Umumiy doc


To‘la masshtabli taqsimlangan boshqarish tizimlari (DCS


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
20.2.1.5. To‘la masshtabli taqsimlangan boshqarish tizimlari (DCS, 
FULLSCALE) 
Bu imkoniyatlar va ishlab chiqarishni qamrab olish bo‘yicha, na ishlab 
chiqarishda bajariladigan vazifalari bo‘yicha, na avtomatlashtiriluvchi ishlab 
chiqarish ob’ektlarining hajmi bo‘yicha amalda chegara ega bo‘lmaydigan kontroller 
vositalari sinfidir. Bitta shunday tizimdan butun bir yirik masshtabli korxonaning 
ishlab chiqarish faoliyatini avtomatlashtirish uchun foydalanish 
mumkin. 
Tavsiflanayotgan DTM guruhi sanab o‘tilgan kontroller vositalarining barcha 
xususiyatlarini o‘z ichiga oladi va qo‘shimcha ravishda ulardan foydalanish 
imkoniyatlariga ta’sir etuvchi bir qator hossalarga ega: 

uch sathning: axborot, tizimli va dala sathining ajratilishiini ko‘zda tutuvchi 
rivojlangan ko‘p sathli tarmoq tuzilmasining mavjudligi, bunda alohida 
sathlarni tashkil etish uchun tarmoqlarni qurishning turlicha variantlari 
foydalanishi mumkin; 

korxonaning korporativ tarmog‘iga, biznes jarayonlarni boshqarish tizimiga, 
global internet tarmog‘iga, shuningdek, intellektual asboblar darajasiga 
chiqish; 

kirish-chiqishlar soni, tez ishlatilishi, turli xildagi xotira hajmi, zahiralash 
bo‘yicha imkoniyatlari, analog va diskret signallarning barcha turlariga 
o‘rnatilgan va uzoqlashtirilgan kirish-chiqish intellektual bloklarining 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


575 
mavjudligi bo‘yicha farqlanuvchi, qo‘llanilayotgan kontrollerlarning keng 
modellar qatori; 

ishchi stansiyalarining keng diapazoni; 

tarkibiga quyidagilar kirgan kuchli zamonaviy dasturiy ta’minotning 
mavjudligi: 
a) boshqalarning turli darajalarda qurishining har xil variantlarni ko‘zda tutuvchi 
boshqarish tizimli operatorlar interfeyslari; 
b) nazorat qilish vazifalarini hal qilish, mantiqiy boshqarish va tartibga solish 
uchun umumiy dasturiy modullarining hajmdor kutubxonalari bo‘lgan texnologik 
tillar to‘plami; 
v) alohida agregatlarni boshqarishning umumiy vazifalarini, ishlab chiqarish 
uchastkalarini dispetcherlik boshqarishni, umuman ishlab chiqarishni texnik hisobga 
olinishi va rejalashtirishni amalga oshiruvchi universal amaliy dasturlar paketi; 
g) avtomatlashtirish tizimi ishlab chiqish uchun avtomatlashtirilgan loyiha va 
konstruktorlik xujjatlari aylanmasi tizimlari. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling