Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet377/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

 
22.5.4.2. Me’yordagi to‘xtatuv 
Umumiy mulohazalar 
“Me’yordagi to‘xtatuv” mashqining maqsadi – qurilmani to‘g‘ri va xavfsiz uzib 
tashlash uchun zarur harakatlarining ketma – ketligini o‘rganib olish. 
Texnologik uzelni to‘la to‘xtatish odatda asosiy qurilmani rejadagi ta’mirlashni 
o‘tkazish uchun yoki rahbariyatning ko‘rsatmasi bilan ishlab chiqarish zaruratiga 
ko‘ra amalga oshiriladi. Barcha manfaatdor xizmatlar bo‘lajak o‘chirib qo‘yish 
to‘g‘risida xabardor qilinishlari kerak. 
Tadbir 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


718 
1. E – 1 idishga suv uzatishni to‘xtating. Buning uchun FIRC – 110 rostlagichni 
dastaki rejimga o‘tkazing va uning klapanini to‘la berkiting. 
2. LIRC – 410 rostlagichni dastaki rejimga o‘tkazing va E – 1 idishni bo‘shatish 
uchun klapanni ochiq qoldiring. 
3. E – 1 idishdagi sath taxmimnan 5% ga yaqinlashganda, LIRC – 410 
rostlagich klapanini berkiting. 
4. LIRC – 430 rostlagichni E –2 idishni bo‘shatish uchun klapanini ochiq holda 
dastaki rejimga o‘tkazing. 
5. E – 2 idishning sathi (LIRC – 430 datchigi) 5-10% ni tashkil etganda, N–1A 
nasosni o‘chiring. 
6. Mos ravishda E –1 va E –2 idishlardagi suyuqlik qoldiqlarini drenaj qilish 
(quritish) uchun NV – 001 va HV – 002 ajratkichlarni oching. Idishlar 
bo‘shagandan so‘ng NV – 001 va HV – 002 ajratkichlarni berkiting. 
7. RIRC – 210 va RIRC – 230 bosim rostlagichlarini dastaki rejimga o‘tkazing. 
Bosimni pasaytirish uchun “V” klapanlarni yoping va “A” klapanlarni 
oching. 
8. RIRC – 210 va RIRC – 230 datchiklar 0 kg/sm
2
ni ko‘rsatganda, barcha 
rostlovchi klapanlarni berkiting. 
9. Klapanlar yig‘malaridagi barcha VV – 110, VV – 410, VV – 430 
ajratkichlarni berkiting. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   373   374   375   376   377   378   379   380   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling