4-ma’ruza: Kimyoviy texnologik jarayonlarni boshqarish


Download 219.5 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi219.5 Kb.
#1194074
  1   2   3
Bog'liq
4-ma’ruza Kimyo


4-ma’ruza:Kimyoviy texnologik jarayonlarni boshqarish.

Kimyoviy tehnologik jarayonlar, ularning havfsizligini ta’minlash chora tadbirlari to’g’risida. Texnologik reglament.




Reja:
1. Kimyoviy texnoligik jarayonlarni ta’minlash asoslari va tarkibiy qismlari, faoliyat xavfsizligi tahlili
2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta’riflari
3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari

1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari, faoliyat xavfsizligi tahlili
Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko‘rilayotgan sohadagi aloqalar to‘g‘risida to‘liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
Asos, bu - fikr, g‘oya, maqsad (asosiy holat)dir. Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo‘lidir.
Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo‘lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o‘zaro bog‘liqdir. Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta’min etishdagi mantiqiy pog‘onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog‘liq.
Xavfsizlikni taminlash yo‘llari ko‘p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin. Masalan, yo‘naltiruvchi, texnik, tashkiliy, boshqaruv.
YO‘naltiruvchi belgilari: operatorning faolligi, iqtidori; tizimning tartibsizlanishi (destruktsiya), operatorni almashtirish, tasniflash, xavflarni yo‘qotish, tartiblash, xavfni kamaytirish.
Texnik belgilari: blokirovkalash, vakuumlash, germetiklash, masofadan boshqarish, mahkamlash, to‘siqlar orqali himoyalash, ojiz zveno qo‘llash, siqilgan havo qo‘llash, harakatlarni sekinlashtirish.
Tashkiliy belgilari: vaqt bilan himoyalash, axborot (ma’lumotlar), zahiralash, mos kelmaslik, me’yorlash, xodimlar tanlash, ergonomiklik.
Boshqaruv: moslik, nazorat, qarshi aloqa, javobgarlik, rejalilik, rag‘batlantirishlar, samaradorlik, boshqarish.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy mazmuni mehnatni muhofaza qilish predmeti turadi va uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagicha keltirilishi mumkin:
Mehnat muhofazasi o‘zining vazifasi turlicha bo‘lganligidan ko‘p qismlarga bo‘lib o‘rganiladi. Bular asosan quyidagi bo‘limlardan iborat;
mehnat muhofazasi qonunchiligi;
ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi;
hayot faoliyati xavfsizligining tashkiliy masalalari;
xavfsizlik texnikasi;
elektr xavfsizligi;
yong‘in xavfsizligi;
yo‘l harakat xavfsizligi;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy me’yorlarini o‘z ichiga oladi, hamda ularning himoya qilinishini kafolatlaydi. Bular asosan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining mehnat Kodeksida XVI bob, 294 modda bilan ko‘rsatilgan. Korxona, tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha XIII – bobda fikr yuritiladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi -ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi zararli omillar ta’sir etishining oldini oluvchi tashkiliy, gigiyenik va sanitariya-texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir. Bunda asosan korxona-tashkilotlar ishchi-xizmatchilarining o‘z sog‘liklarini saqlash, mustahkamlash yo‘lida sog‘lom mehnat sharoitlari yaratish ko‘rsatiladi. Mehnat gigiyenasi – tibbiyot fanining insonning ishlab chiqarish sharoitidagi mehnat faoliyatini o‘rganuvchi bir qismi. Bunga asoslangan holda korxona va tashkilotlarda ishlab chiqarish zararli omillarining ishlovchilarga ko‘rsatadigan ta’sirining oldini olish yuzasidan sanitariya-gigiyena va davolash tadbirlari ishlab chiqiladi.
Xavfsizlik texnikasi-ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta’sir etishini oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
Elektr xavfsizligi- ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi elektr tokining xavfi, uning inson organizmiga ta’sirini o‘rgatuvchi va xavfni oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar tizimidir.
Yong‘in xavfsizligi (yoki profilaktikasi)-ishlovchilarni olovdan (yong‘in va portlashdan)himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
Yo‘l harakat xavfsizligi-ishlovchilarga yo‘l qoidalari, turli transport vositalaridan foydalanish qoidalari hamda harakat xavfsizligiga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar tizimidir.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish- korxona va tashkilotlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar yuzaga kelgan vaqtda jarohatlanishni to‘xtatish, imkoni bo‘lsa og‘riqni to‘xtatish yoki kamaytirish uchun bajariladigan chora-tadbirlar tizimi.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha yuqorida keltirilgan bo‘limlar alohida o‘rganiladi.



Download 219.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling