Umumiy doc


Datchik chiqish signalining fizik tabiati


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

1. Datchik chiqish signalining fizik tabiati.
Hisoblash texnikasi vositalari, odatda, elektr signallari ko‘rinishida beriladigan 
ma’lumotlar bilan, ba’zida esa boshqa tabiatdagi signallar bilan (masalan, 
pnevmoelementlar, oqimchali elementlar asosida) ish ko‘radi. Lekin ko‘pchilik 
hollarda datchikning chiqishidan ma’lum xarakteristikali elektrsignallar hosil qilinishi 
kerak. SHuning uchun, noelektrik kattaliklar (temperatura, bosim, fazoda vaziyatni 
o‘zgartirishva hokazo) datchiklari, odatda, noelektrik kattaliklarni elektr signaliga 
o‘zgartkichlar bilan ta’minlangan. Bu o‘zgartkichlar (ularni ba’zan ikkilamchi 
asboblar deyiladi) tuzilish jihatdan, odatda, o‘lchovchi (qayd etuvchi) element bilan 
birgalikda tayyorlanadi, «datchik» atamasi esa o‘zgartkich bilan birgalikdagi o‘lchov 
elementini ifodalaydi. 
2. Datchik chiqish signalining parametrlari. 
Zamonaviy hisoblash texnikasi vositalari quyi darajadagi (taxminan 6-24 V 
o‘zgarmas tokda) diskret elektr signallari bilan ishlashga mo‘ljallangan. SHuning 
uchun, datchik chiqish signalining darajasi shu darajaga mos kelishi maqsadga 
muvofiqdir. Ob’ekt bilan bog‘lanish qurilmalari asosida (OBQ) ishlab chiqiladigan 
hisoblash texnikasi vositalari komplektiga, odatda, yuqori voltli (yuqori kuchlanishli) 
signallarni (masalan, 220 V) qabul qilish uchun mo‘ljallangan bloklar ham kiritilgan. 
Biroq bunday bloklardan foydalanish faqat chiqishi past voltli datchikdan foydalanish 
mumkin bo‘lmagan hollardagina maqsadga muvofiqdir. 
Diskret signallar datchigi chiqishda faqat ikki qiymatga ega bo‘lishi, ularni 0 
(signal yo‘q) va 1 (signal bor) tarzida talqin etish mumkin. Bunday datchiklarni 
tanlashda buyurtmachi o‘zgartkichning chiqishida 0 elektr signalining maksimal 
qiymati 1 signalning maksimal qiymatidan (tizim bu qiymatlarni 0 uchun 1 ni va 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


430 
aksincha qabul qilib «adashtirmaslik» uchun) ancha farq qlish (5-10 marta) 
kerakligini hisobga olish lozim. 
O‘xshash signalli datchiklar o‘lchanayotgan kattalikning butun diapazoni 
bo‘yicha standart chiqishga ega bo‘lishi kerak (odatda bu tokning 0 dan 5 mA 
oraliqda o‘zgarishi, kuchlanishning 0 dan 10 V gacha oraliqda o‘zgarishi yoki ayrim 
hollarda datchik hosil qiladigan chastota o‘zgarishidan iboratdir). 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling