Umumiy doc


XV bob. AGREGAT TIZIMLAR VA KOMPLEKSLAR


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

XV bob. AGREGAT TIZIMLAR VA KOMPLEKSLAR 
 
15.l-§. UMUMIY TIZIMNING BOG‘LANISHIDA BUYURTMACHINING 
VAZIFALARI 
Avtomatlashtirilgan tizimdan texnologik jarayonni boshqarishda foydalanish 
mumkin bo‘lishi uchun dastavval uning ob’ekt bilan aloqasini ta’minlashga 
mo‘ljallangan elementlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish zarur. Ayni holda gap shunday 
aloqani amalga oshirishda ishlatiladigan datchiklar va ijro etuvchi mexanizmlar 
haqida bormoqda. 
Datchik va ijro etuvchi mexanizmlarning qaerga - tizimga yoki boshqarish 
ob’ektiga bog‘lanishi haqida baxslashish mumkin, lekin ular qaerga taalluqli yoki 
bog‘langan bo‘lmasin bir narsa aniq: bu vositalar bir tomondan ob’ektning ajralmas 
qismi, chunki ular uning ichiga o‘rnatilgan va ma’lumotlarni ishlov berish uchun 
uzatishga hamda bu ishlov berish natijasida olingan buyruqlarni bajarish uchun qabul 
qilishga imkon beradi; ikkinchi tomondan ular boshqarish tizimining ajralmas 
qismidir, chunki datchiklar ham, ijro etuvchi mexanizmlar ham organiq jihatdan unga 
muvofiq kelishi, ya’ni tizimning boshqariluvchi jarayon haqidagi kiruvchi axborotni 
qabul qilishi uchun, boshqaruv ob’ektining esa boshqaruvchi hisoblash mashinasidan 
(BHM) kelayotgan chiquvchi axborotni qabul qilishi uchun moslashgan bo‘lishi 
kerak. 
Hozirda datchik va ijro etuvchi organlarni texnologik jihozlar (agregatlar, 
stanoklar va boshqalar) bilan kompleks etkazib berish an’anasi mavjud bo‘lib, bunda, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


429 
ularni turli xil hisoblash texnikasi (HT) vositalari bilan turlicha ulanishlar ehtimoli 
hisobga olinadi. Demak, ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalari shu 
maqsad uchun mos kelishi kerak. SHuning uchun, boshqaruv ob’ektining BHM bilan 
bog‘lanish organlarini tanlash buyurtmachining vazifasi deb hisoblash lozim. Quyida 
bunday organlar qanday asosiy talablarga javob berishi kerakligini va ularni 
tanlashda asosiy e’tiborni nimaga qaratish lozimligini qarab chiqamiz. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling