Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
14.4-§. ELEKTR ROSTLAGICHLAR
Elektr rostlagichlar ishlab chiqarish jarayonlarini avto-matlashtirishda keng ishlatiladi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi. 1. Noelektrik kattaliklarni elektr rostlagichlar yordamida o‘lchash usullari yaxshi ishlangan va avtomatik o‘lchashning bir qator masalalarini hal qilishga, keng spektrdagi fizik-kimyoviy parametrlarni noinersion o‘zgartishga va ularni texnologik PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 416 reglamentlarga rioya qilgan holda rostlashga imkon beradi. 2.Turli murakkab matematik operasiyalarni bajarishni talab qiluvchi har xil rostlash qonunlarini elektr elementlarda amalga oshirish prinsipial qiyinchiliklarni hosil qilmaydi. 3.Rostlash tizimlaridagi elektr yuritmalarda energiya ta’minoti uzilib qolganda, ijro etuvchi mexanizm qanday holatni egallab turgan bo‘lsa, shu holatda to‘xtaydi, pnevmatik yuritmalarda esa bunday sharoitda rostlovchi organning o‘tish kesimi yoki batamom berqiladi, yoki to‘la ochiladi va avariya xavfi hosil bo‘ladi. 4.Elektr datchik va o‘zgartgichlarning ko‘rsatishini masofaga uzatish juda oddiy bajariladi. 5.Elektr rostlagichlarning ishlashi etarli darajada ishonchlidir. Elektr rostlagichlarning quyidagi modifikasiyasi va qo‘shimcha qurilmalar komplekti ishlab chiqarilgan: 1) unifikasiyalashgan elektron agregat tizimlari (EAUS) 2) «Teplopribor» zavodining rostlagichlari; 3) avtomatik nazorat va rostlashning unifikasiyalashgan tizimi (USAKR). EAUS asboblari energetika, metallurgiya, qurilish materiallari hamda oziq- ovqat sanoatlarida ishlatiladi. Tizim rostlashning mutanosib, mutanosib-integral, mutanosib-differensial va mutanosib-integral differensial qonlarini amalga oshiradi. Tizimning bloklari uzluksiz yoki uzlukli chiqish signallariga ega. Tizimdagi alohida rostlovchi blokning uzluksiz chiqish signalini boshqa bir blokning kirishiga keltirish mumkin, bu esa kaskad yoki bir turli rostlash sxemalarini amalga oshirish imkonini beradi. Tizim tuzilishi bo‘yicha apparat prinsipiga asaslanadi. Bunda, rostlovchi bloklar chiqish signallarini to‘g‘ri datchiklardan qabul qiladi. Tizim blok (agregat) prinsipida qurilgan deganda, uning tarkibiga turli vazifani bajaruvchi bloklar (datchiklar, o‘lchov o‘zgartgichlari, ikkilamchi asboblar, rostlagichlar, topshiriq bergichlar, differensiatorlar natijalarni masofadan turib ko‘rsatuvchi asboblar, ijro etuvchi mexanizmlar va boshqalar) kirgan tizimni tushunish lozim. Bu qismlarni muayyan usullar bilan bog‘lab stabillovchi, kuzatuvchi, dasturli va ko‘p aloqali rostlash tizimlarini yaratish mumkin. Tizimni ishlab chiqishda ayrim bloklarning PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 417 chiqish signallarini unifikasiyalash talabi nazarda tutilgan. EAUS tizimi tokli sxemani amalga oshiradi chiqish signali 0,5...5 mA chegaralarda o‘zgaruvchi doimiy tok). CHiqish signallari doimiy yoki o‘zgaruvchi kuchlanishga ega bo‘lgan, induktiv, transformatorli yoki ferrodinamik datchiklar bilan ta’minlangan asboblarning ham chiqish signali 0,5...5 mA diapazondagi doimiy tokka ega bo‘lib, me’yorlovchi o‘zgartgichlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin. 14-1-jadvalda tizim rostlovchi qurilmalarning rusumlari keltirilgan. 14.1-jadval SHakllanuvchi bloklarga ega bo‘lgan rostlovchi qurilmalarning rusumlari O‘lchash blokining vazifalari va rusumlari ER-62 (ER-62-EG) (PI-rostlash qonuni, rele kontaktli chiqish) RPI va RP-2 (RPI-EG) (PI- rostlash qonuni, rele kontaktsiz chiqish) KPI-62 (RI-rostlash qonuni, uzluk siz kontaktsiz chiqish) 1 2 3 4 O‘zgaruvchan tokli uchta (induktiv, differensial- transformator va ferrodinamik) datchik signallarini qo‘shish (I- III) SHuning o‘zi, faqat to‘rtta datchik uchun (I-IV) Termojuft signalini o‘zgartirish (I-T) Termojuft signalini o‘zgaruvchan tokli ikkita datchik signallari bilan qo‘shish (I - T2) Qarshilik termometrining RPIK-III RPIK -IV RPIK -T RPIK -T2 RPIB -III RPIB -IV RP2 -P2 RPIB -T RP2 -T2 RPIB -T2 KPI -SH KPI -IV KPI-T KPI -T2 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 418 signalini o‘zgartirish (I-S) Ikkita qarshilik termometrlarnning signal-larini qo‘shish, (I - 2S) Magnitli kislorod o‘lchagich signalini o‘zgartirish(I-MK) Unifikasiyalashgan ikkita 0 ... 5 mA signallarni qo‘shish Unifikasiyalashgan to‘rtta 0 ... 5 mA signallarni qo‘shish RPIK -S RPIK -2S RPIK -MK - - - RPIB -S RPIB -2S RP2 -2 RPIB-M K RP -2 - RP2 -U2 KPI -S KPI -2S KPI -M - - - EAUS larning shakllantiruvchi bloklari rostlashning izodrom qonuni amalga oshiradi. Rostlashning PID qonunini amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda DLP-P yoki DL-T differensiatorlardan foydalanish kerak. Differensiatorlar PID rostlash qonunini shakllantirishda va rostlash qonuniga oraliq nuqtalardan hosila kiritishda ishlatiladi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling