Umumiy doc


Rostlashning differensial qonuni


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Rostlashning differensial qonuni. Biz rostlovchi organni rostlanuvchi 
kattalikning berilgan qiymatidan chetga chiqishiga mutanosib (P - rostlash) yoki 
nomoslikka mutanosib tezlikda (I - rostlash) siljitish mumkinligini ko‘rdik. Demak, 
rostlovchi organni rostlanuvchi kattalikning chiqish tezligiga mutanosib siljitish ham 
mumkin usul, biz rostlashning differensial qonuniga ega bo‘lamiz: 
,
-
2
dt
dy
s
x
=
(14.9) 
bu erda, 
2
s
 - uzatish koeffisienti
.
Agar rostlanuvchi kattalik stabillashgan bo‘lsa, o‘z ichiga differensial 
rostlagichni kiritgan tizimning organi qo‘zg‘almas bo‘ladi. Bunday rostlagichlar 
uchun rostlanuvchi kattalikning berilgan va oniy qiymatlari o‘rtasidagi nomoslik 
mavjudligi ahamiyatsiz. Agar tizimda mutloq kattaligi bo‘yicha o‘zgarmas nomoslik 
mavjud bo‘lsa, rostlagich unga ta’sir ko‘rsatmaydi. Rostlagich harakatga kelishi 
uchun rostlanuvchi kattalik qandaydir tezlikda o‘zgaruvchan chetga chiqishga ega 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


409 
bo‘lishi kerak. SHuning uchun, tajribada sof differenisial qonunni amalga oshiruvchi 
rostlagichlar uchramaydi. 
Rostlashning mutanosib-differensial qonuni quyidagi bog‘lanish orqali 
ifodalanadi: 
),
(
2
1
dt
dy
s
y
s
x
+

=
(14.10) 
bu erda, 
2
s
 - uzatish koeffisienti yoki darak berish vaqti. Bu qonun bo‘yicha ishlaydigan rostlagichlar darak 
beradigan mutanosib rostlagichlar (qisqacha PD - rostlagichlar) deyiladi. 
(14.10) tenglama PD - rostlagich ishlab chiqaradigan ta’sir rostlanuvchi 
kattalikning chetga chiqishiga va shu chetga chiqish tezligiga mutanosibligini 
bildiradi. Rostlash qonuni tenglamasida differensial tashkil etuvchining mavjudligi 
ilgarilash burchagini oshirish imkonini beradi. 
SHunday qilib, mutanosib darak beradigan rostlagichlar ijro etuvchi 
mexanizmning rostlovchi organini birmuncha ilgarilash bilan rostlanuvchi
kattalikning chetga chiqish tezligiga mutanosib siljitadi. Demak, rostlanuvchi 
parametrning chetga chiqish tezligi kichik bo‘lsa, rostlagichning ilgarilash ta’siri ham 
kichik bo‘ladi. Tizimda xato yoki nomoslik bo‘lmasa, rostlagichning ilgarilash ta’siri 
butunlay to‘xtaydi. PD - rostlagichning kechikish egri chizig‘i statik rostlagichning 
vaqtli xarakteristikasidan rostlagich chiqish signali vaqtining dastlabki onida keskin 
(P - rostlagichdan ham keskinroq) kattalashishi bilan farq qiladi. Vaqt o‘tishi bilan 
rostlagichning chiqish signali rostlagich kuchlanishini sozlash koeffisientiga muvofiq 
doimiy qiymatgacha kamayadi. SHunday qilib, darak beruvchi mexanizmning 
ta’sirini rostlagich kuchayish koeffisientining vaqtincha oshishi deb izohlash 
mumkin. Rostlagich kuchayish koeffisientining bunday oshishi kechikishga ega 
bo‘lgan inersion ob’ektlarni avtomatlashtirishda zarur. Rostlagich kuchayish
koeffisientining vaqtincha oshishi to‘g‘ri darajalash deyiladi. Bundan tashqari, 
rostlagich kuchayish koeffisientining vaqtincha kamayishidan iborat bo‘lgan teskari 
darak berish ham mavjud. Odatda, vaqt doimiysi kichik bo‘lgan rostlash ob’ektlarini 
shunday teskari darak berishli rostlagichlar bilan ta’minlash maqsadga muvofiq. PD -
rostlagichlarga qoldiqli chetga chiqishlar xos bo‘lib, bu ularning asosiy kamchiligidir. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling