Umumiy doc


-§. TEXNOLOGIK JARAYONNI BOSHQARISH TIZIMINI JIH03LASH


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
15.3-§. TEXNOLOGIK JARAYONNI BOSHQARISH TIZIMINI JIH03LASH 
UCHUN TEXNIK VOSITALAR KOMPLEKSI 
Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari talab qiladigan ishonchlilik 
bo‘yicha ham me’yordagi, ham yuqori talablar mavjud bo‘lganda sanoatning turli 
tarmoqlarida boshqarish tizimlarini qurish uchun keng qo‘llaniladigan texnik 
vositalarning ikki kompleksini qarab chiqamiz. Ulardan biri ASVT agregat tizimining 
tarkibiga, ikkinchisi ASST agregat tizim tarkibiga kiradi. 
15.3.1.M-6000 PROSESSOR ASOSIDAGI ASVT-M TEXNIK VOSITALAR 
KOMPLEKSI 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


437 
M-6000 asosidagi texnik vositalar kompleksi axborotni to‘plash, ishlov berish 
va chiqarishning turli xil vazifalarini amalga oshirish uchun agregat modullarning 
keng to‘plamidan iborat. Bu modullar mikroelektron texnika elementlari asosida 
yasalgan va real vaqt masshtabida ishlovchi avtonom axborot va boshqarish 
tizimlariga yig‘iladi. 
Kompleksning unumdorligi taxminan 200000 adres operasiyasini tashkil etadi 
(operasiyalar operativ xotirlash qurilmasi OXQ dan chiqarib olinganda). M-6000 
kompleksining operativ xotira hajmi ko‘pi bilan 65536 baytni tashkil etadi va bu 
qiymatgacha 8192 baytdan boshlab OXQ ning ayrim bloklarini ulash bilan oshirib 
borilishi mumkin. Xotiraga murojaat qilish vaqti uning turli ish rejimlari uchun 
2,5...3,8 mks. 
Kompleksning farq qiluvchi xususiyati uning tarkibida xotiraga to‘g‘ri kirish 
kanali (XTKK) borligidir, uning tez ishlashi odatdagi kanallarning tez ishlashidan 
ancha yuqoriroqdir. XTKK mavjudligi, zarur bo‘lganda, prosessorning ishini 
to‘xtatmasdan kiritish-chiqarish operasiyalarini tizimning xotirasi yordamida 
bajarishga imkon beradi. 
15. 3.1.1. M-6000 NING VAZIFASI VA SOHASI 
M-6000 asosidagi vositalar keng vazifali kompleks sifatida oldindan o‘ylab 
qilingan va bajarilgan bo‘lib, u sanoatning turli xil sohalarida: kimyo, neft-kimyo
metallurgiya, asbobsozlik, energetika, metallga ishlov berish sanoatida va hokazo 
joylarda qo‘llanishi mumkin.
M-6000 asosida qurilgan tizimlardan quyidagicha foydalanysh mumkin: 

texnologik jarayonlar (TJ) ni bevosita boshqarish uchun; 

ko‘p bosqich ierarxik boshqarish tizimlarida axborotni to‘plash va dastlabki 
ishlov berish uchun; 

ommaviy xizmat ko‘rsatish tizimiga kiruvchi ma’lumotlarni ishlash bo‘g‘ini 
sifatida; 

texnologik ob’ektlar ishini optimallashtirish masalalarini hal qilish uchun; 

murakkab tizimlarda xabarlarni kommutasiyalash markazi sifatida; 

katta tizimlarda kiritish-chiqarish qurilmalarini boshqarish qurilmasi sifatida
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


438 
bunda, prosessor M-6000 faqat kiritish va chiqarish bo‘g‘ini vazifasinigina 
bajarganda;

sanoat mahsuloti parametrlarini nazorat qilish uchun. 
Kompleksning bunday keng miqyosda qo‘llanishi faqat rivojlangan buyruqlar 
tizimi va matematik ta’minot bilangina ta’minlab qolmay, balki tashqi qurilmalarning 
keng nomenklaturasi bilan ham ta’minlanadi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling