Umumiy doc
-§. MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- PF 2.1 To‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi.
14.9-§. MUTANOSIB–DIFFERENSIAL ROSTLAGICHLAR
Agar rostlash obektida yukning o‘zgarishi tez va keskin, shuningdek, kechikish katta bo‘lsa izodrom rostlagichlar talab etilgan rostlash sifatini ta’minlay olmaydi, ya’ni bu holda ularda katta dinamik xato hosil bo‘ladi. Rostlash jarayonini parametrning o‘zgarish tezligiga bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha kirish signali vositasida yaxshilash mumkin. Kechikishi sezilarli bo‘lgan obektlarda texnologik jarayonlarni rostlash uchun PD-rostlagichlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Agar differensial qism rostlovchi ta’sirning boshqa qismlariga qo‘shilsa to‘g‘ri, ayrilgan holda esa teskari bo‘ladi. кир P VI Г В P Г В Б V Г В Б IV PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 426 14.11-rasm. PF 2.1 To‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi. PF2.1 to‘g‘ri avvaldan ta’sir rostlagichi rostlash zanjiriga berilgan kattalikdan parametrning chetga chiqish tezligiga mos ta’sir kiritish uchun mo‘ljallangan (14.11.rasm). Siqilgan hajmdagi havoning kirish signali (rostlagich yoki datchikdan) taqqoslash elementi IV ning V va G kameralariga boradi va inersion bo‘g‘in orqali o‘sha elementning V kamerasiga berilayotgan ta’minlovchi havo bosimi bilan muvozanatlashadi. CHiqish kamerasi A kuzatuvchi tizim sxemasi asosida ulangan. Agar parametrning chetga chiqish tezligi nol yoki nolga yaqin bo‘lsa, taqqoslash elementi IV ning chiqishiga kirish signali R bilan kuzatiladi. Agar bosim o‘zgara boshlasa, masalan, o‘zgarmas tezlikda ortsa, u holda V kameraning oldida drossel- qarshilik II borligi tufayli V va G kamera membranasidagi bosimlar yig‘indisi B va A kameraning membranalaridagi kuchlanishdan katta bo‘ladi. Natijada taqqoslash elementi IV dagi soplo berqilib, A kamerada bosim keskin oshadi. CHiqishda kirishdagi bosimdan ilgarilovchi signal paydo bo‘ladi. Ilgarilash kattaligi kirishda bosimning o‘zgarish tezligi va avvaldan ta’sir drosselining qanchalik ochiqligiga bog‘liq. Taqqoslash elementi IV dan chiqqan signal element V va quvvat kuchaytirgichi VI dan tashkil topgan kuchaytirgichning kirishiga boradi. U taqqoslash elementi kuchaytirgichining xatosini yo‘kotishga xizmat qiladi. O‘chirish relesi I avvaldan ta’sir drosselini berkitishga mo‘ljallangan. Buyruq bosim R k =0 bo‘lganda soplo yopiq bo‘lib B kameraga havo avvaldan ta’sir drosseli orqali o‘tadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 427 Rostlagichni o‘chirish uchun ikkilamchi asbobdan buyruq bosimi R berilib, bunda, soplo ochiladi va kirish signali (R kir ) bevosita B kameraga keladi. Bu holda taqqoslash elementi IV ga keluvchi uchala signal o‘zaro teng, chiqishdagi bosim esa kirishdagiga teng bo‘ladi. Avvaldan ta’sirni 0,05...10 minutgacha oraliqda sozlash mumkin. 14-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 1. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagich 2. Bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagich 3. Dasturli rostlagich 4. Drossellash diapazoni 5. Izodrom vaqti 6. Kuzatuvchi rostlagich 7. Rostlash qonuni 8. Rostlashning differensial qonuni 9. Rostlashning integral qonuni 10. Rostlashning statik qonuni 11. Rostlashning mutanosib-differensial qonuni 12. Rostlashning mutanosib-integral qonuni 13. Rostlashning mutanosib-integral-differensial qonuni 14. Stabillovchi rostlagich 15. To‘g‘ri darajalash NAZORAT SAVOLLARI 1. Rostlash qonuni deb nimaga aytiladi? 2. Rostlashning statik qonuni deganda nimani tushunasiz? 3. Rostlashning integral qonuni nima? 4. Rostlashning mutanosib-integral qonunining tavsifini keltiring. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 428 5. Rostlashning differensial qonuniga ta’rif bering. 6. Rostlashning mutanosib-differensial qonuni deganda nimani tushunasiz? 7. Rostlashning mutanosib-integral-differensial qonuni qanday afzalliklarga ega? 8. Bevosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar deb nimaga aytiladi? 9. Nima uchun ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda elektr rostlagichlar keng qo‘llaniladi? 10. Pozision rostlagichlar ishlab chikarishning qaysi sohalarida ishlatiladi? 11. Izodrom rostlagichlar deganda nimani tushunasiz? Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling