Umumiy doc


 – §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet355/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

21.10 – §. AVTOMATLASHTIRISH TIZIMLARINING 
ISHONCHLILIGI 
Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi tizimining berilgan vazifalarni 
21.17-расм. 
 
АЛТ нинг техник 
воситаларкни жойлаштириш блок –
схемаси. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


676 
ekspluatasion ko‘rsatkichlarining belgilangan qiymatlarining vaqt o‘tishi bilan 
saqlanishi bilan bajarish qobiliyati tizimining beto‘xtovligi, ta’sirlanuvchanligi va 
uzoq muddat ishlashi orqali belgilanadi. 
Beto‘xtovligi – tizimining ishlatish jarayonida berilgan vaqt davomida (ishlab 
chiqarish sikli, smena, oy, choraklik, yil davomida) majburiy (rejadan tashqari) 
to‘xtashlARTiz ish qobiliyatini saqlash qobiliyatidir. U ayrim vazifalar, qism 
tizimlar va umuman tizimlarni inkor qilishga ishlab qo‘yish bilan xarakterlanadi. 
Ta’mirlashga yaroqlilik tizimining inkor qilishlarning oldini olish, aniqlash va 
inkorlarni bartaraf etishga moyilligi bilan xarakterlanadi. Bu ko‘rsatkich mumkin 
bo‘ladigan inkorlardan (to‘xtashlardan) so‘ng ish qobiliyatini ko‘p marta tiklab 
uzoq vaqt foydalanishga mo‘ljallangan tizimlar uchun muhimdir va u o‘rta 
tiklanish vaqti bilan xarakterlanadi. 
Uzoq muddatlilik – bu tizimining ish qobiliyatini oxirgi holatgacha saqlay olish 
xossasidir (texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun zarur uzulishlar bilan). U 
tabiiy va ma’naviy eskirish omillari. bilan belgilanadi va tizimining xizmat qilish 
muddati bilan aniqlanadi. 
Avtomatlashtirish tizimini ishlab chiqish, loyihalash, joriy qilish va sanoat 
ekspluatasiyasi jarayonida uning ishonchliligining optimal darajasi belgilanishi va 
o‘rganilishi kerak. Past darajaning oqibatlari texnologik rejimning buzilishi, brak, 
maqsadga qaratilgan mahsulotni to‘la ishlab chiqarmaslik, avariyalar, portlashlar
shuningdek tizimni ta’mirlashga harajatlarning ortishi. Ayrim hollarda tizim 
ishonchliligi darajasining past bo‘lishi uning samaradorligini nolga keltirishi yoki 
hatto manfiy qilib qo‘yish mumkin (ya’ni xarajatlar iqtisodiy samaradan ham 
yuqori bo‘ladi). Ishonchlilik ko‘rsatkichlarining ortishi ham xarajatlarning 
ortishiga olib keladi. 
Tizim ishonchliligining optimal darajasini o‘rnatish va ta’minlash – murakkab 
va masuliyatli vazifa, chunki kimyo va oziq – ovqat texnologiyasi ob’ektlarini 
boshqarish (TOB) ni avtomatlashtirish ko‘p funksiyali (vazifali) tizimga kiradi, 
uning tarkibida juda ko‘p texnik qurilmalar va operativ xodim bo‘ladi. Bunda, bir 
tomondan, ayrim vazifani (ishni) bajarishda bir nechta texnik qurilmalar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


677 
foydalanilishi mumkin, ikkinchi tomondan – ayni bir qurilmani bir nechta vazifani 
bajaruvchi o‘rnida foydalanish mumkin. Tizimlarning ko‘pligi (ortiqchaligi) ham 
katta ahamiyatga ega (apparatli, informasion, vaqtiy, funksional tizimlar), bu 
umuman tizimining ishonchliligini ayrim qism tizimlar va qurilmalar 
ishonchliligidan yuqoriroq tutishga imkon beradi. Operativ xodimlarning bo‘lishi 
berilgan vazifalarni bajarish umumiy ishonchliligini oshirishi ham mumkin (agar 
xodimlar boshqaruvning zaxira bo‘g‘ini bo‘lsa), xodimlar texnik qurilmalar bilan 
izchil ishlagan holda ishonchlilikni kamaytirishi ham mumkin. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling