Umumiy doc


-§. AVTOMATIK ROSTLAGICHLARNING TASNIFI


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

14.2-§. AVTOMATIK ROSTLAGICHLARNING TASNIFI 
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli sohalarida tehnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirishda 
keng 
ishlatiladigan 
texnik 
vositalardan 
hisoblanadi. 
Rostlagichlarni 
tasniflash 
rostlash 
qonuni, 
rostlanuvchi 
kattalikning 
turi, 
rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning 
rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning xarakteri, rostlagich ishining 
xarakteristikasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. 
Rostlanuvchi kattalikning turiga ko‘ra rostlagichlar quyidalarga bo‘linadi: 
bosim, sarf, temperatura, sath, namlik va hokazolarni rostlagichlar. Ishlash usuliga 
ko‘ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi, rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi 
mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan 
olingan energiyaning o‘zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta’sir qiluvchi 
rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga 
tushirish uchun qo‘shimcha energiya kerak bo‘lsa, bilvosita ta’sir qiluvchi 
rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko‘ra rostlagichlar elektr, 
pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) 
rostlagichlarga bo‘linadi. 
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko‘rsatiladigan ta’sirning 
xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo‘ladi. Uzlukli 
ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi 
rostlanuvchi kattalikning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Uzluksiz 
ishlovchi rostlagichlarda esa ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organi 
rostlanuvchi kattalikning uzluksiz o‘zgarish holatida uzluksiz harakat qiladi. 
Rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi va rostlovchi ta’sir o‘rtasidagi bog‘lanish 
(yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni 
nazarda tutilgan ish xarakteristikasiga ko‘ra rostlagichlar pozision, integral (astatik), 
mutanosib (statik), izodrom (mutanosib-integral), mutanosib-differensial (oldindan 
ta’sir etuvchi statik), mutanosib-integral-differensial (oldindan ta’sir etuvchi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


413 
izodrom) bo‘ladi. 
Rostalanuvchi kattalikni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish 
jihatidan rostlagichlar stabillovchi, dasturli va kuzatuvchi rostlagichlarga bo‘linadi. 
Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymatga (ma’lum 
darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Dasturli rostlagichlar maxsus 
dasturli topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi qiymatning vaqt bo‘yicha avvaldan 
ma’lum bo‘lgan (qonun) bo‘yicha o‘zgarishini ta’minlaydi. Bu dastur texnologik 
reglament talablariga muvofiq, tuzilgan bo‘ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda 
rostlanuvchi kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi rostlagich topshiriq bergichiga 
bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o‘zgarshiga mos bo‘ladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling