Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

Elektr ta’minoti 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


452 
TA-100 apparaturasi 50 Gs chastotali (+2 - +4%) 220 V kuchlanishli (yo‘l 
qo‘yilgan chetlashishlar +10-15%) o‘zgaruvchan tok manbaidan ta’minlanadi. Bu 
kuchlanishni elektr sxemalarini ta’minlash uchun zarur (+27V, +12V li o‘zgarmas 
tok) qiymatlarga o‘zgartirishkompleksning javonlarda o‘rnatiladigan ta’minlash 
bloklari orqali bajariladi.
Ta’minot bo‘yicha iste’mol bitta modulga taxminan 120V∙A ni, bitta to‘la 
komplekt uchun 25 kv∙A ni tashkil etadi, uning tarkibida 16 MP bo‘ladi. 
Tizimni 
220 V li o‘zgarmas tokli (akkumulyatorlar batareyasidan) tashqi manbalardan 
ta’minlashni tashkil etish uchun o‘zgarmas tokni o‘zgaruvchan tokka maxsus
o‘zgartkich qurilma (elektromagnit yoki statik) yordamida oraliq o‘zgartirishzarur. 
Eng ma’qul qurilma markaziy o‘zgartkichni har bir o‘zgarmas tok tashqi manbaiga 
ulash hisoblanadi. 
 
Kompleksga xizmat ko‘rsatish 
TA-100 kompleksiga stasionar xonalarda xizmat ko‘rsatilishi, atrof muhitda 
zaharli bug‘, gaz va changlar bo‘lmasligi kerak. Boshqarish punkti va xotira 
kengaytirgichi atrof havo temperaturasi +10° - +40°s chegarasida bo‘lganda ishlash 
uchun mo‘ljallangan. BP va RP xonalarini kondisioner yoki havo temperaturasini 
(25±5°S) saqlaydigan ventilyasiya bilan jihozlash tavsiya etiladi. 
Nazorat qilinayotgan punkt atrof havo temperaturasi +5...50 °S chegarasida 
bo‘lganda ishlash uchun mo‘ljallangan. Hamma qurilmalar uchun havoning nisbiy 
namligi yo‘l qo‘yilgan temperaturalarning butun oralig‘ida 20 dan 80% gachani 
tashkil etishi kerak. 
Apparatura 80 Gs gacha chastotali, 10 m/s gacha tezlanishli va 0,1 mm gacha 
amplitudali titrash ta’sirlariga chidaydi. Apparatura sxemasi elektr zanjirlarining 
korpus orqali erga ulanishiga hisoblanmagan. Kompleks qurilmalari kuchli elektr va 
elektromagnit maydonlar manbalari yaqinida joylashtirilmasligi kerak. 
BP va RP orasidagi, shuningdek, BP va KPO orasidagi masofa 10 m dan ortiq 
bo‘lmasligi kerak. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


453 
TA-100 apparaturasi bilan profilaktik ishlar asboblar va testlar bo‘yicha yarim 
yilda bir marta amalga oshirilishi kerak. Profilaktika har bir komplekt uchun navbati 
bilan, butun kompleksni ishlashdan to‘xtatmasdan amalga oshiriladi. 
Tizimga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ish rejimi (bir, ikki yoki uch 
smenali) kompleksning ishonchligiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq, chunki xizmat 
ko‘rsatishning smenalari soni qancha ko‘p bo‘lsa, birinchi komplekt ta’mirlanayotgan 
vaqtda ikkinchi komplektning ishdan chiqishi ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. 
Operativ ta’mirlashning asosiy turi — tizimning sxemali va dasturli nazorat 
hamda diagnostika yordamida aniqlanadigan nosoz sub bloklarini ZIL dagi sozlariga 
almashtirib, keyinchalik nosoz uzellarni ustaxona sharoitida tiklashdan iborat. 
Buyurtmachining ishchi dasturlarini o‘zgartirish va yoki to‘ldirish zarur 
bo‘lganda yangi dasturlar perfolentadan xotiraga kitiladi va ishga maxsus direktivalar 
yordamida ulanadi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling