o‘zgartirishda ma’lum erkinlikka ega bo‘lishi kerak Bu imkoniyatlarning hammasi ma’lum chegarada hisoblash texnikasini agregat vositalaridan foydalanishni ifodalaydi. Endi bunday vositalar asosida qurilgan tizimning dasturlari va tuzilmasini nima tufayli va qanday qilib o‘zgartirishmumkinligini qarab chiqamiz. Hamma funksional bloklar quyidagi parametrlar bo‘yicha moslama oladigan qilib ishlanadi: - axborot va boshqaruvchi signallarning fizik parametrlari; - foydalanilayotgan elementlarning tuzilishlari va agregat tizim uzellari (bo‘g‘inlari) bo‘yicha; - funksional bloklar orasida o‘zaro almashinuvda axborot jo‘natmalari ko‘rinishida; - turli ish rejimlarida bloklar orasidagi axborot almashinish (aloqa algoritmi bo‘yicha) tartibini tashkil etish. Agregat qurilmalar funksional vazifasiga ko‘ra, odatda, quyidagi turlarga bo‘linadi: − markaziy boshqarish va axborotga ishlov berish qurilmalari (prosessorlar); − tizimning xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan axborot va boshqaruv aloqasini ta’minlovchi qurilmalar; − tizimning ob’ekt bilan axborot va boshqaruv aloqasini (axborotni to‘plash va chiqarishni) ta’minlovchi qurilmalar; − axborotni saqlash (xotirlash) qurilmalari (HQ) ular ichki (operativ va doimiy xotira) va tashqi (magnitli barabanlar, lentalar, disklardagi katta sig‘imli operativ xotira) xotiralarga bo‘linadi; − tashqi (tizimdan tashqari) aloqa liniyalariga chiqish qurilmalari; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 436 − tizimning funksional bloklari o‘rtasida axborot almashinuvini ta’minlovchi qurilmalar; − tashqi eltuvchilardan (perfolenta, perfokartalar, bosish qurilmalaridan) axborotni kiritish va ularga chiqarish qurilmalari. Prosessor va xotirlovchi qurilmalardan boshqa hamma jixozlar kiritish- chiqarish qurilmalari (KCHQ) deyiladi. Avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini qurishning agregat prinsipi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: − tizimning ko‘p prosessorli tuzilmasidan, masalan, uning ishonchliligini yoki unumdorligini oshirish maqsadida foidalanish; − boshqarish va nazorat qilishning qo‘shimcha vazifalarini amalga oshirish yoki mavjud vazifalarini murakkablashtirish uchun xotira hajmini oshirish; − tizimning argegat vositalar to‘plamiga kiruvchi kiritish-chiqarish qurilmalari soni va tarkibini almashtirish; − boshqarish tizimi ishlov beruvchi va shakllantiruvchi kirish va chiqish axborotlari hajmini o‘zgartirish. Pirovardida, hisoblash texnikasining zamonaviy agregat vositalari tarkibiga axborotga ishlov berishni kiritish va chiqarishni tashkil etuvchi dasturlar komplekti ham (ichki matematik ta’minot), shuningdek, funksional bloklarning o‘zaro ishlashi ham kiradi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling